Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyruq
Qisqacha xulosalar
Mehnat shartnomasini bekor qilish ushbu shartnoma ishtirokchilari hohish- irodasini yoki uni bekor bo’lishiga olib kelgan o’zga holatni aks ettiruvchi yuridik holatdan iboratdir. Mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga ko’ra, taraflardan birining tashabbusi bilan, muddatning tugashi bilan, taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra hamda yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo’yicha o’tmaganligi) yoxud saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Mehnat shartnomasini bekor qilish deganda nima nazarda tutiladi? 2. Mehnat shartnomasini bekor qilish, ishdan bo’shatish, mehnat shartnomiasini bekor bo’lishi tushunchalari o’rtasida qanday farqlar bor? 3. Mehnat shartnomiasi bekor bo’lishining umumiy asoslari Mehnat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilgan va ularni tavsifi qanday? 4. Taraflar kelshishuvi bilan mehnat shartnomasi bekor bo’lishi mumkinmi? 163 5. Muddatni tugashi shartnomani bekor qilinishiga olib keladimi? 6. Xodimning tashabbusiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi qanday? 7. Xodim ishdan bo’shash haqidagi arizasini qaytarib olishga haqlimi? 8. Mehnat shartnomasi qaysi asoslar mavjud bo’lganida ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilinishi mumkin? 9. Mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilish chog’ida xodimlarga qanday kafolatlar beriladi? 164 9-BOB. XODIMLAR FAOLIYATIGA DOIR BUYRUQLAR 9.1. Buyruq turlari Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar tashkilotlarda xodimlar bo’limi ish yuritilishining asosiy hujjatlaridan sanaladi. Bugungi kunda respublikada bu turdagi hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha maxsus standart ishlab chiqilmagan. Mazkur maqolada muallif shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarni rasmiylashtirish va saqlashga oid ba’zi bir takliflar berishga harakat qilgan. Buyruq – korxona (tashkilot, muassasa) rahbarining mazkur korxona oldida turgan asosiy va amaliy vazifalarni hal etish mvqsadida chaqiradigan rasmiy huquqiy hujjat. Buyruq maxsus blankada rasmiylashtiriladi va mazkur korxonaning (tashkilot, muassasa) nomi, uning yuqori turuvchi organi, hujjat turi (buyruq), chiqarilgan joyi, sana, hujjat raqami, matn sarlavhasini qo’yishi uchun ajratilgan joy kabi qismlardan iborat. Mazmuni va rasmiylashtirish uslubi bo’yicha buyruqlar ikki guruhga – asosiy faoliyat va shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarga bo’linadi. Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, mehnat ta’tilini berish, xizmat safariga yuborish, korxona ishchilarini rag’batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llash, mehnat shartnomasini bekor qilish va xodimlar bilan ishlash jarayonidagi boshqa holatlarni rasmiylashtirishda foydalaniladi hamda ishchilar uchun ish haqini hisoblab chiqishga asos bo’ladi. Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq loyihasi xodimlar bo’limi tomonidan tayyorlanadi. Buyruq imzolangan kundan boshlab yuridik kuchga ega bo’ladi (buyruq sana imzolangan kun hisoblanadi). Buyruqlarni qayd etish boshqa hujjatlardan alohida olib boriladi. Buyruqlarga qayd raqamlari kalendar yil davomida ketma-ket “1” dan “p” gacha – 1 yanvardan 31 dekabrgacha qo’yib boriladi. Buyruqlar raqamlarini g’ayriqonuniy o’zgartirilishini oldini olish maqsadida ularni ikki yoki uch xonali sonlar bilan yozish tavsiya etiladi. Masalan, № 01 yoki №001. Amaliyotda shaxsiy tarkib 165 buyicha buyruqlarga raqam qo’yish bilan birga indekslardan foydalanish ham kuzatiladi, masalan “k” (kadrlar): №01 –k buyruq. Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling