Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana24.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22986
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23

11-Mavzu. DAVO MUDDATI. 
 
1. Davo muddati tushunchasi 
2.Davo muddatining o’ta boshlashi 
3.Davo muddati o’tishining to’xtatilishi, uzilishi va davo muddatining tiklanishi 
4.Davo muddati o’tishining oqibatlari 
5.Davo muddati joriy qilinmaydigan talablar 
 
1. Davo muddati tushunchasi. 
Davo muddati deb shaxs o’zining buzilgan huquqini davo qo’zg’atish yo’li bilan himoya qilishi 
mumkin bo’ladigan muddatga aytiladi. 
FKning 10-moddasida ko’rsatilganidek, fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar va 
shartnomada belgilab qo’yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo’lishiga qarab, sud, xo’jalik sudi 
yoki xolislar sudi tomonidan himoya qilinadi. Binobarin, huquqlari buzilgan shaxs (fuqaro yoki 
tashkilot)lar yuqorida ko’rsatilgan sud, xo’jalik sudi yoki xolislar sudiga davo arizasi berib, buzilgan 
huquqlarini himoya qilinishi to’g’risida davo qo’zg’atishlari mumkin. 
Davo muddati subektiv huquq va majburiyatlarini himoya etishi uchun shaxsga beriladigan 
so’nggi imkoniyat. Bu vaqt oralig’ida shaxs o’z huquqlarining amalga oshirilishini talab qilmasa, 
ularni yo’qotadi
1

Buzilgan huquqni himoya qilish talabi davo muddatining o’tganligidan qati nazar, sudda ko’rib 
chiqish uchun qabul qilinadi (FKning 153-moddasi). 
Agar davo arizasi qonun bilan belgilangan muddat davomida berilgan bo’lsa, sud, xo’jalik sudi 
yoki xolislar sudi tomoni davo ishini ko’rib, ishning mazmuni bo’yicha davoni qondirish yoki qon-
dirmaslik to’g’risida qaror chiqaradi. Agar davo arizasi qonun bilan belgilangan muddatni o’tkazib 
berilgan bo’lsa, sud, xo’jalik sudi, yoki xolislar sudi muddatning o’tkazilish sababini muhokama 
qiladi, agar davo muddati uzrsiz sabablar bilan o’tkazilganligi aniqlansa, o’tkazilgan muddat tiklanishi 
va ishning mazmuni bo’yicha qaror chiqarilishi mumkin. 
Mulkiy munosabatlarni tartibga solishda davo muddatlari qonun bilan belgilanishi muhim 
ahamiyatga ega. Davo muddatining belgilanishi fuqarolik huquqiy munosabatlarni mustahkamlashga, 
qarzning undirilishi, majburiyatning bajarilishi to’g’risidagi talablar o’z vaqtida bajarilishini 
taminlashga, tashkilotlar o’rtasidagi hisob-kitoblar qilinishini tezlatishga, shartnoma va moliya 
intizomiga rioya etilishini taminlashga, xo’jalik hisobini mustahkamlashga yordam beradi. Davo 
muddatlarining belgilanishi fuqarolar o’rtasidagi huquqiy munosabatlarni mustahkamlash uchun ham 
katta ahamiyatga ega. 
O’zining fuqarolik huquqlarini buzilgan deb hisoblagan fuqaro yoki yuridik shaxslar ushbu 
huquqlarni himoya qilish maqsadida sudlarga murojaat qiladilar. Huquqshunos olim O.S.Ioffening 
fikricha, sudlarga davo bilan murojaat qilish uchun quyidagi holatlar mavjud bo’lishi lozim: 
-davo qo’zg’atayotgan shaxs yoki nomidan davo qo’zg’atilayotgan shaxs protsessual huquq 
layoqatiga ega bo’lishi, yani protsessda mustaqil taraf sifatida ishtirok eta olishi lozim (bunday layoqat 
esa muomala layoqatiga ega fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishli bo’ladi); 
-davo qo’zg’atish orqali boshlanadigan ish sudlarga taalluqli bo’lishi talab etiladi; 
-davo qaratilayotgan shaxs fuqarolik huquqining subekti bo’lishi va davogar kabi protsessual 
huquq layoqatiga ega bo’lishi lozim.  
Ushbu holatlarning barchasi mavjud bo’lganda sudlarga buzilgan huquqlarni tiklash va himoya 
qilish maqsadida murojaat qilish mumkin
2

Huquqi buzilgan shaxs davo qo’zg’ata turib nafaqat bu davo sud tomonidan qabul qilinishini, 
shu bilan birga ish sudda ko’rib chiqilishini talab qilishi mumkin. Zero, davo qo’zg’atishdan asosiy 
maqsad ham buzilgan fuqarolik huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Bunday himoyaga erishish va 
ish sud tomonidan ko’rib chiqilishi uchun fuqarolik huquqi nuqtai nazaridan quyidagi holatlar talab 
etiladi: a) davo qo’zg’atayotgan shaxs tegishli subektiv huquqlar sohibi bo’lishi; b) shu bilan birga 
                                                           
1
 Имомов Н. Даъво муддати институти. //Ҳаёт ва қонун. 2004. №1 -23-24 б. 
2
 Иоффе О.С. Советское гражданское право. -М.: Юр. лит. 1967. -186 с. 

 
71
uning subektiv huquqlari buzilishi yoki unga putur etkazilishi; v) bunday buzilish davo bo’yicha 
javobgar sifatida ishga jalb etilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi.  
V.P.Gribanovning fikricha, moddiy-huquqiy mazmuniga ko’ra, himoyaga bo’lgan huquq o’zida 
quyidagilarni ifodalaydi: 
-huquqdor shaxsning qonun tomonidan o’ziga berilgan vositalar asosida huquqbuzarga nisbatan 
shaxsan o’zi majburlov tasir choralari ko’rish (fuqarolik huquqlarini shaxsning o’zi tomonidan himoya 
qilinishi) imkoniyati; 
-huquqdor shaxs tomonidan huquqbuzarga tezkor tasir choralarini qo’llash imkoniyati; 
-tegishli vakolatli davlat organi yoki jamoat organiga huquqdor shaxsning o’z huquqlarini 
himoya qilishni so’rab murojaat etish imkoniyati
1
.  
Darhaqiqat, himoya qilishga, to’g’rirog’i, davoga nisbatan huquqdor shaxsga tegishli 
imkoniyatlar doirasining bu taxlit uchga bo’lib ko’rsatilishi, uning imkoniyatlarida aniqlikni belgilab 
beradi. Biroq V.P.Gribanov tomonidan bildirilgan dastlabki ikki asos, huquqdor shaxsning 
imkoniyatlarini suniy oshirish sifatida namoyon bo’lmoqda. Chunki huquqi buzilgan shaxs har doim 
ham huquqbuzar shaxsga nisbatan huquqlari himoyasini o’zi amalga oshira olmaydi. Bundan tashqari 
huquqdor shaxsning huquqbuzarga yoki qarzdorga nisbatan tezkor tasir choralari (masalan, mol-
mulkni ushlab qolish, qarzga muqobil ravishda majburan tortib olish va shu kabilar) ni qo’llash har 
doim ham qonuniy harakat sifatida baholanmasligi mumkin. 
Protsessual manodagi davo qilish huquqi u yoki bu muddatning o’tishiga bog’liq bo’lmaydi. 
Umumiy qoidaga muvofiq, buzilgan huquqni himoya qilish talabi davo muddatining o’tganligidan 
qatiy nazar sudda ko’rib chiqish uchun qabul qilinadi (FKning 153-moddasi). Aksincha, moddiy 
manodagi davo qilish huquqi faqatgina qonunda belgilab qo’yilgan muddat oralig’ida amalga 
oshirilishi kerak bo’ladi. Ushbu muddatning o’tishi esa, buzilgan fuqarolik huquqi uchun davo qilish 
orqali himoyaga erishib bo’lmasligiga olib keladi. 
Odatda, davoga bo’lgan huquq manfaatdor shaxsning javobgar bilan bo’lgan moddiy-huquqiy 
nizosini shaxsning buzilgan yoki to’sqinlik qilinayotgan huquqini yoxud qonun bilan qo’riqlanayotgan 
manfaatlarini ko’rib chiqish va hal qilish to’g’risida sudga murojaat qilishning qonun bilan 
taminlangan imkoniyatidir
2
. Ushbu qoidaga muvofiq protsessual manodagi davo qilish huquqi - bu 
shaxsning suddan vujudga kelgan nizoni ko’rib chiqish va hal qilishini talab qilish huquqidir. 
V.P.Gribanovning takidlashicha, himoyaga bo’lgan huquq o’zining protsessual shakli jihatidan o’zida 
kamida uchta asosiy imkoniyatlarni ifodalaydi: 
birinchidan, huquq egasining buzilgan yoki putur etkazilgan huquqni yoxud qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish talabi bilan vakolatli davlat organiga yoki jamoat organiga (bu o’rnida 
o’rtoqlik sudlari nazarda tutilmoqda – muallif N.I.) davo yoki qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan o’zda 
shaklda murojaat qilish imkoniyati; 
ikkinchidan, himoya qilish talabini ko’rib chiqish jarayonida, ushbu himoya shakliga nisbatan 
qonun hujjatlarida  belgilangan barcha huquq va kafolatlardan foydalanish imkoniyati; 
uchinchidan, ushbu ish bo’yicha sudga davo bilan muorajaat qilgan shaxsning nazarida noto’g’ri 
bo’lgan tegishli organning qarori ustidan qonun hujjatlarida beliglangan tartibda shikoyat qilish, 
protest keltirilishini talab qilish imkoniyati
3

Umumiy qoidaga ko’ra, davo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror 
chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo’llaniladi. Bu qoida shunday manoni anglatadiki, agar 
javobgar sudga davo muddati o’tib ketganligini bildirmasa, sud davogar va javobgar o’rtasidagi nizoni 
mazmunan ko’rib chiqish va hal qiluv qarori chiqarishi lozim. Bunda davo muddatining o’tib ketganlik 
holati ahamiyatga ega bo’lmaydi. Ushbu holatda taraflar o’zaro bitim tuzish paytida, ular o’rtasidagi 
bitim yoki shartnomaga nisbatan davo muddati joriy qilinmasligi to’g’risida kelishuvga erishsalar, 
bunday kelishuv o’z-o’zidan haqiqiy sanalmaydi. 
Davo muddati instituti fuqarolik-huquqiy munosabatlar uchun katta ahamiyatga ega. Davo 
mudatining mavjud bo’lishi fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirishda alohida o’rin 
                                                           
1
    Грибанов  В.П.  Основные  проблемы  осуществления  и  защита  гражданских  прав.Автореф.дисс.  д.ю.н. -М.: 
МГУ.1970.-22 с. 
2
  Советский  гражданский  процесс.  Отв.  Ред.  Н.А.Чечина,  Д.М.Чечат. -Л.: 1984 -115 с.;  Ш.Ш.Шорахметов. 
Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик процессуал ҳуқуқи. -Т.: Адолат. 2001. 
3
 Грибанов В.П. Пределы осуществления и защита гражданских прав.-М.: МГУ.1972.-163 с. 

 
72
tutadi. Ayniqsa, subektning o’ziga tegishli huquqlarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida 
muayyan vaqt oralig’ining belgilanishi, shaxsning o’z huquq va majburiyatlariga befarq qaramasligini 
taminlaydi. Shu bilan birga, davo muddati subektiv fuqarolik huquq va majburiyatlarini himoya etishi 
uchun shaxsga beriladigan so’nggi imkoniyat bo’lib, bu vaqt oralig’ida shaxs o’z huquqlarini amalga 
oshirilishini talab qilmasa, shu huquqlarga nisbatan subektiv huquqlarini yo’qotadi. O’z huquq va 
manfaatlari himoyasini so’rashi yoki talab qilishi uchun subektga muayyan muddatning belgilanishi 
yana shu bilan tavsiflanadiki, bunda shaxslar o’rtasidagi fuqarolik huquqiy munosabatni (tovar 
topshirilganligi, pul to’langanligi, ish bajarilganligi, xizmat ko’rsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar 
vaqt o’tishi bilan yo’qotilishi, bo’lib o’tgan voqea kishilar xotirasidan ko’tarilishi mumkin bo’ladi. Bu 
esa o’z navbatida davogar shaxsning o’z talablarini isbotlab berishini qiyinlashtirishiga olib keladi.  
Shuningdek, davo muddati nafaqat fuqarolar bilan fuqarolar o’rtasidagi fuqarolik huquqiy 
munosabatlar uchun ahamiyatli, balki yuridik shaxslar o’rtasidagi munosabatlarda ham huquq va 
majburiyatni amalga oshirish uchun muayyan vaqt davrlarining belgilanishi o’ringa ega bo’ladi. Agar 
fuqaroning belgilangan vaqt oralig’ida o’z huquqlarini amalga oshirishni talab qilishi uning subektiv 
huquqi bo’lsa hamda o’z xohishiga ko’ra amalga oshirishi yoki amalga oshirmasligi mumkin bo’lsa 
yuridik shaxslarning davo muddati amal qilib turgan paytda o’z huquqlarini amalga oshirishni talab 
etmasliklari mumkin emas. Chunki yuridik shaxslarning o’z huquqlarini amalga oshirishni talab 
etmasliklari bir qator qonun buzarliklarni vujudga keltirishi mumkin. Garchi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida, yuridik shaxslarning faoliyati ancha erkinlashgan bo’lsa-da, ularning o’z huquqlarini 
amalga oshirishni talab etmasliklari vakolatli davlat organlari tomonidan nazorat etiladi va bu holatga 
yo’l qo’yilmaydi 
Davo muddati institutining maqsadi kimnidir jazolash yoki kim uchundir noqulaylik vujudga 
keltirish hisoblanmaydi. Bu institutning maqsadi va vazifasi huquqiy munosabatlarni buzmasdan, ular 
ko’lamiga tasir etmasdan huquqiy munosabatlardagi noaniqliklarni bartaraf etishdir. Shu bilan birga, 
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davo muddatining tatbiq etilishi ishtirokchilar huquqlarining 
muayyan vaqt oralig’ida amalga oshirilishiga, hamda huquqiy munosabatdagi har bir holatning 
aniqligiga mezon bo’lib hisoblanadi. Davo muddatining mavjudligi subektning o’z huquqlarini amalga 
oshirishga va majburiyatlarni bajarishga befarq bo’lmasligini taminlaydi. Bundan tashqari davo 
muddati fuqarolik huquqida tashkiliy, ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan choralarni 
belgilash vaqtini aniqlab beradiki, bu holat fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ushbu institutining o’rni 
alohidaligini taminlaydi. 
Fuqarolik huquqida davo muddatlarining ahamiyatini yana shu holat bilan belgilash mumkinki, 
ular sudlarga vujudga kelgan huquqiy munosabatdagi aniq holatni aniqlashda katta yordam beradi. 
Agar davo muddatlari (belgilangan vaqt, masalan, uch yil) mavjud bo’lmasa, hamda shaxs 10 yoki 20 
yildan so’ng ham o’z huquqini talab etsa (qonunda belgilangan davo muddatlari joriy etilmaydigan 
huquqlar bundan mustasno), ushbu holatda haqiqatni aniqlash qiyin bo’lishi yoki umuman amalga 
oshmasligi mumkin. 
Davo muddati institutining bir qator o’ziga xos xususiyatlari mavjudki, bular natijasida ushbu 
institutning ahamiyatli tomonlarini yanada kengroq tushunsa bo’ladi. Bu xususiyatlar jumlasiga: 
-taraflarga o’zaro kelishuv asosida davo muddatlari belgilangan holatda o’zgartirish huquqi 
berilmaganligi; 
-davo muddati bilan belgilangan vaqt davrlarini o’zgartirish mumkin emasligi; 
-davo muddatini qisqartirish yoki uzaytirish mumkin emasligi va hokazolar kiradi. 
Shu o’rinda davo muddatlari bilan fuqarolik huquqlarini amalga oshirishning boshqa muddatlari 
o’rtasidagi farq to’g’risida to’xtalib o’tish ham maqsadga muvofiq. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda 
qo’llaniladigan kafolat muddatlari, etiroz muddatlari, yaroqlilik muddatlari, xizmat muddatlari va shu 
kabi boshqa muddatlar ularning barchasi uchun xos bo’lgan bitta umumiy jihat bilan davo muddatlari 
bilan farq qiladi. Yani, yuqorida sanab o’tilgan bu muddatlarning barchasi ham fuqarolik huquqlarini 
amal qilish muddatlari hisoblanadi. Davo muddati esa, huquq va manfaatlar himoyasi uchun 
belgilangan vaqt davri sifatida etirof etiladi. 
Agar fuqarolik huquqlarini amal qilish muddatlari (kafolat muddati, yaroqlilik muddati, etiroz 
muddati va h.k.)da muddatning o’tkazib yuborilishi huquqni amalga oshirish imkoniyatini 
yo’qotilishiga olib kelsa, davo muddatining o’tkazib yuborilishi subektiv huquq va majburiyatlarni 
qonuniy himoya etish imkoniyatini yo’qotilishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, davo muddatlari va 

 
73
boshqa muddatlardan o’zining imperativ xarakterga egaligi bilan ham farq qilishini takidlash joiz. 
Agar fuqarolik huquqlarini amal qilish muddatlari taraflarning kelishuv bilan belgilanishi hamda 
taraflar uni o’zaro kelishib o’zgartirishlari mumkin bo’lsa, davo muddatlarini taraflar o’zgartirishlariga 
yo’l qo’yilmaydi va taraflar davo muddati talablarini o’zlari kirishayotgan munosabatga tadbiq 
etilmasligini ham belgilash huquqiga ega bo’lmaydilar. Masalan, huquqiy munosabat 
ishtirokchilaridan birining talabi bilan kafolat muddati uch oydan olti oyga uzaytirilsa, umumiy davo 
muddati ikki yilga kamaytirilishi yoki to’rt yil qilib uzaytirilishi, yohud davo muddatini tadbiq 
etilmasligini (qonunda ko’zda tutilgan hollar bundan mustasno) kelishish mumkin bo’lmaydi. 
Davo muddati fuqarolik huquqining deyarli barcha institutlarida o’chraydi. Davo muddatlari 
nafaqat fuqarolik huquqi sohasi uchun, balki xo’jalik huquqi, tadbirkorlik huquqi, mehnat huquqi, 
moliya huquqi, qishloq xo’jalik huquqi kabi ko’plab huquq sohalarida ham tatbiq etiladi. 
Masalan, O’zbekiston Respublikasi 1993 yil 7 mayda qabul qilingan Havo kodeksining 122-
moddasiga muvofiq, yo’lovchi, qo’l yuki, yuk yoki pochtani tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan 
davo qo’zg’atishdan oldin uning oldiga talab qo’yilishi shart, aviatsiya halokati natijasida 
yo’lovchining o’limi yoki sog’lig’iga zarar etishi bilan bog’liq hollar bundan mustasno.  
Davogarning xohishiga ko’ra talablar tashuvchiga parvoz boshlangan yoki tugagan aeroportda, 
yoxud tashuvchining vakiliga bildiriladi. 
Bevosita aralash transportlarda tashishdan kelib chiqadigan talablar: 
a) agar tashishniing so’nggi manzili aeroport bo’lsa - aviatsiya korxonasiga; 
b) agar tashishning so’nggi manzili temir yo’l yoki avtomobil stantsiyasi, bandargoh yoki port 
bo’lsa - tegishli transport tashkilotiga taqdim etiladi. 
Tashuvchiga talab qo’yish va davo qo’zg’atish huquqiga: 
a) qo’l yuki tashish kechiktirilgan, kamomadlangan, zararlangan yoki yo’qotilgani hollarda - 
yo’lovchi yoki uning vakolatli shaxsi - qo’l yuki pattasi va tijorat hujjatini ko’rsatib; 
b) yuk yo’qotilganda: 
- yukni qabul qiluvchi - tashuvchi tomonidan yuk jo’natuvchiga berilgan va yuk kelmaganligi 
to’g’risida yuk kutilgan aeroport belgisi qo’yilgan yuk xatini, bunday hujjatni ko’rsatishning iloji 
bo’lmasa, - yuk haqini to’laganlik haqida hujjat va yuk kutilgan aeroportning yuk kelmaganligi 
to’g’risida belgisi qo’yilgan tashuvchining yuk jo’natilganligi to’g’risidagi malumotnomasini 
ko’rsatib; 
- yuk jo’natuvchi - o’ziga berilgan yuk xatini ko’rsatib; 
v) yukka zarar yoki kamomad etkazilganda - yukni qabul qiluvchi - yukka qo’shib yuborilgan 
yuk xati va tijorat hujjatini ko’rsatib; 
g) yuk eltib berish kechiktirilganda - yukni qabul qiluvchi - yukka qo’shib yuborilgan yuk xatini 
ko’rsatib; 
d) pochta kechiktirilgani, kamomadi, zarar etkazilgani yoki yo’qotilgani uchun - pochta 
mo’ljallangan manzil aloqa korxonasi
e) tashuvchi tashabbusi bilan havoda tashish shartnomasi kuchi to’xtatilganda - yo’lovchi, yukni 
oluvchi, yukni jo’natuvchi ega bo’ladi. (O’zR 26.12.1997 y. 549-1-son qonuni taxriridagi band) 
Agar tashuvchining xodimlari tijorat hujjati tuzishdan bosh tortgan, ularning bu harakati ustidan 
yuk jo’natuvchi yoki yukni qabul qiluvchi shikoyat qilganligi tasdiqlangan taqdirda, tijorat hujjati 
yo’qligi talab qo’yish yoki davo qo’zg’atish huquqidan mahrum qila olmaydi. 
Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda tashuvchiga olti oylik muddat ichida, jarima to’lanishi 
to’g’risidagi davolar esa - 45 kun ichida taqdim etilishi mumkin. 
Ko’rsatilgan muddat hisobi: 
a) qo’l yuki, yuk yoki pochta kamomadini yohud etkazilgan zararni qoplash, shuningdek qo’l 
yuki, yuk yoki pochta kechiktirilganligi uchun qo’yiladigan talablar bo’yicha - ular berilgan kundan 
boshlab; 
b) yo’qotilgan yuk badalini qoplash haqidagi talablar bo’yicha - yuk etkazib berish uchun 
mo’ljallangan muddatdan 10 kun o’tgach; 
v) yo’qotilgan qo’l yuki yoki pochta badalini qoplash haqidagi talablar bo’yicha - etkazib berish 
muddati o’tgandan so’ng; 
g) boshqa barcha hollarda - talab qilish uchun asos bo’la oladigan voqea ro’y bergan kundan 
etiboran boshlanadi. 

 
74
Talab qilish muddati tugaganidan so’ng ham, agar tashuvchi ko’rsatilgan sabab uzrli deb 
hisoblasa, talablarni ko’rib chiqish uchun qabul qilishga haqlidir. 
Qo’l yuki yoki yuk etiroz bildirilmasdan qabul qilingan taqdirda, agar o’zga holat 
tasdiqlanmagan bo’lsa, ular tegishli holatda va tashish hujjatlariga muvofiq etkazib berilgan deb 
hisoblanadi. 
Qo’l yuki yoki yukka zarar etkazilgan taqdirda, uni olishga huquqi bo’lgan shaxs zarar 
aniqlangani haqida zudlik bilan, ammo qo’l yuki olingan kundan keyingi 7 kun hamda yuk olingan 
kundan keyingi 14 kundan kech bo’lmagan muddat ichida tashuvchiga talabnoma taqdim etishi lozim. 
Etkazib berish kechiktirilgan taqdirda, qo’l yuki yoki yuk oluvchiga berilgan kundan boshlab 21 kun 
ichida talab qo’yilishi lozim. 
Qo’l yuki (yuk) yo’qotilgani taqdirda tashuvchiga talablar havo kemasining belgilangan 
manzilga qo’nganidan yoki tashish to’xtatilgan kundan keyingi ikki yil davomida qo’yilishi lozim. 
Ko’rsatilgan muddatlarda bildirilgan yozma talabnoma bo’lmasa, tashuvchiga nisbatan davo 
qo’zg’atilishi mumkin emas. 
Tashuvchi talabni ko’rib chiqishi va uning qondirilganligi yoki rad etilganligi haqida uch oy 
ichida xabar qilishi shart, bevosita aralash havo yo’llarida tashishga doir talablar uchun bu muddat olti 
oydan, jarima to’lash to’g’risidagi davolar uchun esa 45 kundan iborat. 
 
2. Davo muddatining o’ta boshlashi 
Davo muddatini to’g’ri hisoblash uchun uning qay vaqtda tugashini belgilash zarur. Davo 
muddatining tugashi davo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlanadi (FKning 154-moddasi). 
Bunday huquq, yani davo muddati shaxs o’zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim 
bo’lgan kundan o’ta boshlaydi. 
Davolarning turlariga qarab davo muddati o’tishining bosh-lanish payti bir xil bo’lmaydi, 
jumladan, bajarish muddati ko’r-satilgan majburiyatlar bo’yicha davo muddatining o’tishi uchun shu 
ko’rsatilgan bajarish muddatining oxirgi kunidan keyingi kundan boshlanadi. Masalan, fuqaro boshqa 
birovga 1995 yil 20 dekabrda to’lash sharti bilan qarz bergan bo’lsa, davo muddatining o’tishi shu yil 
21 oktyabr soat 00-u 01 daqiqadan boshlanadi. 
 
3. Davo muddati o’tishining to’xtatilishi, uzilishi va davo muddatining tiklanishi 
Davo muddati o’tishining to’xtatilishi. Qoida bo’yicha davo muddatining o’tishi uzluksiz 
davom etadi. Ammo bazi hol-larda davo muddati davom etib turganda davo qilish uchun obek-tiv - 
halaqit beradigan bironta holat sodir bo’lishi mumkin. Bun-day davo muddatining o’tishini 
to’xtatadigan holatlar qonunda (FKning 156-moddasi) belgilangan bo’lib, quyidagilardan iborat: 
1) davo qilish uchun muayyan sharoitlarda oldini olib bo’l-maydigan favqulodda hodisa (engib 
bo’lmas kuch) to’sqinlik qilsa, masalan, toshqin, zilzila singari hodisalar yuz bersa; 
2) majburiyatlarni bajarishni kechiktirish (moratoriy) to’g’risida Hukumat qarori bo’lsa; 
3) agar davogar yoki javobgar harbiy holatga o’tkazilgan Qurolli Kuchlar, chegara qo’shinlari va 
ichki qo’shinlar tarkibida bo’lsa; 
4) agar muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari bo’lmasa; 
5) tegishli munosabatlarni tartibga soluvchi qonun yoki boshqa huquqiy hujjatlarning amal 
qilishi to’xtatilgan bo’lsa. 
Davo muddatining o’tishi yuqorida ko’rsatilgan holatlar da-vo muddatining oxirgi olti oyida, bu 
muddat olti oydan kam bo’lsa, davo muddatida vujudga kelgan yoki davom etib turgan bo’lsa, 
muddatning o’tishi to’xtatiladi. 
Muddatning to’xtatib turilishiga asos bo’lgan holat barham topgan kundan boshlab davo 
muddatining o’tishi davom etadi, bun-da muddatning qolgan qismi olti oygacha, davo muddati olti 
oydan kam bo’lsa, davo muddatiga qadar uzaytiriladi (FKning 156-moddasi). 
Davo muddatining o’tishi yuqorida ko’rsatilgan umumiy asos-lardan tashqari yana maxsus 
asoslar bo’lgan taqdirda ham to’xtatib turilishi mumkin. Bunday maxsus asoslar qonunlarda nazarda 
tuti-ladi. 
Davo muddati o’tishining uzilishi-davo muddati o’tishining to’xtatilishidan farq qiladi. Agar 
davo muddatining o’tishi to’xtaganda muddat yangidan hisoblanmasa, davo muddatining o’tishi 

 
75
uzilgan holda, davo muddati uzilgunga qadar vaqt yangi muddatga qo’shilmaydi va davo muddatining 
o’tishi uzilganidan so’ng yangidan hisoblanadi. 
Davo muddatining o’tishi ikki holda: birinchidan, belgilan-gan tartibda davo qo’zg’atilishi bilan, 
ikkinchidan, majbur shaxs qarzni tan olganligini ko’rsatuvchi harakatlarni qilishi bilan uziladi (FKning 
157-moddasi). 
Davo muddatining tiklanishi. Agar sud, xo’jalik sudi yoki xolislar sudi davo muddatining 
o’tkazib yuborilishi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi lozim bo’ladi. Bu holda 
o’tkazilgan davo muddati tiklanadi va taraflar o’rtasidagi nizo mazmunan ko’rib hal qilinadi. 
Davo muddatining o’tkazilishi sabablarini qanday hollarda uzrli deb topish to’g’risida qonun 
muayyan holatlarni ko’rsatmaydi, binobarin, davo muddatini o’tkazib yuborish sabablarini tekshi-rish 
va uzrli yoki uzrsiz deb topish huquqi sudga, xo’jalik sudi yoki xolislar sudiga beriladi. Sud, xo’jalik 
sudi yoki xolislar sudi har safar konkret ishning holatlarini etiborga olib, o’tkazilgan davo muddatini 
uzrli yoki uzrsiz deb topishi mumkin.  
Bazi hollarda fuqarolar va tashkilotlar o’zlariga bog’liq bo’lmagan sabablar bilan qonunda 
belgilangan muddat davomida davolarni qo’zg’ata olmasliklari mumkin. Masalan, fuqaro kasalligi, 
keksa yoxud voyaga etmaganligi, uzoq muddat davomida xizmat safarida bo’lganligi sababli yoki 
javobgarning qaerda bo’lishi nomalum bo’lgan va boshqa bazi hollarda o’tkazilgan davo muddatlari 
sud tomonidan uzrli deb topilishi mumkin. Tashkilotlar tomonidan o’tkazilgan davo muddatlari ham 
bazi hollarda sud yoki xo’jalik sudi tomonidan uzrli deb topilishi mumkin. Chunonchi, tashkilotlar o’z 
mansabdor shaxslarining aybli harakatlari, nazoratchi organlarining noto’g’ri bergan buyruqlari, sud 
yoki xo’jalik sudining xato harakatlari tufayli davo muddati o’tkazib yuborilgan va boshqa bazi 
hollarda davo muddatining o’tkazilishi uzrli sabab deb topilishi va ish mazmunan hal qilinishi 
mumkin. 
Davo muddatining to’xtatilishi, uzilishi va tiklanishi to’g’risidagi qoidalar, agar qonun bilan 
boshqacha hol belgilanmagan bo’lsa, maxsus davo muddatlariga ham joriy qilinadi (FKning 151-
moddasi, 2-bandi). 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling