Avtomobili harakatlanish elementlarining nazariyasi yong‘in o‘chirish avtomobilining tortish-tezlashish xossalari


Ag‘darilishga qarshi yong‘in o‘chirish avtomobilining turg‘unligi


Download 108.25 Kb.
bet16/19
Sana08.11.2023
Hajmi108.25 Kb.
#1755174
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-7 Yongir o\'chirish 2019. p65-fayllar.org

Ag‘darilishga qarshi yong‘in o‘chirish avtomobilining turg‘unligi. Yong‘in o‘chirish avtomobilining ag‘darilishi qiyalik bo‘yicha harakatlanganda vazn kuchining (Gg) т ko‘ndalang tashkil etuvchisining ta’siri tufayli yoki burilishda harakatlanishda inersiya kuchining P ta’siri sababidan sodir bo‘lishi mumkin. Yong‘in o‘chirish avtomobilining ag‘darilishi avtomobil bir tomon g‘ildirak- larining yuklanishida sodir bo‘ladi, ya’ni R13=0 da (7.10-b, c rasm). Shuning uchun yong‘in o‘chirish avtomobili qiyalik va burilishda harakatlanishi uchun mos ravishda ikki shart bajarilishi lozim:
XM0 > 0, (Gg)n (B /2)-(Gg )т H > 0; (7.57)
XMо > 0, (Gg)(B/2)- P.H > 0. (7.58)
(Gg)n = Gg cose, (7.59)
(Gg) = Gg sine, (7.60)
Pj = G (P/R). (7.61)
Shunday ekan (R — yong‘in o‘chirish avtomobilining burilish radiusi), unda yong‘in o‘chirish avtomobilining ag‘darilishsiz harakatlanishi uchun quyidagi

shartlar bajarilishi kerak:




tgP J A|2 //;

(7.62)





U <^(B/2H)Rg ,

(7.63)

bu mos ravishda (7.57) va

(7.58) formulalardan olingan.




Quyidagi nisbat


A f|2 N


(7.64)


avtomobilning ag‘darilishga qarshi turg‘unligi koeffitsienti deb ataladi: K=VI1 N К ni aniqlash uchun avtomobil qiya platformaga o‘rnatiladi (7.10­b rasm), avtomobil bir tomon g‘ildiraklarining yuklanishi sodir bo‘lgan b burchak o‘lchanadi, keyin (7.63) formula bilan К ning son qiymati aniqlanadi. (7.58) va (7.59) tengsizliklar avtomobil transport vositasining shina, osma va kuzovining deformatsiyasi hisobga olinmay tuzilgan, shuning uchun tajribaviy qiymat bo‘yicha hisoblangan К qiymat (7.64) formulada aniqlangan qiymatdan 10—15% ga kichik. Yong‘in o‘chirish avtosisternalarining К koeffitsientini aniqlashda, shuningdek, sisterna qisman to‘ldirilganda unga nisbatan suyuq- likning vazn markazi siljishi tufayli К ning kamayishini hisobga olish kerak. Agar suyuqlik vazni yong‘in o‘chirish avtomobili umumiy vaznining 30% idan oshmasa, unda К koeffitsientning kamayishi 5—7% dan oshmaydi va uni tajribaviy aniqlash qiyin. Shuning uchun yong‘in o‘chirish avtosisternalarining xavfsiz harakatini ta’minlash bo‘yicha choralar mahsuldorligini baholash uchun avtomobil transport vositasini boshqarish chidamliligining boshqa sinov turlaridan foydalanish zarur. Sinovlarning bunday turlari «burilish» va «o‘rnini almashtirish» hisoblanadi (7.12-rasm).

«Burilish» sinovida yong‘in o‘chirish avtomobilining haydovchisi har borib- kelishda 1—2 to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakat tezligini tobora oshiradi (7.12-a rasm). 2—3 qismda haydovchi burilishning R=30—60 m radiusli yoyidan tezlikni tushirmasdan o‘tishi lozim. Sinovda 2—3 qismda yo yong‘in o‘chirish avto­mobili bir tomon g‘ildiraklarining yo‘ldan ajralishi, yo toyishi, yoki yong‘in o‘chirish avtomobilining yo‘lakdan chiqishi sodir bo‘ladi (xavfsizlik yo‘lagi deganda 30—60 m burilishda yo‘lning o‘tish qismidagi chiziqlar kengligi tushuniladi).
«O‘rnini almashtirish» sinovida yong‘in o‘chirish avtomobilining kutilmagan to‘siqni aylanib o‘tishi sinaladi. Sinov «burilish» sinoviga o‘xshash o‘tkaziladi, lekin qismda belgilar boshqa bo‘ladi (7.12-b rasm). «O‘rnini almashtirish» L=12 m uzunlikda bo‘lganida shahardagi harakat, L=20 m bo‘lganida shahardan tashqaridagi harakat sinaladi.
«Burilish» va «o‘rnini almashtirish» sinovlari maxsus tayyorgarlik kursidan o‘tgan haydovchilar bilan maxsus jihozlangan avtomobil poligon maydonlarida o‘tkaziladi.

Download 108.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling