Antigen va antitanani kovalent immobillash Immunoenzim tahlil
Allergik reaksiyalar. Infeksion allergiyani o‘ziga xos xususiyatlari
Download 44.24 Kb.
|
шььгтщдщпшнф
- Bu sahifa navigatsiya:
- Immunoenzim tahlil
Allergik reaksiyalar. Infeksion allergiyani o‘ziga xos xususiyatlari.
Allergiya – organizmning qayta antigenga sensibilizatsiya bo‘lishi natijasida sezgirligini oshib qolish reaksiyasi. Allergiya organizimga antigen (allergen) qayta tushganda ro‘y beradi. Allergenlar – antigen, organizmga tushganda allergik reaksiyani keltirib chiqaradi. Allergenlar kelib chiqishi bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin: 1) dorivor moddalar, preparatlar; 2) hayvonlardan kelib chiqqan; 3) o‘simliklardan kelib chiqqan; 4) oziq ovqatlar; 5) infeksion; 6) turar joy allergenlari. Har qanday allergiya – bu organizmning himoya reaksiyasidir, lekin bu reaksiyalar patologik xarakterga ega bo‘lib, antigenni elemenatsiyasi organizmdagi hujayra va to‘qimalarni jarohatlanishi bilan boradi. Allergik reaksiyalar asosida hujayra va gumoral tipdagi immun reaksiyalar yotadi. Mexanizimi va klinik ko‘rinishi bo‘yicha 4 allergik reaksiyalar tipi tafovut qilinadi. 1) anaflaksiya; 2) sitotksik; 3) immun kompleksli; 4) hujayraviy. Anafilaksiya ( AR 1 tipi) – AG+AT kompleksi xosil bo‘ladi. AT immunoglobulin E bo‘lib, uning Fc qismiga semiz hujayralarda, bazofillarda retseptor bo‘ladi. Immunoenzim tahlil Viruslar – antigen sifatida bir necha xil antigen determinantlarga ega antigen hisoblanib, ularni hayvon organizmiga yuborganda, ularga karshi antitanalar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Sababi viruslar, antigenlik hususiyati ega bo‘lgan, turli antigen determinantasi mavjud bo‘lgan mikroorganizm hisoblanadi. Viruslar nuklein kislotasini o‘rab turgan tashqi oqsil qavatidan tashkil topgan bo‘lib, antitana hosil kilishda sabab bulgan antigen determinantlari esa, odatda 3-----5 yo‘nalishga ega aminokislota qoldiqlaridan iborat bo‘ladi. Kimyoviy tabiatiga ko‘ra antitanalar qon zardobi oqsillari hisoblanib, glikoproteidlar sinfiga kiradi va immunoglobulinlar deb yuritiladi. Qon zardobi oqsillarini boshqa oqsillardan farqi o‘laroq, har hil effektor funksiyali geterogen populyasiyalar hosil qilishidadir. Sun’iy immunizatsiyada hosil bo‘ladigan turli antitanalar – asosan 5 ta sinfga mansub bo‘lib, ular ko‘p holatlarda o‘ziga xos hususiyatlari bilan serologik testlarda muhim rol o‘ynaydi. SHu vaqtgacha ishlab chiqilgan immunologik metodlar antigen va anti zardob oqsillari o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarga asoslanib, ushbu metodlarni bir qancha gruppaga bo‘lish mumkin. Birinchisi – bu antigenlarni o‘ziga xos antitanalar bilan pretsiptatsiyalanishiga ya’ni agar gelida /cho‘kishiga/ asoslangan metoddir. Boshka gruppa metodlari pretsipitatsiya reaksiyasiga asoslangan bo‘lib, ammo pretsepitatsiya antigen va antitelolarni agar poralaridagi diffuziyasidan so‘ng yuz beradi. Ushbu usulda elektr maydoni orqali diffuziya jarayonini tezlashtirish mumkin. Bir qator metodlar, agglyutinatsiyaga asoslangandir, ya’ni antizardob bilan /antitela/ antigenni o‘zaro “yopishishiga” asoslangandir. Hosil bo‘lgan agregatlarni oddiy ko‘z bilan (yoki bir muncha kattalashtirgan holda) kuzatish mumkin. Download 44.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling