170
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar ijro davrida ijrochida saqlanadi.
Ijrochi
ularni saqlash uchun maxsus papkalar yuritishi kerak. Rasmiylashtirish bilan
bog’liq ishlar tugallangandan so’ng buyrq maxsus delo (yig’majild)ga
joylashtiriladi. Yig’majildni shakllantirishda bir qator talablarga
rioya etish talab
etiladi. Ularning muhimlaridan biri asosiy faoliyatga doir buyruqlarni shaxsiy
tartibga doir buyruqlardan alohida-alohida shakllantirishdir.
Shaxsiy tarkibga oid buyruqlar (ishga
qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish,
rag’batlantirish, mehnat shartnomasini bekor qilish haqida va h.q.)ni alohida
yig’majildda shakllantirish tavsiya etiladi. Yig’majild
ichida har bir kalendar yil
uchun buruqlar ketma-ketlikda joylashtirilishi kerak. Yig’majildga faqatgina
buyruqlarning asl nusxasi joylashtiriladi. Shaxsiy tarkib bo’yicha
buyruqlarni
saqlash muddati 75 yilni tashkil etadi. Buyruq chiqarishga asos bo’lgan hujjatlar
(buyurtmalar, ma’lumotlar, yozishmalar) alohida yig’majildda yig’ilib, 5 yil
saqlanadi. Ta’til berishga oid buyruqlar ham alohida shakllantirilib, 3 yil saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: