Bosqichlar
| |
Subyektlar
| |
Tadbirlar
| |
Bajarish muddatlari
| | | | | | | |
1-bosqich
| |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
| |
Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalariga tasdiqlangan Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni (keyingi o‘rinlarda — Texnik reglament) yetkazadi.
| |
Uch kun muddatda
| | | | | | | | | | | |
2-bosqich
| |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
| |
1. Attraksionlarni standartlashtirish bo‘yicha amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatini tuzadi va xatlovdan o‘tkazadi.
| |
1. Uch oy muddatda
| | |
2. Attraksionlarni standartlashtirish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylikni bekor qiladi va ixtiyoriylikni ta’minlash to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
| |
2. Bir oy muddatda
| | |
3. O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart bo‘lgan muvofiqlikni baholash obyektlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir takliflar ishlab chiqadi.
| |
3. O‘n kun muddatda
| | | | | | | | |
3-bosqich
| |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
| |
Attraksionlarning tasdiqlangan Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha choralarni ko‘radi.
| |
Olti oy muddatda
| | | | | | | | | | | |
4-bosqich
| |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
| |
Tasdiqlangan Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholini, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini, tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilishni ta’minlaydi.
| |
Jadvalga muvofiq
| | | | | | | | | | | |
5-bosqich
| |
Tadbirkorlik subyektlari
| |
1. Texnik reglamentni o‘rganadi, xodimlarni (sifat uchun mas’ul) o‘qitadi va Texnik reglamentni joriy qiladi.
| |
1. Bir oy muddatda
| | |
2. Muvofiqlikni baholash tartibotidan o‘tkazish uchun tegishli mahsulot namunalarini Texnik reglament talablariga muvofiq tayyorlaydi.
| |
2. Texnik reglament kuchga kirgan kundan boshlab
| | | | | | | | |
6-bosqich
| |
Muvofiqlikni baholash organlari
| |
1. Belgilangan tartibda muvofiqlikni baholashni amalga oshiradi.
2. Muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
| |
Ariza olingan kundan boshlab,
14 kundan kechiktirmay
| | | | | | | | | | | |
7-bosqich
| |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
| |
Texnik reglament talablariga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshiradi.
| |
Belgilangan tartibda
| | | | | | | | | | | |
8-bosqich
| |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
| |
Texnik reglamentni qo‘llash amaliyotini monitoring qiladi va ma’lumotlarni tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
| |
Har chorakda
| | | |
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/677/1047-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |