Analitik kimyo usullarining
Download 105.17 Kb.
|
Analitik kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fazaviy analiz
Struktur va funksional analiz. Struktur analizidan molekulalarning fazoviy tuzilishlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Funksional analizda - turli funksional guruhlar masalan, amino -NH2, nitrito -NO2, karbonil -C=O, karboksil -COOH, gidroksil -OH, nitril -CN va boshqa guruhlar borligi ochiladi va aniqlanadi. Funksional analiz bir vaqtningo‘zida bir xil sinfga mansub moddalarning barchasini aniqlashga imkon beradi. Masalan, barcha spirtlar. Yuqoridagi misolda keltirilganidek agar moddaning struktura formulasi H2NCSNH2 (tiokarbamid)dan iborat bo‘lsa, funksional analiz natijasida analiz qilinayotgan modda namunasida S=S va NH2 guruhlar ochiladi. Agar namuna toza NH4NCS (ammoniy tiosianat)dan iborat bo‘lsa, funksional analiz natijasida ammoniy kationi NH4+ va tiosianat NCS- anioni (rodanid anioni) ochiladi. Agar namuna ikkala modda aralashmasidan iborat bo‘lsa, unda to‘rtta guruhning S=S, NH2, NH4+ va NCS- hammasi ochiladi. Bu ma’lumotlar aralashmadagi ikkita modda miqdoriy nisbatlari haqida fikr yuritishga imkon bermaydi. Mazkur ob’yektning miqdoriy molekulyar analizini o‘tkazgandan keyingina uning kimyoviy tarkibi haqida uzil-kesil xulosa chiqarish mumkin. Fazaviy analiz. Tarkibiy analiz. Tarkibiy analizning maqsadi bir elementni turli ayrim formalarini aniqlashdan iborat. Amalda ba’zan biror elementning umumiy miqdori emas, balki qaysi shaklda ekanligini ham bilish zarur bo‘ladi. Masalan, ma’danlarni analiz qilishda oltingugurtning umumiy miqdori emas, balki qancha qismi erkin [S0], sulfid [S2-], pirit [S22- va sulfat [SO42-] holda ekanligini bilish kerak bo‘ladi. Analizning bu turi fazaviy analizdeyiladi. Fazaviy analizda tekshirilayotgan tizimning fazaviy tarkibi ochiladi va aniqlanadi. Analiz usullarining aniqlash yoki topish ob’yekti bo‘yicha sinflanishi quyidagi 2-jadvalda keltirilgan. Aniqlash yoki topish ob’yekti (analit)
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling