Antigen va antitanani kovalent immobillash Immunoenzim tahlil


Download 44.24 Kb.
bet8/15
Sana04.05.2023
Hajmi44.24 Kb.
#1424227
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
шььгтщдщпшнф

Immun tizim filogenezi
Ma’lum bo’lishicha immunitet tizimida hattoki oddiy antigenga nisbatan sodir bo’ladigan har qanday javob reaksiyasi, gistomansublik kompleksining ma’lum bir qismidan joy olgan o’ziga xos gen yordamida nazorat qilinadi. Mana shunday nazoratga daxldor genlar, o’ziga xos immunologik javob genlari deb ataladi (IR-gen, immun respons).
Immunitet tizimini o’rganish jarayonida bunday favquloddagi hodisaning ro’y berishi, hayvon organizmiga kiritilgan oddiy aminokislotali polimerning immunogenlik xususiyatini tekshirish natijasida yuzaga keladi. Masalan, H2b-gaplotipiga ega bo’lgan sichqonlar sun’iy tarmoqlanib ketgan T, G-A_L polipeptitidagi nisbatan juda yuqori javob bersalar H-2K gaplotipli sichqonlar esa shu polipeptidga qarshi o’ta past reaksiya bilan javob qaytaradi. Boshqa so’z bilan ta’riflanganda , H-2 gaplotipli sichqonlar (T, G)-A_L ga nisbatan yuqori reaktiv hisoblanadi. Buning sababi H-2 kompleksidan o’rin olgan maxsus IR genlarning borligi. Boshqa suniy polimer (H,G)-A-L tirozin o’rniga gistidin kiritilgan bilan immunizatsiya qilingan sichqonlardagi immunologik javob reaksiyasining holati umuman teskari bo’lib (T, G)-A_Lga nisbatan sust javob beruvchi sichqonlar boshqa polimerga nisbatan o’ta reaktiv bo’lib chiqdi. Shunday qilib ushbu chiziqqa ta’luqli sichqonlarning yuqori va past javob reaksiyalari antigenning xususiyatiga bog’liq bo’ladi
Immun tanqislik xolatlarini keltirib chiqaruvchi omilar:
1.Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari. Qo‘zg‘atuvchilar immun sistema hujayralarida ko‘payishi mumkin (ITV, infeksion mononukleoz), bunda immunkompetent hujayralar virus ta’sirida (lizis), yoki virus bakteriya toksinlari metobalitlari ishtirokida parchalanishi kuzatiladi. Bundan tashqari organizimning maxsus immun reaksiyasi mikrob va virus antigenlariga qarshi, bu reaksiyalar organizimning membranalariga qarshi ham bo‘lishi mumkin.
2.Yuqumli kasallikdan keyin immun sistemaning boshqarish mexanizimlari zararlanishi mumkin. Bu xolatda immunoregulyator T-xelper va T- supressorlar o‘rtasidagi nisbatni buzilishi kuzatiladi.
3.Tug‘ma yoki hayot davomida ortirilgan metobalitik yoki gormonal yetishmovchiliklarda ham HDOIT (qandli diabet, uremiya, semirib ketish, o‘ta ozib ketish) kuzatiladi.
4. Immun proliferativ kasalliklarda.
5. Immunosupressor va immunodepresant preparatlar ta’sirida.
Immun tanqisliklar xolatlarda, asosan, organizimda shartli patogen mikroorganizmlarni opportunistik yuqumli kasalliklar keltirib chiqarishi, rak kasalliklar va allergik, autoimmun jarayonlar rivojlanishi kuzatiladi.
Immun tanqisliklar xolatida (fonida) yuqumli kasalliklar uchun quyidagi xususiyatlar xarakterli:

1) o‘tkir yuqumli kasallikni ko‘plab retsidivlari kuzatiladi;


2) uzoq davom etuvchi miks infeksiya;
3) kasallikni tarqalgan (generalizatsii) formasiga o‘tish xafi;
4) yuqori foizda kasallikni surinkali formaga o‘tishi va tez-tez qaytalanishi, patologik jarayonni xarakterli aktivlashuvi;
5) tez va avvalroq shartli patogen bakteriyalarni qo‘shilishi;
6) yallig‘lanish jarayonini kelib chiqishida asosan miks infeksiya qatnashadi;
7) kasallik og‘ir o‘tadi;
8) standart davolashlarga rezistent bo‘ladi.

Download 44.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling