Anatomiya yangi indd


-rasm. Odam skletining umumiy ko‘rinishi


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

1-rasm. Odam skletining umumiy ko‘rinishi.

13

umrining oxirigacha saqlanadigan qizil ilik bo‘ladi. G‘ovak modda 



ko‘pdan-ko‘p suyak hovonlardan iborat. Bu hovonlar yuk bosimi-

ga va suyakka birikkan muskullarning tortilishiga bardosh beradi-

gan yo‘nalishda joylashgan. Bu suyakni yengil va shu bilan birga, 

mustahkam qiladi. Suyakning asosiy qismini



 suyak to‘qimasi

 

tashkil etadi.



Suyakning kimyoviy tarkibi.

 Suyak organik va anorganik mod-

dalardan tuzilgan. Anorganik moddalarga kalsiy, fosfor, magniy va 

boshqa mineral tuzlar kiradi. Suyak anorganik moddasining 95% 

ini kalsiyli tuzlar tashkil qiladi. Suyak tarkibida ossein organik mod-

dasi bo‘lib, ular tufayli suyak elastiklik xususiyatiga ega. Quritilgan 

va yog‘sizlantirilgan suyaklarning 70% ini mineral tuzlar, 30% ini 

organik moddalar tashkil qiladi. Organik va anorganik mod 

dalar 

aralashmasi suyakning pishiqligini ta’minlaydi. Suyakning pi shiqligi 



misning qattiqligiga yaqin. Ko‘ndalang qo‘yilgan son suyagi 1200 

kg, tik boldir suyagi 1650 kg yuk ko‘taradi. Suyak tarkibida kimyoviy 

moddalarni kuzatish uchun ingichka suyak 10-15% li sulfat kislo-

taga tushirilsa, tuzlar erib ketib, organik qism saqlanadi. Bunday 

suyak rezina kabi elastik bo‘ladi. Agar suyak kuydirilsa, organik 

moddalar yonib, anorganik qismi qoladi. Bunday suyak esa mo‘rt 

bo‘ladi. Yosh organizm suyaklarida organik modda ko‘p bo‘ladi, 

yosh oshgan sari anorganik moddalar ortib, organik moddalar ka-

mayib boradi. Skeletda xilma-xil funksiyani bajaruvchi uzun nay-

simon suyak 

lar, kalta suyaklar, yassi suyaklar va aralash suyaklar 

mavjud. 


Uzun  suyaklar qo‘l-oyoqda bo‘ladi, masalan, son, yelka, 

bilak, tirsak suyaklari va boshqalar. Bu suyaklarning ikki uchi va 

tanasi bo‘lib, uchlari

 epifiz

, tanasi


 diafiz

 deb ataladi. 




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling