Avtomobillar va traktorlar alt va erganomikasi va dizayni
Download 241.21 Kb.
|
Avtomobillar va traktorlar ALT va erganomikasi va dizayni AT IV
Persentil - antropometrik tekshirishlarga tortilgan hamma odamlar majmui hajmining yuzinchi bo‘lagi.
Agarda noraial taqsimot egri chizig‘ining ostida bo’lgan maydonni (1.1- rasmga qarang) 100 baravar qismga (foizlarga) bo‘linsa, tegishli persentil soni chiqadi, Ulardan har biri tartib raqamiga ega bo‘ladi. Birinchi persentil hissasiga hamma kuzatuv natijalarning 1% (antropometrik tavsifning eng kichik qiymati), ikkinchining hissasiga nazorat natijalarning 2% (antropometrik tavsifning qiymati bir oz ko‘proq) va hokazo to‘g‘ri keladi. Elliginchi persentil normal taqsimot qonunida o‘rta arifmetik o‘lchamga (matematik kutilmaga, modaga, medianaga) mos keladi. Antropometrik tavsifni aniqlash tartibini misolda tushunti- ramiz (misoldagi hamma sonlar va tushunchalar shartli olingan). “Bo‘y” antropometrik tavsifni universitetning birorta fakulteti talabalari uchun aniqlash kerak deb faraz qilamiz. Fakultetning hamma talabalarini (620 kishi) bo‘уini o‘lchaymiz. Natijada 620 tasodifiy sondan iborat massiv chiqadi. Eng kichik bo‘yga (145 sm) bitta talaba, eng katta bo‘yga ham (195 sm) bitta talaba ega bo‘ldi. Tasodifiy o’lcham ning taqsimot grafigini qurishni boshlaymiz (1.2- rasmga qarang). rasm. Antropometrik tavsif qiymatlarining taqsimot egri chizig‘ini qurish. Abssissa o‘qida birorta masshtabda 145 o‘lchamni olib, bu belgidan yuqori ordinataga tegishli (tanlangan masshtabda) birni qo‘yamiz, chunki 145 sm li bitta o‘lcham olingan. Keyin abssissa o‘qi bo‘yicha o‘ngga, bo‘yning o‘zgarish diapazonini (145 dan 195 gacha) 1/100 teng o’lcham iga surilib navbatdagi 146 sm ga mos keluvchi ordinatani qo‘yamiz. Bunday o‘lchamlar 3 ta chiqqan, shunga muvoflq yuqoriga tegishli 3 soni qo‘yiladi. Qurishni davom ettirib, bizning tajribada talabalar bo‘yining haqiqiy taqsimotini ko‘rsatadigan ustunsimon diagrammani olamiz. Bunday diagrammaning parchasi rasmning chap qismida ko‘rsatilgan. Rasmdan ko‘rinadiki, bo‘yning bir xil qiymatlarning miqdori (biz taniagan 1 sm aniqlik bilan) boshida ko‘payib boradi, 170 sm И bo‘ydan keyin esa, kamaya boshlaydi va nihoyat 195 sm li bitta qiymatdan so‘ng ustunlar yo‘q. Juda katta (nazariy cheksiz katta) o‘lchashlar sonida va juda kichik (nazariy - cheksiz kichik) oraliqda olingan tasodifiy kattalikning qiymatlarida qurilgan ustunlarning uchlari 1.1-rasmda ifodalanganga o‘xshash ravon uzluksiz egri chiziq hosil qiladi. Amalda o‘lchashlarning cheksiz katta sonini olish mumkin emas, lekin matematik usullar, o‘lchashlarning cheklangan miqdorida taqsi- motning ishonchli ravon egri chizig‘ini olishga imkon beradi. U rasmda ko‘rsatilgan. Taqsimot egri chizig‘ining maksimumi biz ko‘rayotgan misolda 170 sm li bo‘yga to‘g‘ri keladi, bu olingan o‘lchashlarning eng o‘rtachasi, boshqacha aytganda, bu matematik kutilmaga mos keluvchi bo‘ydir. Biz tekshirgan talabalarning yarmi (50%) shunday yoki shundan kichikroq bo‘yga ega bo‘ldilar, aytish mumkinki, 170 sm li bo‘y elliginchi persentilga yoki 50% li reprezentativlik darajasiga mos keladi. Download 241.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling