B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013


er” (Xato 3: Noma’lum identifikator) yozuvi orqali ifodalaydi. Shuni yodda tutish zarurki, o‘zgaruvchilarga faqat tavsiflashda


Download 372.89 Kb.
bet24/68
Sana02.11.2023
Hajmi372.89 Kb.
#1740971
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68
Bog'liq
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org

er” (Xato 3: Noma’lum identifikator) yozuvi orqali ifodalaydi.
Shuni yodda tutish zarurki, o‘zgaruvchilarga faqat tavsiflashda 
ko‘rsatilgan turdagi qiymatlarnigina berish mumkin bo‘ladi. 
Ba’zan biror turdagi o‘zgaruvchiga boshqa turdagi o‘zgaruvchini qiymatini
beruvchi amallar bajarlishi mumkin. Bunday amallar turlarni o‘tkazish deyiladi.
Masalan, real turdagi o‘zgaruvchiga integer turdagi o‘zgaruvchi qiymatini berish
mumkin (teskarisi emas).

3-§. MIQDORLARNING BA’ZI FOYDALANUVCHI TURLARI


Foydalanuvchi turlari dasturchi tomonidan hosil qilinadi va bunday turlar
quyidagi ko‘rinishda tavsiflanadi:
type tur_nomi = turni_aniqlash;
Foydalanuvchi turlari dasturchi ishini anchagina yengillashtiradi va dasturlash
tili imkoniyatidan to‘liqroq foydalanishga imkon beradi.

MIQDORLARNING SANOVCHI TURLARI


Miqdorlarning sanovchi turi miqdor qiymatlarning tartibli to‘plamini, shu
qiymatlarga mos keluvchi, qiymat nomlari ro‘yxati ko‘rinishida aniqlash uchun
xizmat qiladi. Bu tur uchun quyidagicha e’lon o‘rinli:
type tur_nomi = (1-qiymat, 2-
qiymat, …, n-qiymat);
Masalan, Raqam nomli turni quyidagicha e’lon qilish mumkin:
type Raqam = (zero, one, two, three, four);
va shu turdagi o‘zgaruvchini tavsiflash mumkin:
Beshta : Raqam;
Beshta nomli sanovchi turli o‘zgaruvchini tavsiflashni quyidagicha sodda usu-
li ham bor:
Var Beshta : (zero, one, two, three, four);
Sanovchi turning har bir qiymatiga bitta raqam mos keladi. Birinchi qiymatiga



33
0, ikkinchisiga 1, va hokazo.

MIQDORLARNING ORALIQLI TURLARI
Miqdorlarning oraliqli turi butun sonli yoki belgili qiymatlarning aniq dia-
pazonini (quyi va yuqori chegaralarini) aniqlash imkonini beradi. Oraliqli turdagi
o‘zgaruvchi ustida bajarilgan har bir amaldan keyin kompilyator o‘zgaruvchi
qiymati belgilangan diapazon ichida yotishini tekshirib boradi. Bu tur quyidagicha
e’lon qilinadi:
type
identifikator = oraqliqni_boshlan`ich_qiymati..oraqliqni_oxirgi_qiymati;
Masalan:
type
ABG = ‘A‘..‘Z’ ;
Raqam = 0..9;
Oraliqli turli o‘zgaruvchini tavsiflashni quyidagicha sodda usuli ham bor:
Var
Kun : 1..31; Oy : 1..12;

MIQDORLARNING TO‘PLAMLI TURLARI


Miqdorlarning to‘plamli turi sodda turlardan biriga (haqiqiy turdan boshqa)
mansub va yaxlit deb qarash mumkin bo‘lgan elementlarning majmuini aniqlash
uchun xizmat qiladi. Paskal tilida to‘plam elementlari kvadrat qavslar ichida
ko‘rsatiladi, masalan:
[0,1,2,3,4], [‘A‘..‘Z’], [0..10, 100..110, 1000..1010],
[0,1,5..9], [ha, yo`q], [Salom].
Agar to‘plamda hech qanday element bo‘lmasa, u bo‘sh to‘plam deyiladi va [

]
kabi belgilanadi. Bu tur quyidagicha e’lon qilinadi:


type identifikator = set of turi_nomi;
Masalan:
type
ABG = set of ‘A‘ .. ‘Z’ ; Raqam = set of 0 .. 9;
Var ism : ABG; Hisob: Raqam;
To‘plam elementlari soni 256 tadan oshmasligi, elementlarining tartib raqam-
lari 0 dan 255 gacha bo‘lishi shart.

MIQDORLARNING MASSIV TURI


Kundalik hayotimizda ko‘p turdagi jadvallardan foydalanamiz: dars jadvali,
shaxmat yoki futbol o‘yinlari bo‘yicha musobaqa jadvali, Pifagor (karra) jadvali,
kelishiklar jadvali va boshqalar. Jadvalni tashkil etuvchilar uning elementlari
deyiladi.
Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar bir o‘lchovli (chiziqli), ikki o‘lchovli (to‘g‘ri
to‘rtburchakli), uch o‘lchovli (parallelopipedli) va hokazo bo‘ladi. Biz bu darslik
chegarasida chiziqli va to‘g‘ri to‘rtburchakli jadvallarni ko‘rib chiqamiz.
Chiziqli jadvallar satr yoki ustun shaklida ifodalanadi. Masalan, sinfingizdagi



34
o‘quvchilar ro‘yxati sinf jurnalida ustun shaklidagi jadval ko‘rinishida yozilgan.


O‘quvchilarning familiyalari bu jadvalning elementlarini tashkil etadi. Ularning
har biri o‘z tartib raqamiga ega va har bir tartib raqamga faqat bitta o‘quvchining
familiyasi mos keladi.
Ikki o‘lchovli jadvallar ustunlar va satrlardan tashkil topadi (matn protsessori
va elektron jadvallarga oid mavzularni eslang). Ularning elementlari ustun va sa-
trlar kesishgan kataklarda joylashadi. Bunday jadvallarda biror elementni
ko‘rsatish uchun uning nechanchi satr va nechanchi ustunda joylashganligini,
ya’ni satr va ustun bo‘yicha tartib raqamlarini bilish kerak bo‘ladi. Demak, ikki
o‘lchovli jadvalning har bir elementiga ikkita (satr va ustun bo‘yicha) tartib
raqami mos keladi.
Paskal dasturlash tilida jadvallar bilan ishlash uchun massiv tushunchasi kiri-
tilgan. Massiv – jadval ko‘rinishidagi miqdor bo‘lib, u aniq sondagi bir turli va
tartiblangan (ya’ni, tartib raqamiga ega) elementlar majmuidan iborat. Massiv el-
ementlarining tartib raqami butun sonlarda ifodalanadi, ya’ni ular manfiy son
bo‘lishi ham mumkin.
Paskalda har bir massiv o‘z nomiga ega bo‘lib, ularni nomlash
o‘zgaruvchilarni nomlash kabidir. Masalan: a5, dars_jadvali, tub_sonlar.
Massiv elementlarining tartib raqami indeks deb ataladi va indeks kvadrat
qavs ichida yoziladi. Masalan, a[5] yozuvi – a nomli massivning beshinchi ele-
mentini bildiradi, ya’ni, massiv nomi – a, indeks – 5.

Download 372.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling