B. O. Bekn azarov
Download 4,41 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «qo ‘zgatuvchilar»
- 0 ‘simliklarning og‘ir metallarga nisbatan chidamliligi.
- O g‘ir metallaming fiziologik jarayonlarga ta’siri.
- 0 ‘simliklarni ogMr metallarga chidamliligining molekulyar va hujayra mexanizmlari.
456 ham asosiy o‘rinni tutadi. Masalan, soya o ‘simligida ultrabinafsha nurlarning B-radiatsiyasidan himoyalanish bilan poliaminlar miqdori o ‘rtasida tug‘ri proportsianallik kuzatiladi. B-ultrabinafsha nurlar ham xuddi boshqa «qo ‘zg'atuvchilar» (stressorlar) kabi
o‘simlik hujayralarida fermentlar faolligini to‘xtatuvchi, DNK, oqsillar va membranalar tuzilishini buzilishiga olib keluvchi kislorodning faol shakllarining, masalan, superoksidradikallar, gidroksiradikallar va vodorod pereksining hosil bo‘lishiga olib keladi. Poliaminlar xuddi flavonoidlar, vita’minlar, pigmentlar va organik osmolitlar kabi kislorodning faol shakllarini kamaytirishi hisobiga o ‘simliklar chidamliligini oshishiga olib keladi. Poliaminlar va shu kabi xossaga ega bo‘lgan organik birikmalar
oxys-nordon manosini bildiradi. Shuningdek, organik birikmalar oksidlanishini to‘xtatuvchi yoki sekinlashtiruvshi tabiiy va sintetik birikmalar ham antioksidantlar deyiladi. Yuqorida keltirilgan moslashish mexanizmlari ultrabinafsha nurlar oqimini sezilarli darajada pasaytiradi va shu tufayli to‘qimalar ayniqsa barg to‘qimalarini zararlanishdan saqlaydi. Ammo ultrabinafsha nurlarning B-radiatsiyasi tufayli qisman bo‘lsada to‘qimalar zararlanadi. Shuning uchun ham evolutsiya davomida zararlangan to‘qimalami tiklashga qaratilgan bir nechta mexanizmlari mavjud. Ulami biz tiklanish tizimlari deb ataymiz. Hozirgi vaqtda asosan, bulardan biz uchta
tiklanish mexanizmiga etibor beriladi. Bular yorug‘lik, qorong‘ulik va replikatsiyadan so‘ngi tiklanish mexanizmlaridir. YorugMik tufayli tiklanish hozirgi kunda bakteriyalar va hay von organizmlarida topilgan fotoliaza fermenti ishtirokida ro‘y beradi. Fotoliaza pirimidin dimerlari fermentlariga o‘xshash boMadi. Fotoliaza yorugMik energiyasi hisobiga pirimidin asoslarining siklobutan dimerlariga birikadi va uni parchalab avvalgi zararlanmagan asoslar hosil boMishiga olib keladi. Fototiklanish ko‘k va ultrabinafsha nurlar ta’sirida o ‘z-o‘zidan samarali tiklanish xossasiga ega. Arabidopsis o ‘simligida fototiklanishda qatnashuvchi fermentlar sintezini kodlovshi mRNK moddasining yigMlishi faqatgina o‘simlikni fotosintetik faol boMgan 400-700 nm uzunlikdagi radiatsiya tufayli ro‘y beradi. Ammo bu hoi uzun qizil nurlar yoki B-ultrabinafsha nurlar ta’sirida ro‘y bermaydi. Shuningdek, arabidopsis o ‘simligiga xos boMgan fototiklanish zararlangan DNK molekulasining tiklanishining asosiy mexanizmi hisoblanadi. Dukkakdoshlar oilasi vakillarida 457 fototiklanish jarayonlari fitoxrom nazoratida bo‘ladi va ehtimol genlar darajasida ham bo‘lishi mumkin. Shuni alohida takidlab o‘tish lozimki, o ‘simliklarga xos bo‘lgan fototiklanish ultrabinafsha nurlar ta’sirida DNK molekulasida yuzaga kelgan barcha o‘zgarishlami muqobil holga qaytara olmaydi. Chunki, fototiklanish faqatgina zararlangan pirimidin asoslari siklobutan dimerlarinigina avvalgi holiga qaytara olish xususiyatiga ega. M a’lumki, zararlangan DNK va RNK molekulalari tiklanishining qorong‘ulik reaksiyalari ham mavjuddir. Masalan, zararlangan DNK molekulasining tiklanishi va buzilgan nukletidlami kesib olish ekzo va endonukleaza fermentlari yordamida amalga oshiriladi. Zararlangan DNK molkulasini qayta tiklash DNK polimeraza fermenti yordamida amalga oshiriladi va u DNK - ligaza fermenti yordamida ushbu DNK molekulasi oxiridagi 5' - va 3' - asoslarning birikishi bilan oxirlanadi. Ammo DNK molekulasining tiklanishi bu bilan tugamaydi. Shuning uchun ham DNK molekulasining tiklanishi yuqoridagi jarayonlar tugaganidan so‘ng ham davom etadi. DNK keyingi, ya’ni to‘la tiklanishi DNK polimeraza va ligaza fermentlari yordamida DNK molekulasining qiz hujayralarida hosil boMgan uzilishlarni qayta qurishdan iboratdir. Ushbu jarayon asosan, quyosh nurlaridan m a’lum darajada barglar yoki qobiq bilan himoyalangan kurtaklaming apikal meristema to‘qimalarida va unga yaqin bo‘lgan hujayralarda ro‘y beradi. Shuning uchun ham ultrabinafsha nurlar ta’sirida zararlangan DNK
molekulasining tiklanichida unchalik ahamiyatga ega emas. Ammo ultrabinafsha nurlaning V-radiatsiyasidan zararlangan DNK
molekulasining qorong‘ulikda keyingi tiklanishi soya o ‘simligi uchun alohida ahamiyatga egadir. Masalan, soya o ‘simligining zararlanish darajasi 1 mln asoslarga nisbatan 30 pirimidin asoslarining siklobutan dimerlarining miqdori 30 atrofida bo‘lsa fototiklanish ro‘y bersa ushbu ko‘rsatkich 50 va undan ortiq bo‘lganda tiklanish qorong‘ulik bosqich orqali amalga oshiriladi. Yuqoridagilardan va adabiyotlar m a’lumotlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, ultrabinafsha nurlaming B-radiatsiyasi quyosh radiatssyasining kam miqdorini tashkil etsada, o ‘simliklarning anchagina kuchli darajada zararlanishiga olib keladi. Ultrabinafsha nurlar B-radiatsiyasining asosiy ta’siri bu DNK, oqsillar va
membranalardir. Bular
o ‘simliklaming o‘sishi
va rivojlanichida asosiy o ‘rinni tutgani uchun ularda evolutsiya mobaynida 458 ultrabinafsha nurlarning B-radiatsiyasga nisbatan moslanishlar hamda ushbu nurlarning ta’sirini kamaytiruvshi ikkilamchi metabolitlaming sintezi va yig‘ilishi vujudga kelgan. Nurlanish ta’sirida DNK molekulasida yuzaga kelgan o‘zgarishlami to‘g‘rilashda uchta tizim qatnashadi. Ammo ulaming orasida o ‘simliklar uchun fototiklanishning ahamiyati kattadir. 0 ‘simliklarning og‘ir metallarga nisbatan chidamliligi. M a’lumki, XX asr sanoatni industriallashtirish bilan xarakterlanadi. Industriallashtirish xalq xo‘jaligiga ko‘p foyda keltirish bilan birgalikda birqancha salbiy hollarga ham olib keldi. Bulardan biz planetamizni atom massasi 40 daltondan katta va zichligi 5 g/sm3 bo‘lgan kimyoviy elementlar bilan ifloslanishini misol qilib keltirishimiz mumkin. Kimyoviy elementlar orasida o‘simliklar va hayvon organizmlariga birmuncha ko‘proq zaharli ta’sir etadigani bu konsentratsiyasi 10‘5 M va undan katta boMgan og‘ir metallardir. Bu yerda shuni ham aytib o ‘tish lozimki, ushbu og‘ir metallaming ko‘pchiligi mikroelementlardir va ulaming muhitdagi kichik konsentratsiyalarisiz o ‘simliklaming muqobil o‘sishi va rivojlanishi mumkin emas. Og‘ir metallar orasidan biz o ‘simliklar uchun ko'proq zararli bo'lgan Co, Ni, Su, Zn, Sn, As, Те, Rb, Ag, Au, Hg, Pb, Sb, Bi va Pt elementlarini ko‘rsatishimiz mumkin. Ushbu elementlaming zaharliligi ulaming valentligiga va ion radiusiga, uning komplekslar hosil qilishiga, o ‘simliklaming turiga va o‘sish muhitining ob-havo sharoitlariga bog‘liqdir. Og‘ir metallar bilan muhitning ifloslanishi yoqilg‘i moddalarining yonishi, tog‘kon sanoati faoliyati, oqava suvlarning tashlanishi va tuproqga mineral o‘g‘itlar solinishi tufayli bo‘lishi mumkin. 0 ‘simliklarga og‘ir metallarning kirishi ko‘proq ildizlar orqali kamroq barglar orqali boMadi. Ammo o‘simliklar tomonidan og‘ir metallarning yutilishi tuproq eritmasining pH ko‘rsatkichiga, tuproqdagi organik moddalar miqdriga hamda boshqa ionlaming konsentratsiyasiga bog‘liq.
Yuksak o‘simliklaming asosiy qismi og‘ir metallaming ortiqcha miqdoridan zararlanadi. Ammo ko‘pchilik o‘simliklar asosan o ‘zlarining yer o‘stki qismlarida og‘ir metallami yig‘ish xususiyatiga ega. 0 ‘simlik organlaridagi ushbu metallarning miqdori tuproqdagiga nisbatan bimecha o ‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkin. Bu o ‘simliklami
asrlar davomida noqulay geokimyoviy sharoitda o ‘sib kelganligi sababli 459 evolutsiya jarayonida shakllangan. 0 ‘simIik-akkumulyatorlarda og‘ir metallarga nisbatan chidamlilikning konstituv mexanizmlari mavjud boMib u tufayli inert organlar va organellalarda zaharli elementlar yig‘iladi yoki xelatlanadi va buning natijasida og‘ir metallar fiziologik xavfsiz holatga o‘tkaziladi. Hozirgi vaqtda o‘simlik akkumulyatorlar turlari aniqlanib og‘ir metallar bilan ifloslangan maydonlami biologik tozalash uchun foydalaniladigan texnologiyalarda qo‘llanilmoqda. 0 ‘simlik-akkumulyatorlardan tashqari o ‘simlik-indikatorlar ham mavjuddir. O ‘simlik-indikatorlar hujayralaridagi og‘ir metallar miqdori ularning tuproqdagi miqdoriga tengdir. Shuningdek, tabiatda o ‘simlik- chiqaruvchilar ham bor. 0 ‘simlik-chiqaruvchilar poyalaridagi ogMr metallaming miqdori ulaming muhitdagi konsentratsiyasi yuqoriligiga qaramasdan anchagina kam darajada ushlab turiladi. Bunda o‘simlik ildizlari to‘siq vazifasini o‘taydi. 0 ‘simliklaming og‘ir metallami o ‘zining yer ustki yoki yer ostki organlarida akkumulyatsiya qilishi ayrim
hollarda kimyoviy elementlaming tabiatiga ham bog‘liqdir. Masalan, fakultativ galofit hisoblangan arabidopsis o‘simligida og‘ir metall ionlarining miqdori o‘rtacha 2 g/g bo‘lgani holda barglarda asosan mis yig‘ilsa ildizlarda kadmiy to‘planadi. O g‘ir metallaming fiziologik jarayonlarga ta’siri. 0 ‘simliklarga og‘ir metallarning zaharli ta’siri asosida ushbu elementlar ionlarining oltingugurt saqlovchi moddalar bilan bog‘lanib mustahkam birikmalar hosil qilishi bilan bog‘liqdir. Tabiatda nisbatan keng tarqalib olimlar tomonidan tasdiqlangan og‘ir metallarning o ‘simliklarga salbiy ta’siri, bu ulaming oqsillaming SH guruhlari bilan bog‘lanishi natijasida fermentlar faolligining to‘xtashi, ya’ni inaktivatsiyasi. Shuningdek, og‘ir metallar makromolekulalaming biologik xususiyatlariga ham salbiy ta’sir etgani tufayli hujayra metabolizmi va fiziologik jarayonlarni ham buziladi. Hozirgi vaqtda og‘ir metall ionlarining salbiy ta’siri tufayli faolligini sekinlashtiruvshi yoki to‘xtatuvchi fermentlaming soni 100 dona atrofidtffli^i ^u...^erda»,shuni ham aytib o ‘tish lozimki, har xij tur o ‘simliklardagi bitta fermentga nisbatan bitta og‘ir metallning ta’siri turlicha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bitta turga taalluqli o‘simlikning bitta fermenti har xil og‘ir metallarga nisbatan turlicha chidamlilikni namoyon qilishi mumkin.
0 ‘simliklarda og‘ir metall ionlariga javoban hosil bo‘ladigan kislorodning reaktiv formalarini detoksikatsiyasi-chiqarilishida qatnashadigan fermentlar guruhi ham mavjuddir. 0 ‘simliklarga og‘ir metall ionlarining umumiy ta’siri bu fotosintez jarayonining to‘xtashi, assimilatlar va mineral oziqlar tashiluvining buzilishi, organizm suv va gormonal rejimning o‘zgarishi va o‘sishning sekinlashishi va to‘xtashidir. Fotosintez jarayonining og‘ir metallar ta’sirida to‘xtashi, bu avvalo uning xloroplastlar tuzilishiga salbiy ta’siridir. Bu hoi o‘z navbatida xlorofill, karotinoidlar, plastoxinonlar miqdorining kamayishi va fotosintetik fermentlar sintezining to‘xtashidir. Shuningdek, barg og‘izchalarining yopilishi natijasida barglarda CO 2 gazining miqdori ham kamayib ketadi. Bularga biz misol qilib o ‘simliklaming bir qancha og‘ir metallardan, xususan, kadmiydan zaharlanishini ko‘rsatishimiz mumkin. Bunda barglardagi xlorofill, ayniqsa xlorofill v miqdori uning
ushbu ta’siri avvalo xlorofill biosintezini to‘xtatishi bilan, qolaversa uning degradatsiyasi bilan bog‘liqdir. Og‘ir metallar, xususan, Cu, Pb, Sd ionlari ta’sirida fotosintezning asosiy fermentlaridan bo‘lgan RuBF-karboksilaza va FEP-karboksilaza fermentlarining faolligi kamayadi. Bundan tashqari kadmiyning yuqori miqdorlarida karboangidraza fermenti faolligi to4xtaydi. Og‘ir metall ionlari II-fototizim bilan bog‘liq bo‘lgan elektronlar tashiluvini buzganligi sababli ko‘proq fotosintezning yorug‘lik fazasiga salbiy ta’sir qiladi. Bu o‘z navbatida tilakoid membranalari tuzilishining o‘zgarishi, plastoxinon sintezining buzilishi va ferredoksin-NADF+- oksidoreduktaza fermenti faolligining pasayishi bilan bog‘liqdir. Og‘ir metallarning nafas olish jarayoniga ta’siri kam o‘rganiIgan. Ammo tajribalar orqali tamakining izolirlangan hujayralari va ildizlar tomonidan kislorodning yutilishiga kadmiy elementining salbiy ta’siri tasdiqlangan. Kadmiy mitoxondriyalarda elektronlar va protonlar tashiluvini to‘xtatadi. Bu o ‘z navbatida elektron tashuvchi zanjir ishining buzilishiga olib keladi. Shuningdek kadmiy glikoliz va pentozofosfat oksidlanish yo‘li fermentlari faolligini to‘xtatadi. Og‘ir metallar ta’sirida o‘simliklarning swv rejimi ham buziladi. Masalan, ko‘pchilik sanoat hududlarida o‘suvchi o‘simliklar barglarida suvlilik darajasining kamligi va transpiratsiya jadalligining pastligi kuzatilgan. Bu tabiiy holda o ‘simliklaming issiqlik rejimining buzilishiga olib keladi. 0 ‘simliklar suv rejimining buzilishi ko‘pchilik 461 sabablarga, Masalan, osmoregulatsiya jarayoni samaradorligini ozayishi, hujayra devorlari elastikligining kamayishi, ildizlar suv shimish qobiliyatining pasayishi va boshqalarga bog‘liq boMishi mumkin. Ildizlaming suv yutish qobiliyatining pasayishi o‘z navbatida yangi yon ildizlar va ildiz tukchalari hosil bo‘lishining to‘xtashi, ildizning to‘g‘ri o ‘sishining sekinlashishi, ildiz tizimining tuproqqa yopishib turish darajasining pasayishi va assimilatlaming poyadan ildizlarga tashiluvining to‘xtashi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari ildiz
uchlarining yemirilishi kuchayib ligninlanish va suberinlanish jarayonlari darajasi ortadi. Shuningdek, barg og‘izchalarini yopilishiga olib keluvshi ABK gormonining biosintezi kuchayib uning miqdori ortadi. Og‘ir metallar ko‘pchilik hollarda ildiz hujayralariga kationlar va anionlar yutilishini baravar to‘xtatadi. Makro- va mikroelementlaming ildizlar tomonidan yutilishining to‘xtashi ularning og‘ir metallar ionlari bilan tashuvchilar uchun raqobatida ham boMishi
mumkin. Hujayralardagi ionlar gomeostazining buzilishi og‘ir metall ionlari ta’sirida membrana tuzilishining buzilishi hamda membrana fermentlari faolligining o ‘zgarishi sababli ildizlardan hujayra metabolizmi uchun o‘ta muhim kationlaming masalan, kaliyning hujayradan oqib chiqib ketishi boMishi mumkin. Og‘ir metallarga nisbatan o ‘simliklarning reaksiyasi bir xil emas. Masalan, kadmiy qovoq va bodring ekinlari ildizlarida mis elementining akkumulatsiyasiga ta’sir qilmagani holda, raygrass, makkajo‘xori, karam, beda o‘simliklari ildizlarida ushbu element akkumulatsiyasi miqdorini kamaytiradi. Ammo kadmiy elementining sholi ildizlarida ko‘payishi mis ionlari akkumulatsiyasi miqdorining ortishiga olib keladi. 0 ‘simliklar fiziologik jarayonlari ichida og‘ir metallarga nisbatan ko‘proq sezuvchani bu o'sishdir. 0 ‘simlik yer ustki va yer ostki qismlarining og‘ir metallarga nisbatan reaksiyasi bir xil emas. Ildizlar poyaga nisbatan og‘ir metallar ta’siriga beriluvchandir. Kadmiy va qo‘rg‘oshin elementlari o‘simtalar yon ildizlariga nisbatan ko‘proq o‘q ildizning o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi. Buning natijasida ildiz tizimi kompakt-yumaloq shaklga kirib qoladi. 0 ‘simliklarning unuvchi va o ‘suvchi urugMari og‘ir metallarga nisbatan chidamliroqdir. Chunki, urug‘ qobig‘i og‘ir metall ionlarini juda kam o4kazadi. 0 ‘sishning og‘ir metall ionlari ta’sirida to‘xtashi bu ularning hujayraning bolinish va cho‘zi!ishga bo‘lgan salbiy ta’siridir. Buning asosida to‘qimalar suvlilik darajasining kamayishi, mitotik 462 siklning uzayishi, hujayra devorlari elastikligining va mikronaychalar shakllanishining buzilishi boMishi mumkin. Binobarin, ogMr
metallar o‘simliklardagi barcha fiziologik jarayonlarga salbiy ta’sir qiladi. Ammo o‘simliklar o‘zlarining maxsus moslanish mexanizmlaridan foydalangan holda ogMr metallar bilan ifloslangan maydonlarda ham o‘sish xususiyatiga ega.
hujayra metabolizmini muhitdagi og‘ir metall tuzlaridan himoyalovchi juda ko‘p moslanish mexanizmlarini yaratgan. Ushbu mexanizmlar quyidagilardir: og‘ir metallami hujayra tomonidan ajratiladigan moddalar (eksadatlar) va hujayra devoriga bogManishi; og‘ir metallami hujayraga kirishini kamayishi va ularni sitoplazmadan apoplastga chiqarilishi; ogMr metallaming sitoplazmada oqsillar va peptilolar bilan xelatlanishi; zararlangan oqsillaming tiklanishi va vakuoladagi metallarning tonoplast tashuvchilari orqali kompartmentatsiyasi. OgMr metallaming ildiz hujayralari devorlariga bogManishi, bu hujayraning tuproqda mavjud boMgan
ogMr metallardan himoyalanishining birinchi liniyasidir. Ushbu mexanizmning maqsadi protoplastga og‘ir metallar kirishini pasaytirishdan iborat. Bunga biz misol qilib og‘ir metallami epiderma hujayralari devoridagi oqsillar va silikatlarga bogMay oladigan va ularga nisbatan loyal boMgan oddiy smolevkani ko‘rsatishimiz mumkin. Hujayra tomonidan ajratiladigan va ildiz yuzasini qoplagan shilimshiq modda ham to‘siq vazifasini o ‘tab hujayralami og‘ir metallar kirishidan himoya qiladi. Bunda ogMr metallar shilimshiq moddaning karboksil guruhi va uron kislotasiga bogManadi. Ayrim hollarda ildizlar tomonidan tuproqqa ajratilayotgan eksudatlar tarkibida ogMr metallami xelatlovshi gistidin, sitrat va boshqa birikmalar boMishi
mumkin. Ushbu mexanizm yengil metall hisoblangan aluminiyni detoksikatsiyalash-chiqarishda ishlatiladi. Masalan, tuproqda alyuminiy ko‘p sharoitda greshixa o‘simligi ildizlarida shavel kislotasi hosil boMadi va tashqariga chiqarilmasdan, balki barglarga boradi u yerda esa aluminiy ionlari bilan birikib o‘simliklar uchun zaharli boMmagan alumin oksalatini akkumulatsiya qiladi. Hujayraga xususan, protoplastga og‘ir
metallar kirishini chegaralovchi hujayraning «tirik» komponentlaridan birinchisi bu plazmalemmadir. Plazmalemma faqatgina hujayraga og‘ir metallar kirishini to‘xtatib yoki pasaytirib qolish orqali hujayradagi ogMr
metallaming past konsentratsiyada ushlab turish vazifasinigina bajarib qolmasdan, balki og‘ir metallami tashqariga chiqarishda ham ishtirok etadi. 0 ‘simliklarda og‘ir metall ionlarini hujayraga kirishini va undan chiqarilish mexanizmlari juda kam o‘rganilgan hisoblanadi. Ammo tamaki o‘simligi hujayralari plazmalemmasida nikel ionlarini tashuvchi (TtSBP4) kalmodulin bog‘lovchi oqsil aniqlangan. Ushbu gen o ‘tkazilgan transgen o ‘simliklar nikelga nisbatan yuqori chidamlilikga ega bo‘ladi. 0 ‘simliklaming og‘ir metallarga chidamliligida issiqlikka chidamlilikni oshiruvshi oqsillar ham ishtirok etadi. Ular molekulalami himoya qilishda va stress zararlangan oqsil molekulalarini tiklashda ishtirok etadi. M a’lumki, issiqlikka chidamlilikni oshiruvchi oqsillar avvalo, yuqori haroratga nisbatan sintezlanadi. Ammo ulaming alohida qismlari o ‘simliklarga boshqa salbiy ta’sir qiluvchilar, masalan, og‘ir metallar ta’sirida ham hosil bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘proq kichik molekulali, ya’ni 16—20 kDa va 70 kDa massali issiqlikka chidamlilikni oshiruvshi oqsillar sintezlanadi. Masalan, pomidor to‘qimalari kulturasida 70 kDa massali issiqlikka chidamlilikni oshiruvshi oqsillar faqatgina yuqori harorat ta’sirida emas, balki tuproqda kadmiy elementining miqdori ko‘p holatda ham sintezlanishi kuzatilgan. Ushbu oqsil yadroda, sitoplazma va plazmalemmada topilgan. Agarda o‘simlikka kadmiy ta’sir qilmasdan avval qisqa vaqt davomida yuqori harorat ta’sir ettirsak membranalaming kadmiyga nisbatan chidamliligini oshishiga olib keladi. 0 ‘simliklami og‘ir metallarga nisbatan chidamliligida fitoxelatlar va og‘ir metallar xelatlovshilar ham qatnashadi. Xelatlar shunday moddalarki, ular metall bilan tuz kompleksini hosil qiladi. Unda metall barcha valentligi bilan bog'langan bo‘lib molekulaning ichida joylashgan. Shu sababli uning reaksiyaga kirishib o ‘simlik hujayralari metabolizmini zararlovshi qobiliyati juda kam. 0 ‘simlik hujayralari sitozolida metallarning xelatlanishi, ya’ni xelatlar hosil qilish og‘ir metallami detoksikatsiyasi jarayonida muhim o ‘rin tutadi. Metallar bilan xelat hosil qiluvchi moddalarga aminokislotalar, organik kislotalar va peptidlaming ikkita tipi, y a ’ni fitoxelatinlar va metallotioneinlar kiradi. 0 ‘simliklarda nisbatan yaxshi o‘rganilgan xelatinlarga fitoxelatinlar kiradi. Fitoxelatinlar - bu o‘simliklarga og‘ir
Download 4,41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling