Analitik kimyo usullarining
Download 105.17 Kb.
|
Analitik kimyo
Analiz uchun olingan modda miqdoriga ko‘ra analiz usullarining
sinflanishi.Analiz uchun olingan modda miqdoriga (quruq namunaning massasiga va eritmaning hajmiga) ko‘ra analiz usullari makro-, yarimmikro-, mikro-, ultramikro va submikro analiz usullariga bo‘linadi.Makro usulda aniqlanayotgan modda miqdori quruq namunadan 1-10 g, eritmadan 10-100ml oralig‘ida olinadi. Bu usulda reaksiya probirkalarda o‘tkaziladi. Mikro usulda modda makrometodga nisbatan kam olinadi va reaksiya mikrokristalloskopik yoki tomchi usulda shisha plastinkada olib boriladi. Makro va mikro analiz o‘rtasidagi oraliq analiz turi yarimmikro analiz deyladi. Yarimmikro analizda tekshirilayotgan namuna makro analizga nisbatan 20-25 marta kam olinadi. Yarimmikro analiz reaktivlarning ortiqcha sarfini kamaytiradi, Aniqlashni bajarishni tezlashtiradi va umuman analiz o‘tkazish qulay bo‘lib qoladi. Agar analiz to‘g‘ri bajarilsa yarimmikro usul juda aniq natijalar beradi. Shuning uchun moddalarni sifat jihatdan kimyoviy analiz qilishda asosan yarimmikro usuldan keng foydalaniladi. Ultramikro analiz, submikro analiz usullari ham mavjud bo‘lib, bu usullardan radiokimyoda izotoplar sintezini bajarishda foydalaniladi. Analizning bu usullarida ishlatiladigan quruq modda va eritmaning hajmi qo‘yidagicha (jadval-3). 3-jadval. Analiz uchun olingan namunaning massasiga va hajmiga ko‘ra analiz usullarining sinflanishi1 Kimyoviy sifat analizi – kasrli(bo‘lib-bo‘lib) va tizimli(sistematik) tahlildan tarkib topgan. Analiz qilinayotgan namunadagi ion yoki moddani murakkab aralashmadan bevosita, spessifik (xususiy) reagent bilan topish kasrli tahlil deyiladi. Tahlil etilayotgan ionlar aralashmasini analitik guruhlarga ajratib, so‘ngra ochish tizimli (sistematik yoki tartibli) tahlil deyiladi.
Download 105.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling