Attraksionlarni identifikatsiya qilish va muomalaga chiqarish qoidalari
mexanizatsiyalashmagan suv attraksioni
Download 275.93 Kb.
|
677 28.11.2022
mexanizatsiyalashmagan suv attraksioni — akvaparklar, basseynlar va suzish havzalari uchun suvdan foydalaniladigan attraksion;
modifikatsiyalash — loyihaga nisbatan muhim komponent konstruksiyasini yoki muhim parametrni har qanday o‘zgartirish; muhim komponent — ishlamay qolishi inson o‘limiga olib kelishi yoki inson sog‘lig‘iga o‘ta og‘ir zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan attraksion konstruksiyasining qismi, uzeli yoki detali; muhim parametr — buzilishi inson o‘limiga olib kelishi yoki inson sog‘lig‘iga o‘ta og‘ir zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan attraksion yoki uning muhim komponentining muhim tavsifi; nazorat tekshiruvi — nazorat organi tomonidan Texnik reglamentga muvofiq attraksionning muvofiqligini tasdiqlash to‘g‘risidagi hujjatlar, texnik pasporti va ekspluatatsiya hujjatlarining tekshirilishi, shu jumladan sinash uchun ishga tushirilishi; yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavf darajasi — turli darajadagi biomexanik ta’sir natijasida yo‘lovchi (yo‘lovchilar) sog‘lig‘iga zarar yetkazish ehtimoli. Quyidagilar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavf darajalari hisoblanadi: yuqori darajali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavf (I) — biomexanik ta’sir natijasida yo‘lovchiga (yo‘lovchilarga) uning (ularning) hayotiga tahdid soluvchi zarar yetkazish ehtimoli; o‘rta darajali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavf (II) — biomexanik ta’sir natijasida yo‘lovchi (yo‘lovchilar) sog‘lig‘iga o‘ta og‘ir zarar yetkazish ehtimoli; past darajali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavf (III) — biomexanik ta’sir natijasida yo‘lovchi (yo‘lovchilar) mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan holda zarar yetkazish ehtimoli; ahamiyatsiz darajali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavf (IV) — biomexanik ta’sirlar natijasida yo‘lovchining (yo‘lovchilarning) ishga har qanday shakldagi yaroqsizligisiz zarar yetkazish ehtimoli; sinash uchun ishga tushirish — attraksionni yo‘lovchilarsiz attraksionning ekspluatatsiya hujjatlarida tegishli talab mavjud bo‘lgan taqdirda, yo‘lovchilar bilan to‘liq yuklaganga o‘xshatgan holda sinovdan o‘tkazish; Download 275.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling