Avtomobillar va traktorlar alt va erganomikasi va dizayni


Boshqaruv organlarining ishlovchiga nisbatan joylashuvi


Download 241.21 Kb.
bet9/14
Sana08.04.2023
Hajmi241.21 Kb.
#1341231
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Avtomobillar va traktorlar ALT va erganomikasi va dizayni AT IV

Boshqaruv organlarining ishlovchiga nisbatan joylashuvi

Boshqaruv organlarining ish joyining yuritma joyi yoki uning bir necha qismlarida guruhlangan bo’lishi kerak. Doimiy harakatdagi boshqaruv organlari hamda tez-tez qo’l lanib turiluvchi avariyaviy boshqaruv organlarini optimal chegaralar miqyosida, davriy va tasodifiy harakatdagi boshqaruv organlari esa yuritma joyining minimal va maksimal chegarasi miqyosida joylash- tirilishi lozim.


O’ng tomonda doimiy harakatdagi boshqaruv organlari yoki tez-tez qo’l lanilib turuvchi organlar joylashtiriladi, chunki ko‘pchilik kishilar o‘ng qo‘llarida harakat qiladilar.
Boshqaruv organlarining joylashuvi ish harakati xarakteriga (itarish, bosish, aylantirish va h.k.) bog’liq va maqbul ish yuzasi (to‘g‘ri tutilgan gavda, gavdaning tez-tez egilmasligi, boshning qimirlashi, qo‘lni to‘g‘ri tutish va h.k.) ni ushlab turishga yordam beradi.
Doimiy harakatlanuvchi Qo’lda boshqaruv organlarining ko‘pchiligi tirsak balandligida (poldan, o‘rindiqdan) yoki o‘tirib yoki turib ishlash uchun optimal bo‘lgan tirsakdan sal pastroqda joylashtirilishi lozim. Kam ishlatiluvchi qo‘l organlari (smena davomida 2-3 marta) yelka yoki bilak bo‘g‘nining balandligida joylashishi mumkin.
Boshqaruv organlari operator gavdasining sirtidan 150 mm dan kam bo‘lmagan joyda bo‘lishi kerak.
Boshqaruv organlarining optimal joylashuvi yetishishining maksimal va minamal chegarasidan chuqurligi va kengligi bo‘yicha gorizontal sirtda o‘rta chiziqda (±100 mm) boiadi.
Operator tirsagini 90±15° burchak ostida bukkan holda boshqaruv organlarini manipulatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Operatorning harakatlanishi qulay bo‘lishi uchun:
yonlama pultlar gorizontal paneliga bo‘ylama yo‘nalishda 5° dan kichik bo‘lmagan, ko‘ndalangiga - 45° dan katta bo‘lmagan qiyalikda;
yonlama vertikal panellami operatorga nisbatan 10° dan kichik bo‘lmagan qiyalikda;
markaziy boshqaruv pulti vertikal panelini operator yo‘nalishida 15° dan kichik bo’lmagan qiyalikda o‘rnatish kerak.

Download 241.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling