Attraksionlarni identifikatsiya qilish va muomalaga chiqarish qoidalari
Download 275.93 Kb.
|
677 28.11.2022
belgilangan resurs — muddatiga yetganda attraksionning texnik holatidan qat’i nazar, undan foydalanish to‘xtatilishi kerak bo‘lgan jami ishlash muddati;
belgilangan xizmat muddati — muddatiga yetganda attraksionning texnik holatidan qat’i nazar, undan foydalanish to‘xtatilishi kerak bo‘lgan attraksiondan foydalanishning kalendar muddati; tashrif buyuruvchi — attraksionlar yoki ularning yordamchi moslamalari zonasida bo‘lgan shaxs; tutib turuvchi moslamalar — biomexanik ta’sirlar yoki attraksiondan foydalanishdagi kuchlarning ta’siri yoxud yo‘lovchilarning xatti-harakatlari natijasida yo‘lovchilarning xavfsizlik konturidan tashqariga chiqib ketishining oldini olish uchun mo‘ljallangan attraksion elementlari (masalan, o‘rindiqlar, oyoq uchun quduqlar, tutqichlar va mahkamlab qo‘yuvchi moslamalar); to‘liq tekshirish — ekspluatant tomonidan attraksionning barcha muhim komponentlari va muhim parametrlari holatining ekspluatatsiya hujjatlari talablariga muvofiq baholanishi (shu jumladan komponentlarni qismlarga ajratish va ko‘zdan kechirish (zarur bo‘lganda), sinovdan o‘tkazish va sinash uchun ishga tushirish), shuningdek attraksionning boshqa qismlari texnik holatining baholanishi; foydalanishni cheklash — yo‘lovchilarga sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yoki bo‘yi, vazni bo‘yicha cheklanishi sababli, shuningdek, o‘zini yomon his qilganda attraksiondan foydalanishni cheklash; xavfsizlik konturi — konstruksiyalarning harakatlanuvchi va harakatsiz elementlarga tegishi natijasida jarohatlanish xavfini kamaytirish yoki bunday xavf oldini oladigan yo‘lovchi harakatlanadigan makonning bir qismini chegaralash; ekspluatant — qonuniy asosda attraksion egasi bo‘lgan va yo‘lovchilarga ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatish uchun ushbu attraksiondan foydalanuvchi yuridik shaxs; ekspluatatsiya hujjati — attraksiondan foydalanish qoidalarini belgilovchi va (yoki) ishlab chiqaruvchi tomonidan attraksionning asosiy parametrlari va tavsiflarining kafolatlangan qiymatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlarni, shuningdek, belgilangan xizmat muddati davomida amal qiluvchi kafolatlarni va foydalanishga oid ma’lumotlarni aks ettiruvchi (alohida yoki boshqa hujjatlar bilan birga) konstruktorlik hujjati; Download 275.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling