Attraksionlarni identifikatsiya qilish va muomalaga chiqarish qoidalari
Download 275.93 Kb.
|
677 28.11.2022
Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentga 2-ILOVA Attraksionlarning yo‘lovchilarga biomexanik ta’sirlari turlari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavf darajalari va yo‘lovchi o‘rindiqlarining og‘ishish turlari RO‘YXATI I. Attraksionlarning yo‘lovchilarga biomexanik ta’sirlari turlari va qiymatlari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavf darajasi * Biomexanik xavf darajalari odamlar balandlikdan yiqilganda olingan jarohatlarining oqibatlari haqidagi statistik ma’lumotlarga asoslangan. Izoh. Attraksionning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavfi darajasini aniqlashda maksimal qiymatlarga ega ko‘rsatkichlar tanlanadi. II. Yo‘lovchi o‘rindiqlarining og‘ishish turlari Yo‘lovchi o‘rindiqlarining oldinga og‘ishish turlari 1-rasmda ko‘rsatilgan. 1-rasm. Yo‘lovchi o‘rindiqlarining oldinga og‘ishishi Yo‘lovchi o‘rindiqlarining orqaga og‘ishish turlari 2-rasmda ko‘rsatilgan. 2-rasm. Yo‘lovchi o‘rindiqlarining orqaga og‘ishishi Yo‘lovchi o‘rindiqlarining yonga og‘ishish turlari 3-rasmda ko‘rsatilgan. 3-rasm. Yo‘lovchi o‘rindiqlarining yonga og‘ishishi Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentga 3-ILOVA Bolalar uchun mo‘ljallangan attraksionlarga qo‘yiladigan XAVFSIZLIK TALABLARI 1. Bolalar uchun mo‘ljallangan attraksionlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish turli yosh guruhlaridagi bolalarga xos fiziologik, psixologik, antropometrik omillar bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xavflarni, shuningdek quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi: a) turli yosh guruhlaridagi bolalar uchun mo‘ljallangan attraksionlardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini; b) asbob-uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlarini, shuningdek, harakatsiz elementlarni (bolalar qo‘li bilan tegishi mumkin bo‘lgan qismlar) shikastlanishdan xavfsiz bo‘lgan materiallar yoki qoplamalardan ishlab chiqarishning zarurligini; v) bolalarning qo‘llari, oyoqlari, boshi, barmoqlari, kiyimlari turli tirqishlar, yoriqlar, teshiklarda tiqilib qolishiga yo‘l qo‘yilmasligini; g) asbob-uskunalarning qismlarida (qismlar orasida), attraksiondan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada ko‘rsatilgan bolalar sirpanadigan, uchadigan, sakraydigan joylarda (zonalarda) yot narsalar tushishi mumkin bo‘lgan tirqishlar, yoriqlar, teshiklar mavjud bo‘lishiga (paydo bo‘lishiga) yo‘l qo‘yilmasligini; d) erkin tushishning xavfsiz balandligi ta’minlanishini; e) attraksionlarning harakatlanuvchi va harakatsiz elementlari orasida xavfsiz masofaning ta’minlanishi; j) asbob-uskunalar yuzasida suv to‘planishiga yo‘l qo‘yilmasligini, erkin oqib ketish va qurishning ta’minlanishi; z) mahkamlagichlarning chiqib turuvchi uchlarini himoya qilishning ta’minlanishi; i) kiyimning chiqib turuvchi qismlarga ilinib qolishi ehtimoli istisno qilinishini; k) attraksionlarning yog‘och elementlarining “chidamli” va “o‘rtacha chidamli” turidagi yog‘ochdan ishlab chiqarilishini, yuzada ishlov berish nuqsonlari mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligini; l) asbob-uskunalar elementlarini asboblardan foydalanmasdan yechib olish ehtimolini istisno qiladigan tarzda mahkamlashning ta’minlanishini; m) bolalar ushlashi uchun asbob-uskunalar elementlarining kengligi belgilangan normalarga muvofiq ta’minlanishini; n) attraksionlarning panjara va to‘siqlar (kerakli joylarda) bilan ta’minlanishini. Bunda panjara va to‘siqlar konstruksiyasi bolalarni ularda turishga yoki o‘tirishga undamasligi, bolalarning osilishiga imkon beradigan elementlar bo‘lmasligi kerak. 2. Bolalar uchun mo‘ljallangan attraksionlarning materiallariga quyidagi talablar qo‘yiladi: a) ishlatiladigan materiallar bolaning sog‘lig‘iga va atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatmasligi, juda yuqori yoki juda past haroratli iqlim zonalarida bolaning terisiga tekkanda termik kuyishlarni keltirib chiqarmasligi kerak; b) quyidagi materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi: polimer oson yonuvchan materiallar; toksikligi jihatidan o‘ta xavfli yonuvchi materiallar; xususiyatlari yetarli darajada o‘rganilmagan yangi materiallar; v) turli matritsali asosdagi polimer materiallar, kompozitsion materiallar ultrabinafsha nurlanish ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak; g) agar turli matritsali asosdagi polimer materiallar, kompozit materiallar foydalanish jarayonida mo‘rt bo‘lib qolsa, ishlab chiqaruvchi ularning xavfsiz foydalanish davrini ko‘rsatishi kerak; d) polimer va kompozit materiallarning chidamliligi va yuzasining qattiqligi butun xizmat muddati davomida bolalarning xavfsizligini ta’minlashi kerak; e) parchalanuvchi oksidlarni hosil qiladigan metall materiallar toksik bo‘lmagan qoplama bilan himoyalangan bo‘lishi kerak; j) faner ob-havo ta’siriga bardoshli bo‘lishi kerak. 3. Bolalar uchun mo‘ljallangan attraksionlarni yig‘ish va o‘rnatishga quyidagi talablar qo‘yiladi: a) attraksionlarni yig‘ish va o‘rnatish loyihalash-konstruktorlik hujjatlariga, yig‘ish, o‘rnatish, ishga tushirish, tartibga solish va sinab ko‘rish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarga muvofiq amalga oshiriladi; b) attraksionlar asoslariga mustahkam qotirilgan bo‘lishi yoki ularning tutib turuvchi konstruksiyalarining ag‘darilib ketish ehtimoli istisno qilinishi kerak. Bolalarning xavfsizligini ta’minlamaydigan attraksiondan foydalanish taqiqlanadi (agar attraksionning xavfsiz o‘rnatilishi tugallanmagan, zarbani yutuvchi qoplama qilinmagan bo‘lsa yoki texnik xizmat ko‘rsatish xavfsizlikni ta’minlay olmasa). 4. Bolalar uchun mo‘ljallangan attraksionlardan foydalanishda ekspluatant quyidagilarga majbur: a) kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lgan axborot taxtalarini yoki stendlarini o‘rnatish; b) attraksionlarning xavfsizligi va ishlashini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; v) asbob-uskuna shikastlangan va bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, undan foydalanish ehtimolini istisno qilish, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi (2 yoshdan 6 yoshgacha) bolalar uchun mo‘ljallangan attraksionlarda barcha turdagi lazer buyumlaridan va maktab yoshidagi bolalar (7 yoshdan boshlab) uchun mo‘ljallangan attraksionlarda esa ko‘zlar va terining kollimatsiyalangan nurlanish xavfliligi 1-darajadan yuqori bo‘lgan lazer buyumlaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik; g) attraksionlarni montaj qilish (yig‘ish, o‘rnatish) zonalarida jarohatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarning mavjud bo‘lmasligini ta’minlash; d) xavfsizlik zonasida to‘siqlar (konstruksiyalarning elementlari, daraxt shoxlari, skameykalar, e’lon ustunlari) mavjud bo‘lmasligini ta’minlash. Xavfsizlik zonasini belgilashda bolaning va attraksionlarning harakatlanuvchi elementlarining ehtimoliy siljishini hisobga olish kerak; e) attraksiondan yiqilib tushganda bolalarning shikastlanmasligi uchun erga tushish joyini yumshatuvchi, egiluvchan yoki zarbni amortizatsiya qiluvchi qoplama bilan jihozlash; j) erga tushish joyida to‘siqlar mavjud bo‘lmasligini ta’minlash. Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentga 4-ILOVA Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlariga qo‘yiladigan XAVFSIZLIK TALABLARI 1. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishda attraksionlarda suvdan foydalanish bilan bog‘liq quyidagi qo‘shimcha xavflar hisobga olinadi: a) suv muhitining xususiyatlari, silliq yuzada tashrif buyuruvchilarning yiqilish xavfi, suv to‘planishiga yo‘l qo‘yilmasligi (agar bu ko‘ngilochar taassurotlarni yaratish uchun nazarda tutilmagan bo‘lsa), cho‘kish xavfi, nam muhitda elektr toki urishi xavfi, suv yuzasiga balanddan yiqilishda jarohat olish xavfi; b) attraksionlarning o‘tkir qirralari, bo‘rtiqlari, notekisliklaridan mexanik jarohat olishga yo‘l qo‘yilmasligi; v) qo‘llar, oyoqlar, bosh, barmoqlarning tirqishlar, yoriqlar, teshiklarga tiqilib qolishiga yo‘l qo‘yilmasligi; g) balandligi 0,4 metrdan ortiq bo‘lgan to‘silmagan yuzalardan, og‘ma yuzalardan, yetarlicha mahkamlanmagan tutib turuvchi yuzalardan yiqilish xavfi (agar bu ko‘ngilochar taassurotlarni yaratish uchun nazarda tutilmagan bo‘lsa); d) yo‘laklar kengligining yetarliligi, shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun o‘tish imkoniyati; e) ushlab qolish vositalarining (attraksionlar konstruksiyalarining tutqichlari, panjaralari va shu kabi elementlari) yetarliligi va qulayligi. Bunda ularning konstruksiyalari ularga chiqish va tushishda yiqilish xavfiga yo‘l qo‘ymasligi kerak; j) attraksion yo‘lovchilarining tanasi tegadigan yuzalar silliqligini ta’minlashning zarurligi, yuzalarda sirpanganda yo‘lovchilarni jarohatlashi mumkin bo‘lgan yuzalarning suv tushirgichlari bilan birikmalarning mavjud emasligi; z) teri shikastlanishining, shu jumladan, ishqalanganda teri kuyishining oldini olish uchun yuzalarni suv bilan yetarli darajada moylashni yoki suv oqimini ta’minlashning zarurligi; i) attraksionlarning yo‘lovchilarga ta’sir ko‘rsatadigan ruxsat etilgan tezlashishlarni, shuningdek, sirpanish yuzasiga bosh bilan urilish xavfi bo‘lmagan tezlashishlarni ta’minlovchi xavfsiz shaklini, ayniqsa, yo‘lovchilarning yuzada katta tezlikda sirpanishi uchun yuza shaklini hisob-kitob qilishning zarurligi; k) tashrif buyuruvchilarni mustaqil ravishda yoki xodimlar yordamida tez evakuatsiya qilish uchun tushgandan so‘ng to‘xtash joyining yetarliligi va qulayliligi, tushishda va uchishda odamlarning to‘qnashib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi; l) attraksion konstruksiyasi va foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada nazarda tutilganidan ortiqcha foydalanuvchilarni attraksion elementlarida bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmasligi (shu jumladan, tashkiliy va texnik tadbirlarni qo‘llash orqali). 2. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlarining ekspluatatsiya hujjatlari ushbu Talablarning 1-bandini, shuningdek, Texnik reglamentda nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 3. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari va ko‘ngilochar moslamalar uchun ishlatiladigan materiallar metall, yog‘och, nometall konstruksiyalar va mahkamlagichlarning tez chirish xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Xavfsizlik nuqtai nazaridan eng muhim bo‘lgan birlashtiruvchi elementlarning muntazam nazorat qilinishini ta’minlash choralarini nazarda tutish zarur. 4. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlarining sirpanish yuzalari va tayanch yuzalari ularning qatlamlarga ajralib ketishini yoki shakli o‘zgarishini istisno qiladigan materiallardan tayyorlanadi. 5. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari uchun ishlatiladigan materiallar va qoplamalar ekologik talablarga javob berishi kerak. Odam terisi bilan bevosita tegib turadigan materiallar va qoplamalar xavfsizlikning gigiyenik talablariga javob berishi kerak. 6. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari va (yoki) akvaparkning zarur joylarida tashrif buyuruvchilar uchun axborot taxtalari, ko‘rsatkichlari, shuningdek, attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalari joylashtirilishi kerak. Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentga 5-ILOVA |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling