Ma'ruza № 15
Mavzu: Elektrodvigatelli bajaruvchi mexanizmlari. Elektromagnit mufta.
Reja:
1.Umumiy tushunchalar
2.O’zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlash printsipi
3. Asinxron mashinalar
4. Elektromagnit muftalar
Umumiy tushunchalar
O’zgarmas tok mashinalari o’zgaruvchan tok mashinalaridan oldin dastlab (o’zgarmas
tok dvigateli, sungra o’zgarmas tok generatora) yaratilgan. O’zgarmas tok mashinalari
kaytuvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, dvigatel va generator rejimlarida ishlay oladi. Ularning
tuzilishi xam bir xil. Generator rejimida birlamchi dvigatelning (asosan, asinxron dvigatelning,
goxida ichki yonuv dvigatelining mexanik energiyasi elektr energiyaga, dvigatel rejimida esa
elektr znergiyasi kayta mexanik energiyaga aylantirib beriladi.
1838 yili akademik B. S. Yakobi o’zgarmas tok dvigatelini amalda ishlatib kursatdi.
O’zgaruvchan tok texnikasi tarakkiy eta borishi bilan o’zgarmas tok mashinalarini ishlab
chikarish o’zgaruvchan tok mashinalariga nisbatan kamaya bordi. Bunga sabab o’zgarmas tok
mashinalari konstruktsiyasining nisbatan murakkabligi (ayniksa kollektor va chutkaning
mavjudligi) va kimmatligi buldi. Shunga karamasdan, o’zgarmas tokni elektr energiyasidan
foydalanishning ma'lum soxalarida o’zgaruvchan tok bilan almashtirib bulmasligi xamda. U
birmuncha afzalliklarga ega bulgani uchun shu kunda xam ishlatib ke-linmokda. Masalan,
elektroliz qurulmalarida, akkumulyator-larni zaryadlashda, avtomatikada, tezlikni keng doirada
bir tekis boshtsarish xamda katta aylanuvchan moment talab etilgan joylarda, elektr transportida
va xokazolarda o’zgarmas tokdan foydalaniladi. Sanoatda o’zgarmas tok generatorlari va dvi-
gatellarini kuplab ishlab chitsarish yulga quyilgan. Shuningdek, o’zgaruvchan tokni yarim
utkazgichli tugrilagichlar yordamida o’zgarmas tokka aylantirish
sxemalari xam keng kullanilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |