Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Mehnatga haq to’lashning ishbay-kamayib boruvchi tizimi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana06.11.2017
Hajmi1.25 Mb.
#19515
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20

Mehnatga haq to’lashning ishbay-kamayib boruvchi tizimi shu bilan ajralib turadiki, meъyorlarni oshirib 

bajarishning ayrim muayyan darajasidan boshlab ishbay haq narxining kamayishi sodir bo’ladi. Mazkur tizim o’ziga 

xos tarzda ishbay-ortib boruvchi tizimning qarama-qarshi tomoni hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, 

meъyorlarning oshirib bajarilishi qanchalik yuqori bo’lsa, meъyordan tashqari ishlab chiqarilgan har bir mahsulot 

birligining narxi shunchalik kamroq bo’ladi. Ishbay-kamayib boruvchi haq to’lash tizimi meъyorlarni bajarishning 

boshlang’ich dajarasini belgilashni nazarda tutadi, ana shu darajadan boshlab narxning pasayishi boshlanadi. SHu 

bilan birga boshlang’ich bazani belgilashga qo’yiladigan talablar ham ishbay-ortib boruvchi tizimdagi kabidir.  

Haq to’lashning ishbay-kamayib boruvchi tizimi bo’yicha ish haqining umumiy miqdori quyidagi formula 

bo’yicha hisoblab chiqiladi: 


 

53

)



...

(

2



2

1

1



l

l

кам

K

n

K

n

К

n

R

И

+

+



+

=

 



Bu erda: 

kam 

– mehnatga haq to’lashning ishbay-kamayib boruvchi tizimi bo’yicha ishbay ish haqi (so’m, 

tiyin); R – belgilangan boshlang’ich baza doirasida mahsulotning har bir birligi uchun narx (so’m, tiyin); K – kamayib 

borish shkalasining har bir pog’onasi bo’yicha narxning kamayish koeffitsienti (marta); 1,2,…L – shkaladagi kamayib 

borish koeffitsietlari soni; n – xodimlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. 

Tayanch iboralar 

Ish haqi; yollanma xodim; daromadlar; ish beruvchi; ish haqining  mohiyati; mehnat bozori; mehnat 

birligining bozor bahosi; ish haqining turlari: real; nominal; o’rtacha ish haqi; ish haqining  elementlari; ish haqining 

funktsiyalari: takror; rag’batlantirish; o’lchov-taqsimlash; joylashtirish; aholining to’lov qobiliyatini shakllantirish; ish 

haqini tashkil etish tamoyillari; ishlab chiqarish; mehnat samaradorligi; mehnat unumdorligi; o’rtacha ish haqi; davlat 

tomonidan tartibga solish; mehnatga haq to’lash shakllari; tarif tizimining mohiyati;  elementlari; mehnatni normalash; 

tarif setkasi; tarif stavkasi; tarif malaka maъlumotnomalari; tarif koeffitsentlari; yagona tarif stavkasi; ish haqi turlarini 

tavsiflash; ishbay ish haqi; vaqtbay ish haqi; asosiy;  qo’shimcha ish haqlari; mehnatga haq to’lashning  oddiy tizimi; 

jamoa (brigada) ishbay tizimi; rag’batlantiruvchi tizim; oylik tarif stavkasi;  akkord usuli; bevosita ishbay tizimi; 

ishbay ortib boruvchi tizim; ishbay-kamayib borish tizimi. 



 

Qisqacha xulosalar 

Ish haqining mohiyati u ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlarida: ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va 

isteъmolda bajaradigan funktsiyalarda ro’yobga chiqariladi. 

Ish haqini tashkil etish deganda uning tuzilishi, mehnat miqdorining unga to’lanadigan haq miqdori bilan 

o’zaro bog’liqligi, shuningdek, tarkibiy elementlarning yig’indisi (normalash, tarif tizimi, mukofotlar, qo’shimcha va 

ustama haqlar) tushuniladi. Ish haqini tashkil etishning muhim elementi tarif tizimi bo’lib, u turli normativ materiallar 

majmuidan iboratdir Ular yordamida xodimlarga to’lanadigan ish haqi darajasi omillar guruhiga bog’liq ravishda 

belgilanadi. 

Mehnat natijalarini aniqlash uchun qanday asosiy ko’rsatkich tatbiq etilishiga qarab ish haqining barcha 

tizimlarini ish haqining shakllari deb ataluvchi ikkita katta guruhga bo’lish qabul qilingan. Agar mehnat natijalarining 

asosiy o’lchovi sifatida tayyorlangan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat)dan foydalaniladigan bo’lsa, u holda mehnatga 

haq to’lashning ishbay shakli haqida gap yuritiladi. Agar bunday o’lchov sifatida ishlangan vaqt miqdoridan 

foydalanilsa, bunday holda vaqtbay ish haqi to’g’risida gap boradi. Demak, ish haqining shakli – haq to’lash 

tizimlarining muayyan toifasidan iborat bo’lib, ishga haq to’lash maqsadida unga narx belgilashda mehnat natijalarini 

hisobga olish asosiy ko’rsatkichi bo’yicha guruhlarga ajratilgan bo’ladi. 

Mehnatga haq to’lashning ishbay va vaqtbay tizimlari mehnatni tashkiliy-texnikaviy normalashga turlicha 

yondashish bilan ajralib turadi, bunda ayni bir xil normalashga amal qilinadi. 

Mehnatga haq to’lash tizimlari vositasida xodimlarning moddiy manfaatdorligiga muayyan tarzda taъsir 

ko’rsatish – hozirgi zamon iqtisodiyotidagi ish haqini tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biridir. 

YUqorida keltirib o’tilgan mehnatga haq to’lashning rag’batlantiruvchi tizimi taъrifi umumiy xususiyatga 

egadir. Oddiy hayotda rag’batlantiruvchi tizim deganda, odatda, ish haqining asosiy qismini oshirishni taъminlovchi 

mexanizm tushuniladi, ish haqining bu qismi belgilangan mehnat normasini bajarganlik yoki xodimning mehnat 

hissasini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkich bo’yicha faoliyat natijalari uchun to’lanadigan haqdir. Ish haqining ana shu 

qismini asosiy ish haqi deb atash qabul qilingan. 

Mehnatga haq to’lashning u yoki bu tizimida qo’llanishi ko’pgina shart-sharoitlar, avvalo, xodimning mehnat 

natijalarini hisobga olish uchun asosiy ko’rsatkichga nimalar taъsir qilishiga, yaъni mazkur tizim ishbay yoki vaqtbay 

tizimga kirish yoki kirmasligiga bog’liqdir. 

Mehnatga haq to’lash shakllarini tanlashga taъsir ko’rsatadigan asosiy omil ishlab chiqarishni tashkil etish 

tomonidan yo’l qo’yiladigan mehnatni normalashtirish va uni amalga oshirish shakllarini detallashtirish darajasidir. 

Mehnatga haq to’lashning oddiy tizimlari xodimning ish haqini mehnat natijalarini hisobga olishning bitta 

ko’rsatkichi: ish vaqti yoki tayyorlangan mahsulot sifatiga qarab shakllantiradi. 

Nazorat va muhokama uchun savollar 

1.

 



Bozor iqtisodiyoti sharoitida xodimlarning ish haqi qanday funktsiyalarni bajaradi?  

2.

 



Ish haqini tashkil etish deganda nima tushuniladi? 

3.

 



Mehnatga haq to’lashni tashkil etishning asosiy tamoyillarini sanab bering. 

4.

 



Ish haqini tashkil etishning asosiy elementlari nimalardan iborat? 

5.

 



Ish haqining tarif tizimi nimadan iborat? Tarif tizimining asosiy elementlarini aytib bering. 

6.

 



YAgona tarif setkasining byudjet sohasidagi xodimlar uchun asosiy xususiyatlarini ko’rsatib o’ting. 

7.

 



Mehnatga haq to’lash razryadini belgilashda xodimning faoliyatiga baho berishning qanday 

ko’rsatkichlarini bilasiz? 

8.

 

Ish haqini belgilashda mintaqaviy koeffitsientlardan qanday foydalanish mumkin? 



9.

 

Ish haqi tizimi nima? 



10.

 

Ish haqi shakllarini tariflang. Ish haqi shakllarining qanday turlari mavjud? 



 

54

11.



 

Ish haqining rag’batlantiruvchi, kafolatlovchi va majbur qiluvchi tizimlari o’rtasidagi farqlarni ko’rsatib 

bering. 

12.


 

Xodimning ish haqi tarkibida mehnatga asosiy va qo’shimcha haq to’lash nisbatiga qanday omillar taъsir 

ko’rsatadi? 

13.


 

Mehnatga haq to’lash tizimlarini tasniflashning asosiy belgilarini aytib bering. 

14.

 

Ish haqining shakllarini tanlashga taъsir ko’rsatuvchi asosiy shart-sharoitlar nimalardan iborat? 



15.

 

Ishbay ish haqining oddiy tizimlarini aytib bering. 



16.

 

Mehnatga haq to’lashning qanday tizimlarida mehnatda ishtirok etish koeffitsientidan foydalaniladi va ular 



qanday aniqlanadi. 

Adabiyotlar ro’yxati 

1.

 



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini 

oshirish to’g’risida»gi Farmoni «Xalq so’zi» gazetasi, 2001 yil 29 iyun. 

2.

 

Abdurahmonov Q.H., Xolmo’minov SH.R., Hayitov A.B., Akbarov A.M. “Personalni boshqarish” O’quv 



qo’llanma.-T.: 2004. 

3.

 



Abdurahmonov Q.X. «Mehnat iqtisodiyoti» (Darslik) T:. «MEHNAT» nashriyoti, 2004. 

4.

 



Abdurahmanov Q.X. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Darslik. -T.: O’qituvchi, 2001. 

5.

 



Abdurahmonov Q.X  Xolmo’minov SH.R “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”(o’quv.qo’l) T.:2004. 

6.

 



Barbarova E.L. Ekonomika i sotsiologiya truda –M:. 2005. 

7.

 



Volgin N.A., Dudnikova S.V. Oplata truda gosudarstvenno’x slujashix: analiz zarubejno’y opo’t. Novo’e 

podxodo’. M., 2000. 

8.

 

Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti (o’quv qo’llanma) T.: 2004. 



9.

 

Ryazantseva N., Ryazantsev D. «1S: Predpriyatie. Zarplata i kadro’. Sekreto’ raboto’» Sankt- Peterburg, 



2004. 

10.


 

Sovremennaya ekonomika truda.G’ Pod ruk Kulikova V.V.-M.:ZAO “Finstatinform”, 2001. 

11.

 

Xaydarov M., Kalanova M. Makroiqtisodiy taxlil (o’quv qo’llanma) T.: 2004. 



12.

 

Xenderson R.I. «Kompensatsionno’y menedjment: strategiya taktika formirovaniya zarabotnoy plato’ i 



drugix vo’plat» -M:. 2004. 

Internet saytlari: 

1.

 



www.ook.vsem.ruEkonomika i sotsiologiya truda. 

2.

 



www.snicke.nm.ruEkonomika i sotsiologiya truda 

3.

 



www.soc.pu.ru Ekonomika i sotsiologiya truda 

4.

 



www.bolero.ru Ekonomika i sotsiologiya truda 

5.

 



www.meo.ru Ekonomika i sotsiologiya truda 

 

9-MAVZU. MEHNAT UNUMDORLIGI: OMILLAR VA ZAHIRALAR    4 soat 

(yangi pedogogik texnologiyalarni qo’llash)    



1-maъruza   2 soat 

1. «Mehnat unumdorligi» va «mehnat samaradorligi» haqida tushuncha  

2. Mehnat unumdorligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati  

3. Mehnat unumdorligini aniqlash usullari va uning avzalliklari  

Ushbu “Mehnat unumdorligi: omillar va zahiralar” mavzusini o’tishda yangi pedogogik texnologiyani 

qo’llash. 

1.

 

Biz bu darsda “aqliy xujum”, yaъni “breynstorming” usulidan foydalanamiz. Buning uchun doskani uchta 



qismga bo’lib qo’yiladi: 

 

Mexnat unumdorligi 



deganda nimani tushunasiz 

Mexnat unumdorligi va mexnat 

samaradorligiga taъsir etuvchi omillar 

Mexnat umundorligi kanday 

aniklanadi 

 

 



 

 

SHu tarzda guruh aъzolarini ham uch guruxga bo’lamiz. Birinchi guruxga birinchi ustunni to’ldirishni, uchinchi 



guruhga uchinchi ustunni to’ldirish vazifasi beriladi. CHunki bakalavrlar iqtisodiy tushunchalarni o’zlashtirishlari 

bilan mexnat unumdorligi  tushunchalarni bilishlari kuzatilgan. Navbatda o’rganishga taklif etilayotgan fan ayni uchta 

gurux oralig’ida bo’lganligi bois, mexnat unumdorligi va mexnat samaradorligiga taъsir etuvchi omillar, mexnat 

unumdorligi kanday aniklash usullari ko’rsatib o’tilgan. SHuning uchun tahlil asosida ikkinchi guruhga ikkinchi 

ustunni to’ldirish vazifasi beriladi. 

2. Darsning birinchi qismida o’z-o’zidan Mexnat unumdorligini oshirishning kanday ichki va tashki  zaxiralari 

(rezervlari)ni bilasiz, Mexnat unumdorligini ulchash usullari  haqidagi fikrlar yuzaga chiqadi. Avvalgi guruhlarni 

saqlagan holda, bakalavrlarga “mexnat iqtisodiyoti va  sotsiologiyasi”  fanida muhim hisoblangan bu ikki 

tushunchaning mohiyatini tushunib olishga oid dars va vazifa taklif etiladi: 

 

Mexnat unumdorligini oshirishning kanday ichki va 



tashki  zaxiralari (rezervlari)ni bilasiz 

Mexnat unumdorligini ulchash usullari  

 

 


 

55

 



 

3. Vazifada taъlim oluvchilar o’zlari mexnat unumdorligini aniklashda kaysi usul keng kullanilishini va mexnat 

unumdorligi va ish xaki urtasidagi bogliklik o’z fikrlari orqali bayon etadilar. SHuning uchun o’qituvchi tomonidan bu 

ikki tushunchani qanday qilib talabalar o’rganishi mumkinligini so’raydi va o’z-o’zidan dars mavzusida rejaga 

kiritilgan metodlarga o’tiladi.  

Mexnat unumdorligini aniklashda kaysi usul keng 

kullaniladi 

Mexnat unumdorligi va ish xaki urtasidagi 

bogliklik 

 

 



 

4. Mexnat unumdorligiga oid nazariyalarni  o’rganish - iqtisodiy munosabatlarni tashkil etishda muhim 

bo’lganligi bois darsda uchta nazariyaning tahlili olib boriladi: 

 

A. Marshall 



F. Xayek 

Jon Keyns 

 

 

 



 

Har bir nazariyani tahlil etib, undagi ham sotsiologik, ham iqtisodiy mexanizm aniqlanadi. Bu esa iqtisodiy 

munosabatlarni tashkil etishda sotsiologik omilning taъsiri muqarrarligini anglash bilan birga, respublikamiz 

miqyosida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda “inson omili” bejiz qo’yilmayotganligini to’liq anglab olishga olib 

keladi. 

SHuning uchun dars yakunida quyidagi jadvalni to’ldirishni taklif etiladi: 

 

Nimani bilar edik? 



Nimani bilishni xoxlaymiz? 

Nimani bilib oldik? 

 

 

 



 

Bu jadvalni to’ldirib kelish uyga mustaqil vazifa sifatida beriladi. 



Kutiladigan natija: Darsda hammani faollashtirish, yangi fanga sekin-asta bilan olib kirish, har bir talabada 

o’zining mustaqil fikrini ifoda eta olishga erishish. Bu texnologiyani qo’llash orqali darsning  maqsadi va mazmuniga 

bakalavrlarning o’zlari tezroq etib keladilar va kelgusi faoliyatlarida nimalarga eъtibor berish lozimligini o’zlari 

anglaydilar. 



1. «Mehnat unumdorligi» va «mehnat samaradorligi» haqida tushuncha 

Mehnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishishdan, masalan, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat 

ko’rsatishdan iboratdir. Har qanday xodim yoki xodimlar guruhi uchun natija samaradorligi, yaъni vaqt birligi – soat, 

kun, yil mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot, ko’rsatilgan xizmat miqdori muhim ahamiyatga ega. Bu natija 

qanchalik yuqori bo’lsa, uning birligiga sarflangan xarajat, shu jumladan, xona, bino uchun ijara haqi elektr 

quvvatidan foydalanish haqi va shu kabilar shunchalik kamroq bo’ladi. Binobarin, mehnat unumdorligi yuqori, 

mahsulot hajmi ko’proq bo’lsa, uning xarajatlari kamroq bo’ladi. Mehnat samarodorligi mahsuldorligi mehnat 

ko’rsatkichi bilan o’lchanadi. 

Mehnat unumdorligi – xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. U ishlab 

chiqarilgan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, yaъni mehnat xarajatlari 

birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha aъzolari 

farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o’sishiga bog’liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi 

darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy - siyosiy tuzumning o’zini ham belgilab beradi.  

Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks ettirmaydi. 

Masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini 

ifodalamaydi. «Mehnat unumdorligi» tushunchasiga o’z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq 

bo’lgan tushuncha «mehnat samaradorligi» tushunchasidir. Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan 

yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli 

o’laroq, faqat mehnatning miqdor ko’rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat 

samaradorligi ko’rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashning aks etishidir. 



2. Mehnat unumdorligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 

Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat unumdorligini muttasil ravishda oshirib borish 

o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lib, mehnat unumdorligini oshishi aholi turmush darajasini yaxshilanishiga va ish haqi 

miqdorlarini oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. 

Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo’lsa, ish sifati zarur darajada bo’lgani holda, mehnat xarajatlari 

qanchalik kam bo’lsa, mehnat samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi 

ichida qanday ishlab chiqarish darajasiga erishilgani emas, shu bilan birga u qanday mehnat xarajatlari bilan taъmin 

etilgani ham muhimdir. Mehnat xarajatlari xodimlar soni va mehnatga to’langan haq xarajatlari bilan o’lchanadi. Unisi 

ham, bunisi ham ish vaqti bilan o’lchanishi mumkin. SHuning uchun ham mehnat samaradorligini tahlil qilganda vaqt 

birligi ichida sarflangan mehnat xarajatlari ham, shu bilan birga uning tuzilishi hisobga olingan holda ham qarab 

chiqiladi. 

Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni taъminlash imkonini beradigan uslubiyot ideal hisoblanishi 

mumkin: 


 

56



 

korxona ishining ijtimoiy qadriyatlar bilan bog’liqligi; 

 

xodimga rag’batlantiruvchi taъsir ko’rsatish: 



 

mehnat unumdorligining umumiy va xususiy ko’rsatkichlari bir o’lchov bilan o’lchanishi mumkinligi; 



 

mehnat miqdori bilan sifati o’rtasidagi bog’liqlik. 



Har qanday mahsulot, buyum, xizmatda jonli va buyumlashgan mehnat jamlangan bo’ladi. Bunday jami 

mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi.  

Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanib borgan sari jonli mehnat moddiylashgan mehnatning tobora 

ko’proq massasini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi ko’payib borgan sari jonli 

mehnatning ulushi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi oshganligining asosiy belgisidir. Ishlab chiqarishning 

takomillashib borishi va fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi oshishining asosiy shartlaridir. YAngi texnologik 

jarayonlar, materiallar va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi mehnatni mexanizatsiyalash darajasining 

ortishiga olib keladi. Bu ko’rsatkichni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 

%

100


=

у



м

д

С

С

М

 

Bu erda: M

d

mehnatning mexanizatsiyalash darajasi, %; 

S

m



- mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari soni; 

S

u



- xodimlarning umumiy o’rtacha ro’yxatdagi soni . 

Mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari jumlasiga o’z ishini mashinalar va mexanizmlar yordamida 

bajaradigan kishilar kiritiladi. 

Mehnatni mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) darajasining ortishi moddiylashgan mehnat ulushining 

oshganligi va jonli mehnat sarflashni ko’paytirmasdan turib, mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlaridan dalolat 

beradi. 


Mehnat unumdorligining asosi bo’lgan mehnatning unumdorlik kuchi mehnat unumdorligining aynan o’zi 

emas: haqiqiy mehnat unumdorligi yana ikkita muhim omilga – jonli mehnatning eng muhim ko’rsatkichi bo’lgan 

mehnat intensivligiga (jadalligiga) va ish vaqtining nominal fondidan foydalanishga ham bog’liq. 

Mehnat jadalligi (intensivligi) – bu, jonli mehnatning jiddiyligi yoki murakkabligi darajasi bo’lib, ish vaqti 

birligi ichida inson asab va muskul quvvatining sarflanishi bilan o’lchanadi. Bunda inson organizmiga salbiy taъsir 

ko’rsatmaydigan jadallik ijtimoiy normal jadallik hisoblanadi, sarflangan quvvat ovqatlanish, dam olish va hissiy 

engillanish hisobiga to’liq tiklanadi.  

Hisobga ko’ra, mehnatning normal jadalligi darajasi tekis yuzada soatiga 4,8 km tezlik bilan ketayotgan 

kishining kuch-quvvat sarflashiga tengdir. Nisbatan normal muayyan mehnat jadalligini oshirish mehnatga haq 

to’lashda tegishli darajada hisobga olishni talab qiladi. 

Mehnat unumdorligi mehnat jadalligi bilan bir qatorda ish vaqti fondidan foydalanish darajasi bilan ham 

bog’liqdir. 

Ish vaqtidan foydalanish ishlangan vaqtning, shu jumladan, ichki smena dam olishiga ajratilgan, tartibga 

solingan tanaffus vaqtining mazkur ishlar turi uchun belgilangan nominal vaqt fondiga (ish kunining ish haftasi, oyi va 

yilning soat hisobidagi miqdoriga) nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko’rsatkichlarning indeks aloqasi quyidagi formula 

bilan ifodalanadi: 



ивф

ми

мук

му

I

I

I

I

=

 

Bu erda: 

ивф

ми

мук

му

I

I

I

I

=

 – mehnat unumdorligiga muvofiq ravishda mehnat unumdorligi kuchi, mehnat 

jadalligi va ish vaqtidan foydalanish indekslari. 

Agar texnika, texnologiya darajasi smena mobaynida 200 birlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan 

bo’lib, mehnat jadalligi va ish vaqtidan foydalanish indekslari tegishli ravishda 0,95 va 0,9 dan iborat bo’lsa, u holda 

haqiqiy mehnat unumdorligi 200 emas, 171 birlikni (200. 0,95.0,9) tashkil etadi.  

«Unumdorlik» tushunchasi mahsulotni har qanday xarajatlarning turiga yoki barcha turlariga nisbatini aniq 

ko’rsatkichlarda ifodalash uchun qo’llaniladi. Statistik maъnoda unumdorlik deyilganda, ishlab chiqarish natijalarining 

foydalanish omillari sarflariga nisbati tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, u xarajat birligi to’g’ri keladigan ishlab 

chiqarilgan mahsulot hajmidir. SHunga ko’ra, ishlab chiqarish natijasini uning barcha o’lchash mumkin bo’lgan 

omillari majmuiga nisbatan yoki alohida guruh omillarga nisbatan hisoblash mumkin.  

SHunday omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1)sarflangan ishlab chiqarish omillarining miqdori va sifati 

(sarf samarasi); 2)sarflangan omillar miqdorlarining foydalanilishi darajasi (foydalanish samarasi); 3)ishlab chiqarish 

omillari kombinatsiyalarining miqdori (substitutsiya samarasi); 4)texnika taraqqiyoti (texnika samarasi); 5)ishlab 

chiqarish jarayoni tashkil qilinishi (daraja samarasi); 6)alohida jarayonlar sektorlarning yoki xarajatlar yohud 

mahsulotning umumiy miqdorida ishtirok etishi (tarkib samarasi); 7)alohida sektorlar va jarayonlar orasidagi o’zaro 

aloqalar darajasi va tarkibi (o’zaro aloqodorlik samarasi). 


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling