Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Mavzuni mustahkamlash va nazorat qilish uchun savollari
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- MAVZU: KASBIY PSIXOLOGIYANING KLASSIFIKATSIYASI VA ULARNI TANLASH REJA
- Tayanch ibora va tushinchalar
Mavzuni mustahkamlash va nazorat qilish uchun savollari:
1. Kasbiy psixologiyaning metodlari haqida tushuncha. 2. Psixologiyada genetik printsipning amal qilishini aytib bering? 3. Longityud metodini izohlab bering. 4. Kesimli metodning mazmuni va mohiyati nimalardan iborat? 5. Tadqiqotlarni tashkillashtirish deganda nimani tushunasiz? 6. Tadqiqotlarni rejalashtirish kanday bosqichlardan iborat? 7. Kasbiy psixologiyada eksperimental metodlardan foydalanish ahamiyatini aytib bering? 3- MAVZU: KASBIY PSIXOLOGIYANING KLASSIFIKATSIYASI VA ULARNI TANLASH REJA: 3.1. Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning kontseptual asosidir 3.2. Mutaxassisning kasbiy tayyorligi 3.3. Mutaxassislik – kasbiy ta‘lim, tayyorgarlik yoʻli bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar 3.4. Kasblarni psixologik tizimlash Tayanch ibora va tushinchalar: kasb, mutaxassis, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy ta‘lim, maxsus bilimlar, psixologik tizimlash. 3.1. Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning kontseptual asosidir 52 Kasbshunoslikning asosiy kontseptual bosh tushunchasi - bu kasb tushunchasidar. Kasbshunoslik adabiyotlarida kasb tushunchasining tavsifi juda koʻp. Avvalambor bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan oʻtkazuvchi va unga yashash uchun manba boʻlib xizmat qiluvchi mashgʻulotdir. Keyin kasb bir xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma‘lum aloqalar va axloq normalari oʻrnatiladi. Kasb jamiyatning mexnatga layokatli a‘zolarini ijtimoiy tashqillashtirishning aloxida shakli boʻlib, bunda a‘zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi bilan birlashgan. B.Shouning fikri boʻyicha ―Kasb - mutaxassislarning chetdagi odamlarga qarshi fitnasidir‖. ―Kasb - jamiyat uchun zarur va kadriyatli soha boʻlib bunda asosiy jismoniy va ruxiy kuch talab etiladi‖. Bu kuchlar unga sarflangan mehnat oʻrniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon boʻladi. Bu ta‘rifni yanada batafsil yoritib, E.A.Klimov kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning oʻzini namoyon etish sohasi deb ta‘riflaydi. Yana bir ta‘rifni keltiramiz. ―jamiyat nuktai nazaricha kasb bu kasbiy masalalar, kasbiy faoliyat shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari tizimi boʻlib, ular ish uchun muxim bulgan natija mas‘uliyatlarni yetkazishni ta‘minlab berishi kerak boʻladi‖ Nisbatan tor ta‘rifni esa V.G.Makushin keltiradi, ―Kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat xayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi boʻlib xizmat qiladi‖. Mavjud ta‘riflarni umulashtirib, quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Kasb mexnat faoliyatining paydo boʻlgan shakllari boʻlib, ularni bajarish uchun inson albatta ma‘lum bilimlar va kunikmalarga maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muxim kasbiy sifatlarga ega boʻlishlari kerak. ―Kasb‖ atamasi kasbiy faoliyatning fakatgina yukori statusli turlariga nisbatan ishlatiladi. Boshqa faoliyat turlari mutaxassisliklarga yoki ish, mashgʻulot turlariga tegishli boʻladi. Milliy kasbshunoslikda ―kasb‖ va ―mutaxassislik‖ tushunchalari farqlanadi. Kasb mutaxassislikka koʻra kengrok tushuncha, kasbiy saloxiyatida tashqari, uning muxim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy saloxiyat, kasbiy avtonomiya, oʻzini 53 nazorat qilish, guruxli mezonlar va qobiliyatlar xisoblanadi. Kasb odatda yaqin mutaxassisliklar guruxini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor, mutaxassisliklar - terapevt, pediatr, okulist, urolog, va xokazo, kasb - muxandis, mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va xokazolar. Mutaxassislik — kasbiy ta‘lim, tayyorgarlik yoʻli bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, koʻnikma va malakalar kompleksi boʻlib, ular u yoki bu kasb doirasida ma‘lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy xisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik - kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi boʻlib, u shaxsiy yutuqlarga yoki oʻziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling