Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


 Ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtirish


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/108
Sana06.11.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1750785
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   108
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

9.2. Ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtirish 
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 82-moddasiga asosan ishga 
qabul qilish ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish 
uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo’ladi. Ishga qabul qilish 
haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga to’la muvofiq 
ravishda chiqariladi. 
Ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruq mazmunida quyidagilarni aks ettirish 
zarur: 

matn sarlavhasi: “Ishga qabul qilish haqida”; 

xodimning ismi, sharifi, familiyasi; 

mehnat shartnomasida ko’rsatilgan sanaga muvofiq ishga qabul qilish 
sanasi; 

tarkibiy bo’lim nomi, kasbi, mutaxassisligi yoki xodimning lavozimi; 

mehnat shartnomasida ko’rsatilgan bo’lsa sinov muddati; 

ishga qabul qilish sharti hamda taqdim etilayotgan ish xususiyati (masalan, 
vaqtinchalik ishga kelmayotgan xodimning o’rniga ishlashi yoki ma’lum bir ishni 
bajarish uchun); 

ish xaqi yoki oylik maoshi; 

buyruq chiqarish uchun asos (ishga qabul qilish haqidagi buyruqqa asos 
mehnat shartnomasi sanaladi);

farmoyish qismi – “qabul qilinsin”, “yuklatilsin”, “tayinlansin”. 
Buyruqning tasdiq qismi ishga qabul qilinayotgan tashkilotning xodimlar 
bo’limi boshlig’i, maslahatchi yurist vizalarini o’z ichiga oladi. Xodim bilan 
tuzilgan mehnat shartnomasida unga moddiy javobgarlik yuklatilgan bo’lsa, 
buyruqqa bosh hisobchi ham viza qo’yadi. Buyruqni ishga qabul qilish vakolati 
berilgan shaxs imzolaydi. 


166 
Shaxsiy tarkib bo’yicha ish beruvchining buyrug’i xodimga ma’lum qilinib, 
tilxat olinadi. 
9.3.Mehnat ta’tili to’g’risidagi buyruqlar 
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan barcha ta’tillar mehnat, 
ijtimoiy (homiladorlik va tug’ish, bolalarni parvarishlash, o’qish bilan bog’liq, 
ijodiy) va ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tillarga bo’linadi. O’z 
navbatida, mehnat ta’tillari: yillik mehnat ta’tili; yillik asosiy ta’til; minimal va 
uzaytirilgan; yillik ko’shimcha; mehnat sharoiti noqulay va o’ziga xos bo’lgan 
ishlar uchun beriladigan; og’ir va noqulay iqlim sharoitlaridagi ish uchun 
qo’shimcha ta’tillarga bo’linadi. 
Yillik ta’tillarni berishga asos tasdiqlangan ta’tillar jadvali (O’zbekiston 
Respublikasi Mehnat kodeksining 144-moddasi) hisoblanadi. Amaliyotda ta’til 
buyrug’ini chiqarishga, tashkilotda ishlayotgan xodimlarning sonini ko’pligini 
hisobga olib, tarkibiy bo’lim rahbariyati tomonidan rasmiylashtiriladigan 
bildirishnoma, ayrim hollarda esa xodimning arizasi asos bo’ladi. Aksariyat 
hollarda ariza yillik mehnat ta’tili muddati o’zgargan yoki ma’lum ijtimoiy ta’til 
turidan biri olinayotganda yoziladi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 143-moddasi 4-
bandiga muvofiq maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va o’rta maxsus 
o’quv yurtlari, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta 
tayyorlash institutlari hamda kurslarining muallimlar tarkibiga birinchi ish yilida 
yillik ta’til ularning mazkur o’quv yurtiga ishga kirgan vaqtidan qat’iy nazar 
haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to’lagan holda yozgi ta’til davrida 
to’liq beriladi deb belgilangan. Barcha turdagi buyruqlarda ta’til turi va uning 
muddati ko’rsatilishi shart.

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling