Single
–1,5•10
–45
..3,4•10
38
7-8
4 bayt
Double
–5,0•10
–324
..1,7•10
308
15-16
8 bayt
Extended
–3,4•10
–4932
..1,1•10
4932
19-20
10 bayt
Comp
–9,2•10
18
..9,2•10
18
19-20
8 bayt
Jadvaldagi “Razryadi” sonning aniq raqamlari sonini bildiradi. Haqiqiy
turdagi miqdorlarning Comp turida 64 bitli butun qismli sonlar bilan ishlanadi.
Bunda –2
63
+1..2
63
–1 oraliqdagi butun sonlar hosil bo‘ladi.
Paskal translyatorida {$N–} direktivasi avvaldan belgilangan bo‘ladi.
Shuning uchun faqat REAL turdagi haqiqiy sonlar bilan ishlash mumkin
bo‘ladi. Agar bu holda boshqa turlardan foydalanishga harakat qilinsa
xatolik xabari chiqadi. Agar dastur boshida {$N+} direktivasi yozilsa,
haqiqiy turdagi barcha miqdorlar bilan ishlash mumkin.
Belgili char turidagi o‘zgarmas miqdorlarni qiymatiga ASCII kodlash
jadvalidagi bitta belgi mos keladi. Belgili miqdorlar uchun xotiradan 1 bayt joy
ajratiladi. Ular dastur matnida apostrof ichiga olingan bo‘ladi. Masalan, ‘a‘; ‘B‘;
‘9‘; ‘-‘, ‘ ‘ va hokazo.
Agar apostrof belgisini yozish kerak bo‘lsa, u holda u ikki marta yoziladi: ‘‘‘‘.
Belgili o‘zgarmaslarni yozishda ASCII kodidan ham foydalanish mumkin: #65
(‘A‘ harfi o‘rniga), #13 (cr o‘rniga).
Mantiqiy boolean turidagi miqdorlar faqat True (rost) yoki False (yolg‘on)
qiymatlardan biri bo‘lishi mumkin. Ular uchun xotiradan 1 bayt joy ajratiladi.
Satrli string turdagi o‘zgarmas miqdorlar (belgilar satri) uzunligi 0 tadan (bit-
ta satrga sig‘dirish imkoniyatidan kelib chiqqan holda) 122 ta belgigacha bo‘lgan
va apostrof ichiga olingan harf, raqam va maxsus belgilar ketma-ketligidan ibo-
rat. Satrli o‘zgarmaslar boshqaruv belgilarini # dan keyin (#13 dan tashqari)
yozilgan holda o‘z ichiga olishi mumkin. Karetkani qaytarish (#13) belgisini ish-
latish uchun bu belgidan avval va keyin apostrof qo‘yiladi. Satrda ketma-ket
yozilgan ikkita apostrof bitta apostrof deb hisoblanadi. Apostrof ichida hech narsa
yozilmasa u bo‘sh satr deyiladi. Masalan:
‘Toshkent‘; ‘A 549‘; ‘***.‘; ‘37%‘; ‘A = ‘; ‘..-...-‘ ; ‘TURBO‘ ;
‘Mo‘‘tabar‘ ; ‘‘‘‘ ; ‘;‘ ; ‘‘; #13#10; ‘Har doim‘#13‘Har kuni‘ ; #7#7‘Doimo!
‘#7#7 va hokazo.
Paskal tilida tuzilgan dasturda e’lon qilingan o‘zgarmaslar ishtirok etishi
mumkin. Ular Const zahira so‘zidan keyin quyidagi ko‘rinishda e’lon qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |