Antigen va antitanani kovalent immobillash Immunoenzim tahlil
Download 44.24 Kb.
|
шььгтщдщпшнф
- Bu sahifa navigatsiya:
- V-limfotsitlar
T-limfotsitlar sistemasi timus va limfoid organlarni timusga aloqador zonasidan iborat bo‘lib, ko‘payotgan va shakllanayotgan T-limfotsitlar tutadi. Timus- bu sistemani asosiy organi hisoblanadi. Timusda o‘zak hujayralaridan T-limfotsitlar shakillanadi. Timusda maxsus hujayralar (epitelial enaga, dendrit) va timus gormonlari ishtirokida bu limfotsitlar shakllanib, turli funksiyalar bajaruvchi T-limfotsitlar subpopulyasiyasiga aylanadi.
T-limfotsitlar qatnashadi: 1) hujayraviy immunitetda; 2) B-limfotsitlarning aktivligini boshqaradi; 3)sekin yuzaga chiquvchi o‘ta sezgirlikda (4-tipi) qatnashadi. T-limfotsitlarnin quyidagi subpopulyasiyalari tafovut qilinadi. Bularni ko‘pchiligi T-xelper nomini olishgan (ing.so‘z to help-yordam berish). Bu limfotsitlar B- limfotsitlarni antitela sekret qiluvchi va T -effektor hujayralarni shakllanishiga yordam beradi. Ikkinchi guruh limfotsitlar T-supressor deb nomlanadi (ing.so‘z to suppress-bosuvchi) immun javobni bosib turadi, ya’ni immun javobni antigenga qarshi kuchi va muddatini boshqaradi. Uchinchi guruh limfotsitlari T-killer (ing.so‘z to kill-o‘ldirovchi) deb nomlangan.T-effektorlar hisoblanadi. Bu limfotsitlar old faoliyatli (predshestvenniki) hujayralar bo‘lib timusda shakllanib, timusni tashlab chiqadi va qon orqali organizmdagi hamma limfoid organlardagi timus zonasiga boradi va antigen ta’sirida effektor hujayralarga aylanadi. T-limfotsitlar va ularni subpopulyasiyalari organizmda hujayra tipidagi immun javobni shakllantiradi. Timusni tashlab chiqqan T-limfotsitlar timusni doimo ta’sirida bo‘ladi, chunki timusda ishlab chiqarilayotgan bir qator boshqaruvchi peptidlarga nisbatan bu limfotsitlarda retseptorlar mavjud. V-limfotsitlar- markaziy organi suyak ko‘migi (SK) hisoblanadi. SK da V-limfotsitlar shakllanadi va qon bilan organizmdagi hamma limfoid organlardagi V- zonasiga boradi va bu erda antigen ta’sirida antitela sintez qiluvchi plazmatik hujayralarga aylanadi. V-limfotsitlarning 2 ta subpopulyasiyasi tafavut (V1, V2 va V xotira) qilinadi. V1 limfotsitlarning birlamchi shakillanishi peyer pilakchalarida ro‘y beradi va seroz bo‘shliqlarda uchraydi. Gumoral immun javobda plazmotsitlarga aylanadi va faqat IgM sintez qiladi. V2 limfotsitlar esa suyak ko‘migida, keyin taloqning qizil pulpasida shakillanadi va ularning aktivlanishi uchun har doim T-helperlar zarur. V2 limfotsitlar antigen ta’siridan kiyin plazmatik limfotsitlarga aylanib hamma klasdagi immunoglobulinlar sintez qiladi va bu limfotsitlar organizmda gumoral immun javobni shakllantiradi.V xotira uzoq yashovchi limfotsitlar bo‘lib, V2 limfotsitlardan shakillanadi. AG qayta ta’sirida kuchli va tez plazmotsitlarga aylanib kuchli gumoral immunitetni hosil qiladi. Download 44.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling