Antigen va antitanani kovalent immobillash Immunoenzim tahlil


Download 44.24 Kb.
bet7/15
Sana04.05.2023
Hajmi44.24 Kb.
#1424227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
шььгтщдщпшнф

Yurak transplantologiya bozorida eng qimmat organlardan bo’lib, Yevropada 250 ming dollar atrofida baholangan. Buyrak transplantatsiyasi ham muhim transplantatsiyalardan hisoblanadi. Buyraklarni mashina yoki kvartiraga almashish haqidagi hazillar asosga ega. Buyrak narxi Yevropada 50-70 ming dollarga baholanmoqda. Transplantatsiya amaliyotida bo’ladigan operatsiyalarning 70 % ini buyrak ko’chirib o’tkazish amaliyotlari tashkil qiladi.

Mustaqil Respublikamizda 2018-yil 11-iyun kuni “Inson organlari, to’qimalari va hujayralarini transplantatsiya qilish to’g’risida” gi qonun qabul qilindi. Yangi qonunga ko’ra transplantatsiya amaliyotlari Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasida amalga oshirilmoqda.

Yurtimizda o’zbek va chet el shifokorlari hamkorligida birinchi marta jigar serroziga uchragan bemorda jigar transplantatsiyasi amaliyoti amalga oshirildi. Amaliyotda 21 nafar shifokor, 10 nafar o’rta tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. Operatsiya jarayoni qariyb 15 soat davom etdi. Birinchi marta o’tkazilgan murakkab operatsiya muvaffaqiyatli o’tdi.

Odam organizmida har minutda bir necha ming hujayra har xil omillar ta’sirida mutatsiyaga uchraydi va ulardan ma'lum bir qismi xavfli o‘smasimon (raksimon) hujayralarga aylanadi. Shunga qaramay, rak kasalligi boshqa kasalliklar orasida birinchi o‘rinda turmaydi, chunki immun sistema organizmni mutatsiyaga uchragan hujayralardan tozalab turadi.

O’sma (shish) antigenlari.

O’sma (shish)ga qarshi immunitetning mexanizmlari. O‘smaga qarshi immunitetning rivojlanishida quyidagi jarayonlar kuzatiladi: mutatsiyaga uchragan hujayra usti membranasidagi antigenlar o‘z tuzilishini o‘zgartiradi yoki yangilari paydo bo‘ladi. HLA-sistemaning I sinf genlari sintez qilgan biomolekulalar ham tuzilishini o‘zgartiradi. Bu o'zgargan antigenlarni organizmda immun tizim hujayralari tanib olish xususiyatiga ega:


1) Tabiiy killerlar ular doimo organizmda bo‘lib, o’sma hujayralarini tezda taniydi va o’ldiradi;
2)T-killerlar, hujayraviy immunitet mahsuli bo‘lib, o‘sma hujayrasini topgach uni o'ldiradi.
Organizmni o'sma hujayralaridan himoya qilishda interferonlar ham katta ahamiyatga ega.
Organizmni o'sma hujayralaridan himoya qilishda interferonlar ham katta ahamiyatga ega. Oxirgi izlanishlar, o’sma hujayralari organizm immun tizimi


Download 44.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling