Avtomobillar va traktorlar alt va erganomikasi va dizayni


Boshqaruv organlarini loyihalash. Boshqaruv o’rginlarini joylashtrishga qo’yiladigan asosiy ergonomik talablar


Download 241.21 Kb.
bet8/14
Sana08.04.2023
Hajmi241.21 Kb.
#1341231
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Avtomobillar va traktorlar ALT va erganomikasi va dizayni AT IV

Boshqaruv organlarini loyihalash. Boshqaruv o’rginlarini joylashtrishga qo’yiladigan asosiy ergonomik talablar
Boshqaruv organlari operator mashinaga boshqaruv ta’sirini o‘tkazishi uchun moijallangan va ular orasida bogiovchi halqa vazifasini bajaradi. Ular yordamida boshqaruv obyektlari bo’lgan bajaruvchi organlarini harakatga keltirish (keskichni moslashtirish, ekskavator cho‘michini ko‘tarish va hokazo) amalga oshiriladi. Boshqaruv organi yuritma elementi va bajaruvchi qismdan iborat bo‘ladi. Yuritma elementining o‘lchami va shakli odam a’zolarining bevosita u bilan bog‘liq bo‘lgan qismlarining o’lchamlari va shakllariga mos bo‘lishi kerak.
Qo‘l va oyoq boshqaruv organlari mavjud. Boshqaruv organlari tanlanayotganda Qo’lda boshqariluvchi ko‘plab turli organlarni boshqarish mumkin, har bir oyoq uchun esa ikkitagina boshqaruv organi moijallangan.
Qo’lda boshqariluvchi organlarni belgilangan holatda aniq o‘rnatish, manipulatsiya tezligi muhim bo’lgan da hamda 90 N va undan ortiq bo’lgan to‘xtovsiz yoki davomiy kuch talab qilinmaganda qo’l lash tavsiya qilinadi.
Kam harakat talab etuvchi «yoqilgan — o‘chirilgan» operatsiyasi uchun yaxshi ko‘rish nazoratini ta’minlaydigan tumblerlar yoki tugma (tugmacha)lar tavsiya qilinadi.
Tez-tez takrorlanib turuvchi zarba turidagi operatsiyalar uchun klavishlardan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki ular og‘ir jismoniy harakatni talab qilmaydi, ammo katta miqdordagi aylanishlarga ega boshqaruv organlarini rostlash aniqligi talab etilgan hollarda qo’l lanadi. Boshqaruvdagi chiziqli harakatlar aylanma harakatlar kabi aniqlik bilan bajariladi, lekin ular harakat diapazoni chegaralangan. Agar boshqaruv obyekti ravon rostlash va yuqori aniqlikni talab etmasa, u holda diskret boshqaruvli boshqaruv organlaridan foydalanish mumkin.
2.5-jadval
Boshqaruv organlari tasnifi



Vazifasiga ko‘ra

Qo ‘lda boshqariladigan Oyoqda boshqariladigan

Foydalanish vaqti va chastotasiga ko‘ra

Doimiy harakatdagi Davriji harakatdagi Tasodifiy harakatdagi

Muhimligiga ko‘ra

Asosiy
Yordamchi
Avariyaviy

Boshqaruv organiga ko‘rsatadigan ta’sir turiga ko‘ra

Diskret
To‘xtovsiz

Boshqaruvchi harakatlar xarakteriga ko‘ra

Ilgarilanma
Burilma
Aylanma
Aralash

Loyihaviy ijrosiga ko‘ra

Tugma (tugmacha) lar,
klavishlar
Yuritgichlar
Burilma almashlab ulagich
Burilma rostlagich
Aylanma gildirak (maxovik)
Shturvallar
Krivoship dasta
Boshqaruv richaglari
Pedallar

Sarflanayotgan harakatlar ta’sirining tezligi, aniqligi va kattaligiga ko‘ra

Yuqori
O‘rta
Past (quyi)

Bosqichli ishga tushirish va bir yoki ikki qo’l bilan ravon dinamik boshqaruv uchun o‘rta yoki katta boshqaruv harakatlarida richagiami qo’llash tavsiya etiladi.


Oyoqda boshqariluvchi organlar boshqaruv operatsiyalarini to‘xtovsiz bajarishda maqsadga muvofiq, chunki ular katta aniqlikni talab qilmaydi, lekin 90 N dan ortiq harakatni sarflashni talab etadi. Qo’llar boshqaruv organida band bo’lgan hollarda qo’l laniladi.


Download 241.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling