Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Mavzu:Axborot -kutubxona texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalai
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
Mavzu:Axborot -kutubxona texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalai.
Reja: 3. Axborot-kutubxona muassasalarida adabiyotlarni targ‘ib qilishda axborot-kutubxona texnologiyalarining roli va ahamiyati. Tayanch iboralar- Ma`ruza matn,. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015- yillarda axborot- kommunikatsion texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, «Axborot- kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni. Axborot-kutubxona muassasalarida zamonaviy texnologiyalar- ning tatbiq etilishi, amalda olib borilayotgan ish ko‘lamining dol- zarbligi hozirgi kunining asosiy vazifasi hisoblanadi. Axborotga bo‘lgan talab kundan kun ortib borayotgan bir paytda har bir so- hada, shu jumladan, axborot-kutubxona tizimi mutaxassislarin- ing oldiga ham alohida vazifalar qo‘ymoqda. Shu o‘rinda, o‘rta maxsus bo‘g‘inda tayyorlanayotgan mutaxassislarni o‘qitishda axborot-kutubxona texnologiyasi fani ham alohida ahamiyat kasb etadi. Axborot-kutubxona texnologiyasi fani o‘quvchilarga bilim be-rishda axborot-kutubxona tizimining avtomatlashtirilgan tizimi- da ishlashni nazariy va amaliy jihatdan o‘rgatadi. Axborot-kutub- xona texnologiya fani axborot-kutubxona muassasalarida mavjud bo‘lgan texnika vositalari, axborot-kutubxona texnologiyalari ha- qida ma’lumot beradi va ulardan mustaqil foydalanishni o‘rgatadi. Axborot-kutubxona texnologiyasi fanining vazifasi axborot- kutubxona ishi, kutubxonashunoslik va bibliografiya mutaxas- sisligini egallashda olib borayotgan talablarni qondirish hamda avtomatlashtirilgan tizimda ishlaydigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida au- diovizual 1.Jamiyatda axborot texnologiyalarining o’rni va zaruriyati. 2. Axborot-kutubxona texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari texnika vositalari, proyeksion texnika apparatlari, video- magnitafon va videokameralarda ishlash, audio va video konfe- rensiyalar tashkil qilish, elektron hisoblash texnikasi, kompyuter texnologiyalari bilan ishlash, multimedia vositalari va ular bilan ishlash, nusxa olish va nusxa ko‘paytirish texnikasi, axborot tizimi, Internet tizimi, elektron pochta xizmati, telekommunikatsiya va aloqa vositalari, axborot- kutubxonalarda transport vositalari, axborot- ga ishlov berish, ma’lumotlarga ishlov berish, kitoblarni saqlash va qidirish, muqovalash texnika vositalari haqidagi ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazishdan iborat. Fanni o‘qitishdan maqsad - o‘quvchilarda axborot-kutubxona texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini o‘rgatish, ularni mustaqil ishlatishni, axborot texnologiyalarining inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanish asoslarini tushunti- rishdir. Asosiy e’tibor - axborot texnologiyalari asosida elektron ilmiy- ta’limiy resurslar bilan ta’minlash, axborot-kutubxona texnologiyalari nazariyasining umumiy masalalari, predmeti, o‘rganilayotgan tizim va obyektlarni tadqiq etishdagi o‘rni va ahamiyati, modellarni ishlab chiqish texnologiyasi, obyekt va tizimlari muammolarini yechish usullari, rejalashtirish, dasturlashtirish natijasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash hamda zaruriy yechimlarni qabul qi- lish ko‘nikma va malaklarni shakllantirishdir. Fanning vazifasi - o‘quvchilarni avtomatlashtirilgan axborot- kutubxona texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari bilan tanishtirish va bu vositalarni ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot ishlari axborot tizimini va elektron ma’lumotlar bazalarini (elektron kataloglar, elektron darsliklar, multimedia, ensiklopediyalar, to‘liq matnli ma’lumotlar bazalari va h. k.) ishlab chiqish va ularni o‘zlashtirish texnologiyasini, xizmat ko‘rsatish, foydalanuvchilar- ni axborot texnologiyalari asosida elektron ilmiy-ta’limiy resurs- lar bilan ta’minlash, hujjatlarni elektron shaklda yetkazib berish texnologiyasini o‘zlashtirish va (IRBIS, MARC, KARMAT, SQL va boshqalar) o‘rgatish, sozlash, moslashtirish hamda ular bilan ishlashga hamda o‘quv jarayonlariga tatbiq etish usullari va ular- ning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatishdan iboratdir. Axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonala- rida elektron katalog tuzish, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qidirish, uzatish, saralash, qayta ishlash kabi ishlar axborot texnologiyala- rida amalga oshiriladigan ishlarning asosiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun axborot-kutubxona texnologiyalariga alohida ta- lablar qo‘yiladi. O‘quvchilar axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalarda axborot texnologiyalari va tizim- lari imkoniyatidan foydalanib, elektron kutubxona texnologiyalari amallarini bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Shuning uchun ushbu fan asosiy mutaxassislik fanlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir. O‘quv fani bir qator mutaxassislik fanlari bilan, ya’ni kutub- xonashunoslik, bibliografiya, hujjatlar fondi va elektron katalog, kutubxona ishini avtomatlashtirish, Internet tizimi, muqovalash, elektron kutubxona kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Masalan, adabiyotlar targ‘ibotida, ommaviy tadbirlar o‘tkazish- da, kitobga ishlov berishda kutubxonashunoslik fani, IRBIS dasturi asosida elektron katalog yaratishda axborot-kutubxona resurslari va elektron katalog fani hamda kompyuterda ishlashda axborot-ku- tubxona ishini avtomatlashtirish fani bilan uzviy aloqada ekanligini ko‘rish mumkin. Shuningdek, umumkasbiy fanlar, kutubxonachilik ishi tarixi, nutq madaniyati, pedogogika-psixologiya fanlari, umumta’lim fan- laridan informatika, axborot texnologiyalari fanlari va maxsus fan- larning barchasi bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq Nazorat savollari. 1. Axborot-kutubxona faoliyatidagi islohotlarni so‘zlab bering. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilinishi va uning mohiyatini gapirib bering. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015- yillarda axborot- kommunikatsion texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida belgilangan Davlat dasturi nimalardan iborat? 4. «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan va uning ahamiyati qanday? 5. AKT fanining maqsad va vazifalarini aytib bering. NAZARIY O‘QUV MASHG`ULOTINING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI 2-Mavzu : Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling