Avtomobillar va traktorlar alt va erganomikasi va dizayni
Qo‘shni boshqarish organlari orasidagi masofa
Download 241.21 Kb.
|
Avtomobillar va traktorlar ALT va erganomikasi va dizayni AT IV
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv organlarining yuritma elementlari.
Qo‘shni boshqarish organlari orasidagi masofa
Boshqaruv organlarini ketma-ket qo’l lashda ularni gorizontal bo‘yicha, chapdan o‘ngga yoki yuqoridan pastga, qatorlar miqyosida esa yuqoridan pastga va chapdan o‘ngga hamda iloji boricha bir-biriga yaqinroq joylashtirish lozim. Boshqaruv organlarini ko‘r-ko‘rona manipulatsiya qilganda yuritma elementlarining yondosh chekkalari orasidagi masofa 150...300 mm dan kam boimasligi kerak. Boshqaruv organlarida qo’lpoqda ishlaganda yuritma elementlarining ikki yondosh chekkasi orasidagi masofa maxsus kiyim materialining ikki yoki to‘rt qavati qalinligida bo’lishi kerak. Agar panelda bir-biri bilan bog‘langan qo‘lda boshqaruv organlari va malumotni aks ettiruvchi vositalarning ko‘pchiligi joylashgan bo‘lsa, unda har bir boshqaruv organini bevosita u bilan bog’liq bo‘lgan indikator ostida: undan o‘ngda o‘ng qo‘l uchun, chapda - chap qo’l uchun joylashtirish tavsiya etiladi. Boshqaruv organlarining yuritma elementlari. Barcha boshqaruv organlari oson tanilsa boiadigan, boshqariluvchi obyektning holati va boshqaruvchi kuch ta’siridagi yuritma elementining pqzitsiyasi haqida istalgan paytda maiumot berishi kerak. Boshqaruv organlarining yuritma elementlari bir-biridan kamida 2-3 belgisi bilan farq qilishi kerak. Shu maqsadda shakl, rang, o’lcham va joyni kodlash qo’l laniladi. Boshqaruv organlari yuritma elementlarining shakli ko‘rgazmali bo’lishi, mnemonika talablarini qondirishi va ularning qo’llanishini yengillashtirishi lozim. Avariyaviy boshqaruv organlari uchun nafaqat ko‘rish imkoniyati, balki taktil tanish imkoniyati ham nazarda tutilishi kerak. Boshqaruv organi yuritma elementining shakli inson tanasining boshqaruv organlari (barmoqlar, kaft, tovon va boshqalar) ning morfologik va fiziologik xususiyatlariga mos bo’lishi, boshqaruv harakatlari chogida ortiqcha ezilish va mushaklarga notekis tushishini keltirib chiqarmasligi lozim. Ushlash qismlari tayyorlangan material gigiyena talablariga javob berishi hamda ushlash uchun qulay bolishi kerak. Boshqaruv organlari yuritma elementlarining bo‘yog‘i ularning funksional vazifasiga ko‘ra amalga oshirilishi kerak. Masalan, kislorodli oziqlantirish tizimiga mansub boshqaruv organlari havorangga, avariyaviy boshqaruv organlari qizil rangga bo‘yaladi. Download 241.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling