Attraksionlarni identifikatsiya qilish va muomalaga chiqarish qoidalari


avtodrom va karting attraksionlari


Download 275.93 Kb.
bet2/11
Sana23.12.2022
Hajmi275.93 Kb.
#1045857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
677 28.11.2022

avtodrom va karting attraksionlari — yo‘lovchi modullarining harakatni yo‘naltiruvchilardan tashqarida atrofi o‘ralgan (cheklangan) maydonda erkin harakatlanishi mumkin bo‘lgan attraksionlar (to‘qnashuvchi avtomobillar, park yo‘laklaridagi sayohat avtopoyezdlari, kartinglar, shu jumladan, estakadalar, mini-avtomobil tezyurar yo‘llari);
attraksion — jamoat joylarida tashrif buyuruvchilarning vaqtichog‘lik qilishi uchun vaqtincha yoki statsionar o‘rnatilgan asbob-uskuna, yo‘lovchilar uchun turli darajadagi xavflarning psixo-emotsional va (yoki) biomexanik ta’siri tufayli vaqtichog‘lik taassurotini yaratuvchi asbob-uskuna;
attraksion loyihasi xavfsizligini asoslash — ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun attraksionning xavfsizligi to‘g‘risidagi hujjatlar majmui;
attraksion pasporti — ishlab chiqaruvchining kafolatlarini, attraksionning asosiy parametrlari va xususiyatlari qiymatlarini, shuningdek, attraksionning muvofiqligini tasdiqlash va uni utilizatsiya qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat;
attraksion tipi — ishlashi va biomexanik ta’sirni keltirib chiqarishi o‘xshash bo‘lgan attraksionlar;
attraksion turi — bir xil ishlash tamoyiliga yoki bir xil funksiyalar yig‘indisiga ega bo‘lgan attraksionlarning bir necha tiplari yig‘indisi;
attraksiondan foydalanish qoidalari — loyihachi (ishlab chiqaruvchi) yoki atraksionni ishlatuvchi tomonidan yo‘lovchilar va tashrif buyuruvchilar uchun o‘rnatilgan qoidalar;
attraksionni foydalanishga topshirish — Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash bo‘yicha zarur tartibotlardan o‘tgandan keyin attraksionning yo‘lovchilarga xizmat qilishi;
attraksionning texnik holatini baholash — attraksionning kelgusida muayyan davrda xavfsiz ishlash imkoniyatini aniqlash maqsadida vizual, o‘lchash, putur yetkazmaydigan va boshqa nazorat usullaridan foydalangan holda, uning texnik holatining ekspluatatsiya hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha ishlar majmui;

Download 275.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling