Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
19-MAVZU:MAJBURIYaTLARNING BAJARILIShINI TAMINLASh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Garov - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida 4. Qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida
- 7. Kafolat - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida 8. Zakalat - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida
- 2. Neustoyka - majburiyatlarni bajarilishini taminlash usuli sifatida
- 3.Garov - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida
- Ashyolarni lombardda garovga qo’yilishi .
- 4. Qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida
- 5. Zakalat - majburiyatlar bajarilishining taminlash usuli sifatida
- 6.Kafillik - majburiyatlar bajarilishini taminlash usuli sifatida
- 7.Kafolat - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida
123 19-MAVZU:MAJBURIYaTLARNING BAJARILIShINI TAMINLASh 1.Majburiyatlarning bajarilishini taminlash tushunchasi va turlari 2. Neustoyka - majburiyatlarni bajarilishini taminlash usuli sifatida 3. Garov - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida 4. Qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida 5. Zakalat - majburiyatlar bajarilishining taminlash usuli sifatida 6. Kafillik - majburiyatlar bajarilishini taminlash usuli sifatida 7. Kafolat - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida 8. Zakalat - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida 1.Majburiyatlarning bajarilishini taminlash tushunchasi va turlari Majburiyatning bajarilishini taminlash deganda, qarzdor tomonidan olingan va uning zimmasida bo’lgan vazifani bajarishga majbur qiladigan chora tushuniladi. Bunday chora qonun yoki shartnomaga binoan asosiy majburiyatga qo’shimcha qilib belgilanadi. Majburiyat bajarilishini taminlashning mohiyati shundaki, qarzdor zimmasida bo’lgan majburiyat belgilangan muddatda bajarilmasa yoki boshqacha tarzda buzilsa, kreditorda ziyonlarni undirishga bo’lgan huquqdan tashqari majburiyatning obektini tashkil etgan harakatni qilishga qarzdorni majbur qiladigan boshqa mulkiy tasir choralarining qo’shimcha ravishda tatbiq etilishini talab qilish huquqi paydo bo’ladi. Majburiyatlarning bajarilishi har xil usul bilan taminlanadi. Mazkur usullar qonunga yoki shartnomaga asoslangan bo’lishi mumkin. Amaldagi qonunchilikda majburiyatning bajarilishini taminlash neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taminlanishi mumkinligi ko’rsatilgan. Yuqorida qayd etilgan usullar hech qaysisi o’zicha mustaqil ravishda qo’llanilmaydi. Bularning hammasi biron-bir majburiyatning mavjud bo’lishini ko’rsatib, mazkur majburiyatni bajarilish maqsadlarini ko’zlab belgilanadi. Bunday majburiyat – asosiy majburiyat bo’lib, uning bajarilishini taminlash usuli esa – qo’shimcha majburiyat hisoblanadi. Masalan, mahsulot etkazib berish shartnomasidan kelib chiqadigan asosiy majburiyatning bajarilishini taminlash uchun belgilangan neustoyka mazkur asosiy majburiyatning amalga oshirilishini taminlaydigan qo’shimcha majburiyat hisoblanadi. Darvoqe, majburiyatning bajarilishini taminlash to’g’risidagi kelishuvning haqiqiy emasligi ushbu majburiyatning (asosiy majburiyatning) haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini taminlaydigan majburiyatning haqiqiy emasligiga olib keladi. 2. Neustoyka - majburiyatlarni bajarilishini taminlash usuli sifatida Neustoyka qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to’lashi shart bo’lgan pul summasidir. Neustoyka jarima va penya shaklida bo’ladi. Majburiyatning bajarilishini taminlash usullari sifatida ko’rilgan jarima bilan penya o’rtasida hech qanday muhim farq yo’q. Ular faqat hisoblashish usullari jihatidangina bir-biridan farq qiladi. Penya majburiyatning bajarilishi kechiktirilganda qo’llaniladi va muayyan vaqt, masalan, o’n, yigirma, o’ttiz kun davomida hisoblanadi. Penya majburiyatning bajarilishi kechiktirilganida kechiktirishning barcha muddati davomida hisoblanib, bajarilmagan summasi yuzasidan belgilangan foizlar bilan undiriladi. Majburiyatning bajarilishini kechiktirish vaqti oshib borgan sari penya summasining ham o’sib borishi majburiyatni mumkin qadar tezroq ijro etishga qarzdorni majbur qiladi. Neustoykaning xususiyati shundaki, u majburiyatning bajarilishi buzilishida har qaysi fakt uchun undiriladi va uning miqdori majburiyat kechiktirilishining qanchalik uzoq bo’lish- bo’lmasligidan qati nazar belgilanadi. Neustoyka ikki huquqiy asosdan – qonun va shartnomadan kelib chiqadi. 124 Qonun bilan belgilanadigan neustoyka uchun shu narsa xarakterliki, uni to’lash taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan yoki tutilmaganligidan qati nazar, kreditor qonunda belgilangan neustoyka (qonuniy neustoyka) ni to’lashni talab qilishga haqli. Masalan, O’zbekiston Respublikasining Xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risidagi qonuniga ko’ra, tovarlarni etkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to’laydi, biroq bunda penyaning miqdori majburiyat bajarilmagan qismi bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi kerak. Qonuniy neustoykaning miqdori, agar qonun taqiqlamasa, taraflarining kelishuvi bilan ko’paytirilishi mumkin. Qonunda nazarda tutilgan neustoykani taraflar undirishdan bosh torta olmaydilar, uning miqdorini ham ko’paytira olmaydilar. Agar shartnomada bunday shartlar ko’rsatilgan bo’lsa, ular haqiqiy sanalmaydi. Shartnomali neustoyka taraflarning o’zaro kelishuvi bo’yicha belgilanadi. Bunday neustoyka asosiy majburiyatning neustoyka bilan taminlanishi yoki taminlanmasligi to’g’risidagi masala, uning miqdori, undirish tartibi va shartlari faqat taraflarning o’zlari tomonidangina belgilanadi. Neustoyka (jarima, penya) to’g’risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilishi kerak. Bunday kelishuv maxsus shartnoma yoki asosiy shartnomaga qo’shimcha kelishuv shakllarida rasmiylashtirilishi mumkin. Kelishuvning yozma shaklda bo’lishiga rioya qilmaslik neustoyka (jarima, penya) to’g’risidagi kelishuvning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo’ladi. Neustoykani undirishdan asosiy maqsad majburiyatning bajarilishini taminlashdir. Neustoyka faqat pul bilan belgilanadi. Shunisi etiborliki, penyani to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf tomonidan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod qilmaydi. 3.Garov - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida Amaldagi qonunchilikka ko’ra, bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo’lgan huquqni majburiyatlarni taminlash uchun berishi garov hisoblanadi. Garov tufayli garov bilan taminlangan majburiyat bo’yicha kreditor (garovga oluvchi) qarzdor tomonidan bu majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo’yilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi bo’lgan shaxs (garovga qo’yuvchi)ning boshqa kreditorlariga nisbatan o’z talabini imtiyozli qanoatlantirishga haqli bo’ladi. Yuqoridagi subektiv huquq garov huquqi bo’lib, mulkni garovga bergan shaxs-garovga qo’yuvchi va mulkni olgan shaxs esa-garovga oluvchi deb ataladi. Mulkni garovga qo’yuvchi shaxs qarzdorning o’zi ham, shuningdek uchinchi shaxs ham bo’lishi mumkin. Garovga qo’yuvchi garovga qo’yilayotgan mulkning egasi bo’lishi lozim. Qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qo’yishga yo’l qo’yilmaydi. Garovning mohiyati shundaki, majburiyat qarzdor tomonidan ijro etilmaganida kreditor o’zining talabini garovga qo’yilgan mulk hisobidan birinchi navbatda qondirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Garov narsasi har qanday mol-mulk bo’lishi mumkin, ammo kreditorning shaxsi bilan uzviy bog’liq bo’lgan talabnomalar, xususan hayoti va sog’lig’iga etkazilgan zararni qoplash haqidagi talabnomalar, alimentlar haqidagi talabnomalar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talabnomalar garov narsasi bo’la olmaydi. Odatda, faqat kreditorning haqiqiy talabigina garov bilan taminlanishi mumkin. Demak, agar shartnoma haqiqiy emas deb topilsa, u holda garov to’g’risidagi shartnoma ham haqiqiy sanalmaydi. Asosiy majburiyat yuzasidan kreditor bo’lgan shaxs talab qilish huquqini boshqa shaxsga topshirsa, u holda garov huquqi ham yangi kreditorga o’tadi. Garov huquqi shartnoma yoki qonunga binoan vujudga keladi. Garov huquqi qonundan faqat normativ hujjatda maxsus ko’rsatma bo’lganidagina vujudga keladi. Ko’p hollarda majburiyat biron- bir mulkni garovga qo’yish to’g’risida shartnoma tuzish yo’li bilan taminlanadi. Qonunchilikka asosan garovning quyidagi turlari mavjud: - zakalat (bunda garov narsasi garovga oluvchida saqlanadi); 125 - ipoteka (bunda ko’chmas mol-mulk garovga olinadi); - mulkiy huquqlarni garovga olish. Qimmatli qog’oz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovga qo’yilganida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, garovga oluvchiga yoki notarius depozitiga topshiriladi. Agar shartnomada o’zgacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa yoki garovning mahiyatidan anglashilmasa, garovga qo’yuvchi garov narsasidan uning vazifasiga ko’ra foydalanishga, shu jumladan undan hosil va daromadlar olishga haqli. Shuningdek, garovga qo’yuvchi garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaxsga berishga, uni ijaraga yoki bepul foydalanishga topshirishga yoki boshqa usulda tasarruf etishga haqli. Garovga qo’yilgan mol-mulkni saqlash va ehtiyot qilish majburiyati garov narsasi kimda saqlanayotganligiga bog’liq bo’ladi. Garov narsasi ipoteka bo’lgan hollarda u yo’qolish va shikastlanish xavfidan sug’urta qilinishi lozim bo’ladi. Garovga oluvchi va garovga qo’yuvchi ikkinchi tarafdagi garovga qo’yilgan mol-mulkning mavjudligini, miqdorini, holatini va uni saqlash sharoitlarini hujjatlar asosida va amalda tekshirishga haqli. Garov narsani almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, garovga oluvchining roziligi bilan yo’l qo’yiladi. Garovga qo’yish garov haqidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Shartnomada garov narsasi va uning bahosi, mohiyati, miqdori va garov bilan taminlanadigan majburiyatning bajarilish muddati ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Unda garovga qo’yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham ko’rsatilishi kerak. Garov shartnomasi yozma ravishda tuzilishi lozim. Ipoteka haqidagi shartnoma, shuningdek notarial tasdiqlanishi kerak bo’lgan shartnomaga muvofiq olinadigan majburiyatlarni taminlash yuzasidan ko’char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo’lgan huquqlarni garovga qo’yish to’g’risidagi shartnoma notarial tasdiqlanishi shart. Bundan tashqari garov shartnomasi qiymatiga qarab tegishli adliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim. Garov shartnomasi shakli, uni tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish haqidagi talablarga rioya qilinmay tuzilganda mutlaqo haqiqiy hisoblanmaydi. Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan taminlangan majburiyatni o’zi javobgar bo’lgan vaziyatlarda bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda garovga qo’yilgan mol-mulkka qaratish mumkin. Undiruv garov narsasiga quyidagi hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq qaratilishi mumkin: - garov to’g’risida shartnoma tuzish uchun boshqa shaxs yoki organning roziligi yoxud ruxsati talab qilinganida (masalan, ashyoviy huquq garovga qo’yilganida mulkdorning roziligi talab qilinishi hollarida); - garov narsasi jamiyat uchun tarixiy, badiiy yoki o’zgacha madaniy ahamiyatga ega mol-mulk bo’lsa; - garovga qo’yuvchi yo’qolgan bo’lsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin bo’lmasa. Majburiyat bo’yicha haq undirish garov narsasiga qaratilgan hollarda uni sotish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kimoshda savdosida sotish yo’li bilan amalga oshiriladi. Qarzdor yoki uchinchi shaxs bo’lgan garovga qo’yuvchi garov narsasi sotilguncha xohlagan vaqtda garov bilan taminlangan majburiyatni yoki uning ijrosi kechiktirib yuborilgan qismini bajarib, undiruvni unga qaratishga va uni sotishga barham berishi mumkin. Bu huquqni cheklaydigan kelishuv o’z-o’zidan haqiqiy emasdir. Ashyolarni lombardda garovga qo’yilishi. Fuqarolardan shaxsiy istemolga mo’ljallangan ko’char mol-mulkni qisqa muddatli kreditlarni taminlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar-litsenziyasi bo’lgan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin. Lombardda ashyolarni garovga qo’yish haqidagi shartnoma, lombard tomonidan garov pattasi berish yo’li bilan rasmiylashtiriladi. 126 Lombard garovga qabul qilgan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o’xshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi to’liq summasida o’z hisobidan garovga qo’yuvchi foydasiga sug’urtalashi shart. Lombard garovga qo’yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas. Lombard ashyolarning yo’qolishi yoki shikastlanishi engib bo’lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qo’yilgan ashyolarning yo’qolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar bo’ladi. Basharti, lombardda ashyolar garov bilan taminlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o’tganidan keyin garovga qo’yilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qo’yilgan tartibda ushbu mol- mulkni sotishga haqli. Shundan keyin hatto garovga qo’yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa talablarni to’liq qanoatlantirish uchun etarli bo’lmasa ham, lombardning garovga qo’yuvchiga (qarzdorga) talablari bekor bo’ladi. 4. Qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida Qarzdorga yoki qarzdor ko’rsatgan shaxsga topshirilishi lozim bo’lgan ashyoni saqlayotgan kreditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bog’liq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga to’lash majburiyatlari qarzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda uni tegishli majburiyat bajarilgunga qadar ushlab qolishga haqli. Ushlab qolish o’z mohiyatiga ko’ra garovga o’xshaydi. Biroq ayni vaqtda u qator o’ziga xosliklarga ham ega. Birinchidan, ushlab qolishda ashyo faqat kreditor ixtiyorida bo’ladi, garov narsasi esa qarzdorda ham, uchinchi shaxsda ham saqlanishi mumkin. Ikkinchidan, ushlab qolinayotgan ashyo kreditor ixtiyoriga turli asoslar bo’yicha o’tgan bo’lishi mumkin. Garov narsasi esa har doim qarzdor yoki uchinchi shaxs (garovga qo’yuvchi) irodasi bilan shartnoma asosidagina vujudga keladi. Ashyoni ushlab qolgan kreditorning talablari uning qiymatidan garov bilan taminlangan talablarni qondirish uchun nazarda tutilgan hajmda va tartibda qanoatlantiriladi. Binobarin, ushlab qolingan mol-mulk yoki pul mablag’lari hajmi qarzdorning qarzi hajmidan ko’p bo’lsa, u holda kreditor ortiqcha qismini qaytarishi lozim. Agar ushlab turilgan mol-mulk yoki pul mablag’lari qarzdor qarzi hajmiga teng bo’lsa, majburiyat hisobga o’tkazish orqali bekor bo’lishi mumkin. Qarzdor tomonidan majburiyat ijro etilgan hollarda kreditor ushlab qolingan mol-mulkni qarzdorga yoki uchinchi shaxsga qaytarishi shart. 5. Zakalat - majburiyatlar bajarilishining taminlash usuli sifatida Zakalat shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnomaning tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini taminlash yuzasidan beradigan pul summasidir. Zakalat to’g’risidagi kelishuv zakalatning summasidan qati nazar, yozma ravishda tuzilishi kerak. Zakalat quyidagi uchta vazifani bajaradi: birinchidan, zakalat berilib tuzilgan shartnoma haqiqatan tuzilganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi; ikkinchidan, zakalat shartnoma yuzasidan avvaldan to’lab qo’yiladigan pul summasi bo’lib, tegishli to’lovlar hisobiga muayyan summani to’lagan taraf shartnomani qisman ijro etgan hisoblanadi. Zakalat oluvchi taraf uchun ham bu hol malum ahamiyatga ega. Masalan, biron-bir uy-joy ijaraga berilishida uy-joy egasi turar joyni yashash uchun yaroqli holga keltirish maqsadlarida zarur tamirlar qiladi; uchinchidan, zakalat shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning ijro etilishini taminlash uchun belgilanadi. Zakalatning mazkur vazifasi shundaki, zakalat bergan taraf shartnoma yuzasidan olgan o’z majburiyatlarini bajarmaganida – bergan zakalatni yo’qotadi. Agar zakalat bergan taraf shartnomadan voz kechgan bo’lsa, bu holda u bergan zakalatning qaytarib berilishini talab qila olmaydi. Agar zakalat olgan taraf o’z majburiyatlarini bajarmasa, u ikkinchi tarafga zakalat summasini ikki baravar to’lashga majbur. 127 Shartnomaning bajarilmasligi uchun javobgar bo’lgan taraf, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, zakalat summasini hisobga olgan holda ikkinchi tarafga zararlarni to’lashi shart. Agar zakalat summasi zarar summasidan birmuncha ko’proq bo’lsa, u holda faqat zakalatgina undiriladi. Agar majburiyatni bajarmaslik natijasida ko’rilgan zarar zakalat summasidan oshiq bo’lsa, u holda zakalat summasi ham, zararlarni qoplash uchun etishmagan summa ham undiriladi. Zakalatni avansdan farq qilish kerak. Zakalat bilan avansni bir-biriga o’xshatgan narsa shundaki, bularning har ikkisi ham kelajakda to’lanadigan summalar hisobidan taraflardan biri tomonidan ikkinchisiga avvaldan to’lanib qo’yilgan pul summasi bo’lib ko’riladi. Ammo avans zakalatdan farq qilib, majburiyatning bajarilishini taminlamay, balki shartnoma yuzasidan taraflardan birining ikkinchisiga tegishli bo’lgan summani mazkur ikkinchi tarafning faoliyatini pul bilan taminlash maqsadida avvaldan berilgan pul summasiga aytiladi. Taraflardan biri tomonidan ikkinchisiga berilgan avans muayyan ishlarni bajarish uchun zarur xarajatlarni qilish imkoniyatini beradi. Kelajakda to’lanadigan summalar hisobiga avvaldan berilgan pul mablag’lari yoki boshqa moddiy boyliklar shartnomaning tuzilganligini isbotlash va uning bajarilishini taminlash maqsadlarida berilgan holdagina zakalat hisoblanadi. Agar bu ikki belgidan hech qaysisi bo’lmasa, berilgan summani avans qatorida hisoblash lozim bo’ladi. Ikkinchi taraf tomonidan majburiyat ijro etilmagani holda avans bergan taraf qancha summada avans bergan bo’lsa, uning shu miqdorda qaytarilishini talab qilishga haqli. 6.Kafillik - majburiyatlar bajarilishini taminlash usuli sifatida Kafillikning mohiyati shundaki, unga asosan bir taraf-kafil, boshqa shaxs o’z majburiyatlarini to’la yoki qisman bajarilishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o’z zimmasiga oladi. Qonunda kafillik majburiyatini vujudga keltiradigan asos majburiyat bo’yicha kreditor hisoblangan shaxs bilan mazkur asosiy majburiyat yuzasidan qarzdor uchun kafil bo’lishlikka rozilik bergan shaxs o’rtasidagi shartnoma hisoblanadi. Shunga ko’ra, kreditor asosiy majburiyat bajarilmagan holda o’z talablarini faqat asosiy qarzdorgagina qo’ymay, balki kafilga nisbatan ham qo’ya oladi. Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Bu holda taraflar kafillik to’g’risida alohida yozma shartnoma tuzishlari shart bo’lmaydi. Kafillik belgilanishida kafil asosiy qarzdor tomonidan beriladigan tilxatda qarzdor tomonidan majburiyatnng lozim darajada bajarilishi javobgarligini o’z zimmasiga olganligini ko’rsatib belgi qo’ysa yoki qarzdorning muayyan majburiyat yuzasidan kafil bo’lishini kreditor nomiga yozgan xatida bildirsa ham kifoya. Kafillik haqidagi shartnomaning yozma shaklda tuzilishi lozimligi to’g’risidagi qonun bilan belgilangan talabga rioya qilmaslik-kafillik shartnomasining haqiqiy sanalmasligiga sabab bo’ladi. Kafillik asosiy majburiyatga qo’shimcha xarakterda bo’lishi shundan iboratki, kafillik bilan faqat asosiy talabgina taminlanishi mumkin. Kafilning javobgarligi hajmi asosiy majburiyat yuzasidan qarzdorning javobgarligidan oshiq bo’lishi mumkin emas. Qarzdor qanday hajmda javobgar bo’lsa, kafil ham shu hajmda javobgar bo’ladi. Xususan, kafillik shartnomasi bilan boshqacha hol belgilanmagan bo’lsa – foizlarning, zararlarning, neustoykaning to’lanishi uchun ham javobgar bo’ladi. Majburiyatni bajargan kafilga shu majburiyat yuzasidan kreditorga tegishli bo’lgan barcha huquqlar o’tadi. Qarzdor kafillik bilan taminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar. Ushbu qoida dispozitiv xarakterda bo’lgani, yani o’zgartirilishi, to’lg’azilishi mumkin bo’lgani sababli taraflar o’zaro kelishib, kafilning boshqacha hajmda javobgar, masalan, asosiy qarzdorga qo’shimcha javobgar bo’lishligini belgilashlari mumkin. Bu holda kafil majburiyatning bajarilishi yuzasidan qarzdordan hech narsa undirish mumkin bo’lmagani holdagina qarzdor uchun javobgar bo’ladi. Kafil kreditorning talabiga qarshi qarzdor bildirishi mumkin bo’lgan hamma etirozlarni qo’yishga haqli. Kafil bunday etirozlarga bo’lgan huquqni, garchi qarzdor o’zi bu huquqdan voz kechsa ham yoki o’z majburiyatiga iqror bo’lsa ham yo’qotmaydi. Kafillik bilan taminlangan majburiyatni bajargan qarzdor bu haqda kafilni darhol xabardor qilishi shart. Aks holda o’z navbatida majburiyatni bajargan kafil asossiz olinganni kreditordan undirib 128 olishi yoki qarzdorga regress talab qo’yishga haqli. Regress talab qo’yilgan taqdirda qarzdor asossiz olingannigina kreditordan undirib olishga haqli. Kafillik quyidagi hollarda bekor bo’ladi: - kafillik bilan taminlangan majburiyat bekor bo’lganda; - kafilning roziligisiz majburiyatda uning javobgarligi oshishi yoki uning uchun boshqa noqulay oqibatlar yuz berishiga olib keladigan tarzda majburiyat shartlari o’zgartirilganda; - kafillik bilan taminlangan majburiyat bo’yicha qarz bosh-qa shaxsga o’tkazilganda, agar kafil yangi qarzdor uchun javobgar bo’lishi haqida kreditorga rozilik bergan bo’lmasa; - majburiyatni bajarish muddati kelganida kreditor qarzdor yoki kafil taklif qilgan tegishli ijroni qabul qilishdan bosh tortganda; - shartnomada belgilangan kafillik muddati o’tganda; - agar shartnomada kafillik muddati ko’rsatilmagan bo’lsa, kreditor majburiyatni bajarish muddati etgan kundan boshlab bir yil davomida kafilga davo qo’zg’atmasa; - agar asosiy majburiyatni bajarish muddati ko’rsatilmagan va belgilanishi mumkin bo’lmagan yoki talab qilib olish payti bilan belgilangan bo’lsa, kreditor kafillik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir yil mobaynida kafilga nisbatan davo qo’zg’atmagan taqdirda. 7.Kafolat - majburiyatlarning bajarilishini taminlash usuli sifatida Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sug’urta tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (printsipal)ning iltimosiga ko’ra kafil o’z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq printsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to’lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to’lash haqida printsipalga yozma majburiyat beradi. Kafolatning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, bunda har doim kafil sifatida bank, boshqa kredit muassasasi yoxud sug’urta tashkiloti qatnashadi. Ko’p hollarda kafil printsipalga xizmat ko’rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. Shu sababli ham kafil printsipalning bankda saqlanayotgan pul mablag’lari hisobidan uning kreditorlari oldidagi majburiyatni bajaradi. Biroq qonun buni shart qilib qo’ymaydi, shu sababli ham kafil sifatida har qanday kredit muassasasi (tashkiloti) bo’lishi mumkin. Kafolatning asosiy mohiyati shundaki, u orqali printsipalning benefitsiar oldidagi o’z majburiyatini (asosiy majburiyatni) tegishli darajada bajarilishini taminlaydi. Kafolat haq baravariga tuziladi. Kafolat bergan bank (kredit muassasasi, sug’urta tashkiloti)ga printsipal tegishli miqdorda haq to’laydi. Kafolat asosiy majburiyatdan (yani printsipalning benefitsiar oldidagi majburiyatidan) mustaqil hisoblanadi, garchi kafolatda ushbu majburiyatga havola qilinsa-da. Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, u kafil tomonidan chaqirib olinishi mumkin emas. Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, u berilgan kundan etiboran kuchga kiradi. Odatda, kafilning benefitsiar oldidagi masuliyati kafolatda nazarda tutilgan summani to’lash bilan chegaralanadi. Biroq, kafil kafolat bo’yicha majburiyatni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, benefitsiar kafolatda nazarda tutilgan summani to’latish bilan chegaralanmay, etkazilgan zararlarni ham undirib olishga haqli. Agar kafilning printsipal bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, kafil benefitsiarga kafolat shartlariga nomuvofiq tarzda yoki kafilning benefitsiar oldidagi majburiyatni buzganligi uchun to’langan summalarni qoplashni printsipaldan talab qilishga haqli emas. Kafilning kafolat bo’yicha benefitsiar oldidagi majburiyati quyidagi hollarda bekor bo’ladi: - kafolat berilgan summa benefitsiarga to’lanishi bilan; - kafolatda belgilangan muddat tamom bo’lishi bilan; - benefitsiar kafolat bo’yicha o’z huquqlaridan voz kechishi va uni kafilga qaytarib berish oqibatida; - benefitsiar kafilni uning majburiyatlaridan ozod qilish haqidagi yozma ariza berish yo’li bilan kafolat bo’yicha o’z huquqlaridan voz kechishi oqibatida. Kafolatning yuqoridagi 1, 2, 4-bandlarida ko’rsatilgan asos-lar bo’yicha bekor qilinishi kafilga kafolat qaytarib berilgan yoki berilmaganligiga bog’liq bo’lmaydi. Kafolat bekor bo’lganligidan xabar topgan kafil darhol bu haqda printsipalni xabardor qilishi kerak. 129 Kafilning printsipaldan kafolat bo’yicha benefitsiarga to’-langan summalarni regress tartibida to’lashni talab qilish huquqi kafilning printsipal bilan bajarish yuzasidan kafolat berilgan kelishuvida belgilab qo’yiladi. Agar kafilning printsipal bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, kafil benefitsiarga kafolat shartlari-ga muvofiq tarzda yoki kafilning benefitsiar oldidagi majbu-riyatni buzganligi uchun to’langan summalarni qoplashni printsipaldan talab qilishga haqli emas (FKning 310-moddasi). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling