Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Ishlar va xizmatlar - fuqarolik huquqining obekti sifatida


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana24.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22986
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23

 
7. Ishlar va xizmatlar - fuqarolik huquqining obekti sifatida 
                                                           
1
 Ўзбекистоннинг янги қонунлари. 10-сон. -Т.: Адолат. -213-242 б. 
2
 Ўзбекистоннинг янги қонунлари. 10-сон. -Т.: Адолат. -255 б. 

 
52
Ko’rsatiladigan xizmatlar va bajariladigan ishlar ham fuqa-rolik huquqining obektlari bo’lishi 
mumkin. Malumki, fuqaro-lar va tashkilotlar o’zlariga qonun yoki o’zaro tuzilgan shartnoma-lar 
bo’yicha yuklatilgan xizmatlarni yoxud ishlarni amalga oshira-dilar. Masalan, pudrat shartnomasiga 
muvofiq xilma-xil kiyim-lar, uy-ro’zg’or ashyolari va boshqa narsalarni tayyorlaydilar, ta-mirlaydilar. 
Qurilishga oid pudrat shartnomasiga binoan turar joy qurilishi va boshqa qurilish ishlari amalga 
oshiriladi. Omo-nat shartnomasi bo’yicha mulklar omonat saqlanadi. Topshiriq shartnomasi yuzasidan 
fuqaro va tashkilotlarning turli topshiriqlari amalga oshiriladi. Vositachilik shartnomasi bo’yicha 
fuqarolarning buyumlari sotish uchun qabul qilinadi va sotiladi, jamoa xo’jaliklari azolarining 
o’zlaridan ortiqcha qishloq xo’jalik mahsulotlari ham sotish uchun qabul qilinib, keyinchalik 
vositachilik asoslarida sotiladi va hokazo. Ishlarning natijasi moddiy ko’rinishda bo’ladi. Xizmat 
ko’rsatish tufayli, masalan, repititorlik xizmati tufayli ilm-marifat o’quvchiga singdiriladi, sayyohlik 
xizmati tufayli-sayyohlarga tegishli xizmat ko’rsatiladi. Xizmatlarning natijasi odatda, g’oyaviy, 
nomoddiy ko’rinishda bo’ladi.  
 
8.SHaxsiy nomulkiy huquqlar tushunchasi va turlari 
Nomulkiy huquqlarning tushunchasi va belgilari. "Shaxsiy nomulkiy munosabatlar", "shaxsiy 
huquqlar" iboralari huquqiy mazmunga ega bo’lib turli qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda 
mustahkamlab qo’yilgan. Masalan, Konstitutsiya-ning VII bobida, Fuqarolik kodeksining 99-
moddasida shaxsiy huquqlar haqida qoidalar mavjud. Boshqa qonunlarda (masalan, Jinoyat kodeksi, 
Oila kodeksi va h.k.) ham shaxsiy huquqlarni himoya qilish, ulardan foydalanish masalalari o’z aksini 
topgan.  
Ilmiy adabiyotlarda nomoddiy nematlarning va nomulkiy huquqlarning o’ziga xos xususiyatlari 
to’g’risidagi fikrlarda umumiylik ko’proq ekanini takidlash lozim. Ularda shaxsiy nomulkiy 
nematlarning quyidagi xususiyatlari ko’rsatib o’tiladi: 
-ular fuqarolarni turli ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan; 
-ular bevosita pulda baholanishi mumkin emas
-ular shaxsdan ajralmaydi (bunday nematlarni sotish, hadya qilish, meros qilib qoldirish va 
boshqacha tarzda shaxsdan ajratish mumkin emas); 
-ular umumiy qoidagi ko’ra fuqaroning tug’ilishi bilan bosh-lanib, o’limi bilan tugaydi.  
Shaxsiy huquqlarning nomoddiy xarakteri iqtisodiy mazmun-dan mahrum holda yuzaga keladi. 
Bu shuni bildiradiki, shaxsiy nomulkiy huquqlar baholanishi mumkin emas, ular uchun tekinlik xosdir, 
ularning amalga oshirilishi boshqa shaxslarning teng qiymatdagi mulkiy majburiyatlarini nazarda 
tutmaydi. Nomulkiy nematlar obekti bu shaxsdan ajratib bo’lmaydi-gan nomoddiy (ruhiy) nematlar: 
nom, shan, qadr-qimmat, sog’liq, shaxsiy hayot siri va boshqalardir. 
Ixtiro, foydali model, sanoat namunalarining tegishli huquqiy munosabatlar obekti deb tan 
olinishi uchun yana aqliy faoliyat natijalarini baholay oladigan mutasaddi organning qarori ham kerak. 
Qonunlar bir qator hollarda bazi nomulkiy huquqlar yoki shu huquqlar mazmuniga kiruvchi bazi 
vakolatlarni boshqaga o’tkazishni (berishni) ko’zda tutadi. Chunonchi, tovar belgisiga bo’lgan huquq, 
yuridik shaxs qayta tashkil etilishi sababli boshqa yuridik shaxsga o’tishi mumkin. Bazi shaxsiy 
nomulkiy huquqlar meros bo’yicha beriladi (nashr qilish huquqi, asarni qayta ishlab chiqish va 
tarqatish, patent olish huquqi). 
Bazi nomulkiy huquqlar meros sifatida o’tmasa ham biroq huquqqa ega bo’lgan shaxsning 
vafotidan keyin uchinchi shaxs tomoni-dan himoyalanadi. FKning 1054-moddasi «Asarning 
daxlsizligiga bo’lgan huquq»da jumladan shunday deyiladi. Muallifning vafotidan keyin asarning 
daxl-sizligini himoya qilish vasiyatnomada ko’rsatilgan shaxs tomonidan, bunday ko’rsatma 
bo’lmagan taqdirda esa, muallifning merosxo’r-lari, shuningdek, qonunga muvofiq, mualliflik 
huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan shaxslar tomonidan amalga oshiri-ladi. Fuqaro vafot 
etgan oila azosining shani va qadr-qiymatini himoya qilish to’g’risida davo bilan sudga murojaat qilish 
huquqiga ega. Agar muallif va (yoki) oluvchi adresat vafot etgan hollarda xatlar, kundaliklar, 
yozishmalar, maqolalar va ko’rsatilgan hujjatlar marhumning xotini (eri) va bolalarining roziligi bilan 
chop etilishi mumkin. 
Shunday qilib, bazi subektiv nomulkiy huquqlarning nafaqat o’zi, balki uning mazmunini tashkil 
qiluvchi bazi qismlari ham vorislarga o’tishi mumkin. Shaxsiy nomulkiy huquqning keyingi belgisi-
ularning vujudga kelishi va bekor bo’lishidagi o’ziga xos-likdir. Nomulkiy huquqlar bazi yuridik fakt 

 
53
sifatidagi voqea-lar boshlanganda, yuridik xatti-harakatlar natijasida vakolatli organlarning hujjatlari 
asosida vujudga kelishi (yoki bekor bo’lishi) mumkin.  
Yuridik hujjat deganda huquqiy natijalarga erishishga yo’-naltirilgan vakolatli davlat organining 
qonuniy harakati tushu-niladi. Masalan, tovar belgisiga bo’lgan huquq uni vakolatli dav-lat organida 
ro’yxatdan o’tkazilgan kundan boshlab yuzaga keladi. 
Alohida nomulkiy huquqlar bitim tuzilishi bilan yuzaga keladi (masalan, advokatlik siri huquqi-
topshiriqnoma yoki haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasidan yuzaga keladi). 
Ko’pgina shaxsiy nomulkiy huquqlar uning egasi vafot etishi bilan to’xtaydi, masalan, mualliflik 
nomi huquqi, yashash joyining daxlsizligi va boshqalar. Bazi huquqlar uchun yuridik harakatning 
to’xtashi malum muddatning o’tishiga bog’liqdir. Masalan, adabiy asarni chop etish, qayta ishlash va 
tarqatish huquqi muallifning o’limidan 50 yilgacha meros bo’yicha o’tishi hamda muomalada harakat 
qilishi mumkin. 
Shaxsiy nomulkiy huquqlarning muhim belgilaridan biri-shaxsni individualligi, yakkaligidir. 
Shaxsiy nomulkiy huquqlar instituti bir subekt huquqidan ikkinchisini ajratish imkonini beradi, 
ularning o’ziga xosligini va shubhasiz alohidaligini, individualligini ham himoya qiladi, har bir subekt 
o’ziga xos nomulkiy huquqlar majmuiga ega, bular ham uni jamiyatdan ajra-tib turishga imkon beradi, 
biroq har qanday holda ham nomulkiy huquqlar alohida-alohida bo’lganda, individual holatda 
ustunlik-ka ega bo’ladi. 
Nomulkiy huquqlarning tasnifi. Mulk bilan bog’lanmagan nomulkiy munosabatlarni tsivilistik 
fanining fuqarolik-huquqiy tartibga solish doirasiga kiritish mumkinligi to’g’risidagi masala 
munozarali edi. Fuqarolik huquqi fanida mulkiy munosabatlarning ustuvorligi nazariyasi uzoq 
vaqtgacha hukmronlik qildi. 
Hozirgi paytda nomulkiy manfaatlarni shaxsning nomoddiy talablarini qanoatlantirishni huquqiy 
taminlash obektiv za-rurligi sababli bu masala dolzarblashmoqda. Huquqiy holatini belgilash va 
shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish huquqiy meyorlar tariqasida qator tarmoqlarning huquqiy 
meyorlari bilan amalga oshiriladi. Yangi Fuqarolik kodeksida shaxsning ilgarigi qonunlardan jiddiy 
farq qiladigan huquqiy holati va shaxsiy nomulkiy huquqlarni belgilashga yo’naltirilgan meyorlar 
mustahkamlandi. 
Shaxsiy nomulkiy huquqlarning turli ko’rinishdagi tasnifla-ri mavjud. Avvalo, shaxsiy 
huquqning mulkiy huquqlar bilan bog’-langan va bog’lanmaganlarini farqlashadi. 
Mulkiy munosabatlar bilan bog’langan shaxsiy nomulkiy huquqlar: ularni amalga oshirishda 
mulkiy huquqning yuzaga kelishi-da asos sifatida ko’rinishi mumkin. Chunonchi, shaxsning adabiy 
asarga muallifligi (shaxsiy huquq) o’z ketidan qalam haqi olishni vujudga keltirib, mulkiy huquqni 
yuzaga keltiradi. 
Mulkiy huquqlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlarga, nomga, tashqi qiyofaga, 
shan va qadr-qimmatga bo’lgan huquq kiritiladi. Bu nomulkiy huquqlar mulkiy huquq bilan biron 
tarzda bog’lanishda bo’lmaydi. 
Ёzishmalar siri, shaxsning shani, qadr-qimmati, daxlsizligi va boshqalar-bular haqiqatan ham 
haqiqiy ijtimoiy nematlar-dir, ulardan foydalanishning davlat tomonidan kafolatlan-ganlik imkoniyati - 
bu subektiv huquq, yani aytib o’tilgan nematlarni himoya qilish huquqi va ularni buzishdan himoya 
qilishni talab qilish huquqidir. 
Subektiv huquqda esa huquq sohibi o’z huquqiga rioya etili-shini bir yoki bir necha shaxsdan 
talab qila oladi. 
Mulkiy huquq bilan bog’liq bo’lmagan ko’pgina shaxsiy nomulkiy huquqlar mutlaq huquqlar 
hisoblanadi. Biroq, mutlaq huquq buzilganda, buzuvchiga mutlaq huquqni tiklashga yo’naltirilgan 
harakatni sodir qilish vazifasi topshiriladi, bunda huquq sohibi huquqni buzuvchi bilan nisbiy huquqiy 
munosabatda bo’ladi. 
Mulkiy huquqlar bilan bog’liq bo’lmagan bazi shaxsiy huquq-lar faqat nisbiy bo’lishi mumkin.  
Mulkiy huquq bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy huquqlar bir vaqtning o’zida ham mutlaq, ham 
nisbiy huquqiy munosabatlarda namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, muallifning asarga daxlsizlik 
huquqi nashriyot bilan munosabatda nisbiy xarakterga ega bo’ladi. Muallif mualliflik shartnomasiga 
muvofiq, uning asari qanday ko’rinishda yaratilgan bo’lsa, shunday holicha uning roziligisiz 
o’zgartirishlar, qo’shimchalar, tuzatishlar kiritmay, nashr etilishi-ni talab qilish huquqiga ega. Shu 
vaqtning o’zida muallif o’z asari-ning daxlsizligi xususida nomuayyan doiradagi shaxslar bilan mutlaq 

 
54
huquqiy munosabatga kirishadi, bunday holda uning huquqi mualliflik shartnomasiga emas, balki 
asarni yaratish faktiga asoslanadi. 
Fuqarolik huquqi fanida shaxsiy huquqlarni turkumlashtirish asoslariga turli mezonlar 
qo’yilayotgani ham tabiiy.  
Shaxsiy nomulkiy huquqlarning muayyan maqsadini yo’nalishlar bo’yicha quyidagi turlarga 
bo’linadi: 
1)  shaxsiy individuallashtirishga qaratilgan shaxsiy nomul-kiy huquqlar: nomga bo’lgan huquq 
(yuridik shaxsni nomlanishga bo’lgan huquqi), shan, qadr-qimmat, ishbalarmonlik obro’yiga bo’l-gan 
huquqlar; 
2)  shaxsning jismoniy daxlsizligini taminlashga qaratilgan shaxsiy nomulkiy huquqlar 
(yashash, erkinlik, istiqomat joyi, turar-joyga bo’lgan huquqlar); 
3)  shaxsning ichki dunyosi va uning manfaatlari daxlsizligiga qaratilgan shaxsiy huquqlar 
(shaxsiy va oilaviy sirlar, xususiy ishlarga aralashmaslik, shan va qadr-qimmat)
1

                                                           
1
 Гражданское право. –М.: Проспект. 1996. -302 б. 

 
55
8-MAVZU: BITIMLAR 
 
1. Bitimlar tushunchasi va turlari 
2. Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar 
3. Bitim shakllari 
4.Birja bitimlari 
5. Bitimning haqiqiy sanalish shartlari 
6. O’z-o’zidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va ularning huquqiy 
oqibatlari 
7. Nizoli bitimlarning turlari va ularning haqiqiy sanalmasligi oqibatlari 
 
1. Bitimlar tushunchasi va turlari 
Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, 
o’zgartirish va bekor qilishga qara-tilgan harakatlarga aytiladi (FKning 101-moddasi). 
Har qanday bitim shaxslarning erki-irodasi bilan bog’liq bo’lib, muayyan huquqiy oqibat 
tug’dirishga qaratiladi. Bitimda fu-qaro va tashkilotlarning malum moddiy hamda madaniy ehtiyoj-
larini qondirishga qaratilgan erklari ifodalanadi. 
Bitim shaxslarning erki bilan bog’liq bo’lgan, ularning irodasidan kelib chiqadigan harakat 
bo’lganligi tufayli bitimda ifodalangan erk izhor qilinishi, yani boshqa shaxslarga bildirilishi lozim. 
Bitimlar tushunchasi uchun quyidagi shartlar muhimdir: 
a) bitim tuzuvchi shaxs fuqarolik huquqining subekti hisoblanadi; 
b) muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bu bitimni tuzish erki bo’lishi va bu erk malum huquqiy 
oqibatlar tug’dirishga qaratilgan bo’lishi lozim; 
v) shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda o’zining tashqi ifodasini topishi, 
yani malum shaklda izhor qilingan bo’lishi kerak. 
Fuqarolik huquqi fanida bitimlar o’zlarining belgilari bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi 
(klassifikatsiya qilinadi): 
1. Bitim tuzuvchilarning erklari ifoda etilishiga qarab bi-timlar bir tomonlama, ikki tomonlama 
yoki ko’p tomonlama bitim-larga bo’linadi. Bir tomonlama bitimdan faqat bir tomonninggina erki 
ifodalanadi, huquq va majburiyat faqat bir tomonning irodasi bo’yichagina vujudga keladi, o’zgaradi 
yoki bekor bo’ladi. Bir tomonlama bitimlarga misol qilib, vasiyat, merosdan voz kechish, ishonch 
qog’ozi berish, vakolat olmasdan vakillik qilgan shaxsning harakatlarini vakolat beruvchi maqullashini 
ko’rsatsa bo’ladi. Bir tomonlama bitim uni tuzgan shaxs uchun majburiyatlar keltirib chiqaradi. 
Ikki tomonlama bitimlar har ikki tomonning erkiga muvofiq tuziladi. Bunday bitimlar-
shartnomalardir. Ikki tomonlama bi-timga misol qilib, oldi-sotdi, mulk ijarasi, sug’urta va boshqa 
shartnomalarni ko’rsatsak bo’ladi. 
Ko’p tomonlama bitimlarda uch va undan ortiq shaxslarning erklari ifodalanib tuziladi. Ko’p 
tomonlama bitimga misol qi-lib, oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasini ko’rsat-sak 
bo’ladi. Ko’p tomonlama bitimlar ham ikki tomonlama bitimlar singari o’zaro kelishuv, yani 
shartnomadir. 
Xulosa qilib aytganda, har qanday shartnoma bitim hisoblan-sa ham, har qanday bitim shartnoma 
bo’la olmaydi. Aksariyat bitim-lar shartnoma hisoblanishi mumkin. 
2. Bitimlar muqobil ijroning bo’lish-bo’lmasligiga qarab haq baravariga va tekinga tuziladigan 
bitimlarga bo’linadi. 
Haq baravariga tuziladigan bitimlar bo’yicha tomonlardan har biri qarshi tomon foydasiga 
muayyan bir mulkni topshirish, pul to’lash, ishni bajarish, bironta xizmat ko’rsatish singari 
harakatlarni qilish majburiyatini oladi. Haq baravariga tuziladigan bitimlarga qarshi (muqobil) ijro 
nazarda tutiladigan bitimlar oldi-sotdi, ayirboshlash, pudrat, sug’urta kabi birmuncha shartnomalardir, 
chunki ularda tomonlardan har biri qarshi tomon faoydasiga bironta harakat qiladi. Masalan, sotuvchi 
pul evaziga malum mulkni topshiradi. 
Tekin, yani haq to’lanmay tuziladigan bitimlar asosida to-monlardan birigina ikkinchi tomon 
foydasiga biron-bir harakat qilish majburiyatini oladi. Bu erda qarshi (muqobil) ijro yo’q. Masalan, 
hadya, foizsiz qarz, mulkdan tekin foydalanish (ssuda) to’g’risidagi shartnomalarni ko’rsatish mumkin. 

 
56
3. Bitimlar qay paytdan etiboran tuzilgan deb hisoblani-shini aniqlash maqsadlarida konsensual 
va real bitimlarga bo’li-nadi. 
Konsensual bitim huquq va majburiyatlarni o’zaro kelishish va bunday kelishuvni lozim tartibda 
rasmiylashtirish paytda vujud-ga keltiradigan bitimga aytaladi. Mulk ijarasi, mahsulot etkazib berish, 
pudrat, kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi. 
Real bitim deb o’zaro kelishuvga muvofiq ashyolar yoki pulni topshirish paytida huquq va 
majburiyatni vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Real bitimlarga misol qilib, qarz, omonat, yuk 
tashish shartnomalarini ko’rsatsa bo’ladi. 
 
2. Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar 
Agar bitimda huquq va majburiyatlarning vujudga kelishi yoki bekor bo’lishi vaqti ko’rsatilgan 
bo’lsa, bitimlar muddatli hisob-lanadi. Bitimlarda muddatlar quyidagicha: 
a) malum kun, oy, yil bilan (masalan, 1996 yil 15 sentyabr); 
b) malum vaqtning o’tishi bilan (masalan, bir yarim yildan keyin o’tishini ko’rsatish); 
v) malum bir voqea yuz berishi (masalan, daryo orqali yuk tashish-muz erishi bilan) bilan 
belgilanadi. 
Agar bitimda uning ijro etilish muddati ko’rsatilmagan bo’lsa, bunday bitim muddatsiz 
hisoblanadi. FKning 242-moddasi-da ko’rsatilganidek, agar majburiyatni bajarish muddati ko’rsatil-
magan yoki talab qilib olish payti belgilab qo’yilgan bo’lsa, kreditor har qachon ijroni talab qilishga, 
qarzdor esa ijroni har qachon amalga oshirishga haqli bo’ladi. Majburiyatni darhol bajarish vazifasi 
qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan angla-shilmasa, qarzdor bunday majubriyatni 
kreditor talab qilgan kunidan boshlab etti kunlik muddat ichida bajarishi shart. 
Shartli bitim deb taraflar o’rtasida tuziladigan bitimning amalga oshirilishi yoki bekor bo’lishi 
biron-bir shartga bog’lab qo’-yilishiga aytiladi. Shartli bitimlar ikki xil ko’rinishda bo’ladi: 
a) sharti kechiktirilgan; 
b) bekor bo’lish sharti bilan tuziladigan bitimlardir. 
FKning 104-moddasining birinchi qismida aytilganidek, agar taraflar huquq va burchlarning 
kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi nomalum bo’lgan holatga bog’liq qilib qo’ysalar, bitim 
sharti kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi. FKning 104-moddasining ikkinchi qismi bekor 
bo’lish sharti bilan tuzilgan bitimni takidlaydi. Unda ko’rsatilishicha, agar tarafning huquq va 
burchlarning bekor bo’lishini yuz berishi yoki bermasligi nomalum holatga bog’liq qilib qo’ysalar, 
bunday bitim bekor bo’lish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi. Masalan, turar joyni ijaraga 
beruvchi fuqaro muayyan bir hol sodir bo’lganda, aytaylik o’g’lining harbiy xizmatdan qaytgach, uyni 
bo’shatib berishni shart qilib, ijara shartnomasi tuzgan bo’lsa, o’g’li qaytishi bilan ijara shartnomasi 
bekor bo’ladi. 
 
3. Bitim shakllari 
Bitim tuzishda erkni ifodalash usuliga bitim shakli deb aytiladi. Bitimlar og’zaki va yozma 
(oddiy yoki notarial tasdiqlan-gan) shaklda tuziladi (FKning 105-moddasi, 1-bandi). 
FKning 106-moddasiga binoan qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida yozma 
tasdiqlangan shakl belgilab qo’yilmagan, jumladan, u tuzilayotgan vaqtning o’zidayoq bajariladigan 
bitim og’zaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga bo’lgan xohish-
irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi. 
Jeton, patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish bilan tasdiqlangan bitim, agar qonun 
hujjatlarida boshqacha tar-tib belgilangan bo’lmasa, og’zaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi. 
Ёzma shaklda tuzilgan shartnoma bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va 
shartnomaga zid bo’lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og’zaki tuzilishi mumkin. 
Qonunda indamasdan, sukut saqlash orqali ham bitim tuzilishi mumkinligi nazarda tutiladi. Bu 
holda xalqimizning qadimdan mavjud “sukut-rozilik alomati” qoidasi amal qiladi. Biroq bunday 
usulda bitim tuzishga faqat cheklangan hollardagina yo’l qo’yi-ladi. FKning 105-moddasiga asosan 
sukut saqlash qonun hujjat-larida yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda bitim tuzishga 
bo’lgan xohish-irodaning ifodasini hisoblanadi.  
Ёzma shaklda tuziladigan bitimlar ikki turga: 
a) oddiy yozma

 
57
b) notarial idoralarda, shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan hollarda, boshqa organlarda 
tasdiqlanadigan bitimlarga bo’linadi. 
Oddiy yozma bitim bitimning shartlarini o’z ichiga olgan va taraflar (yoki bir taraf) tomonidan 
imzolangan hujjatga aytiladi. Bitimlar quyidagi hollarda oddiy yozma shaklda tuziladi: 
1) yuridik shaxslarning o’zaro va fuqarolar bilan tuziladigan bitimlari (chunki, yuridik shaxslar 
mavzusida aytganimizdek, yuridik shaxslarning mulki va mablag’lari uning balansida aks ettirilishi 
kerak. Binobarin, yuridik shaxsning turli bitimlar tuzish orqali ko’rgan daromadi yoxud zarari ham 
buxgalteriya balanslarida rasmiylashtirilishi kerak) ; 
2) fuqarolar o’rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n baravaridan ortiq summadagi 
bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa bitim summasidan qati nazar boshqa bitimlar. 
Ёzma bitim uni tuzuvchilar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanishi kerak. Agar fuqaro 
jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki boshqa biron sabablar tufayli bitimni imzolay olmasa, bu holda 
uning topshirig’iga binoan boshqa fuqaro imzolashi mumkin. Bu fuqaroning imzosi bitim tuzuvchi 
ishlab yoki o’qib turgan tash-kiloti va yashash joyidagi uy boshqarmasi yoki u davolanayotgan 
muassasaning mamuriyat yoxud notarial idora tomonidan tasdiqla-nishi lozim. Bunday hollarda bitim 
tuzgan shaxsning o’zi qanday sabab bilan bitimni imzolay olmaganligi albatta ko’rsatilishi kerak. 
Tashkilotlar tomonidan tuziladigan yozma bitimlarda mazkur tashkilot rahbarining imzosi va 
muhri bo’lishi lozim. Bazi yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlarda ikkita imzo: tashkilot 
rahbari va boshqa mansabdor shaxs, odatda, bosh buxgalter yoki buxgalterning imzosi bo’ladi. 
Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogram-malar, fakslar yoki subektlarni va ular 
xohish-irodasi mazmu-nini belgilaydigan boshqa hujjatlarni o’zaro ayirboshlash, agar qonunda yoki 
taraflarning kelishuvida boshqacha hol belgilanmagan bo’lsa, yozma shaklda tuzilgan bitimga 
tenglashtiriladi. 
Ёzma shaklda tuzilgan bitimni bajargan taraf ikkinchi ta-rafdan ijroni tasdiqlovchi hujjat talab 
qilishga haqli. Bu qoida og’zaki tadbirkorlik bitimiga nisbatan ham joriy qilinadi. 
Qonun bilan talab etilgan bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy 
emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflarni bitimning tuzilganligi-ni, 
mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko’rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi 
(FKning 109-moddasi). 
Notarial guvohlantirilgan bitim deb belgilangan shaklda notariat xati bo’lgan, notarius 
tomonidan imzolangan va gerbli muhr bosilgan yozma hujjatga aytiladi. Notarial shakldagi bitim uni 
tuzuvchilar yoki vakillari tomonidan notarius huzurida imzo-lanadi. 
Bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash faqat qonun
1
da ko’rsatilgan yoki taraflardan biri talab 
qilgan hollardagina majburiydir. Jumladan, uy-joylarni oldi-sotdisi, garovga qo’yish shartnomalari va 
boshqa bazi shartnomalar, shuningdek mulkni vasiyat qilish to’g’risidagi bitim (vasiyatnoma) notarial 
tartibda tasdiqlanishini talab qiladi. 
Qonun bazi hollarda bitimlarning yozma yoki notarial shaklda rasmiylashtirilishidan tashqari 
tegishli davlat muassasalarida qayd etilishini (ro’yxatdan o’tkazilishini) talab qiladi. Masalan, er 
uchastkalari va boshqa ko’mas mol-mulk bilan bog’liq bitim-lar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq 
muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak (FKning 
111-moddasi). 
Qonun bo’yicha talab qilinadigan shaklga riyao qilmaslik oqibatida qonunda to’g’ridan-to’g’ri 
ko’rsatilgan taqdirdagina bitim-ning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo’ladi. Jumladan, bitimning 
notarial shakliga yoki uni davlat ro’yxatidan o’tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy 
emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim o’z-o’zidan haqiqiy bo’lmaydi (FKning 112-moddasi, 1-
bandi). Bunday hollarda bitim tuzgan taraflar har bir bitimga binoan olingan hamma narsani 
qaytarishga, buning imkoniyati bo’l-maganda, agar haqiqiy bo’lmagan bitimning boshqa oqibatlari qo-
nunda nazarda tutilmagan bo’lsa, uning qiymatini pul bilan to’lashga majbur bo’ladi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling