Avtomobili harakatlanish elementlarining nazariyasi yong‘in o‘chirish avtomobilining tortish-tezlashish xossalari


§. Yong‘in o‘chirish avtomobilining o‘tuvchanligi va buriluvchanligi


Download 108.25 Kb.
bet18/19
Sana08.11.2023
Hajmi108.25 Kb.
#1755174
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-7 Yongir o\'chirish 2019. p65-fayllar.org

§. Yong‘in o‘chirish avtomobilining
o‘tuvchanligi va buriluvchanligi



O‘tuvchanlik — yong‘in o‘chirish avtomobilining qorli, ho‘l va yomon (buzilgan, namiqqan) yo‘llardan, yo‘lsiz joylardan va tabiiy (nishablik, qiyalik) yoki sun’iy to‘siqlardan yordamchi vositalarsiz harakatlanish qobiliyati.
Buriluvchanlik — yong‘in o‘chirish avtomobilining minimal maydonda burili- shi. Yong‘in o‘chirish avtomobilining o‘tishi va burilishini tavsiflovchi yagona ko‘rsatkichi mavjud emas. Yong‘in o‘chirish avtomobilining o‘tuvchanligi va buriluvchanligi uning geometrik o‘lchamlari va tayanch-tortish xossalari, shu­ningdek, boshqariladigan g‘ildiraklar transmissiyasi (differensial, uzatmalar qutisi) va burilish mexanizmining tuzilishiga bog‘liq.
O‘tuvchanlik bo‘yicha avtomobil transport vositalari noto‘liq uzatmali (normal o‘tuvchan), to‘liq uzatmali (yuqori o‘tuvchan) va yo‘l tanlamas (yuksak o‘tuv- chan)ga bo‘linadi.
Noto‘liq uzatmali avtomobil transport vositalariga ko‘proq qattiq qoplamali yo‘llarda foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobillar kiradi. Odatda, bu avto­mobil transport vositalari to‘liq uzatmali bo‘lmaydi (g‘ildirak formulasi 4x2);
6x2; 6x4-birinchi raqam avtomobil transport vositasi g‘ildiraklarining umumiy soniga mos keladi, ikkinchisi — yurituvchi g‘ildiraklar soni) shinalar yo‘l suratining g‘ildiraklari va oddiy (bloklanmaydigan) differensiallar bilan.
To‘liq uzatmali avtomobil transport vositalari qattiq qoplamali yo‘llarda, yo‘ldan tashqarida harakatlanish va tabiiy to‘siqlardan o‘tish uchun mo‘ljallangan. Odatda, bu avtomobil transport vositalari to‘liq uzatmali hisoblanadi (g‘ildirak formulasi 4x4; 6x6 va hokazo), toroid yoki keng profilli havo bosimini bosh­qaruv tizimiga ega shinalar bilanjihozlanadi. Bu avtomobil transport vositalarining transmissiyalarida, ko‘pincha, bloklanadigan differensiallar qo‘llaniladi.
Yo‘l tanlamas avtomobil transport vositalari ko‘proq yo‘lsiz joylarda foy­dalanish uchun yaratiladi. Bu avtomobil transportlari yurituvchi g‘ildirak­larning to‘liq uzatmasiga va maxsus shinalarga ega (o‘ta past bosimli shinalar, pnevmokatoklar).
Profilli va tayanch-tortishli o‘tuvchanlik farqlanadi. Profilli o‘tuvchanlik avtomobil transport vositasining yo‘lning notekisliklari, to‘siqlaridan o‘tish va yo‘lga sig‘ish qobiliyatini xarakterlaydi. Tayanch o‘tuvchanlik-avtomobil transport vositasining deformatsiyalanadigan tuproq bo‘yicha harakatlanish qobiliyati.
Profilli o£tuvchanlik ko‘rsatkichlari (7.13-rasm):



  • yo‘l chizig‘i h, m;



  • old /, va orqa /2 tortilish burchaklari, m;



Tortilishning old ax va orqa a2 burchaklari (yoki ax kirish va a2 chiqish burchaklari), grad;



  • bo‘ylama Rx va ko‘ndalang R o‘tish radiuslari, m;



  • o‘tiladigan do‘nglikning eng katta burchagi ama^;



  • o‘tiladigan qiyalikning eng katta burchagi в;



  • o‘tiladigan xandaq kengligi /;



  • o‘tiladigan vertikal devor balandligi.


7.13-rasm. Profilli o‘tuvchanlik ko‘rsatkichlari


Yo‘l chizig‘i h (avtomobilning pastki nuqtasidan tayanch sirtgacha bo‘lgan masofa) yong‘in o‘chirish avtomobilining tuproq va to‘siqlar orqali (tosh, to‘nka, o‘tlar va hokazolar) harakatlanish imkoniyatini aniqlaydi. h qancha katta bo‘lsa, yong‘in o‘chirish avtomobilining o‘tishi shuncha yaxshi. Yuqori va yuksak o‘tuvchan yong‘in o‘chirish avtomobilida yo‘l chizig‘i h yo‘l avtomobil transporti bazasidagi yong‘in o‘chirish avtomobillaridagidan katta. Yuk ko‘tarish qobiliyati oshishi bilan h yo‘l chizig‘i, odatda, oshadi.

/, va /2 tortilish burchaklariga, odatda, yong‘in o‘chirish avtomobilining ariqlardan o‘tishda o‘tuvchanligi bog‘liq. /, va /2 qancha kichik bo‘lsa, to‘siqlardan o‘tishda g‘ildiraklarning «osilish* ehtimoli shuncha kam.

ax va a2 tortilish burchaklari yong‘in o‘chirish avtomobilining qisqa do‘nglik va nishabli to‘siqlardan o‘tish ehtimoliga ta’sir qiladi. ax va a2 qancha katta bo‘lsa, yong‘in o‘chirish avtomobili kirish va chiqishda notekisliklarga tegmasdan o‘tishi mumkin bo‘lgan qisqa notekisliklar tikligi shuncha katta.
Rt o‘tishning bo‘ylama radiusi yong‘in o‘chirish avtomobili o‘rta qismda joylashgan pastki nuqtaga tegmagan holda ko‘ndalang o‘tishi mumkin bo‘lgan segment to‘siq radiusiga teng (avtomobil transport vositasining L bazasiga teng yoy bilan). R, qancha kichik bo‘lsa, yong‘in o‘chirish avtomobilining o‘tishi shuncha baland, ya’ni do‘nglik to‘siqlari bo‘lganjoydan o‘tish qobiliyati (uymalar).
R o‘tishning ko‘ndalang radiusi yong‘in o‘chirish avtomobili g‘ildiraklar o‘rtasida joylashgan o‘rta nuqtaga tegmay, yonidan o‘tishi mumkin bo‘lgan segment to‘siqning (avtomobil transport vositasi bazasiga teng yoy) radiusiga teng. R2 qancha kichik bo‘lsa, yong‘in o‘chirish avtomobilining uymalardan o‘tishi shuncha yaxshi.
Uzun o‘lchamli yong‘in o‘chirish avtomobillarining profil o‘tuvchanligiga (avtonarvon, avtoko‘targich) tashqi o‘lchamlar (gabarit) o‘rtasidagi munosabat ta’sir qiladi: Lg uzunlik, Ng balandlik va Vg kenglik. N balandlik va L uzunlik o‘rtasidagi nisbat ko‘prik yoki estakada ostidan o‘tishni aniqlaydi (7.14-rasm).





    1. Download 108.25 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling