Analitik kimyo usullarining


Download 105.17 Kb.
bet3/9
Sana17.02.2023
Hajmi105.17 Kb.
#1206214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Analitik kimyo

Fizikaviy usullar moddalarning fizikaviy xossalarini (yorug‘likni o‘tkazishi, yutishi, sindirishi, elektr o‘tkazishi, issiqlik o‘tkazishi, erish temperaturasi solishtirma og‘irligi va boshqa.) o‘rganishga asoslangan. Fizikaviy usullarda kimyoviy reaksiyani amalga oshirish shart emas. Spektral analiz, lyuminessent analiz, refraktometrik analiz, mass- spektrometrik, radiometrik, rentgen-struktur analiz va hokazolar fizikaviy usullar jumlasiga kiradi. Fizikaviy usullar kimyoviy usullardan o‘zining sezgirligi, ekspressligi va boshqa qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha ancha ustun. Spektral analiz juda sezgir usul bo‘lib, ayrim elementlarni gramning yuz milliondan bir ulushigacha bo‘lgan miqdorini aniqlaydi. Hosil qilingan spektr chizig‘ining ko‘rinishi moddani sifat jihatdan, spektrning intensivligi esa miqdor jihatdan analiz qilish imkonini beradi. Lyuminessent analiz ayrim moddalarning ultrabinafsha nurlar ta’sirida sovuq holatda chiqaradigan nurlari intensivligini o‘lchashga asoslangan. Maxsus reaktivlar yordamida moddalarda lyuminessensiya hodisasini vujudga keltirish mumkin. Ushbu usulning sezgirlik darajasi spektral analizdan ham yuqori. Havodan suyuqlikka o‘tayotgan nurning sinish hodisasiga asoslanib eritma konsentratsiyasini aniqlash refraktometriya usulining asosini tashkil etadi. Bu usul yordamida moddalarni miqdoriy aniqlash mumkin. Moddalarning radioaktivlik xususiyatiga asoslangan nishonlangan atomlar usuli biologik ilmiy izlanishlarda alohida ahamiyatga ega.
Fizik-kimyoviy usullar. Moddalarning kimyoviy reaksiyalar natijasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarini fizik asboblar yordamida nazorat qilishga asoslangan. Kolorimetrik, konduktometrik, xromatografiya va boshqa qator analiz usullari fizik-kimyoviy usullar jumlasiga kiradi. Analizning fizik-kimyoviy usuli asosan quyidagi uch turga bulinadi.
1). Optik analiz usullari.
2). Elektrokimyoviy analiz usullari.
3). Xromatografik analiz usullari.

Download 105.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling