Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Fuqarolik huquqida qonun analogiyasi va huquq analogiyasi. 4. Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash va ularning turlari.
- 2. Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo’yicha amalda bo’lishi
3. Fuqarolik huquqi tizimi Fuqarolik huquqi ham o’z navbatida muayyan tizimlashtiriladi (tabaqalashtiriladi), ayni vaqtda uning o’zi ham xususiy huquq tizimiga kiradi. Bunday tabaqalashtirish, tarkibiy qismlarga ajratish uchun asos bo’lib, butun tarmoq uchun xos bo’lgan asosiy, umumiy qoidalar-umumiy qismni ajratish hisoblanadi. Fuqarolik huquqining Umumiy (birinchi) qismi fuqarolik huquqlari tushunchasi, ularning vujudga kelishi, amalga oshirilishi va himoya qilinishi, fuqarolik muomalasi subektlari, obektlari, shuningdek muddatlar to’g’risidagi asosiy qoidalarni hamda barcha fuqarolik-huquqiy munosabatlarga qo’llaniladigan umumiy tartibdagi boshqa bazi normalarni o’z ichiga oladi. Ushbu holatlar tizimi fuqarolik huquqi tizimini shakllantirishi, o’quv- nazariy va ayni vaqtda huquqni qo’llash bo’yicha muhim ahamiyatga ega, chunki uni umumiy (birinchi) qism tarkibiga kiruvchi qoidalar boshqa barcha fuqarolik-huquqiy normalarni qo’llashda u yoki bu darajada hisobga olinadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda fuqarolik huquqining umumiy (birinchi) qismga kirmagan barcha normalar fuqarolik huquqining Maxsus (ikkinchi) qismiga mansubdir deb aytish mumkinmi?, - degan savol tug’ilishi tabiiy. Biroq, bir qarashda mantiqiy jihatdan to’g’ri bo’lgan bu qoida fuqarolik huquqiga nisbatan to’la qo’llanmaydi. Shu sababli ham garchi, FK ikki qismga bo’linsa ham, ikkinchi qismi Maxsus qism deb nomlanmagan. FKning umumiy qoidalaridan tashqarida bo’lgan normalar mazmunan rang-barang va hajmi jihatdan nihoyatda ulkan hisoblanadi. Bu esa, ularni yanada kengaytirilgan holda tabaqalashtirilishini talab etadi. Shu sababli ham agarda, oldin huquq tarmog’i qismlarga va institutlarga bo’linadigan bo’lsa endilikda, tabaqalanish tizimi hamda pog’onalari kengaydi va ko’paydi. Endilikda fuqarolik huquqini kichik tarmoqlarga tabaqalashtirish qo’llanmoqda. Kichik tarmoq-bu bir turdagi guruhlarga kiruvchi munosabatlarni tartibga soluvchi va o’zining umumiy qoidalariga ega bo’lgan normalarni yirik-yirik guruhlari bo’lib hisoblanadi. Bugungi kunda fuqarolik-huquqiy normalarni beshta kichik tarmoqlarga bo’lish qabul qilingan. Bular jumlasiga: 8 a) mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar (bazi adabiyotlarda uni ashyoviy huquq deb ham ataydilar). Ushbu kichik tarmoq mulkiy munosabatlar ishtirokchilariga ashyolar (mol-mulklar) tegishliligini, mansubligini rasmiylashtiradi, bu tegishlilik esa mulkiy muomalaning sharti yoxud natijasi (oqibati) sifatida namoyon bo’ladi; b) mulkiy muomalaning o’zini rasmiylashtiruvchi majburiyat huquqi. Majburiyat huquqi ham o’z navbatida shartnomalar huquqi va delikt huquqi kichik tarmoqlarga bo’linadi. Ularning har ikkalasi uchun ham yagona, umumiy bo’lgan Umumiy qism mavjud. Shartnoma majburiyatlari ham o’z navbatida mol-mulkni ashyoviy huquq asosida topshirish, foydalanish uchun berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish, birgalikdagi faoliyat bo’yicha majburiyatlarga bo’linadi majburiyatlar ichida bir tomonlama harakatlar (bitimlar)dan kelib chiqadigan majburiyatlar ham alohida ajralib turadi. Buzilgan huquqni muhofaza qilishga qaratilgan majburiyatlar delikt (zarar etkazishdan kelib chiqadigan) majburiyatlarga va asossiz boyishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga bo’linadi. Umuman olganda, majburiyat huquqi fuqarolik huquqining eng puxta tizimlashtirilgan qismi hisoblanadi. Ushbu qism o’z hajmi bo’yicha ham beqiyosdir. U FKning 20-bobidan to 58-bobiga qadar bo’lgan normalarni (234-1030-moddalar) qamrab olgan. v) mutlaq huquqlar deb atalmish kichik tarmoq intellektual mulk bo’yicha normalar majmuini tashkil etadi. Uning tarkibiga ijodiy faoliyat mahsullari (ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, selektsiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyasi, kompyuter dasturlari, mualliflik va turdosh huquqlar obektlari -fan, adabiyot, sanat asarlari va ularning ijrolari, tijorat sirlari, shu jumladan nou- xou)ga nisbatan huquqlarni rasmiylashtirish fuqarolik muomalasida ularni amal qilishi, ushbu nomoddiy obektlardan foydalanish huquqiy rejimini belgilovchi fuqarolik-huquqiy normalar kiradi. Ayni vaqtda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish (individuallashtirish) vositalariga nisbatan huquqlarni vujudga kelishi, amal qilish, bekor bo’lishi va huquqiy himoya qilish bo’yicha munosabatlarni tartibga soluvchi fuqarolik-huquqiy meyorlar ham ushbu kichik tarmoq tarkibiga kiradi. Bunday individuallashtirish vositalari bo’lib firma nomi, tovar belgisi, tovar chiqarilgan joy nomiga bo’lgan huquqlar hisoblanadi; g) fuqaro vafot etgan taqdirda uning mol-mulki va mulkiy huquqlari boshqa shaxslarga (yani vasiyat bo’yicha yoki qonun bo’yicha uning merosxo’rlariga) o’tishini tartibga soluvchi normalar majmuidan iborat bo’lgan vorislik huquqi; d) so’nggi vaqtlarda nomoddiy nematlarni (shaxsiy nomulkiy huquqlarni) himoya qilishni tartibga soluvchi normalar majmui ham fuqarolik huquqining kichik tarmog’i sifatida qaralishi to’g’risida nuqtai nazarlar ham ilgari surilmoqda 1 . Ushbu kichik tarmoq jismoniy va yuridik shaxslarni shani, qadr-qimmati va ishbilarmonlik obro’si, fuqarolarni hayoti, sog’ligi, shaxsiy daxlsizligi, ularni xususiy hayoti, erk-muxtoriyatini taminlovchi huquqlar va shu kabilarni vujudga kelishi, ularni amalga oshirish, huquqiy muhofaza qilish bo’yicha fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Shartli ravishda bu turkumga kiruvchi huquqlarni shaxsiy huquqlar deb nomlash o’rinli bo’lur edi. Fuqarolik huquqi tizimida kichik tarmoqlar o’z navbatida institutlarga bo’linadi. Huquq instituti deganda, unchalik yirik bo’lmagan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig’indisi majmui tushuniladi. Har bir kichik tarmoq o’z navbatida huquq institutlariga bo’linadi. Masalan, majburiyat huquqi kichik tarmog’i alohida shartnomalar majburiyatlari institutlariga – oldi- sotdi, ijara, pudrat va shu kabilarga bo’linadi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar kichik tarmog’i ham o’z navbatida mulk huquqi, cheklangan ashyoviy huquqlar, ularni himoya qilishning ashyoviy-huquqiy usullari institutlariga bo’linadi. Fuqarolik-huquqiy institutlar ham o’z navbatida yanada bo’laklarga bo’lingan holda muayyan qismlarga tabaqalashadi. Ushbu qismlar subinstitutlar deb ataladi. Ayni vaqtda subinstitutlar ham tartibga soluvchi munosabatlari bir xilligi va yagonaligi bilan ajralib turadi. Masalan, shartnomaviy majburiyatlar institutlari ularning alohida ayrim turlari to’g’risidagi qoidalarni qamrab oladi (masalan, oldi-sotdi shartnomasi instituti quyidagi subinstitutlarga bo’linadi – chakana oldi-sotdi, mahsulot etkazib berish, kontraktatsiya, ulgurji oldi-sotdi; ijara shartnomasi quyidagi institutlarga bo’linadi – prokat, transport vositalari ijarasi, korxonalar ijarasi, lizing (moliya ijarasi) va h.k.). Fuqarolik-huquqiy institular va subinstitutlari ham o’zlarining umumiy qoidalariga ega. Bu esa ularni tashkil etuvchi normalarni yuridik jihatdan bir xilligidan dalolat beradi. 1 Гражданское право. Т.1. //Под ред. А.Е.Суханова. –М.: Бек. 1998. –12 б. 9 Bu o’rinda shuni ham unutmaslik lozimki, kichik tarmoqning umumiy qoidalari ushbu kichik tarmoq tarkibiga kiruvchi tegishli institutlar qoidalariga ham taalluqlidir, ushbu institut umumiy qoidalari esa uning tarkibiga kiruvchi subinstitutlar ham tegishlidir. Masalan, majburiyatlar hamda shartnomalarni umumiy qoidalari oldi-sotdi va ijara institutlariga ham taalluqli bo’lib, ular ham o’z navbatida mahsulot etkazib berish va prokat subinstitutlariga nisbatan ham oid hisoblanadi. O’z navbatida oldi-sotdining umumiy qoidalari mahsulot etkazib berish va kontraktatsiyaga ham tegishli bo’lib, ijaraning umumiy qoidalari transport vositalari ijarasi, prokat shartnomasi va moliyaviy ijara shartnomalariga ham taalluqlidir. 10 2-Mavzu: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK HUQUQINING MANBALARI 1. Fuqarolik huquqi manbalari tushunchasi va turlari. 2. Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo’yicha amalda bo’lishi. 3. Fuqarolik huquqida qonun analogiyasi va huquq analogiyasi. 4. Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash va ularning turlari. 1. Fuqarolik huquqi manbalari tushunchasi va turlari Malumki, har bir soha muayyan asoslarga, qoidalarga va negizlarga tayanadi. Har bir munosabatni tartibga solishda shu munosabatlar uchun umumiy asosga aylangan birlashtiruvchi tushuncha va holatlar belgilovchi rol o’ynaydi. Tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda eng muhim bo’lgan va shu sohadagi deyarli barcha munosabatlarga taalluqli bo’lgan qoidalar fanda manbalar deb yuritiladi. Shu manoda huquq manbalari deganda, umumiy manoda huquqning ifoda etilish shakli tushuniladi 1 . Ijtimoiy turmush va jamiyat hayotining ko’plab sohalari maxsus manblarga ega bo’lganidek, huquq ham o’z manbalariga egadir. Huquq manbalari esa o’z navbatida, muayyan sohalarning manbalariga bo’linadi va ularning majmuidan tashkil topadi. Ushbu majmuaning bir bo’g’ini sifatida fuqarolik huquqi sohasi ham o’z manbalariga egadir. Professor I.B.Zokirovning fikricha, fuqarolik huquqining manbalari deganda, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan normativ hujjatlar tushuniladi 2 . Bunda fuqarolik-huquqiy munosabatni tartibga soluvchi normativ hujjat faqat birgina huquq sohasi – fuqarolik huquqining manbasi bo’lishi mumkin degan tasavvur vujudga kelmasligi kerak. Ayni bir vaqtning o’zida fuqarolik huquqining manbasi hisoblangan normativ hujjat, xo’jalik huquqining, qishloq xo’jaligi huquqining, moliya huquqining, mamuriy huquqning va boshqa huquq sohalarining manbasi bo’lishi mumkin. Huquq manbalari to’g’risida so’z yuritilganda, birinchi navbatda qonun ustida to’xtalish lozim. O’zbekiston Respublikasida qonunlar Oliy Majlis – hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilinadigan bu qonunlar barcha uchun majburiy bo’lgan normativ hujjatlardir. O’zbekiston Respublikasining asosiy qonuni-Konstitutsiya barcha qonunchilik uchun, jumladan, fuqarolik qonunchiligi uchun ham rahbariy manba hisoblanadi. Konstitutsiya normalari u yoki bu munosabatni umumiy holda, konstitutsiyaviy darajada normalaydi, fuqarolik huquqiga doir qonunlar esa, uni to’ldiradi, aniqlashtiradi. Mamlakatimizning Asosiy qonunida huquqning, shu jumladan, fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Konstitutsiyaning 18,27,36,42,53,54,56- moddalari bevosita fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Masalan, Konstitutsiyaning 18-moddasida teng huquqlilik to’g’risida, 27-moddasida inson shan, qadr- qimmatning qadrlanishi to’g’risida so’z boradi. 36-moddada esa, har bir kishining mulkdor bo’lishi mustahkamlab qo’yilgan. Vorislik huquqi qonun bilan kafolatlanishi takidlangan. 42-moddada bo’lsa ijod erkinligi o’z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning 53-moddasi alohida diqqatga sazovordir. Eng avvalo, Konstitutsiyada bir marta va ana shu moddada “bozor munosabatlari” o’z aksini topgan. Undan kelib chiqib, moddadagi quyidagi holatlarni alohida ko’rsatish mumkin: − O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi; − istemolchilar huquqlarining ustuvorligi; − iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish va mehnat qilish erkinligi (etibor bering, mehnat qilish burch emas, balki huquq, erkinlik); − barcha mulk shakllarining tengligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi; − xususiy mulkning boshqa mulk shakllari kabi daxlsizligi va davlat muhofazasida ekanligi; - mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkinligi kabi qoidalar. Bu holatlar keyinchalik mos ravishda O’zbekiston Respublikasining joriy qonun va qonunosti hujjatlarida o’z aksini topdi 3 . Konstitutsiyaning 54-moddasida esa mulk 1 Бобоев Ҳ.Б. ва бошқалар. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. -Т.: ТДЮИ. 2000. -276 б. 2 Зокиров И. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик ҳуқуқи. -Т.: Адолат. 2006. -15 б. 3 “Мулкчилик тўғрисида”ги, “Истеъмолчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида”ги, “Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тўғрисида”ги, “Давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш 11 huquqining mazmuni bevosita o’z ifodasini topgan. Bunga asosan mulkdor o’ziga tegishli mol-mulkni o’z xohishiga ko’ra egallash, foydalanish, tasarruf qilishga haqli. Ayni paytda mulkdor huquqining chegaralari ham Konstitutsiyada belgilab berilgan. Yani mol-mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning qonun bilan qo’riqlanadigan huquq va manfaatlariga putur etkazmasligi lozim. Bozor munosabatlarining butun tizimini birlashtirishga va uning ichki uyg’unligini taminlashga xizmat qiladigan, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablariga qaratilgan kodifikatsiyalashirilgan qonun bu – Fuqarolik kodeksidir. Bu kodeksning birinchi qismi 1995 yil 21-dekabrda, ikkinchi qismi esa 1996 yil 29-avgustta O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan bo’lib ikkala qism ham 1997 yil 1-marttan kushga kiritilgan. O’zbekiston Respublikasining joriy qonunlari ham fuqarolik huquqining manbai hisoblanadi. Ularga Mulkchilik to’g’risidagi, Ijara to’g’risidagi, Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi, Qimmatli qog’ozlar va fond birjalari to’g’risidagi, Garov to’g’risidagi, Lizing to’g’risidagi va boshqa qator qonunlar kiradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasida “O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi” deb ko’rsatilgan. Shunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan va fuqarolik huquqiy xarakteriga ega bo’lgan qonun hujjatlari fuqarolik huquqining manbaini tashkil etadi. Yuqoridagi qonunlar bunga misol bo’la oladi. Bugungi kunda yuzlab qonunlar fuqarolik- huquqiy xarakterdagi qonunlardir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasida “O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi”, deb belgilangan. Prezident tomonidan chiqariladigan mazkur farmonlar qonun osti hujjatlari deb yuritiladi. Prezident farmonlari turmushda, hayotda, xalq xo’jaligida, iqtisodiyotda, ishlab chiqarishda kechiktirib bo’lmaydigan munosabatlarni tartibga solish va mustahkamlash ehtiyojidan kelib chiqadi. Ularning aksariyati fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solayotganligi uchun fuqarolik huquqining manbai bo’lib hisoblanadi. Bunga yaqqol misol qilib, “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1994 yil 21 yanvardagi Farmonini ko’rsatish mumkin. Amalda ushbu farmon O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida “Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi”, deb ko’rsatilgan. Shunga binoan Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va manaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari va Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taminlash yuzasidan qaror va farmoyishlar chiqaradi. Bunga misol qilib, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko’rsatish tashkilotlari o’rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro’yxatdan o’tkazish, bajarish shuningdek, ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to’g’risida”gi Nizomni, “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatish va uni rag’batlantirish bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorlarni keltirish mumkin. Respublika vazirliklari, Davlat qo’mitalari, idoralari o’z Nizomlari asosida chiqargan tegishli normativ hujjatlari ham fuqarolik huquqi manbalari hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolik huquqi sohasida Moliya, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 1 , Qishloq va suv xo’jaligi тўғрисида”ги Қонунлари, Фуқаролик, Меҳнат, Уй-жой кодекслари, “Иқтисодий ислоҳотларни янада чуқурлаштириш, хусусий мулк манфаатларини ҳимоя қилиш ва тадбиркорликни ривожлантириштириш чора- тадбирлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг 21.01.1994 йилдаги фармони шулар жумласига киради. 1 ЎзР Президентининг 2005 йил 21 июл ПФ-3631-сонли “Ташқи иқтисодий ва савдо алоқалари, хорижий инвестицияларни жалб этиш соҳасида бошқарув тизимини такомиллаштириш тўғрисида”ги Фармонида, ЎзР 12 vazirliklari, Davlat mulk qo’mitasi, “O’zbekengilsanoat” uyushmalari birmuncha ko’proq meyoriy hujjatlar chiqaradilar. Ular tomonidan chiqarilgan meyoriy hujjatlar mazkur soha uchun umummajburiy tusda bo’ladi. Viloyat, tuman va shahar hokimliklari o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi zarur bo’lgan fuqarolik-huquqiy xarakterga ega bo’lgan qarorlar qabul qiladilar. Bunday qarorlar ham fuqarolik huquqining manbalari hisoblanadi. Fuqarolik qonun hujjatlarida tegishli normalar bo’lmagan taqdirda, bu munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va ananalar qo’llaniladi (FKning 6-moddasi). Tadbirkorlik faoliyatining biron-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo’llaniladigan hulq-atvor qoidasi biron-bir hujjatda yozilgan-yozilmaganidan qati nazar ish muomala odati hisoblanadi. Fuqarolik qonun hujjatlarida tegishli normalar bo’lmagan taqdirda bu qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga nisbatan mahalliy odat va ananalar qo’llaniladi. Biroq, qo’llaniladigan ish odatlari, mahalliy odatlar va ananalar qonun hujjatlari normalariga, shartnoma shartlari mazmuniga zid bo’lmasligi kerak (FKning 6-moddasi). Fuqarolik qonun hujjatlarini to’g’ri sharhlash va tadbiq etish uchun sud tajribasi muhim ahamiyatga ega bo’lsa ham, ammo u huquq manbai bo’lib hisoblanmaydi. Fuqarolik ishi bo’yicha sud tomonidan chiqarilgan qaror faqat mazkur ish uchungina majburiydir. O’zbekiston Respublikasining amaldagi “Sudlar to’g’risida”gi qonunining 17-moddasida “Oliy sud Plenumi sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko’rib chiqadi va qonun hujjatlarini qo’llash masalalari bo’yicha tushuntirishlar beradi”, deb belgilangan. Bunga binoan Oliy sud Plenumi sud ishlarini ko’rishda qonunlarni qo’llash masalalari yuzasidan sudlarga rahbariy tushuntirishlari fuqarolik huquqining manbalari bo’lmasa ham barcha sudlar uchun majburiy hisoblanadi va sudlar tomonidan og’ishmay ijro etilishi shart. Bunga misol sifatida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997 yil 2 maydagi “Xususiylashtirilgan turar-joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog’liq ishlar bo’yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 1 ni ko’rsatish mumkin (mazkur qarorga 11.09.98 yilda o’zgartirishlar kiritilgan). Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi “Sudlar to’g’risida”gi qonunining 42-moddasi mazmuniga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi xo’jalik sudlov sohasida sud hokimiyatining eng yuqori organi bo’lib, u tomondan qabul qilingan hujjatlar qatiy va O’zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir. Oliy xo’jalik sudi Plenum majlisida dasturiy ko’rsatmalar qabul qiladi. Shuni aytish kerakki, O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi qonunining 11-moddasida “O’zbekiston Res- publikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega” 2 deb ko’rsatilgan. 2. Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo’yicha amalda bo’lishi Fuqarolik qonunlarining amalda bo’lish vaqti, deyilganda mazkur qonuniy hujjatning kuchga kirishi paytidan to huquqiy kuchini yo’qotish paytiga qadar bo’lgan davr nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasining Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risidagi 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o’zida boshqa muddat ko’rsatilgan bo’lmasa, rasman elon qilinganidan so’ng o’n kundan keyin kuchga kiradi 3 . O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini elon qilish hamda amalga kiritish tartibi O’z-bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Jumladan, normativ xarakterga ega bo’lgan qarorlarda ular-ning amalga kirish vaqti ko’rsatiladi, agar Қонун ҳужжатлари тўплами. 2005 йил, 28-29 –сон, 206-модда; ЎзР Президентининг 2005 йил 27 июлдаги ПҚ-136- сонли ”ЎзР Ташқи иқтисодий алоқалар, инвестициялар ва савдо вазирлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”ги Қарори. ЎзР Қонун ҳужжатлари тўплами. 2005 йил, 30-31 –сон, 225-модда. 1 Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми қарорларининг тўплами. 1991-1998 й. Шарқ. 1999. 47-58 б. 2 Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. 1993. 10-сон. 367-модда. 3 Ўзбекистон Республикасининг норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисидаги қонуни. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2001 йил, №1-2. 13 ko’rsatilmasa qarorlar qabul qilinib, matbuot elon qilingan paytidan kuchga kiradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi, 2-qismiga asosan qonunlarni va boshqa normativ hujjatlarni qo’llashning zarur sharti ularning matbuotda elon qilinganligi hisoblanadi. Elon qilinganlik deyilganda, qonun yoki normativ hujjat matni yoki asosiy mazmuni rasmiy manbalarda, matbuotda nashr etilganligi, ommaviy axboroti vositalari, shu jumladan, radio, televidenie orqali malum qilinganligi yoki xizmat tartibida ijrochilarga maxsus etkazilganligi tushuniladi. Qonun hujjatining elon qilinganligi, undan hamma xabardor deb hisoblashga asos bo’ladi va kelajakda “men bu qonundan bexabarman” – degan vaj keltirishi shaxsning qonunga rioya qilmasligiga bahona bo’la olmaydi. Fuqarolik qonunlari, shu jumladan, Fuqarolik kodeksi ham, umumiy qoida bo’yicha faqat kelajak uchungina amalda bo’lib, orqaga qaytish kuchiga ega emas, yani ular yangi qonunning amalga kiritilish vaqtiga qadar vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga tadbiq etilmaydi (FKning 4-moddasi, 1-bandi). Qonunning orqaga qaytish kuchiga ega bo’lishi, yani mazkur qonun amalga kiritilgan kunga qadar vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga ham tadbiq etilishiga shu qonunning o’zida yoki boshqa qonunlarda to’g’ridan-to’g’ri nazarda tutilgan hollardagina yo’l qo’yiladi (FKning 4-moddasi, 2-bandi). Masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to’g’risida”gi Qarorining 6-bandida keltirilishicha, kodeks 187-moddasining qoidalari mulkka egalik qilish 1997 yilning 1 martiga qadar boshlangan va kodeks amalga kiritilayotgan vaqtda davom etayotgan hollarga ham tadbiq etiladi (Axborot uchun: 187-moddaga muvofiq mulkdor bo’lmagan, lekin ko’chmas mol-mulkka o’n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o’ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi). Fuqarolik qonunlari amalga kiritilguniga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo’yicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qo’llaniladi, tuzilgan shartnoma bo’yicha tomonlarning munosabatlari bundan mustasno. Fuqarolik huquqiy xarakterdagi normativ hujjatlar to bekor qilingunicha yoki yangi hujjatlar bilan almashtirilgunicha amalda bo’ladi. Fuqarolik qonunlari muayyan hududga taalluqlidir. O’zbekiston Respublikasining normativ hujjatlari O’zbekiston hududida amalda bo’ladi. O’zbekiston qonun hujjatlarida va boshqa normativ hujjatlarda muayyan qoidalarning malum viloyat, shahar yoki tuman hududidagina tadbiq qilinishi to’g’risida ko’rsatmalar bo’lishi mumkin. Fuqarolik qonunlarining shaxslarga nisbatan tadbiq etilishi deyilganda, uning barcha shaxslar, chunonchi, fuqarolar (O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar) va yuridik shaxslar (mahalliy, xorijiy, qo’shma yuridik shaxslar)ga nisbatan bir xilda qo’llanishi tushuniladi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Fuqarolik qonun hujjatlari umumiy qoida bo’yicha barcha uchun umummajburiy hisoblanadi. Lekin, muayyan sohani tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlari faqat shu soha vakillariga taalluqli bo’ladi. Masalan, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonun aktsiyadorlik jamiyati va uning aktsiyadoriga, “Noshirlik faoliyati to’g’risida”gi qonun noshirlar va ularning faoliyatini tartibga solinishiga qo’llaniladi. Muayyan sohani tartibga soluvchi qonun hujjati shu soha vakillari bo’lmagan shaxslarga tadbiq etilmaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling