Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
-MAVZU: MULK HUQUQI VA BOShQA AShЁVIY HUQUQLARNI HIMOYa QILISh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish (vindikatsion davo)
- 3. Mulkdan foydalanishda mulk egasiga qilingan to’sqinliklarni bartaraf etish (negator davolar)
16-MAVZU: MULK HUQUQI VA BOShQA AShЁVIY HUQUQLARNI HIMOYa QILISh 1. Mulk huquqini himoya qilish usullari 2. Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish (vindikatsion davo) 3. Mulkdan foydalanishda mulk egasiga qilingan to’sqinliklarni bartaraf etish (negator davolar) 4. Mulkiy huquqni fuqarolik huquqi normalari bilan himoya qilishning boshqa usullari 1. Mulk huquqini himoya qilish usullari Mulk huquqi turli huquq sohalari – fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, mamuriy huquq, soliq huquqi va boshqa huquq sohalari bilan himoya qilinadi. Mulk huquqini himoya qilishda Fuqarolik huquqi normalari muhim rol o’ynaydi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish deganda, bu huquqlarga qarshi qilingan buzilishlarni bartaraf etish, mulkdorning mulkiy manfaatlarini tiklash va himoya qilishga qaratilgan fuqarolik qonunchiligida belgilangan vositalar yig’indisi tushuniladi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1) Mulk huquqini ashyoviy huquqlar bilan himoya qilish. Bu usul mulk huquqini mutloq subektiv huquq sifatida himoyalab hech qanday aniq majburiyatga bog’liq bo’lmagan holatda mulkdorning o’ziga tegishli bo’lgan ashyoga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini tiklash yoki bu huquqlarni amalga oshirishga to’sqinlik qiladigan holatlarni bartaraf etish tushuniladi. Ashyoviy-huquqiy usullarga mol-mulkni birovning qonunsiz egaligidan talab qilish davosi (vindikatson davo), egalik qilish huquqining bekor qilinishi bilan bog’liq bo’lmagan huquqbuzarliklarni bartaraf etishni talab qilish davosi (negator davo), mulk huquqini tan olish to’g’risidagi davolar kiradi. Aniqroq qilib aytganda, mulk huquqi aniq subektiv huquq sifatida faqat, ashyoviy-huquqiy usullar bilan himoya qilinadi. 2) Majburiyat-huquqiy usullar bilan himoya qilish. Bu usullarga misol qilib, mulkdorga etkazilgan zararni qoplash, asossiz orttirilgan mol-mulkni qaytarish, shartnoma bo’yicha olingan ashyoni, agar shartnoma bo’yicha ashyo malum muddatga foydalanishga berilgan bo’lsa qaytarish kabi mulk huquqini himoyalovchi usullarni olish mumkin. Ushbu usullarning barchasi uchun, ular asosini tashkil etuvchi omillar mulk huquqiga ega bo’lmay, balki boshqa huquqiy institutlarga tegishli subektiv huquqlar xosdir. Masalan, mulkdor o’ziga tegishli mulkni ijaraga berib, ijara muddati tugagandan so’ng, ijaraga oluvchi mulkni mulkdorga qaytarmasa, mulkdorning huquqi mulk huquqi normalari bilan emas, shartnoma huquqi normalari bilan himoya qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, majburiyat-huquqiy usullar mulk huquqini bevosita emas, balki so’nggi natijaga bog’liq holatda himoya qiladi. Bir qator holatlarda masalan, mulk nobud bo’lganda mulk huquqi o’z-o’zidan bekor bo’ladi. Bunda majburiyat-huquqiy usullar mulk huquqini himoya qilishga emas, mulkdorning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi. 3) Fuqarolik huquqining turli institutlari bilan himoya qilish. Bu guruhga mulk huquqini fuqarolik-huquqiy himoya qilishning shunday usullari kiradiki, ular ashyoviy huquq va majburiyat- huquqiy munosabatlarga aloqador bo’lmasdan, fuqarolik huquqining turli institutlaridan kelib chiqadi. Ularga misol qilib, bedarak yo’qolgan yoki vafot etgan deb elon qilingan fuqaroning qaytib kelishi natijasida, uning mulkiy huquqlarini himoya qilish haqidagi normalar, bitim haqiqiy emas deb topilganda, taraflarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, garov saqlovchining javobgarligi haqidagi, meros qilib qoldirilgan mol-mulkni saqlovchi yoki vasiyga berilgan vasiylik ostidagi shaxsning mol- mulkini nobud bo’lishi va yo’qolishi haqidagi qoidalarni olish mumkin. 4) Mulk huquqi bekor bo’lishini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarda himoya qilish. Mazkur maxsus usul bilan bog’liq fuqarolik-huquqiy usullarga, bevosita mulk huquqini bekor bo’lishi oqibatida yuzaga keladigan huquq buzilishlarini fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan meyorlar orqali himoyalash usullari kiradi. Bunga, xususan, davlat tomonidan shaxslarning mulkini davlat ixtiyoriga noqonuniy o’tkazilishidan himoyalovchi kafolatlar kiradi. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi FKning 233-moddasida mulkdorning huquqi qonuniy ravishda to’xtatilgan taqdirda, uning manfaatlarini himoya qilish kafolatlari belgilab qo’yilgan. Ayni vaqtda qonunda mulkdor huquqini buzuvchi hujjatlarning qabul qilinishi huquqiy oqibatlari ham o’z ifodasini topgan. Binobarin, yuqoridagi asoslar mulk huquqini himoya qilishning o’ziga xos mustaqil 103 turi sifatida qaralishi mumkin. Bunday holatlarda mulkdor huquqining buzilishi davlat idorasi tomonidan normativ yoki huquqni qo’llovchi hujjat qabul qilinishi orqali ro’y beradi. Bunda mulk huquqining bekor bo’lishi qonuniy asoslarga ega bo’lishi yoxud g’ayriqonuniy bo’lishi mumkin. Lekin har ikkala holatda ham mulkdorning qonuniy manfaatlari kafolatlanadi. Masalan, mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan er uchastkasini olib qo’yish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qo’yishga qaratilmagan boshqa qarori munosabati bilan mulkdor huquqini to’xtatib qo’yishga qonunda belgilangan hollarda va tartibdagina yo’l qo’yiladi. Bunda mulk huquqi bekor bo’lishi munosabati bilan mulkdorga etkazilgan barcha zararlar mulkdorga batamom to’lanadi. Agar mulkdor bunday qarordan norozi bo’lsa, u holda nizo sud tomonidan hal etilmaguncha mulk huquqini bekor qilishga sabab bo’luvchi qaror ijrosi to’xtatiladi. Davlat boshqaruv idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga xilof bo’lgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning mulkiy huquqlari buzilgan taqdirda, bunday hujjat mulkdorning davosiga ko’ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topiladi. Mazkur hujjatni qabul qilgan davlat organi o’z ixtiyoridagi mablag’ hisobidan mulkdorga etkazilgan zararlarni to’lashi lozim. 2. Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish (vindikatsion davo) Mulkdorga qarashli mulk biron-bir shaxs (fuqaro yoki yuridik shaxs)ning qonunsiz egaligida bo’lsa, mulkdor o’z mulkini asl holatida qaytarish haqida sudda bu shaxsga nisbatan davo qo’zg’atishga haqli. FKning 228-moddasida aytilganidek, mulkdor o’z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqlidir. Fuqarolik huquqi nazariyasida bunday davolarga vindikatsion 1 davolar deyiladi. Vindikatsion davo deganda, qonuniy eganing noqonuniy egadan mulkni natura holida qaytarib berish to’g’risidagi noshartnomaviy talabi tushuniladi. Qonunchiligimizda vindikatsion davo qo’zg’atilganligi uchun bir necha holatlar bo’lishi nazarda tutiladi: birinchidan, mulk mulkdorning tasarrufidan chiqib ketgan va u o’z mulkiga faktik xo’jayinlik qilishdan mahrum bo’lishi lozim. Aks holda mulk huquqini himoya qiluvchi boshqa usullar qo’llaniladi. ikkinchidan, mulkdor mahrum qilingan mol-mulk natura holida saqlanishi va o’zganing faktik egaligida bo’lishi kerak. Aks holda bu erda ham mulk huquqini himoya qiluvchi boshqa usullar qo’llaniladi. uchinchidan, vindikatsion davo faqatgina individual belgilangan ashyoni qaytarishga qaratiladi. Bunda individual (yakka) belgilangan bir turdagi ashyoni farqlash lozim. Agar bir turdagi ashyodan haqiqiy eganing ashyosini ajratib olishning iloji bo’lsa, unda bu turdagi ashyoni ham vindikatsion davo orqali himoyalanadi. Agar ajratish imkoni bo’lmasa, vindikatsion davo emas, asossiz boyishdan kelib chiqadigan davo qo’llaniladi. to’rtinchidan, vindikatsion davo noshartnomaviy xarakter kasb etadi va mulk huquqini mutloq subektiv huquq sifatida himoyalaydi. Malumki, vindikatsion davo qilish huquqiga mulkka egalik qilish huquqini qo’ldan chiqargan mulkdor ega bo’ladi. Lekin FK, mulkdor bo’lmasada qonun yoki shartnomaga muvofiq mulkka egalik qiladigan shaxslar ham vindikatsion davo qilish huquqiga ega bo’lishini nazarda tutadi. Bunday shaxslarga ijarachi, omonat saqlovchi, vositachi misol bo’la oladi va bular mulkning titul egasi deb nomlanadi. Vindikatsion davo mulkni insofsiz egallovchilarga ham qilinishi mumkin. Insofsiz egallovchi deb mulkning o’ziga g’ayriqonuniy yo’l bilan o’tishini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan egallovchiga aytiladi. Insofli egallovchi deganda, mulkning o’ziga g’ayriqonuniy yo’l bilan o’tganini bilmagan va bilishi mumkin bo’lmagan egallovchi tushuniladi. FKning 229-moddasida ko’rsatilganidek, agar mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo’lmagan shaxsdan haq to’lab olingan bo’lsa, oluvchi buni bilmagan va bilishi mumkin bo’lmagan (insofli egallovchi) bo’lsa, mol-mulk mulkdor tomonidan yoki egalik qilish uchun mulkdor bergan shaxs tomonidan yo’qotilib qo’yilgan yoxud mulkdordan yoki u mol-mulkni bergan shaxsdan 1 Виндикация-лотинча “vin dicare” деган сўздан олинган бўлиб, “куч қўлланилишини эълон қилиш” деган маънони англатади. 104 o’g’irlangan yo bo’lmasa ularning ixtiyoridan tashqari boshqacha yo’l bilan ularning egaligidan chiqib ketgan bo’lsa, mulkdor bu mol-mulkni olgan shaxsdan talab qilib olishga haqli. FKning mazkur 229-moddasidagi umumiy qoidada bazi istisnolar ham nazarda tutilgan, chunonchi, agar mulk sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotilgan bo’lsa, mol-mulkni yuqorida ko’rsatilgan asoslar bo’yicha talab qilib olishga yo’l qo’yilmaydi; agar mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo’lmagan shaxsdan haq to’lamasdan olingan bo’lsa, mulkdor mol- mulkni barcha hollarda ham talab qilib olishga haqli. Pul, shuningdek taqdim etuvchiga deb yozilgan qimmatli qog’ozlar insofli egallovchidan talab qilib olinishi mumkin emas. Zero pul va taqdim etuvchiga deb nomlangan (egasi yozilmagan) qimmatli qog’oz egasini aniqlash imkoni deyarli mavjud bo’lmaydi. Shu bilan birga insofli egallovchi pul va taqdim etuvchiga deb nomlangan qimmatli qog’ozlarni o’zganiki bo’lishi mumkinligini, o’ziga noqonuniy ravishda o’tayotganligini hamma vaziyatda ham bilishi mumkin bo’lmaydi. O’zlarining g’ayriqonuniy ravishda boshqa shaxsga o’tkazilgan mulklarini talab qilib olishda mulkdor bir vaqtning o’zida quyidagilarni talab qilishga haqli: birinchidan, insofsiz egallovchidan, masalan sotib oluvchidan mulkni egallagan barcha vaqti mobaynida olgan yoki olinishi lozim bo’lgan hamma daromadlarining qaytarilishi yoki to’lanishini; ikkinchidan, insofli egallovchidan esa – uning mulkni egallashi g’ayriqonuniy ekanligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan paytdan boshlab yoki mulkning qaytarilishi to’g’risida mulk egasining davosi bo’yicha chaqiruv qog’ozi olgan paytdan boshlab olgan yoki chaqirib olishi lozim bo’lgan hamma daromadlarning qaytarilishini yoki to’lanishini talab qilishga haqli (FKning 230-moddasi). O’z navbatida insofli egallovchi ham, insofsiz egallovchi ham, mol-mulkdan qancha vaqt davomida olingan daromad mulkdorga qaytarilishi kerak bo’lsa, shuncha vaqt davomida mol-mulkka qilingan zarur xarajatlarni to’lashni mulkdordan talab qilishga haqli. Qonunda mulk uchun sarflangan narsalarni, agar ashyodan uni buzmasdan ajratib olish mumkin bo’lsa, insofli egallovchi o’zida qoldirishga haqli ekanligi ko’rsatilgan. Agar mulkdan ajratib olish mumkin bo’lmasa, insofli egallovchi mulkning ko’payishi uchun sarf qilingan xarajatlarning o’ziga to’lanishini talab qilishga haqli. Fuqarolik kodeksida mulk huquqlari himoya qilinishining kuchaytirilishini taminlovchi qator muhim qoidalar belgilangan. Bunday qoidalar jumlasiga quyidagilar kiradi: birinchidan, mulk egasi mulkini o’zi yo’qotgan yoki o’zi o’g’irlatgan hollarda insofli egallovchidan talab qilib olishdan tashqari yana mulk uning ixtiyoridan tashqari egaligidan (qo’lidan) ketgan taqdirda ham talab qilib olish; ikkinchidan, mulk birovga ishonib topshirib qo’yilganda uning ixtiyoridan tashqari qo’lidan chiqib ketgan bo’lsa ham, bu mulkni insofli ravishda oluvchidan talab qilib olish; uchinchidan, agar mulk birovga topshirish huquqiga ega bo’lmagan shaxsdan bepul olingan bo’lsa, u vaqtda mulk egasi barcha hollarda o’z mulkini talab qilib olish huquqiga ega bo’ladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, vindikatsion davo – birovning qonunsiz egaligida bo’lgan ashyoni qaytarib olish haqidagi mulk egasining davosidir. Vindikatsion davoni boshqa turdagi davolardan ajratib turadigan asosiy belgilari: davolashuvchi taraflar, davo asosi va davo narsasi, shuningdek uning maqsadidir. Ashyoga nisbatan mulk huquqiga ega bo’lgan, lekin ashyosi qo’lida bo’lmagan shaxs vindikatsion davo bo’yicha davogar bo’ladi. Vindikatsion davoni qilishga ayrim mulk egasigina haqli bo’lmay, ulushlari bo’lgan mulkdorlarning har qaysisi ham davo qilishga haqli. Bundan tashqari mulkni qonun va shartnomaga binoan egallab (saqlab) turgan shakllar ham vindikatsion davo bo’yicha davogar bo’ladilar. Egalik huquqi vindikatsion davoni qilishga asos bo’ladi. Mulkdor mulk huquqi asosida o’ziga tegishli ashyoga bo’lgan subektiv huquqi bilan bu mulkni egallash (qo’lida saqlash), undan foydalanish, uni tasarruf etish imkoniyatidan mahrum bo’lganida – bu huquqlarning o’ziga qaytarilishini talab qila oladi. Vindikatsion davoning maqsadi – buzilgan mulkiy huquqni tiklashdan, ashyoni bevosita mulk egasi ixtiyoriga qaytarishdan iboratdir. Vindikatsion davoning predmeti mulkni noqonuniy egadan qaytarishni talab qilish huquqi hisoblanadi. 105 Vindikatsion davo bo’yicha faqat individual ashyolar emas, balki boshqa barcha mulklar, asl holatda qonunsiz egallovchidan talab qilib olinishi mumkin. Mulk egasiga unga qarashli ashyo o’rniga, uning qiymatini to’lash, barcha hollarda ham mulk egasining manfaatlarini taminlay olmaydi. Binobarin, mazkur masalani hal qilishda jismoniy yoki individual alomatli mulklarni egallovchidan majburiy tarzda olib berish huquqining sudlarga berilishi - majburiyatlarining turmushda real ijro etilishini, shuningdek mulkiy huquqning yanada to’laroq himoya qilinishini taminlashga qaratiladi. Vindikatsion davo huquqini buzish faktidan kelib chiqsa ham, zarar etkazishdan kelib chiqadigan davo hisoblanmaydi. Vindikatsion davoga binoan ashyo asl holatda qaytarilishi talab qilinsa, zarar etkazishdan kelib chiqadigan majburiyatda esa, ashyo o’rniga uning qiymati talab qilinishi mumkin. Agar ishni hal qilishda shartnomaga oid javobgarlik belgilash uchun asoslar bo’lsa, u vaqtda davo shartnoma majburiyatlari to’g’risidagi normalarning qoidasi bo’yicha hal qilinadi. Binobarin, vindikatsion davo ashyoviy huquqiy davo sifatida ko’rilganligi tufayli shartnoma yuzasidan qilinadigan davo bilan aralashtirib yubormasligi lozim. Masalan, ashyoni qaytarish haqidagi davo shartnoma majburiyatlarini, chunonchi, ijara yoki omonat shartnomalari yuzasidan mulk egasi ashyoni asli holida qaytarish to’g’risida davo qilganida, ashyoni qaytarib olish haqidagi talab shu shartnomani tartibga soladigan huquqiy normalar asosida qanoatlantiriladi. Demak, bunday hollarda mulk egasi shartnoma davosi o’rniga vindikatsion davo qilishga haqli bo’lmaydi. Mulkni egallash qonuniy va qonunsiz bo’lishi mumkin. Mulkni huquq normalari yoki shartnomaga asoslangan holda egallash qonuniy egallash hisoblanadi. Bunda mulk ijozat etilgan (qonun yoki boshqa huquqiy akt bilan yo’l qo’yilgan) usul bilan qo’lga kiritiladi. Qonunsiz egallash ashyoni etarli huquqiy asoslarga ega bo’lmay qo’lda saqlab turishga aytiladi. Qonunsiz egallovchi deb o’zboshimchalik bilan egallab oluvchi, o’g’irlovchi yoki topib olingan narsani o’zlashtiruvchi, shuningdek ashyoni egasidan qonun yoki shartnoma asosida olmaydigan shaxsga aytiladi. Mulk qonun yo’l qo’ymaydigan usul bilan sotib olinganda, qo’lga kiritilganida ham uni egallash uchun huquqiy asos bo’lmasa, bunday egallash ham qonunsiz egallash bo’ladi. Masalan, fuqaro A. fuqaro B.dan bir ashyo sotib oladi. Ammo keyinchalik fuqaro B. sotilgan ashyoning egasi emasligi tufayli haridor A.ga mulkka bo’lgan huquqni o’tkaza olmasligi malum bo’ladi. Fuqaro A. huquqiy nuqtai nazardan qaraganda, garchi ashyoni fuqaro B. ishtiroki bilan tegishli suratda o’ziga olgan bo’lsa-da, qonunsiz egallovchi bo’lib ko’riladi. Faqat qonunsiz egallovchi, yani davo qo’zg’atilgan vaqtda nizoli mulk qonunsiz egaligida bo’lgan shaxsgina davo bo’yicha javobgar hisoblanishi mumkin. 3. Mulkdan foydalanishda mulk egasiga qilingan to’sqinliklarni bartaraf etish (negator davolar) Bazi hollarda mulkiy huquqning buzilishi ashyoni egallash huquqidan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmasligi ham mumkin. Ashyo mulk egasining ixtiyorida, egaligida bo’lgan bir vaqtda mazkur ashyoni biron-bir shaxsning harakati to’sqinlik qilishi oqibatida foydalanish qiynalishi yoki umuman foydalanishga imkoni bo’lmay qolishi mumkin. Masalan, fuqaro A.ning qarzi uchun fuqaro B.ning mulki noto’g’ri xatlanganida fuqaro B. mulkning ro’yxatdan chiqarilishini va shu bilan o’z mulkidan foydalanishga qilingan to’sqinlikning bartaraf etilishini talab qila oladi. Mulk egalarining mulkni egallash va undan foydalanish huquqini buzish, garchi bu egalik huquqidan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmasa ham yo’qotish haqidagi talablarni huquq nazariyasida negator 1 davolar deb aytiladi. Boshqacha aytganda, negator davo bu ashyoga egalik qiluvchi mulkdorning uchinchi shaxslardan mulkni egallash, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshirishga to’sqinlik qiluvchi holatlarni bartaraf etish haqidagi noshartnomaviy talab tushuniladi. FKning 231-moddasida mulkdor o’z huquqlarining har qanday buzilishini, garchi bu buzilish egalik qilishdan mahrum etish bilan bog’liq bo’lmasa ham, bartaraf etishni talab qila olishi ko’rsatilgan. Mazkur davoning narsasi mulk egasining bunday halaqitni (to’sqinlikni) yo’q qilish haqidagi talabi hisoblanadi. U mulk egasiga mulkidan foydalanishda, o’z huquqini amalga oshirishda to’sqinlik qiladi. 1 Негатор лотинча «аction negatorio” сўзидан олинган бўлиб, “инкор этувчи даъво” деган маънони англатади. 106 Sudda negator davoni mulk egasigina emas, balki ashyoni qonuniy asoslar bo’yicha, masalan, qonun yoki shartnomaga asosan egallovchi shaxs ham qo’zg’atishga haqli. Bunday qonuniy egallovchilar o’zlarining talablarini FKning 231-moddasi asosida emas, balki mulkni egallashlarining qonuniyligini belgilovchi huquq normalari (FKning 232-moddasi) asosida qo’ya oladilar. Masalan, mulkiy ijaraga oluvchi, yani mulk egasi bilan tuzilgan shartnoma bo’yicha ashyodan vaqtincha foydalanuvchi shaxs bu mulkni egallash va undan foydalanish huquqi buzilganida har kimga, shu jumladan, mulk egasiga nisbatan ham davo qo’zg’atishga haqli. FKning 232-moddasida aytilishicha, garchi mulkdor bo’lmasa ham qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosga mol-mulkka egalik qilayotgan shaxs ham FKning 228-231-moddalarida nazarda tutilgan huquqlarga, yani vindikatsion va negator davolar qo’zg’atish huquqiga ega bo’ladi. Sud tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, hozirgi vaqtda negator davo deb atalgan davo bilan sudga kamdan-kam murojaat qilinadi. Ammo bundan mulk egalarining huquqlarini buzishdan malum darajada himoya qiluvchi mazkur huquq normasi o’z ahamiyatini yo’qotadi, degan xulosa mutlaqo kelib chiqmaydi. Amalda birovning mulkiy huquqini buzishga uringan har qanday shaxsni tartibga chaqirib turuvchi bunday normalarning bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 4. Mulkiy huquqni fuqarolik huquqi normalari bilan himoya qilishning boshqa usullari Yuqorida biz mulk huquqining ashyoviy-huquqiy vositalari yordamida (vindikatsion va negator davolar bilan) himoya qilinishi masalalari bilan tanishdik. Mulkiy huquqni himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni o’rganishda mulk egalarining mulkiy huquqlarini himoya qiluvchi majburiyat huquqiga oid vositalar ham muhim ahamiyatga ega. Mulk huquqining himoya qilishning bunday majburiy-huquqiy usullari ikki ko’rinishda: 1) shartnomali munosabatlar; 2) shartnomadan tashqari munosabatlarda bo’ladi. Shartnomali munosabatlarda mulkiy huquqning himoya qilinishi to’g’risida shuni aytish kerakki, tuziladigan xilma-xil shartnomalar aksariyat hollarda qonunga, shartnoma shartlariga rioya qilinib, to’g’ri va insofli ravishda bajariladi. Ammo bazi hollarda shartnomaning ayrim intizomsiz ishtirokchilari shartnoma yuzasidan olgan o’z majburiyatlarini butunlay bajarmasliklari yoki lozim darajada bajarmasliklari hollari ham uchraydi. Bunday paytlarda tabiiy buzilgan mulkiy huquqlarni tiklash hamda shuning o’zi bilan mulkiy huquqlarni har tomonlama va to’la himoya qilish masalasi qo’yiladi. Shartnomali munosabatlarda mulkiy huquqlarni buzish quyidagicha ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: a) qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek huquq- tartibot yoki ahloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim o’z-o’zidan haqiqiy emas va u FKning 116-moddasiga binoan haqiqiy sanalmaydi hamda har ikki tarafning yoki bir tarafning bunday shartnoma yuzasidan olgan daromadlari davlat daromadlariga o’tkaziladi; b) muomalaga layoqatsiz shaxslar (yosh bolalar, ruhiy kasallar) bilan bitim tuzilishi natijasida mazkur shaxslar mulkiy zarar ko’rsalar, qonun (FKning 117-119-moddalari) tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topishi bilan birga buzilgan mulkiy huquqning tiklanishi lozimligini ham ko’rsatadi. Masalan, 13 yashar bola o’ziga hadya qilingan fotoapparatni ota-onasining ruxsatisiz birovga sotsa, shartnoma haqiqiy sanalmasligi va bunday shartnomaning tuzilishi natijasida voyaga etmagan shaxs mulkiy zarar ko’rgan bo’lsa, zarar haqi undirilishi mumkin; v) jiddiy yanglishish, aldanish, zo’rlik qilinishi tasirida tuzilgan bitimlar (shartnomalar) sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday bitimlar tuzilishi natijasida buzilgan mulkiy huquqlar ham qonun (FKning 122-123-moddalari) bo’yicha himoya qilinadi; g) ayrim shartnomalar masalan, oldi-sotdi, mahsulot etkazib berish, kontraktatsiya, ijara, pudrat, yuk tashish va boshqa qator shartnomalar bo’yicha olingan majburiyatlar butunlay yoki lozim darajada bajarmasligi natijasida tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar mulkiy zarar ko’rishlari mumkin. Bunday hollarda ham qonun (bunday shartnomalar)ning har qaysisini buzish oqibatlari to’g’risida, huquqiy normalar buzilgan huquqlarni himoya qilinishini nazarda tutadi. 2) Shartnomalardan tashqari bo’ladigan majburiyat munosabatlarida mulkiy huquqlarning himoya qilinishiga kelsak, bazi hollarda majburiyat munosabatlari yuqorida aytilganidek, o’zaro kelishuv asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqmay, bevosita qonun bilan ham belgilanishi mumkin. Bunday hollarda tashkilotlar va fuqarolar qonunga asosan o’zaro majburiyat munosabatlarida 107 bo’ladi va huquq subektlari (tashkilotlar va fuqarolar) bir-birlariga nisbatan muayyan majburiyatlar oladi. Agar qonun bilan belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik natijasida mulkiy zarar ko’rilsa – buzilgan mulkiy huquqlarni himoya qilish masalasi vujudga keladi. Shartnomalardan tashqari bo’ladigan majburiyat munosabatlarida mulkiy huquqning buzilishi asosan quyidagi hollarda uchrashi mumkin: a) bazi hollarda ayrim shaxslar (yuridik shaxslar yoxud fuqarolar)ning mulkiga qasddan yoki ehtiyotsizlik bilan zarar etkazish tufayli mulkiy huquqlar buziladi. Masalan, davlat yoki tashkilot mol- mulkini talon-taroj qilish, fuqaroning mulkini o’g’irlash, fuqaroga zarar etkazilishi natijasida mulkiy huquqlar buzilishi mumkin. Bunday hollarda qonun buzilgan huquqlarning tiklanishi, mulkiy huquqlarning har tomonlama va to’la himoya qilinishini belgilaydi; b) amalda birovdan topshiriq olmay, uning manfaatlarini ko’zlab, bazi xarajatlar qilish hollari ham bo’lishi, masalan, birovning to’satdan kasal bo’lib qolgan bolasini shifoxonaga taksi mashinasida olib borib joylashtirishda malum xarajat qilinishi mumkin. Qonun bunday hollarda ham zararning to’lanishi lozimligini ko’rsatib, mulkiy huquqni himoya qiladi. v) xatolik bilan birovning mulki olingan yoki tejalgan bo’l-sa, yani birovning mulkini olib qolish yoki tejash uchun qonun yoki shartnoma bilan belgilangan asoslar bo’lmasa – olingan yoki tejalgan mulk egasiga qaytarilishi lozimligi qonunda belgilanadi. Masalan, xatolik bilan ikkinchi marta takror to’langan qarz yoki olinmagan mahsulot uchun tashkilotning to’langan puli qaytarilishi lozim. Qonun (FKning normalari) yana boshqa bazi hollarda ham shartnomalardan tashqari vujudga keladigan majburiyatlarda mulkiy huquqlarning himoya qilinishini belgilaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling