Avtomobillar va traktorlar alt va erganomikasi va dizayni


Reprezentativlik darajasi


Download 241.21 Kb.
bet4/14
Sana08.04.2023
Hajmi241.21 Kb.
#1341231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Avtomobillar va traktorlar ALT va erganomikasi va dizayni AT IV

Reprezentativlik darajasi - individumlami aralash tanlab olishda, aholining ma’lum qismiga tegishli, foizlarda ifodala- nadigan kattalik. Bunda qandaydir antropometrik belgining son qiymati uning berilgan kattaligidan kichik yoki teng bo‘ladi.
Endi grafikda (1.2- rasm), hamma o‘lchangan talabalarning 5% tegishli kattalikni belgilaymiz. Olingandan kichik yoki teng bo‘y (bizning holda bu 151 sm) beshinchi persentilga to‘g‘ri keladi. U rasmda ko‘rsatilgan. Shunday yo‘l bilan 95% li reprezentativlik darajasiga yoki to‘qson beshinchi persentilga tegishli bo‘yni olamiz. Bizning holda buni 189 sm deb qabul qilamiz, u ham rasmda ko‘rsatilgan.
Demak, biz agarda beshinchi persentil yoki 5% li reprezentativlik darajasi deb gapirsak, bu 5% odamlar shunday yoki kichikroq antropometrik tavsiflarga ega bo‘lishini biidiradi. Bu kichik o‘lchamdagi odamlardir. Muvofiq tarzda, insonlarning 95- persentili 95% odamlar undan bo‘yi pastroq (yoki xuddi shunday bo‘yga ega) bo‘ladilar. Bular baland bo‘yli insonlar. Shu tarzda, antropometrik o'lchashdan o'tgan odamlarning yarmi elliginchi persentilga mos keluvchi bo‘ydan kichik yoki unga baravar bo‘yga ega bo‘ladi.
Ideal holda haydovchi ishchi o'rnining o‘lchamlari hamma katta yoshli aholi bu mashinani boshqara oladigan holatda bo‘lishi kerak. Amaliy jihatdan 90% odamlar ishchi o‘rnida qulay joylashishi yetarli hisoblanadi, qolgan 5% eng kichkina yoki 5% eng katta odamlar ba’zi noqulayliklami boshdan kechiradilar, odatda bunga ruxsat etiladi. Shuning uchun konstruktorlik amaliyotida avtomobil yoki traktorchi ishchi o‘mini joylashtirishda beshinchi (yoki o‘ninchi) va to‘qson beshinchi persentilga (5% li va 95% li reprezentativlik darajalariga) mos keluvchi inson gavdasining o’lchamlaridan ko‘proq foydala- nadilar. Kabinaning ba’zi o’lchamlarini elliginchi persentilga (50% li reprezentativlik darajasiga) nisbatan tekshiriladi.

1.1 jadval
O’lchamlar antropometrik tavsiflarining tanlangan
intervalida bo’lgan odamlarning soni



Interval

Persentil
(reprezentativlik)

AT tanlangan
intervalda bo‘lgan

M ± 2,5

1...99

98

M±2

2,5. ..97,5

95

M± l,65

5. ..95

90

M± 1,15

12,5. ..87,5

75

M ± 0,67

25. ..75

50



1.1-jadvalda haydovchi ishchi o‘mini berilgan joylashishi, o‘lchamIari bo‘yicha qoniqtiruvchi odamlarning foizini aniqlashga imkon beradigan ma’lumotlar keltiriigan.

Antropometrik tavsiflar shartli ravishda statik va dinamik bo‘lishi mumkin. Shartli - chunki hamma antropometrik tavsiflar statikada, ya’ni tekshirilayotgan kishilarning o‘zgarmas holatida aniqlanadi. Biz bundan keyin statik antropometrik tavsif deganda, inson jismi qismlarining chiziqli yoki burchakli o‘lchamlarini tushunamiz, dinamik deganda esa - insonning har xil holatlardagi chiziqli va burchakli o’lchamlari, bo‘g‘imlarda aylanishini ta’riflayotgan burchaklar, yetib borish sohasi va hokazolar tushuniladi. Antropometrik tavsiflarning shartli tasnifi


1
.2-rasmda ko‘rsatilgan.
1.2-rasm. Antropometrik tavsiflarning shartli tasnifi.

boshqarishning boshqa organlarini ishchi harakatlari amplitudasini tayinlanish uchun, yetib bo‘ladigan joy sohalari va hokazolari aniqlash uchun foydalanadilar.


1.2-rasmda inson jismi antropometrik tavsifining asosiy o’lchamlari tasvirlangan, 1.2- jadvalda esa bu antropometrik tavsiflarning raqamli qiymatlari keltirilgan va ularning qo‘llash sohalari ko‘rsatilgan.
Antropometrik tavsiflarning raqamli qiymatlaridan quyidagicha foydalaniladi. Masalan, yelkaning tashqi kengligini (uni “A” deb ataymiz) 95- persentil erkak manekeni uchun aniqlash kerak bo‘ladi. Buning uchun erkak yelkasi tashqi kengligining matematik kutilmasi M ga (1.2- jadvalda u 44,6 sm) o‘rtacha kvadratik og‘ish cr ni ( = 2,2) 1.1-jadvaldan tegishli koeffitsiyent bilan qo‘shiladi (95- persentil uchun bu koeffitsiyent 1,65 ga baravar). Natijada ushbuni olamiz:

A = M l,65 a = 44,6+1,65 2,2 = 49,7 sm





1.4-rasm. Inson jismining asosiy o‘lchamIari
(jism qismlarining raqami 1.2-jadvalda keltirilgan).

    1. jadval


Download 241.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling