Atomning elementar zarrachalari protonlar, neytronlar, elektronlar


Download 283.86 Kb.
bet11/15
Sana17.02.2023
Hajmi283.86 Kb.
#1205302
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ATOM TUZILISHI VA ELEMENTLARNING DAVRIY SISTEMASI

Kimyoviy formula va valentlik
Kimyoviy formula - modda tarkibini kimyoviy belgilar va (zarurat bo’lsa) indekslar yordamida ifodalanishi.
Moddaning kimyoviy formulasi quyidagi tarzda ifodalanadi: empirik, molekulyar, struktura, elektron.
Emperik formulalar - murakkab moddaning tarkibiga kirgan element atomlarining oddiy nisbatda bo’lishidir.
Molekulyar formula - modda molekulasidagi atomlarning aniq sonini aks ettiradi, lekin ularning qay tarzda bog’langanligini ko’rsatmaydi.
Struktura formula - modda molekulasidagi atomlarni bog’lanishini valent chiziqlar bilan ifodalanishi.
Elektron formula - modda molekulasi tarkibidagi atomlarning har birini tashqi pog’onasidagi elektronlarini ifodalovchi formula.
Valentlik deb, element atomining boshqa elementlar atomlarining aniq sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi.
Ikki elementdan tashkil topgan (binar) birikmalarning formulalari quyidagicha tuziladi.

  1. Agar ikki element valentliklari bir xil sondan iborat bo’lsa ularga hech qanday indeks qo’yilmaydi.

Masalan: FeO (temir (II) oksid), MgO (magniy oksid), AlP (alyuminiy fosfid), AlN (alyuminiy nitrid).

  1. Agar ikki element valentliklari biri juft, biri toq sondan iborat bo’lsa, ularning valentliklari bir-biriga indeks sifatida almashtirilib qo’yiladi.

Masalan: Fe2O3 (temir (III) oksid), Al2O3 (alyuminiy oksid), MgCl2 (magniy xlorid), P2O5 (fosfor (V) oksid).

  1. Agar molekula tarkibidagi ikkala element valentliklari ham toq sondan iborat bo’lsa, bunda ham yuqoridagi (2) qoida takrorlanadi, ya’ni valentliklar indeks tarzida almashtiriladi.

Masalan: AlCl3 (alyuminiy xlorid), NH3 (ammiak), SrBr3 (xrom (III) bromid).

  1. Agar modda tarkibidagi ikkala element valentliklari ham juft sondan iborat bo’lsa, katta qiymatga ega bo’lgan juft son tanlab olinadi va ikkalasiga ham bo’lib, chiqqan natija indeks tarzida pastga qo’yiladi.

Masalan: SO3 (oltingugurt (VI) oksid), SO2 (uglerod (IV) oksid), OsO4 (osmiy (VIII) oksid).

Download 283.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling