Immunologik tolerantlik.
Tolerantlik yoki immunologik tolerantlik – barcha antigenlarga immunoreaktivlik xususyatini saqlagan holda organizmning muayyan antigenligiga nisbatan immunologik javobini yo'qolishi yoki susayishi. «Tolerantlik» terminini ingliz olimi P.Medavar (1953) tomonidan ko'chirib o'tqazilgan begona to'qimaga nisbatan organizm immuno sistamasi «chidamliligini» ko'rsatish maqsadida taklif etilgan.«Immunologik falajlik», «areaktivlik»,«antigen og'irligi» kabi terminlar tolerantlikning har xil shakillariga mos keladi. Sog'lom organizmning immun tizimi o'zining antigenlariga nisbatan tolerant bo'lishi tufayli organizm to'qima va hujayralariga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan antitelolarni ishlab chiqarmaydi. Homilaning alloantigenlarga nisbatan tolerantlikning fiziologik holati homiladorlik paytida vujudga keladi, degan taxminlar mavjud. Qon hosil qiluvchi (plazmatik) hujayralarnimg ona qornida bo'ladigan almashinuvlari natijasida har xil tuxumli egizaklarda ham qonning guruhlangan antigenlariga nisbatan o’zaro fiziologik tolerantlik paydo bo'lishi mumkin. Bakterya va viruslarga nisbatan tolerantlik latent, ya'ni yashirin infeksiya yuqqanida (masalan odamda zardobida gepatit virusi tushganda) kuzatiladi. Organ va toʻqimalar transplantatsiyasi (koʻchirib oʻtqazish) da transplantantning taqdiri retsipiyentda donorning gistooʻrindosh antigenlariga nisbatan hosil qilinayotgan Tolerantlikning qanchalik toʻliq va uzoq boʻlishi bilan aniqlanadi. Hususiy antigenlarga nisbatan Tolerantlikning buzilishi avtoimmun kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tolerantlik toʻliq yoki immun javobning biron shakliga taalluqli boʻlishi mumkin (masalan antigenlar hosil qilish qobiliyatini yoʻqotganda hujayra immunitetini saqlab qolish) Tolerantlikning murakkab tabiati, bu holatni oʻrganish uchun tajribalar oʻtkazish vaqtida ochiladi. Immunokomponent hujayralar maʼlum klonlari hayot faoliyatining pasayishi yoki butunlay toʻxtashi natijasida qaytmas Tolerantlik vujudga kelishi kuzatilgan. Bunday holat immune sistema pishib yetilmagan davrda, ayniqsa, organizmga koʻp miqdorda antigenlar kiritilganda paydo boʻladi (homilaning ona qornida rivojlanishi davrida yoki bola tugʻilgandan keyingi dastlabki kunlarda).
Do'stlaringiz bilan baham: |