9-SAVOL
Types of questions ( Savollarning turlari )
So‘roq gaplar (Interrogative sentences)
Umumiy ma’lumotlar
So‘roq gaplar ikki xil bo‘ladi: umumiy so‘roq gaplar va maxsus so‘- roq gaplar. Umumiy so‘roq gaplar (General Questions) suhbatdan savolda ifodalangan fikrni tasdiq yoki inkor qiladigan ha yoki yo‘q javobini olish uchun ishlatiladi. Umumiy so‘roq gaplar yordamchi fe’llar yoki modal fe’llar bilan boshlanadi:
Do you speak English? Siz ingliz tilida gapirasizmi?
Can you translate this article without a dictionary? Siz bu maqolani lug‘atsiz tarjima qila olasizmi?
1.UMUMIY SO‘ROQ GAPLAR (GENERAL QUESTIONS)
1. Umumiy so‘roq gaplar gapning boshida, eganing oldiga yordamchi fe’l yoki modal fe’lni qo‘yish bilan yasaladi. Agar darak gapda yordamchi fe’l bo‘lmasa (Simple Present yoki Simple Past zamonlarda), eganing oldiga do (does) yoki did yordamchi fe’llari qo‘yiladi, asosiy fe’l esa egadan keyin qo‘yiladi:
yordamchi (modal) fe’l + ega + V?
2.MAXSUS SO‘ROQ GAPLAR
1. Maxsus so‘roq gaplar gapning biror bo‘lagiga beriladi va Who? Kim? What? Nima? Qanday? Which? Qaysi? When? Qachon? Where? Qayerda? Qayerga? Why? Nima uchun? How? Qanday? How much? Qancha?
How many? Nechta? How long? Qancha vaqt? Necha soat? kabi so‘roq so‘zlar yoki so‘zlar guruhi bilan boshlanadi.
Maxsus so‘roq gaplarda so‘z tartibi umumiy so‘roq gaplarnikiga o‘xshaydi, faqat gapning boshida so‘roq so‘zlar qo‘yiladi:
Maxsus so‘roq gaplar gapning birorta bo‘lagiga beriladi:
Maxsus so‘roq gaplar (Special Questions) gapning biror bo‘lagiga berilgan bo‘lib, who, what, whose, how, when, where va boshqa so‘roq so‘zlar bilan boshlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |