Avtomobili harakatlanish elementlarining nazariyasi yong‘in o‘chirish avtomobilining tortish-tezlashish xossalari


Download 108.25 Kb.
bet13/19
Sana08.11.2023
Hajmi108.25 Kb.
#1755174
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
1-7 Yongir o\'chirish 2019. p65-fayllar.org

Uzatish qutisining tipi


Uzatmalarni o‘tkazish vaqti, s


Dizel dvigatel


Karburatorli dvigatel

Sinxronizatorsiz pog‘onali


1,3—1,5

3—4

Sinxronizatorli pog‘onali


0,2—0,5

1,0—1,5

Yarimavtomat


0,05—0,1


0,5—0,8


AB, CD uchastkalarda tezlanishda yong‘in o‘chirish avtomobilining tezlanishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:


. D-y.f
J = —— g , (7.52)
О
bu (7.46) formula o‘zgartirib olingan. Uzatmalar raqami oshishi bilan yong‘in o‘chirish avtomobilining dinamik omili kamayar ekan (7.7-rasm), unda qo‘zg‘alishning maksimal tezlanishiga kichik uzatmalarda erishiladi. Shuning uchun yong‘in o‘chirish avtomobilining haydovchisi shahar sharoitida aylanib o‘tishda tez tezlanishni ta’minlash uchun boshqa avtomobil transport vositalarining haydovchilariga qaraganda past uzatmalardan ko‘proq foydalanadi.



    1. §. Yong‘in o‘chirish avtomobilining halokatdan xavfsizligi



Yong‘in o‘chirish avtomobilining tormoz xossalari. Avtomobil transport vositasining tortish-tezlashish va tormoz xossalari o‘zaro bog‘liq. vma.., amax va ( qanchalik katta bo‘lsa, yong‘in o‘chirish avtomobilining tormoz xossalari shuncha yaxshi bo‘lishi kerak. Yong‘in o‘chirish avtomobilining tormoz xossalariga yuqori talablar, shuningdek, chaqiruv joyiga yuqori tezlikda kelgan yong‘in o‘chirish avtomobilining haydovchilari harakat xavfsizligini ta’minlash uchun boshqa avtomobil transport vositasining haydovchilariga qaraganda 3—5 marta ko‘p tormozdan foydalanishga majburligi bilan kelib chiqadi.
Yong‘in o‘chirish avtomobillari tormozlashining bir nechta usullari mavjud: tormoz tizimidan foydalanmasdan (chaqiruv joyiga borishda yong‘in o‘chirish avtomobilining erkin yurishidan kam foydalaniladi); faqat tormoz tizimi va dvigatel bilan birga; faqat dvigatel bilan (dvigatel ko‘pincha yoqilgan holatda erkin yurib ishlaydi yoki haydovchi yoqilg‘i berish pedaliga sezilmas bosishida va tormozlashdan oldingidan ko‘ra ancha past uzatmaga qo‘yishda).
Yong‘in o‘chirish avtomobilining tormoz tizimi uning harakatini to‘xtash- gacha sekinlashtirish va to‘xtashjoyida ushlab turish uchun xizmat qiladi. Yong‘in o‘chirish avtomobilining tormoz boshqaruvi quyidagi tizimlarni o‘z ichiga oladi (GOST-22895-77):



  • ishchi tormoz tizimi (oyoq) — yong‘in o‘chirish avtomobilining tezligini kamaytirish va to‘liq to‘xtatish uchun tormozlashning barcha rejimlarida ishla­tiladi;



  • zaxira tormoz tizimi ishchi tormoz tizimi ishdan chiqqanda ishlatiladi va tormoz yo‘li bo‘yicha 30% dan kam ish mahsuldorligini ta’minlaydi;



  • to‘xtab turish tormoz tizimi — qiyaliklarda avtomobilning joyida turishini ta’minlaydi (i% J 18);



  • yordamchi tormoz tizimi (tormoz-sekinlashtirgich) — doimiy tezlikni qo‘llash uchun qiyalikdan tushishda uzoq tormozlashda ishlatiladi. Umumiy massasi 12 t bo‘lgan yoki tirkamalardan foydalanadigan umumiy massasi 10 t dan ortiq bo‘lgan yong‘in o‘chirish avtomobillari yordamchi tormoz tizimi bilan jihozlanishi kerak. Agar umumiy massasi 3,5 t dan ortiq bo‘lgan yong‘in o‘chirish avtomobili tog‘ sharoitida ishlasa, unda yordamchi tormoz tizimidan foydalanadi.



Ishchi va yordamchi tormoz tizimlarining ish mahsuldorligini baholash uchun uch ko‘rsatkichdan foydalaniladi (GOST-25478-82): tormoz yo‘li ST, m; o‘rnatilgan sekinlashish jj, m/s2; tormozning ishga tushish vaqti tr s. Bu ko‘rsatkichlar bilan avtomobil transport vositasining tormozlash jarayonini yetarlicha to‘liq tavsiflash mumkinligi tajribada isbotlangan (7.9-rasm).

7.9-rasm. Yong‘in o‘chirish avtomobilining tormozlashi: i-jV); 2-v(t).


t1 vaqt haydovchi reaksiyasi, u tormozlash haqida qaror qabul qilgandan, oyog‘ini yoqilg‘i berishni boshqarish pedalidan tormoz pedaliga olgunigacha bo‘lgan vaqtga bog‘liq. t1 vaqt haydovchining individual o‘ziga xosliklari va malakasiga bog‘liq, odatda, t1=0,4—1,5 s. Hisoblarda /=0,8 s qo‘llaniladi.

Download 108.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling