Antigen va antitanani kovalent immobillash Immunoenzim tahlil
Download 44.24 Kb.
|
шььгтщдщпшнф
- Bu sahifa navigatsiya:
- Limfotsitlarni qon yaratuvchi o’zak hujayralar bilan hamkorligi
Bunday antigenlarning molekulalari limfotsitlar membranasiga joylashgan immunoglobulinlarning molekulalari bilan birikib, ularni toʻsib qoʻyadi, deb taxmin qilinadi. Qaytar Talerantlikni antigenantitelo kompleksi ham hosil qiladi. T va B limfotsitlar hamda fagotsitlarning immun javobini toʻxtatib turuvchi maxsus T limfotsitlar mavjud. Bunday T-limfotsitlar (supressorlar) xususiy antigenlarga nisbatan fiziologik Talerantlikni saqlab turishi mumkin.Limfotsitlarni qon yaratuvchi o’zak hujayralar bilan hamkorligi Immun jarayonida ishtirok etadigan hujayralar immunokompitent hujayralar deyiladi. Bunday hujayralarning asosan ikki turga ajratish mumkin: 1.Limfotsitlar – ularning o’zi ikki turga bo’linadi: T-limfotsitlar (timusga tobe) B-limfotsitlar (suyak ko’migiga tobe) Bundan tashqari immunitetda na T- na V-limfotsitlarga mansub tabiiiy killerlar ishtirok etadi. 2. Yordamchi hujayralar – asosan makrofaglarni kiritish mumkin, ularga interdigidlovchi va dendiritli hujayralar ham kiradi. Bu hujayralar immun tizimi a`zolarida T va B limfotsitlar uchun maxsus mikro muhit yaratish bilan birga limfotsitlarni antigenlardan zararsizlantirish jarayonida ham faol ishtirok etadi. Eozinofil, bazofil to’qima bazofillarni ham kiritish mumkin. T va B limfotsitlarning ko’payishi va shakllanishi antigenga bog’liq va bog’liq bo’lmagan holga keltirish mumkin. Antigenga bog’liq bo’lmagan ko’payish va shakllanish jarayoni immun tizimning markaziy a`zolarida (timusda va qizil suyak ko’migida) amalga oshadi. Bu a`zolarda T va V limfotsitlar mikromuhit hujayra ta`sirida etiladi. Antigenga bog’liq jarayon esa periferik immun shimoya a`zolarda sodir bo’ladi. Organizmga antigen turli yo’llar bilan tushishi mumkin. Antigen uchun eng yaqin asosiy darvozalar ovqat hazm qilish, nafas olish, siydik chiqaruv yo’llari va boshqa a`zolarning shilliq pardalari shisoblanadi. Teri orqali ham tushadi. T-limfotsitlar hujayraviy immunitetning asosiy tuzilmalaridir. Bundan tashqari ular gumoral immunitetga ham faol himoya reaktsiyalari boshqarishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi paytda T-limfotsitlaring bajaradigan vazifasiga ko’ra quyidagi asosiy turlari (subpopulyatsiya) farq qilinadi: a)T–killerlar, ya`ni qotil limfotsitlar ular yot hujayralarga ta`sir etib, ularni o’ldirish va yemirishda ishtirok etadi. v)T–helperlar (yordamchi) gumoral va hujayraviy immunitetda yordamchi vazifasini o’taydi. Ular antigenni tanib olib V-limfotsitlarni plazmatik hujayralarga aylantirishga yordam beradi. Plazmatik hujayralar – (antigenga qarshi antitana ishlab chiqaruvchi hujayralar). s)T-supressor (pasaytiruvchi) B-limfotsitlarni plazmotsitlarga aylanish jarayonini susaytiradi va shu tufayli antitana shosil bo’lishini boshqaradi. d)T–amplefeyerlar (kuchaytiruvchi).T–killer bilan T–helperlarning faoliyatini kuchaytiradi. e)T–differentsiyalovchilar – (belgilovchi) qonning o’zak hujayralariga ta`sir qilib ularning mavsum yo’nalishda ko’payishini va shakllanishini boshqaradi. Bundan tashqari T limfotsitlar orasida antigen to’g’risida ma`lumotni eslab qoluvchi hujayralar borligi aniqlangan. Download 44.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling