Antigen va antitanani kovalent immobillash Immunoenzim tahlil
Download 44.24 Kb.
|
шььгтщдщпшнф
Voyaga yetgan organizmlarda Tolerantlikni, ionlovchi nurlar yoki immunodepressantlar yordamida immunokomponent hujayralarni toʻliq boʻgʻish bilan vujudga keltirish mumkin. Organizmga kichik dozadagi eruvchan antigenlar kiritib, qaytar Tolerantlik hosil qilsa boʻladi. Bunday antigenlarning molekulalari limfotsitlar membranasiga joylashgan immunoglobulinlarning molekulalari bilan birikib, ularni toʻsib qoʻyadi, deb taxmin qilinadi.Qaytar Tolerantlikni antigen-antitelo kompleksi ham hosil qiladi. Tolerantlik B limfotsitlar hamda fagotsitlarning immun javobini toʻxtatib turuvchi maxsus T-limfotsitlar mavjud. Bunday T-limfotsitlar (supressorlar) xususiy antigenlarga nisbatan fiziologik Tolerantlikni saqlab turishi mumkinAntitelolarning bir meʼyorda hosil boʻlishini amalga oshiruvchi Tolerantlik shakli ham mavjud; bu jarayonda vujudga kelgan barcha antitelolar toʻqimalardagi antigenlar bilan bogʻlanadi. Tolerantlikni organizmga koʻp miqdorda antitelolar kiritish orqali ham hosil qilish mumkin. Bu antitelolar antigen molekulalarini limfotsitlarga yetkazmasdan ushlab qoladi yoki antigenni immunokomponent hujayralardan toʻsib turadi. Organizmning tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidashi ham Tolerantlik deb ataladi. Oʻsimliklarda Tolerantlik himoya reaksiyasining bir turi, yuqtirilgan kasallikka javoban oʻziga xos chidamlilikning namoyon boʻlishi. Turda Tolerantlikning paydo boʻlishi tanlash natijasi bilan bogʻliq boʻlib, tabiiy populyatsiyalardagi evolyutsion jarayonda oʻsimlik bilan patogen oʻrtasida uzoq vaqt davom etgan oʻzaro taʼsirlar natijasida vujudga keladi.Madaniy oʻsimliklar Tolerantlik tufayli epifitotiya (yoppasiga zararlanish) sharoitida qam qoniqarli hosil beradi. Tolerantlikning namoyon boʻlishi ekologik sharoitlarga (harorat, havo, tuproq), yosh oʻsimlik ontogenezi fazalariga va boshqalarga bogʻliq. Barcha navlarga mansub boʻlgan oʻsimliklar Tolerantlikni qulay sharoitlarda oʻstirilganda (oziqlantirish, agrotexnika) oshadi. Tolerant navlardan keng miqyosda foydalanish xavfli, chunki ular boshqa oʻsimliklarni zararlovchi manba boʻladi; kasallik qoʻzgʻatuvchi yangi mikroorganizmlarning paydo boʻlishiga qulay sharoit yaratadi.Voyaga yetgan organizmlarda Tolerantlikni, ionlovchi nurlar yoki immunodepressantlar yordamida immunokompetent hujayralarni toʻliq boʻgʻish bilan vujudga keltirish mumkin. Organizmga kichik dozadagi eruvchan antigenlar kiritib, qaytar T. hosil qilsa boʻladi. Download 44.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling