4.4 Chidamlilik va uning ko‘rsatkichlari
Chidamlilik ko‘rsatkichlari:
Xizmat muddati – transport vositasining chegaraviy holatgacha ishlash taqvimiy
davomiyligini ko‘rsatadi. Transport vositasining xizmat muddati fizik va ma’naviy
eskirishlari bo‘yicha aniqlanadi.
Transport vositasining fizik eskirishi natijasida ekspluatatsion sarflar oshib boradi
(1.1-rasmga qarang). Shu sababli transport vositalarini o‘z vaqtida hisobdan chiqarish
maqsadga muvofiq.
Transport vositasining
ma’naviy eskirishi uning ishonchlilik xususiyati
ko‘rsatkichlarining va samaradorligining pasayib ketishi hamda sarf-xarajatlarning
oshib ketishi bilan bog‘liqdir.
Resurs – transport vositasining texnik hujjatlarda belgilangan chegaraviy
holatigacha yuradigan yo‘li yoki buzilishlarsiz ishlash vaqtlarining yig‘indisi.
Resurs ko‘rsatkichlari:
O‘rtacha resurs (L
o‘r
) – bir xil turdagi buyumlar resurslari yig‘indisining o‘rtacha
arifmetik miqdori. U quyidagicha aniqlanadi:
å
=
=
0
1
0
'
1
N
i
i
r
o
L
N
L
;
(4.8)
bu yerda: N
o
– kuzatuvga qo‘yilgan buyumlar (transport vositalari) soni; L
i
– i -
inchi buyumning chegaraviy holatgacha yurgan yo‘li.
Gamma-foizli resurs (L
g
%
) – agar buzilmasdan ishlash ehtimolligi R(L
g%
)
=
100
%
g
miqdori aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lsa (odatda,
g=80; 90; 95%), unga tegishli resurs
(L
g%
) – gamma foizli resurs deyiladi (4.4-rasm).
Gamma-foizli resurs bo‘yicha hisoblangan ishga yaroqli buyumlar soni o‘rta
resurs bo‘yicha hisoblanganidan ko‘p bo‘ladi. Gamma-foizli resurs bilan transport
vositalarining kafolat davri, texnik xizmat ko‘rsatish davriyliklarini va boshqa
ko‘rsatkichlarni aniqlashda qo‘llaniladi.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |