Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


-mavzu. XUSUSIY MULK HUQUQI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana24.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22986
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23

13-mavzu. XUSUSIY MULK HUQUQI 
1.Xususiy mulk tushunchasi va uning bozor munosabatlari sharoitidagi ahamiyati. 
2. Xususiy mulk huquqi subektlari 
3. Xususiy mulk huquqi obektlari 
 
1.Xususiy mulk tushunchasi va uning bozor munosabatlari sharoitidagi ahamiyati. 
O’zbekiston Respublikasi FKning 207-moddasiga asosan xusu-siy mulk huquqi shaxsning qonun 
hujjatlariga muvofiq tarzda qo’lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf 
etish huquqidir. Yani u meros tariqasida, ishlab chiqarishda o’z mehnati bilan shaxsan ishtirok etish, 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, bitimlar tuzish, yollanma mehnatdan foydalanish tartibida 
hamda qonunda taqiqlab qo’yilmagan boshqa asoslarda olgan huquqidir. Xususiy mulk huquqi bilan 
bog’liq muhim qoida shuki, xususiy mulk bo’lgan mol-mulk mulkdor va qiymat jihatdan 
cheklanmaydi. 
Xususiy mulk huquqining subektlari fuqarolar, xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, 
jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli bo’lmagan boshqa yuridik shaxslardir 
(FKning 208-moddasi). 
Xususiy mulk huquqi subektlari turli-tuman va keng doirada bo’lsa ham ularni birlashtiruvchi 
belgi mulkning vujudga kelishi, undan foydalanish, boshqarish, tasarruf etish, uning natijalari-dan 
bahramand bo’lishda jismoniy shaxs (xususiy shaxs)ning u yoki bu darajada ishtirok etishi, ishtirok 
etganida ham ommaviy mulkdagi kabi fuqaro (davlatga mansub shaxs) yoki maxsus vakolatli 
mansabdor shaxs sifatida emas, balki mulkdor shaxs sifatida ishtirok etishidir. Bunday ishtirok etish 
bevosita (masalan, fuqarolarga tegishli mol-mulk bo’yicha mulkdor vakolatlarini amalga oshirishdi) 
yoki bevosita (masalan, yuridik shaxsni tasis etuvchisi yoki yuridik shaxs mol-mulkidan bahramand 
bo’luvchi subekti sifatidagi huquqlarni amalga oshiishdi) namoyon bo’ladi. Har ikkala ko’rinishda 
ham xususiy shaxsga malum mulkiy huquqlar tegishli bo’ladi va u bu huquqlarni o’ziga xos tarzda 
ro’yobga chiqaradi.  
 
2. Xususiy mulk huquqi subektlari 
Yuqorida aytganimizdek, xususiy mulk huquqi fuqarolar va nodavlat yuridik shaxslar mulki 
ko’rinishida uchraydi. Fuqaro mulki xususiy mulkning o’ziga xos ko’rinishi bo’lib, mulkning boshqa 
turlari nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: 
1. Mulkdor har doim konkret shaxs bo’ladi; 
2. Mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin bo’ladi va shu sababli ham unga tasir qilishda qator 
ustunliklarga ega; 
3. Binobarin, bunday mol-mulk tashmachilik, o’g’rilik, xo’jasiz-likning qurboni bo’lish 
ehtimolidan uzoqdir. 
Boshqacha aytganda, xususiy mulkning bu turini fuqarolarga yakka tartibda tegishli bo’lgan 
mol-mulk manosida tushunish mum-kin. Bu mulkning eng asosiy belgilari mol-mulkka nisbatan mulk-
dor yakka shaxs, yani fuqaro ekanligi va u mol-mulkka nisbatan o’z huquqlarini xususiy tarzda amalga 
oshirishga haqli ekanligidir. Xususiy tarzda amalga oshirish deyilganda, mulk sohibi bo’lgan 
shaxsning boshqa har qanday shaxslardan ruxsat olmay, o’z xohishiga ko’ra mulkiy huquqlarni etirof 
etish yollanma mehnatni qo’llash asosida foyda olish maqsadini ko’zlab ishlab chiqarish vositalari-ga, 
korxonalarga egalik qilish imkoniyatlariga yo’l ochdi. Ayni vaqtda xususiy mulk huquqini 
fuqarolarning o’ziga yakka tartibda tegishli mol-mulkka nisbatan erki va irodasini amalga oshirishda 
mutlaq xohishni ro’yobga chiqarish manosida tushunmaslik lozim. Xususiy mulk egasi o’z huquqlarini 
amalga oshirishda atrof-muhitga zarar etkazmasligi va boshqa shaxslarning manfaatlarini buzmasligi 
lozim. Yuqorida takidlanganidek, barcha mulk turlari ichida faqat fuqarolar mulkida mulkdor o’z 
mulkiga eng yaqin turadi. Qachonki mulkdor aniq va muayyan bo’lsa, o’z mol-mulkiga bevosita tez va 
oson tasir ko’rsatishga, nazorat qilishga imkon tug’iladi, bunday mol-mulk esa xo’jasiz qolmaydi. 
Aksincha, mulkdorning doimiy nazorati, boshqaruvi, g’amxo’rligi ostida ko’payib, rivojlanib boradi. 
Fuqarolar mulki sifatidagi bunday xususiy mulk bozor munosabatlari tizimida tadbirkorlik 
faoliyatining moddiy negizi mo’l-ko’lchilik va farovonlik manbai sifatida o’ziga xos mavqega ega 
bo’ladi. Shu bilan birga mulkdorning o’z mulkiga yaqin turishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zgarib 
turuvchi talab va taklifga tez moslashish imkonini beradi. 

 
88
Fuqarolarga qarashli mol-mulk oila mulki ko’rinishida ham bo’lishi mumkin. Oila-kishilarni bir-
birlari bilan qon-qarin-doshlik yoki nikoh asosida birgalikda yashab, umumiy xo’jalik yuri-tuvchi 
uyushmasidir. Oilaviy mulkning tarkibiga quyidagilar kira-di: 
-er-xotinning birgalikdagi mulki; 
-oila azolarining har biriga shaxsan tegishli bo’lgan mulk, shu jumladan nikohgacha bo’lgan 
mulk ham; 
-oilaviy umumiy mulk-oila mulki oila azolarining umumiy kelishuvi asosida boshqariladi. 
Umumiy qoidaga ko’ra oila yuridik shaxs emas, biroq oila zamirida dehqon xo’jaligi tashkil etilsa, u 
yuridik shaxs huquqidan foydalanadi. Biroq, bu erda oila bilan dehqon xo’jaligini aslo aralashtirib 
yubormaslik kerak. 
Xususiy mulk huquqining ikkinchi ko’rinishi-nodavlat yuridik shaxslarning mulk huquqidir. 
Nodavlat, yani davlatga qarashli bo’lmagan yuridik shaxslar mulkining iqtisodiy mazmuni 
tashkiliy jihatdan uyushgan kishilar guruhiga moddiy nematlarning tegishli ekanligida ifodalanadi. 
Bazi iqtisodiy adabiyotlarda yuridik shaxslar mulki shu jamoa azosi hisoblangan shaxslarning umumiy 
hissali mulki deb ko’rsatiladi. Bu-noto’g’ri. Mazkur mulkning subekti faqat yuridik shaxs hisoblanadi. 
Yuridik shaxslar mulkida umumiy mulkdagi kabi ko’p subektlilik emas, balki bir subektlilik 
mavjud. Yuridik shaxslar mulkining quyidagi turlari mavjud: a) mahalla mulki; b) kooperativ mulk; v) 
jamoa korxonalarining mulki; g) ijara korxonasining mulki; d) xo’jalik shirkati va jamiyati mulki; e) 
xo’jalik uyushmalari va birlashmalarining mulki; z) diniy tashkilotlarning mulki. 
Mahalla mulki. Mahalla ijtimoiy o’z-o’zini boshqarishning boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi. 
Mahalla mulki quyidagi mablag’-lardan shakllanadi: 
-mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati va ularning umumiy daromadlari; 
-fuqarolar va yuridik shaxslarning ixtiyoriy badallari, hayr-ehsonlari; 
-xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratilgan byudjet 
mablag’lari; 
-shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag’lar
1

Mahallada istiqomat qiluvchi aholi tomonidan saylab qo’yil-gan organlar mahalla mulkining 
subekti hisoblanadi. Mahalla mulkining tayinlanishidan maqsad, turli marosimlar, tadbirlar, 
shuningdek kam taminlangan oilalarga nisbatan moddiy yordam be-rish hisoblanadi. Shu bilan birga, 
ushbu organlar o’z mulki bo’lgan obektlarni vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun yuridik va 
jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, o’z tasarrufi-dan chiqarishga, qonun hujjatlariga 
muvofiq mazkur mulk bilan bog’liq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir. 
Kooperativ mulk xo’jalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shug’ullanish uchun 
azolik asosida ixtiyoriy bir-lashgan fuqarolarning birgalikdagi mulkidir. Kooperativ mulk o’z tarkibi 
bo’yicha uning azolari mol-mulkini umumlashtirish, xo’ja-lik faoliyatini yuritish asosida olingan 
daromadlar va hokazo-lardan tashkil topadi. Kooperativ tugatilgan taqdirda byudjet, banklar va boshqa 
qarz beruvchilar bilan hisob-kitoblar qilinga-nidan keyin qolgan mol-mulk kooperativ azolari o’rtasida 
taq-simlanadi
2

Ijaraga olingan korxona mulki tarkibiga asosan ishlab chiqarilgan mahsulotdan olingan 
daromad va boshqalar kiradi. Korxonaning organi mulk subekti hisoblanadi. Bunday maqomdagi 
korxonalar mulki bilan bog’liq munosabatlar O’zbekiston Respublikasining, Mulkchilik, Ijara
3
 
to’g’risidagi qonunida mustahkamlangan. 
Jamoa korxonasining mulki davlat korxonasining butun mol-mulki mehnat jamoasi azolari 
tomonidan sotib olish yoki boshqacha usullar bilan qo’lga kiritilgan taqdirda vujudga keladi. Uning 
tarkibiga shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, olingan daromad va boshqalar ham kiradi. 
Xo’jalik shirkati va jamiyatlarining mulki yuridik shaxs hisoblangan xo’jalik shirkati va 
jamiyatining mulki qatnash-chilarning qo’shgan hissasi hisobidan xo’jalik faoliyati natija-sida olingan 
hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qo’lga kiritilgan mol-mulkdan hosil 
bo’ladi. 
                                                           
1
  Ўзбекистон  Республикасининг  Фуқароларнинг  ўзини  ўзи  бошқариш  органлари  тўғрисидаги  қонунида. 
Ўзбекистон Республикасининг янги қонунлари. 21-сон. -Т.: Адолат. 1999. -129 б. 
2
  Ўзбекистон  Республикасининг  Мулкчилик  тўғрисидаги  қонунида.  Ўзбекистон  Республикасининг  қонун  ва 
фармонлари. -Т.: Ўзбекистон. 1992. -13 б. 
3
 Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. 1992. 1-сон. 45-модда. 

 
89
Quyidagi xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari mavjud: 
-masuliyati cheklangan jamiyatlar. Bunda muassis-tasischi jamiyatning xo’jalik faoliyati natijasi 
uchun ustav fondiga o’zi kiritgan pay badali ulushi miqdorida javobgar bo’ladi; 
-to’liq shirkat. Bunda tasischi shirkat faoliyati uchun to’liq hajmda javobgar bo’ladi. 
-kommandit shirkat o’ziga xos aralash shirkat bo’lib, muassis-lar masuliyati cheklangan azo yoki 
to’liq masuliyatli azo bo’lishi mumkin. 
Xo’jalik jamiyati muassislari xo’jalik jamiyatlari faoliyat-larida bevosita ishtirok etishlari shart 
emas. 
Aktsiyadorlik jamiyatlari o’z ustav fondi doirasida, uning qiymatiga teng keladigan aktsiyalar, 
yani qimmatli qog’ozlar chiqa-rishga haqli. Umumiy qoida bo’yicha aktsiya chiqaruvchi aktsiya 
chiqarish uchun maxsus idora ruxsatini oladi. 
O’zbekiston Respublikasining Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya 
qilish to’g’risidagi qonuniga (26.04.1996 yil
1
) 29.08.1998 yildagi qonunda kiritilgan qo’shimcha va 
o’zgartishlarda
2
, jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda kor-xonaning (mol-mulkning) qonun 
hujjatlarida belgilangan tartib-da aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil 
etishi belgilandi. Shuningdek, aktsiyadorlikka aylantiri-layotgan korxonaning fond bozoridagi 
faoliyatini rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada 
rivojlantirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aktsiyadorlik jamiyatlarini qo’llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni
3
 qabul qilindi.  
Aktsiyadorlik jamiyatlari ochiq yoki yopiq turda bo’lishi mumkin. Aktsiyalar fond birjasida 
erkin tarqatilsa, ochiq turdagi, faqat maxsus doiradagi shaxslargagina tarqatilsa, yopiq turdagi 
aktsiyadorlik jamiyati bo’ladi. 
Jamoat birlashmalarining mulki jamoat birlashmalari, ka-saba uyushmalari, xotin-qizlar, 
fahriylar, yoshlar va bolalar tash-kilotlari, ijodiy uyushmalari va turli jamg’armalar mol-mulki-dan 
iborat. 
Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va hayriya 
ahamiyatiga ega bo’lgan obektlar, o’z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’lari 
va boshqa mol-mulklar bo’lishi mumkin. Ular o’z mol-mulklariga amaldagi qonunlar doirasida egalik 
qiladi, foydalanadi va tasarruf etadi. 
 
3. Xususiy mulk huquqi obektlari 
O’zbekiston Respublikasi FKning 209-moddasiga asosan qonun bilan man etilgan ayrim 
ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo’lishi mumkin. Quyidagilar xususiy mulk 
huquqining obektlari hisoblanadi: 
-uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar, hayvon va parrandalar, uy-ro’zg’or buyumlari; 
- aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar; 
- ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, savdo va boshqa xo’jalik faoliyati sohasidagi korxonalar, 
mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskuna, tarnsport va boshqa ishlab chiqarish vosita-lari; 
- ixtirolar, selektsiya yutuqlari, sanoat namunalari va intel-lektual faoliyatning (mulkning) 
boshqa natijalari; 
- istemol qilishga va ishlab chiqarishga mo’ljallangan har qanday boshqa mol-mulk qonunlarga 
muvofiq xususiy mulk bo’lishi mumkin, ayrim mol-mulk turlari bundan mustasno. 
Yuqoridagi obektlar xususiy mulk huquqi asosida fuqaro-larga ham, yuridik shaxslarga ham 
tegishli bo’lishi mumkin. Korxona mol-mulk majmuidan iborat bo’lib, tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirishning zarur va muhim shartlaridan biridir. Tadbir-korlik faoliyati yuridik shaxslar, fuqarolar 
yoki fuqaro tomoni-dan o’z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari asosida daromad (foyda) olish 
maqsadida qonunlar doirasida amalga oshi-riladign tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir. 
Faoliyatga yollanma mehnatni jalb qilgan holda ish olib bo-rayotgan xususiy tadbirkor yuridik 
shaxs hisoblanib, uning korxo-nasi tegishli tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart. 
Ёllanma mehnat jalb qilmay yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs 
yuridik shaxsni tashkil qil-may ish olib borishi mumkin. 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 1996. 5-6-сон. 61-модда. 
2
 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 1998. 9-сон. 181-модда. 
3
 Халқ сўзи, 1998 йил 5 март сони. 

 
90
Xususiy tadbirkorlik mol-mulki davlat, kooperativ yoki bosh-qa korxonalarning mulkidan yoki 
uning bir qismini harid qilish-dan yoki ijaradagi mulkini sotib olishdan hamda qonunda nazarda 
tutilgan boshqa asoslardan vujudga keladi. 
Xususiy korxona o’zi joylashgan tuman, shahar va shaharlar-dagi tuman hokimliklarida davlat 
ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega bo’ladi. Uning mulki asosiy va 
aylanma mablag’lardan, shuningdek korxona balansida aks ettiril-gan boshqa mablag’lardan iborat. 
Xususiy korxona egasi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo’lmagan har qanday 
harakatni amalga oshirishga haqlidir. Xususiy korxona majburiyatlari bo’yicha korxona mulkdori 
o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulki bilan javob beradi
1

Qonun bo’yicha fuqaro yoki yuridik shaxs sotib olishi, foydala-nishi va hadya qilishi mumkin 
bo’lgan har qanday narsa xususiy mulk obekti bo’lishi mumkin. Xususiy mulk o’zining huquqiy 
rejimiga ko’ra fuqarolik erkin muomalasidagi xususiy mulk va fuqarolik muomalasida harakati 
cheklangan xususiy mulkka bo’linadi. 
Tegishli qonun hujjatlarida fuqarolarning mulki bo’la olmaydigan mol-mulk ko’rsatib o’tilgan. 
Bunga asosan quyidagilar fuqarolarga tegishli mulk bo’la olmaydi: 
-qurol-yarog’, shu jumladan, o’q otar qurol (silliq stvolli ov miltiqlari, sport qurollari, 
shuningdek mukofotga berilib belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan qurollardan tashqari), 
armiya o’q dorilari va harbiy texnikasi; 
-portlovchi moddalar va materiallar, asboblar va qurilma-ar; 
-giyohvandlik moddalari, psixotrop, zaharli moddalar, qattiq tasir etuvchi, zaharlovchi moddalar
-maxsus taqiqlab qo’yilgan boshqa mol-mulklar. 
Agar fuqaro ixtiyorida bunday mol-mulk insofli va qonuniy asoslarda paydo bo’lsa (meros 
tariqasida o’tish va h.k.), u buni o’zi-dan begonalashtirishi lozim. Agar bunday mol-mulk 
g’ayriqonuniy va noinsoflik asosida olinsa yoki hosil qilinsa, davlat foydasi-ga musodara etilishi 
lozim. 
Yuqoridagi obektlar qonunda belgilangan tartibda va asos-larda yuridik shaxslar mol-mulki 
tarkibiga kirishi istisno etil-maydi.  
                                                           
1
  Ўзбекистон  Республикасида  хусусий  тадбиркорлик  тўғрисида  Низом  (Вазирлар  Маҳкамасининг 1995 йил 14 
февралдаги қарорига илова). 

 
91
13-MAVZU: OMMAVIY MULK HUQUQI 
 
1. Ommaviy (davlat) mulkining turlari 
2. Ommaviy (davlat) mulkining zarurati va manbalari 
3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va  xususiyalashtirish 
4. Davlat korxonasining mulki 
5. Davlat muassasalarining mol-mulki 
6. Davlat ijara korxonasining mol-mulki 
 
1. Ommaviy (davlat) mulkining turlari 
Mulk va mulk huquqi shakllari har doim ham fuqarolik huquqi fanida uzoq bahs-munozaralarga 
sabab bo’lib kelgan. Zero, mulk shakllari hamma davrlarda ham ikki xil manoda talqin etilgan. 
Birinchidan, iqtisodiy manodagi mulk shakllari, ikkinchidan, yuridik manodagi mulk shakllari. 
Umumiy koidaga ko’ra, iqtisodiy manoda mulk aynan kimga yoki kimlarga foyda keltirishiga 
qarab shakllarga bo’linsa (masalan, 1990 yil 31 oktyabrdagi O’zbekiston Respublikasining 
“Mulkchilik to’g’risida”gi qonuni aynan shu nuqtai-nazardan mulkni shakllarga bo’lgan), yuridik 
manoda esa mulk moddiy nematlarning subektlarga tegishli bo’lishiga (aynan ashyoga nisbatan 
tasarruf etish elementining tegishliligiga qarab) ko’ra shakllarga ajratiladi.  
Lekin mulkning shakllarga bo’linishi xususida fuqarolik huquqida yakdil qarashlar mavjud emas. 
Bazi olimlarning fikricha, “mulk shakli” iborasi huquqiy mezon emas, aksincha iqtisodiy mezondir. 
Bu holat birinchidan, mulk shakllari iqtisodiy mezon sifatida nafaqat mulk huquqi shaklida huquqiy 
ahamiyat kasb etadi, balki boshqa shaklda ham ahamiyatlidir; ikkinchidan, iqtisodiy va huquqiy 
munosabatlardagi mulk subektlari har doim bir xil emasligi bilan ifodalanadi. Shunday ekan, iqtisodiy 
manoda mulkning bir necha shakli bo’lishi mumkin, yuridik manoda esa faqat bitta mulk huquqi 
mavjud
1

Ushbu fikrga qo’shilgan holda shuni takidlash joizki, darhaqiqat, mavjud ashyoga yoki mol-
mulkka bitta mulk huquqi shakli mavjud, yani mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish 
bilan bog’liq huquqlar majmui – mulk  huquqining yagona shaklini tashkil etadi. Biroq mulkning 
yagona shakli mavjud bo’lsa-da, mulk huquqi tegishli bo’lgan subektlar turli-tumandir. Bular fuqarolik 
huquqining subektlari hisoblangan fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat (FKning 2-moddasi 2-qismi) 
bo’lib, ana shu subektlarga tegishli mol-mulklar shartli ravishda, xususiy mulk va ommaviy mulk 
shakllariga bo’lingan (FKning 167-moddasi). Xususiy mulk o’z navbatida fuqarolar mulki va nodavlat 
yuridik shaxslar mulkidan iborat bo’lsa, ommaviy mulk (davlat mulki) Respublika mulki va mamuriy-
hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk) ga bo’linadi. Yuridik shaxslar bir vaqtning o’zida 
fuqarolar tomonidan ham, davlat tomonidan ham tashkil etilishi hisobiga ularning mulki yuqoridagi 
ikki mulk shakliga kiritiladi. 
Umumiy qoidaga ko’ra, davlat mavjud bo’lishining va o’z funktsiya hamda vazifalarini amalga 
oshirishining zaruriy shartlaridan biri – bu  davlatning muayyan miqdorda mol-mulkining bo’lishi 
hisoblanadi. Bu holat har qanday jamiyat uchun xosdir. Fuqarolik huquqining boshka subektlari kabi 
davlat ham muayyan mol-mulk egasi hisoblanganligi uchun fuqarolik huquqining to’laqonli subekti 
sifatida etirof etiladi.  
Respublikamizdagi tub o’zgarishlar va islohotlar samarasi o’laroq hozirgi sharoitda davlat mol-
mulkining qisqartirilishi davlat mulk huquqini o’rganishga bo’lgan etiborni hamda jamiyatda va 
ijtimoiy turmushdagi davlat mulkining ahamiyatini kamaytirmadi, aksincha, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida davlat mol-mulkining tushunchasi, huquqiy maqomi, davlat mulkining obektlari va 
subektlari masalalarini yangicha talqin etishni taqozo etmokda. Shu nuqtai-nazardan davlat mulk 
huquqi masalasini tadqiq etishda ushbu mulk shaklining zaruriyati haqida fikr yuritish joiz. 
Malumki, jamiyatdagi mavjud moddiy nematlarning to’g’ri taqsimlangan-taqsimlanmaganligiga 
qarab, jamiyat va davlatning iqtisodiy rivojlanishi belgilanadi. Bu hol mamlakatning ravnaqida, aholi 
turmushining farovonligini oshirishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Zero, har qanday davlat 
                                                           
1
  Гражданское  право:  Учебник.2-е  изд./  Отв.ред.  Е.А.Суханов  Т.1. –М.: 1998.С.475-484 (ушбу  боб  муаллифи  -
Е.А.Суханов). 

 
92
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun ijtimoiy munosabatlar subektlari o’rtasida moddiy 
nematlarning qay darajada bo’linganligi eng muhim omil sanaladi. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham, garchi ularda xo’jalikni markazlashtirilgan 
boshqaruvidan voz kechilganligi umumetirof etilgan qoida hisoblansa-da, davlat mulkining 
mamlakatning asosiy ishlab chiqarish fondlaridagi ulushi katta hisoblanadi. Bu holat ayniqsa, transport 
va aloqa, atom energetikasi, harbiy-sanoat sohalarida yaqqol ko’zga tashlanadi
1

Davlatda muayyan darajadagi mol-mulkning mavjud bo’lishi bir qator omillar bilan bog’liqdir. 
I.B.Zokirovning fikricha, davlat mulki zarurligining obektiv sabablari quyidagilardan iborat: 
1) davlat organlari faoliyatini tashkil etish; 
2) davlat xavfsizligi va mudofaa uchun; 
3)  ilm-fan va madaniyatni taminlash; 
4)  kam taminlangan aholini ijtimoiy himoya qilish; 
5)  tabiiy ofatlarga va favqulodda holatlarga qarshi kurash va oqibatlarni bartaraf etish; 
6) bazi tarmoqlarda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish (masalan, atom, yonilg’i 
energiyasi va sh.k.)
2
.      
Yu.K.Tolstoyning fikriga ko’ra, davlatning mulki sifatida ishlab chiqarish, ijtimoiy-madaniy va 
boshqa maqsadlarga mo’ljallangan obektlarning katta qismi saqlanib qolishini quyidagi ikki omil bilan 
izohlash mumkin: 
birinchidan, keyinchalik nimalar bo’lishini oldindan bilib bo’lmaydigan dunyoda har bir davlat 
o’z xavfsizligini o’ylashi kerak. Bu nafaqat harbiy sohada, balki texnogen, ekologik, sanitariya-
emidemiologiya, ishlab chiqarish, oziq-ovqat sohasidagi xafvsizlikdir. 
Ikkinchidan, davlat keng miqyosdagi ijtimoiy funktsiyalarni ham bajaradiki, bu vazifalarni 
bajarishda etarli darajada, moddiy-texnikaviy va  moliyaviy baza bo’lishi zarur
3

X.R.Rahmonqulovning fikricha, davlat mulki nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taminlash 
va aholining ehtiyojlarini qondirish uchun, balki davlat va uning organlarining mavjud bo’lishi hamda 
ularning o’z vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarurdir
4
.   
Yuqoridagi fikrlarga qo’shilgan holda, davlat mol-mulkining mavjudligi shu davlatda yashovchi 
fuqarolarning umumiy manfaatlarini amalga oshirish, xalq erk-irodasini bajarish bilan bog’liq bo’ladi, 
degan umumiy xulosaga kelish mumkin. Zero, “davlat” – deb  ataluvchi murakkab tuzilma bajaradigan 
va amalga oshirishi lozim bo’lgan vazifa va harakatlar shunchalik serqirraki, ularni o’zgacha ifodalash 
noto’g’ri bo’lur edi. 
Lekin, bu fikrlardan mamlakatda mavjud bo’lgan barcha mol-mulk davlat qo’lida bo’lishi zarur 
ekan, – degan fikrga kelish kerak emas. Inchinun, sobiq Ittifoq tuzumi davrida o’tgan 70 yillik tajriba 
shuni ko’rsatdiki, mulkni haddan tashqari markazlashtirish va jamiyatning barcha muammolarini 
davlat zimmasiga yuklash hamda davlatning nimalarga qodirligini chetdan kuzatib turish oxir-oqibat 
iqtisodiy tanazzulga olib keldi. Zero, “qayta qurish”gacha bo’lgan davrda davlatning qo’lida mavjud 
moddiy nematlarning 90% dan ko’prog’ining to’planib qolishi iqtisodiy munosabatlarning 
turg’unlashuviga sabab bo’lganligi achchiq haqiqatdir. Bundan tashqari mulkning davlat ixtiyorida 
markazlashuvi xo’jasizlikka, uning talon-taroj qilinishiga, ko’paytirish o’rniga o’zlashtirishga uchradi. 
Shu bilan birga, mulkka nisbatan qatiy belgilangan “meniki”, “o’zganiki” tushunchalarining 
yo’qotilishi va buning o’rniga “bizniki”, ”hammaniki”, demak, “meniki” yoki “hammaniki, shuning 
uchun ham meniki emas”, degan qarashlarning paydo bo’lishi mulkchilik munosabatlarining tubdan 
izdan chiqishiga olib keldi. Bu holatlar mulkni davlat qo’lida bunday darajada (sobiq Ittifoqda bo’lgani 
kabi) to’planishining iqtisodiyot uchun, kishilarning mulkka bo’lgan munosabatlari uchun salbiy tasir 
ko’rsatishi bilan birga, iqtisodiy rivojlanishning to’xtab qolishiga, turg’un bo’lishiga ham olib keldi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq Respublikamizda 
mulk islohoti o’tkazish zaruriyati yuzaga keldi. Bu islohotning asosiy maqsadlaridan biri davlatning 
qo’lida to’planib qolgan mol-mulk (umummilliy boyliklarni yoxud jamiyatga tegishli moddiy 
                                                           
1
 Гражданское право. Учебник. 6-е изд./ Отв.ред. А.П.Сергеев, Ю.К.Толстой Т.1.-М.: Проспект. 2003.-465 с. 
2
 Зокиров И. Узбекистон Республикасининг Фукаролик хукуки.-Т.: Адолат.1996.-153-154 б. 
3
 Гражданское право. Учебник. 6-е изд./ Отв.ред. А.П.Сергеев, Ю.К.Толстой Т.1.-М.: Проспект. 2003.-465 с. 
4
 Рахманкулов Х. Законодательные источники гражданского права РУз и задача по их совершенствование./ Бозор 
иқтисодиёти  шароитида  савдо  муносабатларини  ҳуқуқий  таъминлаш  муамммолари  мавзусидаги  конференция 
материаллари тўплами. –Т.: ТДЮИ.2004.-10 б. 

 
93
nematlarning deyarli hammasi hisoblangan mol-mulk) ni ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy munosabatlarning 
boshqa subektlari o’rtasida qayta taqsimlash edi. Zero, davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirishda muhim o’rin tutishi kerak
1
 ekanligi 
ayni haqiqatdir.  
Ana shu maqsadda dastlab 1990 yil 31 oktyabrda “Mulkchilik to’g’risida”gi qonun, 1991 yil 19 
noyabrda “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi. 
Agar “Mulkchilik to’g’risida”gi qonunda mulkning xususiy mulk, shirkat (jamoa) mulki, mamuriy-
hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki, boshqa davlatlar hamda 
xalqaro tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarining mulki
2
 kabi shakllari ko’rsatilishi orqali mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarishning huquqiy zamini yaratilgan bo’lsa, “Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunda bu jarayonning huquqiy asoslari, davlat tasarrufidan chiqarish 
va xususiylashtirishni amalga oshirishning usul va vositalari mustahkamlandi. 
Ushbu qonunga muvofiq, davlat tasarrufidan chiqarish – davlat  korxonalarini va tashkilotlarini 
xo’jalik shirkatlari va jamiyatlariga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va 
tashkilotlarga aylantirishdir. 
Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning 
ommaviy mulk obektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishdir
3
.  
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish nafaqat bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan ikkinchisiga o’tganda 
kuzatiladi, balki doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim bo’lgan jarayon hisoblanadi. Hozirgi kunda 
mulkni xususiylashtirish nafaqat sobiq Ittifoq Respublikalarida, balki iqtisodiy jihatdan rivojlangan va 
rivojlanayotgan Buyuk Britaniya, Frantsiya, Yaponiya, Filippin singari mamlakatlarda ham amalga 
oshirilmokda. Bu hol ayniqsa, iqtisodiyotda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan 
mamlakatlarda bozor munosabatlarini rivojlantirishga xos tabiiy jarayondir. Davlat iqtisodiyotning 
ko’pincha iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida 
muhim rol o’ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni qo’llab- quvvatlashi hamda ularni 
saqlab turish va mablag’ bilan taminlash vazifalarini o’z zimmasiga olishi kerak. Ular iqtisodiy 
jihatdan mustahkamlanib, barqaror ishlay boshlagach, xususiy mulk qilib beriladi
4

Darhaqiqat, davlat mulkini xususiylashtirish orqali mulkchilik munosabatlaridagi monopoliyaga 
barham berish va iqtisodiyotda ko’p ukladli sog’lom raqobatga asoslangan ishlab chiqarishni yo’lga 
qo’yishga erishish eng asosiy vazifalardan biri edi. O’zbekistonda  mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni   dasturlar asosida bosqichma-
bosqich amalga oshirishdan iborat
5
ligidadir. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning dastlabki bosqichida, davlatga 
tegishli bo’lgan uy-joylar shu uylarda ijarada turuvchilarga xususiylashtirilib berildi hamda mayda 
maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari savdoga qo’yildi.  
Garchi hozirgi kunda xususiylashtirishning uchinchi bosqichi davom etayotgan bo’lsa-da, 
mazkur munosabatlarni takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmokda. Bu holat, ayniqsa, 
xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlarning ishtiroki masalasida yaqqol sezilmokda. 
Fikrimizcha, shu munosabat bilan xususiylashtirishda ishtirok etish istagidagi xorijiy investorlarga 
imtiyoz va kafolatlar berish, shu bilan birga, xususiylashtirishni amalga oshirayotgan davlat 
organlarining bu boradagi huquqlari va vakolatlari aniq ko’rsatilishi zarur. Ko’pchilik mutaxassislar 
takidlaganlaridek, hozirgi kunda “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi 
qonunni yangi tahrirda qabul qilish lozimligiga biz ham qo’shilamiz. 
Mazkur 
tadqiqotning 
maqsadi boshqa munosabatlar bo’lganligi uchun ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishga oid fikrlarni shu o’rinda yakunlaymiz. 
                                                           
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т.1.-Т.: Ўзбекистон. 1996. –72 б.  
2
Ўзбекистон  Республикасининг 1993 йил 7 майдаги  қонунига  мувофиқ  киритилган  қўшимча  ва  ўзгартиришларга 
мувофиқ.  
3
Ўзбекистон Республикасининг 1997 йил 26 декабрдаги, 2002 йил 13 декабрдаги қонунларига мувофиқ киритилган 
қўшимча ва ўзгартиришларга мувофиқ.  
4
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида.-Т.: Ўзбекистон. 1995.-44 б. 
5
Алимов П., Мансуров С. Мулкни давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш./Ўзбекистон Республикаси 
Конституцияси – фуқаролик жамияти ва ҳуқуқий давлатни шакллантиришнинг асоси мавзусидаги илмий-амалий 
анжуман материаллари-Т.: ТДЮИ.2003.-280-281 б.   

 
94
Amaldagi qonun hujjatlarida va yuridik adabiyotlarda “davlat mulk huquqi” tushunchasi iborasi 
uchramaydi. Davlat mulkini tadqiq etgan deyarli barcha yuridik adabiyotlarda davlat mulkining 
zaruriyati, davlat mulkining subektlari va obektlari hamda boshqa holatlar yoritilsa-da, aynan davlat 
mulk huquqi tushunchasi (aynan tushunchasi yoki tarifi berilmaydi) bayon etilmaydi. Fikrimizcha, 
davlat mulk huquqi tushunchasiga tarif mulk huquqiga berilgan tarifdan kelib chiqadi va shuning 
uchun ham alohida tadqiq etilmaydi. 
FKning 164-moddasiga muvofiq, mulk huquqi shaxsning o’ziga qarashli mol-mulkka o’z xohishi 
bilan va o’z manfaatlarini ko’zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek 
o’zining mulk huquqini, kim tomonidan bo’lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish 
huquqidan iborat. Ushbu tarifdan kelib chiqib, davlat mulk huquqi tushunchasiga quyidagicha ilmiy-
doktrinal tarif berish mumkin: 
- davlat mulk huquqi qonun hujjatlari asosida davlatga qarashli bo’lgan mol-mulkka davlat 
organlarining va davlat tomonidan tuzilgan yuridik shaxslarning aniq yo’naltirilgan va oldindan 
belgilab qo’yilgan maqsadni ko’zlab egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf tasarruf etishi 
hamda davlat mulk huquqini kim tomonidan bo’lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab 
qilish huquqidan iborat. Garchi ushbu tarif amaliy jihatdan uncha ahamiyatli hisoblanmasa-da, nazariy 
va ilmiy jihatdan muayyan mano kasb etadi. Zero, tushuncha va iboralarning tariflanishi ularning 
malum manoda bir-biridan farqlanishiga yordam beradi. 
Davlat mulki ham boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat (qonun) himoyasidadir 
(O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi 2-qismi). Davlat mulkining 
himoyalanganligini uning boshqa mulk shakllari kabi bir xil huquqiy maqomga ega ekanligida ko’rish 
mumkin. Zero, davlat mulkdor sifatida o’z mulkining daxlsizligini o’ziga qarshi turgan barcha 
subektlarning mulk huquqini buzishdan o’zlarini saqlashlarini talab qilish huquqiga ega bo’ladi. 
Umumiy qoidaga ko’ra, har qanday mulk shaklining huquqiy maqomi mazkur  mulkning obekti 
va subekti orqali ifodalanadi. Davlat mulk huquqining maqomi ham davlat mulk huquqining subektlari 
va obektlari orqali aniqlanadi.  
  Davlat mulkining mulkdori, yani subekti umumetirof etilgan qoidaga ko’ra, shu davlatning 
xalqi hisoblanadi, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi mulkining mulkdori ham Respublika 
xalqidir. Zero, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sifatida o’zining ushbu huquqini (yani, 
mulk huquqini) davlat hokimiyatiga beradi va u orqali amalga oshiradi. Bu holat davlatning mulkdorga 
tegishli barcha vakolatlar – egallash, foydalanish va tasarruf etishga ega bo’lishini hamda davlat bu 
vakolatlardan omma manfaatlari yo’lida foydalanishi lozimligini ifodalaydi. 
FKning 214-moddasi 2-qismiga muvofiq, Respublika mulki bo’lgan mol-mulkni O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi, O’zbekiston Respubliksi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Hukumati 
yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, 
tasarruf qiladilar. 
Sobiq Ittifoq davrida davlat mulkining bitta va yagona mulkdori Sovet davlati hisoblanardi. 
Zero, davlat mulki bo’linmas va yagona fond (jamg’arma) ni tashkil etar va bu fondning yagona 
mulkdori ham davlat hisoblanardi.  Garchi davlat mulkini boshqarishni amalga oshiruvchi maxsus 
organlar mavjud bo’lsa-da, sobiq Ittifoq davridagi mulkning bu darajada markazlashuvi va 
mulkdorning bunday ko’rinishda mavhumlashtirilishi  mulkka nisbatan mutlaqo noto’g’ri yondashuv 
edi. Zero, davlat mulkining xo’jasizlikka uchrashiga va talon-taroj bo’lishiga aynan shu omillar sabab 
bo’ldi. To’g’ri, davlat mulki har doim yagona va bo’linmas fond (byudjet, davlat zaxirasi, davlatning 
asosiy va aylanma mablag’larining majmui) ga birlashtirilgan (hozirgi kunda O’zbekistonda ham 
shunday) va bunday birlashuv o’zini oqlagan
1
.  
Davlat mulkini tasarruf etishda yuqorida sanab o’tilgan davlat organlari qonun hujjatlarida 
belgilab qo’yilgan o’z vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. 
Malumki, fuqarolik huquqining obektlari muomalada bo’lishiga ko’ra: fuqarolik muomalasidan 
chiqarilgan obektlar, muomalada bo’lishi cheklangan obektlar va fuqarolik muomalasidagi obektlarga 
bo’linadi. Lekin obektlarning bunday harakat asosida subektga tegishli bo’lishi holati davlatga taallukli 
                                                           
1
 Мулкдор бир шахс (давлат) бўлганидан сўнг унга тегишли мулк ҳам умумий маънода бирлаштирилиш, ягона ва 
бошқарилишда  осон  ва  қулай  ҳолатга  келтирилиши  зарур.  Шу  маънода  давлат  мулкининг  ягона  ва  бўлинмас 
фонддан иборат бўлиши мантиқий асосга зга. 

 
95
bo’lmaydi. Obektning muomalada erkin harakatda bo’lishi yoki uning harakati cheklanganligi yoxud 
harakatdan chiqarilganligidan qatiy nazar, davlat mulki bo’ladi. Buni quyidagicha asoslash mumkin: 
1)  fuqarolik huquqi obektlarining muomalada bo’lishi, cheklanishi yoki muomaladan 
chiqarilishini davlat va uning organlari belgilaydi; 
2) obektlarning muomalada bo’lishi davlat tomonidan muayyan maqsadlarda (umumxalk 
manfaatlarini ko’zlab) cheklab qo’yiladi yoki muomaladan chiqariladi. Masalan, o’qotar qurollar, 
portlovchi moddalarning erkin fuqarolik muomalasidan chiqarilishi aholining va fuqarolarning 
xavfsizligini o’ylab amalga oshirilgan bo’lsa, ov miltig’ining harakati cheklanishi (tegishli ruxsatnoma 
asosida harakatda bo’lishi) bunday ashyoga egalik qilishdan oldin maxsus xavfsizlik choralarini 
o’rgatish va obektdan qanday foydalanish lozimligini mulkdorga tushuntirish uchun amalga oshiriladi; 
3) davlat tabiat tomonidan ato etilgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday moddiy 
nematlar (ashyolar) ning yagona va yakka mulkdori sifatida ularning jamiyatdagi kishilar o’rtasidagi 
taqsimoti va harakatlanishini nazorat qiladi; 
4) fuqarolik muomalasidan qatiy nazar, obektning davlat mulki bo’lishi holati davlatning xalq 
hokimiyatini amalga oshiruvchi subektliligi bilan xarakterlanadi.      
Ushbu qoidalar faqatgina Respublika mulki obektlariga taalluqlidir. Umumiy qoidaga ko’ra, 
davlat mulki Respublika mulki va mamuriy-hududiy tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Lekin 
ko’pchilikning tasavvurida davlat mulki deganda, odatda, Respublika mulki tushuniladi. Zero, davlat 
mulki xususiy mulkka qaraganda ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi hamda davlat 
mulki obektlarining doirasi aynan ijtimoiylik asosida aniqlanadi.    
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga binoan er, er osti boyliklari, suv, 
o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona 
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. 1998 yil 30 apreldagi Er kodeksining 16-moddasiga 
muvofiq esa, er davlat mulki – umummilliy  boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, u davlat 
tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga 
qo’yilmaydi, O’zbekiston Rspublikasining qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno. 
Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Er kodeksi erga nisbatan 
davlatning mutloq mulk huquqini o’rnatadi hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga esa erga nisbatan 
ashyoviy huquqlarni belgilaydi
1
. Shu o’rinda fuqarolar va yuridik shaxslarning erga nisbatan Er 
kodeksida belgilangan bir bahsli jihat haqida to’xtalib o’tish zarur. Er kodeksining 17-moddasida 
fuqarolar va yuridik shaxslarning er uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlari bayon etilgan bo’lib, 
“mulk huquqi” asosida er uchastkasiga egalik qiladilar, – deb bayon etilgan. Fikrimizcha, bu o’rindagi 
“mulk huquqi asosida” iborasi fuqarolar va yuridik shaxslar erga nisbatan xususiy mulk huquqiga 
egalar, degan manoni ifodalaydi. Chunki fuqarolar va yuridik shaxslarning “mulk huquqi” har doim 
xususiy mulk ekanligi barchaga malum va o’z-o’zidan bu erda oddiy mantiq qoidasiga tayanishning 
o’zi kifoya. 
O’zbekiston Respublikasida ommaviy (davlat) mulkining quyi-dagi turlari mavjud:  
a) O’zbekiston Respublikasi mulki quyidagilardir: 
-davlatga mutlaq mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulk: Er, er osti boyliklari, suv, havo 
bo’shlig’i, o’simlik va hayvo-not dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar; 
-davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega 
bo’lgan madaniy va tarixiy boy-liklar, respublika byudjetining mablag’lari, oltin zahirasi, dav-latning 
valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek boshqa mulkiy komplekslar, o’quv, 
ilmiy-tadqiqot muas-sasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular byudjet yoki 
davlatning o’zga mablag’lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo’lsa, boshqa mol-mulkni 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Respublika Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Hukumati 
yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, 
tasarruf qiladilar (FKning 214-moddasi). 
                                                           
1
 Ер кодексининг 17-моддасига мувофиқ, юридик шахслар доимий эгалик қилиш, доимий фойдаланиш, муддатли 
(вақтинча) фойдаланиш, ижарага олиш ва мулк ҳуқуқи асосида ер участкаларига эга бўлишлари лозим, жисмоний 
шахслар  (фуқаролар)  эса  мерос  қилиб  қолдириладиган  умрбод  эгалик  қилиш,  доимий  фойдаланиш,  муддатли 
(вақтинча) фойдаланиш, ижарага олиш ва мулк ҳуқуқи асосида ер участкаларига эга бўлишлари мумкин. 

 
96
Respublika mulki bo’lgan mol-mulk davlat yuridik shaxslariga xo’jalik yuritish yoki operativ 
boshqarish huquqi asosida birikti-rib qo’yilishi mumkin. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling