2.2-jadval
Yuk tashish avtomobili, avtobus va trolleybus haydovchisi ishchi o‘mining parametrlari
Parametr nomi
|
2.4-rasm
bo‘yicha
belgilash
|
O‘lcham,
mm
|
Sozlanmaydigan rul chambaragining pastki chekkasidan o‘rindiq yostig‘ining yuklanmagan yuzasigacha bo‘lgan masofa, o‘rindiqning yuqori vaziyatida, bo‘ylama rostlashning butun diapazonida, kamida miqdori
|
e
|
180
|
L nuqtadan tomning ichki qoplamasigacha bo‘lgan masofa (o‘rindiq sozlash bo‘yicha eng chekka orqa pastki holatda)
|
h
|
1100
|
Haydovchi ishchi o‘mining kengligi, kamida
|
b
|
750
|
Kabinadan ichki chap devoridan o‘rindiqning simmetriya o‘qigacha bo‘lgan masofa, kamida
|
h
|
350
|
Izoh: asoslangan hollarda (standartda ta’kidlangan) e, h, b, h o‘lchamlar kamaytirilishi mumkin.
Rul chambaragining har bir nuqtasi avtomobilning boshqa qismlardan (qo'llarni ruldan olmasdan foydalaniladigan yoqib-o‘chirgichlardan tashqari) 80 mm dan kam bo‘lmagan masofada turishi kerak.
Kabinaning ichki kengligi ikki o‘rinli kabina uchun kamida 1250 mm, uch o‘rinli uchun 1700 mm, uxlash joyi bo‘lgan uch o'rinli uchun 1900 mm bo‘lishi kerak.
Bayon qilinganlar asosida avtomobil haydovchining ishchi o‘rini tuzishda harakatlar izchilligini qisqacha ta’riflash mumkin:
Ikki o‘lchamli 95- reprezentativlik darajasidagi o‘tqazish manekeni joylashadi. O‘rindiq balandligini avtomobil turiga qarab tanlanadi.
Rul, pedallar va boshqa asosiy boshqarish organlarinmg vaziyati aniqlanadi.
Passajimi orqa o‘rindiqqa o‘tqazish joylanadi (yengil avtomobil uchun).
Eshik o‘mining geometrik parametrlari taxminan aniqlanadi.
Haydovchining o‘rindig‘iga ikki o‘lchamli 10-reprezen- tativlik darajasidagi o‘tqazish manekeni joylashadi va uning qulay ishchi holati o‘rindiqning joyini o‘zgartirfsh hisobiga ta’minlanadi va shunday yo‘l bilan o‘rindiq vaziyatlarining kerakli o‘zgartirish diapazoni aniqlanadi,
Shamol, deraza va ko‘rish me’yoriy maydoni orqali ko‘rinuvchanlik parametrlari aniqlanadi.
Orqani ko‘rish ko‘zgulari joylashadi va ko‘rinuvchanlik ular orqali ta’minlanadi.
Kabinalar ichki bo‘shlig‘ini loyihalashning keyingi bosqichiga o'tiladi: asboblar paneli, o‘rindiq, interyer elementlari joylashtiriladi.
3-Amaliy mashg`ulot
Do'stlaringiz bilan baham: |