Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Ommaviy (davlat) mulkining zarurati va manbalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana24.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22986
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23

2. Ommaviy (davlat) mulkining zarurati va manbalari 
O’tgan mavzularda aytganimizdek, davlat mulki mulkning mus-taqil shakli hisoblanadi. Davlat 
mulki zarurligining obektiv sabablari quyidagilarda ko’rinadi: 
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini tash-kil etish; 
-huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatini tashkil etish; 
- davlat xavfsizligi va mudofaa ehtiyojlari; 
-ilm-fan va madaniyatni taminlash; 
-kam taminlangan aholini ijtimoiy himoya qilish; 
- tabiiy ofatlarga va favqulodda holatlarga qarshi kurash va uning oqibatlarini bartaraf etish; 
- bazi tarmoqlarda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshi-rish (masalan, atom, yonilg’i 
energiyasi kabi). 
Davlat mol-mulki quyidagi manbalardan shakllanadi: 
-soliqlar;  
-mahalliy yig’imlardan; 
-ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromaddan; 
-kreditlar va zayomlardan; 
-davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan daromadlardan; 
-natsionalizatsiyadan; 
-rekvizitsiyadan; 
-musodaradan; 
-topilmalardan; 
-xazinalardan; 
-egasiz ashyodan; 
-turli shartnoma (kontrakt)lardan; 
-xorijiy mamlakatlarda ko’chmas mulk sotib olishdan va hokazo. 
b) mamuriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal yoki kommunal mulk). Mazkur mulk tarkibiga 
mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jalik korxonalar va boshqa 
mulkiy komplekslar, xalq talimi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari va boshqa mol-mulk 
munitsipal mulk bo’ladi. 
Munitsipal mol-mulkni qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, davlat 
hokimiyati mahalliya organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadilar. 
 
3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
1991 yil 19 noyabrda bu haqda maxsus qonun
1
 qabul qilingan. Mazkur qonunning qabul 
qilinishiga quyidagilar obektiv sabab-lar bo’ldi: 
1. Totalitar tuzumda shaxsning mulkdan begonalashuvi oqibat-larini tugatish; 
2. Davlat mulkining tarkibiy markazlashuvining haddan orti-shi, undan samarali foydalanish, 
boshqarish va nazorat qilishni taminlay olmaganligi
3. Davlat mulkiga nisbatan tashmachilik va xo’jasizlikka bar-ham berish; 
4. Bozor iqtisodiyoti, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish mulkning davlat qo’lida haddan 
ortiq markazlashuviga zid ekan-ligi. 
Davlat tasarrufidan chiqarish deyilganda davlat korxona-lari va tashkilotlarini jamoa ijara 
korxonalariga, aktsiyadorlik jamiyatlariga, davlatga qarashli bo’lmagan boshqa korxonalar, 
tashkilotlarga aylantirilishi tushuniladi. 
Xususiylashtirish deyilganda esa, fuqarolar va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarni 
davlat mulki obektlarini yoki davlat aktsiyalarini davlatdan sotib olishi tushuniladi. 
Davlat organlari xususiylashtirish subekti bo’la olmaydi. Xususiylashtirish obektlarini davlat 
byudjeti tomonidan sotib olishga yo’l qo’yilmaydi. Xususiylashtirish jarayoni mobaynida ko’p 
                                                           
1
 Ўзбекистоннинг янги қонунлари. 5-сон. -Т.: Адолат. 1993.  

 
97
hollarda nizoli binolar xususida kelishmovchiliklar va tizim bo’limlarining aktsiyadorlik jamiyatlari 
tarkibidan chiqarishlari bilan bog’liq bo’lgan nizolar kelib chiqmoqda. 
Tajriba shuni ko’rsatadiki, ayrim korxonalar va idoralar tomonidan O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish masalalariga oid qaroriga etarlicha etibor berilmayotgan hollar uchrab turadi. Ularni 
bajarishda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiylashtirish jarayoniga to’siqlar tug’diradigan 
tor mahkamachilikka yo’l qo’yilayotganidan dalolat beradi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini davlat tasarrufi-dan chiqarish va xususiylashtirish 
uchun ariza berish va uni ko’rib chiqish tartibi to’g’risidagi Vaqtinchalik Nizomning 11-bandiga ko’ra, 
bunday ariza berilgan paytdan boshlab va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, bu mulkka egalik qilish, 
undan foydalanish va boshqarish huquqini boshqa mulkdorga o’tkazilgan paytga qadar ma-muriy 
boshqarish organlari korxonani qayta tuzilishi, tugatilishi, shtat jadvali tuzilishini o’zgartirishi va 
xodimlarni ishdan bo’shatishi mumkin emas
1

Davlat uy-joy fondidagi turar joyni xususiylashtirishni amalga oshirishda fuqarolarning va 
mulkdorlarning huquqini hi-moya qilish munosabati bilan vujudga kelgan nizolar O’zbekiston 
Respublikasi FPKning “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida”gi Qonunning 26-
moddasiga muvofiq sudlarga taalluqlidir
2

15-Mavzu: UMUMIY MULK HUQUQI 
 
1.Umumiy mulk huquqi tushunchasi. Umumiy mulk turlari 
2. Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish 
3. Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash 
4. Er-xotinlar o’rtasidagi mulk huquqi 
5. Dehqon va fermer xo’jaligining mulk huquqi 
 
1. Umumiy mulk huquqi tushunchasi. Umumiy mulk turlari 
Fuqarolik kodeksining 216-moddasida aytilganidek, ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida 
bo’lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo’ladi. 
Yuqorida keltirilgan normadan anglashilishicha, umumiy mulk huquqi bir necha shaxslarning 
(sherik, egalarning) muayyan (obekt-lar)ga nisbatan bo’lgan mulkiy huquqlariga aytiladi. 
Umumiy mulk huquqining obektini malum ashyo yoki ashyolar-ning to’plami tashkil etishi 
mumkin. Masalan, ikki yoki bir necha shaxsning birgalikda qurgan yoki sotib olgan imorati, ikki yoki 
bir necha jamoa xo’jaligi birgalikda qurgan g’isht zavodi kabi boshqa obektlar bo’lishi mumkin. 
Umumiy mulk huquqining subektlari (ishtirokchilari) ikki yoki bir necha shaxs (tashkilot yoki 
fuqaro)lar bo’lishi mumkin. 
Umumiy mulk huquqining subektlari bir necha shaxsdan iborat bo’lganligi tufayli sheriklarning 
har qaysisi bunday mulkni o’z holicha tasarruf qila olmaydi, balki o’ziga qarashli obektlarni 
birgalikda, o’zaro kelishuv asosida egallaydi, ulardan foydalanadi va tasarruf qiladi. 
Umumiy mulk huquqi quyidagi asoslardan vujudga keladi: 
birinchidan, oddiy shirkat shartnomasidan, masalan, bir necha fuqaroning birgalashib uy-joy 
qurishidan yoki bir necha jamoa xo’jaligining birgalashib elektr stantsiyasi qurishidan; 
ikkinchidan, bir necha fuqaroning muayyan umumiy mulkka ega bo’lish uchun mablag’ va 
mehnatlarini qo’shishlaridan, masalan, umu-miy oilaviy mulk; 
uchinchidan, bir necha shaxslarning qonun yoki vasiyat bo’yicha meros olishlaridan. 
Umumiy mulk huquqi aksariyat hollarda oddiy shirkat (birga-likdagi faoliyat) shartnomasi 
asosida, umumiy xo’jalik maqsad-lariga erishish uchun, jamoa xo’jaliklari, korxona yoki boshqa tash-
kilotlar qurish va ekspluatatsiya qilish, suv xo’jaligi inshootlari, maktablar, turar-joy binolari va shu 
kabi qurish uchun birgalikda harakat qilishlarida, buning uchun pul hamda boshqa mulk yoxud 
mehnatlarini birlashtirishlarida vujudga keladi. Fuqarolar ham o’zlarining shaxsiy-maishiy 
ehtiyojlarini qondirish uchun pul, mulk va mehnatlarini birlashtirib, masalan, uy-joy qurish uchun 
birga-likda shartnoma tuzib umumiy mulk huquqini oladilar. 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси Олий хўжалик суди Пленумининг 1996 йил 1 мартда қабул қилган 53-сонли қарорига 
илова. 
2
 Қонун номи билан. Ўзбекистон Республикаси Олий Судининг Ахборотномаси. 1995. 3-4-сон. 

 
98
Umumiy mulk huquqi instituti, umumiy mulk haqidagi huquqiy munosabatlar O’zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 216-227-moddalarida batafsil bayon etilgan. 
FKning 216-moddasida ko’rsatilganidek, umumiy mulk ikki turga: birinchidan, mol-mulk 
mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo’yilgan ulushli mulk va ikkinchidan, 
ulushlari aniqlab qo’yilmagan birgalikdagi mulkka bo’linadi. Bular o’rtasidagi asosiy farqlar 
quyidagichadir: 
Taqsimlanadigan umumiy mulkning har bir ishtirokchisi ashyoda aniq belgilangan hissaga ega 
bo’ladi. Masalan, yarmiga, uch-dan biriga va hokazo. 
Taqsimlanmaydigan birgalikdagi umumiy mulk esa, hissalarga taqsimlanadigan mulkdan 
ulushlarga ajralmasligi bilan farq qiladi. Bunday umumiy mulk hamma ishtirokchilar o’rtasida, ular-
ning umumiy roziligi bilan va tenglik asosida egallanadi, foydalaniladi va tasarruf etiladi. 
Ulushli mulk subektlari fuqaro ham, tashkilot ham bo’lishi mumkin. 
Umumiy birgalikdagi mulk huquqida subektlar o’z ulushlari-ni mustaqil tasarruf qila olmaydi, 
chunki, birinchidan, ularning har birining ulushi umuman belgilanmagan bo’ladi; ikkinchidan, oilaviy 
munosabatda bo’lgan umumiy mulk egasi oiladan chiqqanda, uni boshqa bir ikkinchi shaxs bilan 
almashtirib bo’lmaydi. 
Ulushli mulk ulushlarga ajralmaydigan umumiy mulkdan vujudga kelishi asoslari va tartibi bilan 
ham farq qiladi. 
Ulushli mulk tashkilotlar va fuqarolarning bitimlar tuzishi asosida, qonun bilan nazarda tutilgan 
asoslarda, chunonchi qonun va vasiyat bo’yicha meros olishda, mulkning musodara qilinishida va 
boshqa bazi hollarda vujudga kelishi mumkin. 
Jamoa xo’jaligi oila azolarining, jamoa xo’jaligida meh-nat qilib topgan va xonadon mulkiga 
qo’shgan daromadlari yordamchi xo’jalikdan, chorva mollari asrashdan kelgan daromadlari xonadon 
azolarining umumiy mulk huquqini vujudga keltiradi. Kasbkor, hunarmand, umuman yakka tartibdagi 
mehnat faoliyati bilan shug’ul-lanuvchi fuqarolar oilasining topgan pul yoki boshqa buyumlari ham 
shu xonadon azolarining umumiy mulkini vujudga keltiradi. 
 
2. Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish 
Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etishda sherik egalarning 
huquqlari ikki turga: barcha umumiy mulkka nisbatan, umumiy mulkdagi ulushga nisbatan bo’lgan 
huquqlarga bo’linadi. Binobarin, umumiy ulushli mulk egalarining har qaysisi o’z ulushini mustaqil 
tasarruf etish huquqiga ega bo’lsa ham, chunonchi o’z ulushini agar qonun yoki ustav (nizom)da 
boshqacha hol belgilanmagan bo’lsa, o’zga shaxsga o’tkazish huquqiga ega bo’lsa ham, umumiy 
mulkni sheriklarining roziligidan tashqari tasarruf qila olmaydi. 
Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish davomida bunday 
mulkning egalari o’rtasida bo’lgan nizolar umumiy mulk ishtirokchilarining har qaysisining davosi 
bo’yicha sud tomonidan hal qilinadi. 
Umumiy ulushli mulk egalari o’z ixtiyorida bo’lgan mulkni hammalarining roziligi bilan 
egallaydilar, undan foydalanadilar va tasarruf etadilar. Agar umumiy sherik mulkni egallash, undan 
foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to’g’risida o’zaro kelisha olmasalar, bunday masala sherik 
egalarning har qaysisi davosi bo’yicha sud tomonidan hal qilinadi. 
Umumiy ulushli mulkning har qaysi egasi umumiy mulk yuzasidan bo’lgan soliq, yig’im va 
boshqa to’lovlarni to’lashda, shuningdek uni boshqarish va saqlash xarajatlarida o’z hissasiga yarasha 
qatnashishga majbur. 
Umumiy mulkni saqlash yoki umumiy majburiyatni bajarish yuzasidan xarajatlar qilgan boshqa 
sheriklaridan o’zining qilgan chiqimlarini har birining hissasiga muvofiq qoplanishini talab qilish 
huquqiga egadir. 
FKning 221-moddasida aytilganidek, uni boshqarish va saqlash xarajatlarida o’z hissasiga 
yarasha qatnashishga majbur. 
FKning 218-moddasida aytilganidek, umumiy ulushli mulkning har qaysi egasi o’z ulushini 
boshqa shaxsga o’tkazishga haqli. Bunda ulushni haq baravariga ham, tekinga ham birovga o’tkazish 
nazarda tutiladi. Umumiy mulkning sheriklari tashkilot bo’lgan taqdirda, ular o’z ulushlarini birovga 
haq baravariga o’tkazadi, ko’pincha uni sotadi. Fuqarolar esa, o’z ulushlarini haq baravariga ham, 

 
99
tekinga ham birovga o’tkazishi chunonchi, sotishi, hadya etishi, shuningdek vasiyat qilib qoldirishi 
mumkin. 
Mulkdorlardan biri o’z ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtda qolgan mulkdorlar sotilayotgan 
ulushni u sotilayotgan narxda va boshqa teng shartlarda sotib olishda imtiyozli huquqiga egadir. Kim 
oshdi savdosi orqali sotish hollari bundan mustasno (FKning 224-moddasi). 
Umumiy mulkdagi ulushni sotuvchi o’z ulushini o’zga shaxsga sotish niyati haqida boshqa 
mulkdorga yozma ravishda malum qilib, ulushning narxini va uni sotishning boshqa shartlarini 
ko’rsatishi shart. Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishdan voz 
kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan etiboran ko’chmas mulkka nisbatan bir oy davomida 
boshqa mol-mulkka nisbatan esa - o’n kun davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi o’z ulushini har 
qanday shaxsga sotishga haqli bo’ladi. 
Davlat, kooperativ yoki boshqa yuridik shaxs uy-joyga nisbatan bo’lgan umumiy mulk 
huquqidagi o’z ulushini sotgan taqdirda-uy-joyning ana shu ulushni sotib olishda imtiyozli huquq 
uyning shu qismida yashovchi shaxslarga beriladi, ular sotib olishni xohlamaganlari yoki bu huquqni 
amalga oshirmaganlarida esa ulushni sotib olish huquqi umumiy mulkning qolgan sheriklariga o’tadi. 
Agar ulush sheriklarning imtiyozli huquqlari buzilib sotilsa, umumiy ulushli mulkning boshqa 
sherigi sotib oluvchining huquq va majburiyatlari o’ziga o’tkazilishi to’g’risida davo qo’zg’atib, sudga 
murojaat qilishi mumkin. Ammo bu huquq va majburiyat mulkni olib-sotishda belgilangan narxini 
hamda sotib olish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni to’lash sharti bilangina unga o’tkazilishi mumkin. 
Agar mulk oluvchi ulushni sotib olish to’g’risida rozilik ber-gan bo’lsa-yu, lekin u notarial 
idoraga kelishdan bosh tortsa, notarius sotuvchining tanlashi bo’yicha boshqa shaxs bilan shartnomani 
rasmiylashtirish huquqiga ega. 
Umumiy mulk bo’lgan uydan tegishli ulush soqit qilinishida, masalan, sotilishida, uyga bo’lgan 
ulushlar real (natura shaklida) ko’rsatilmay, balki arifmetik ulushlarda belgilanadi. Ammo shu bilan 
birga sotuvchi foydalanish uchun qaysi kvartira yoki xonaning o’tishini ko’rsatishi mumkin. Agar 
umumiy ulushli mulk bo’lgan turar joy ishtirokchilari o’rtasida uyning ayrim xonalaridan foydalanish 
to’g’risida oldindan kelishilgan bo’lsa, bunday kelishish ham notarius tomonidan tasdiqlanishi 
mumkin. 
Ulush sheriklarning imtiyozli huquqlari buzib sotilgani hol-da umumiy ulushli mulkka bo’lgan 
boshqa sherigi sotib oluvchining huquq va majburiyatlari o’ziga o’tkazilishi to’g’risida davo qo’zg’a-
tib, sudga murojaat qilishi mumkinligi to’g’risida qoidalar keng manoda joriy qilinmaydi, chunonchi, 
turar-joyni hadya va vasiyat qilish hollarida qo’llanilmaydi. 
 
3. Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash 
FKning 223-moddasida ko’rsatilganidek, umumiy ulushli mulk ishtirokchisi o’z ulushini 
umumiy mol-mulkdan berishni talab qilishga haqlidir. Uning bu huquqi umumiy mulkdagi ulushni 
tasarruf etishga bo’lgan huquqidan kelib chiqadi. 
Ulushni ajratishning asosiy usuli, mulkning xo’jalik tayinlanishiga zarar etkazmaslik sharti bilan 
undan asl holida ulush ajratishdan ishtirokchilar o’zaro kelisha olmasalar sud yoki nizoni hal qiluvchi 
organ umumiy mulkdan qanday ashyolar asl holida ajratilishini, masalan, sheriklik asosida olingan 
hosilning qanday taqsimlanishini belgilaydi. 
Umumiy mulkdan uning xo’jalik tayinlinishiga zarar etkaz-masdan ajratish mumkin 
bo’lmaganda, ulush ajratib oluvchi ega rozi bo’lgani holda, ulushning miqdoriga yarasha pul 
baravarida haq olishi mumkin. Agar pul baravarida uning to’lash imkoniyati bo’lmasa, umumiy mulk 
sotilib uning summasi sheriklar orasida taqsimlanadi. 
Uy-joyga nisbatan bo’lgan umumiy ulushli mulk egalari o’zlariga tegishli ulushlarga yarasha uy-
joyni taqsimlashga haqli bo’lib, buning natijasida ularning har biriga uy-joyning alohida qismi 
(kvartira yoki ajratilgan xona) biriktirib qo’yilishi mumkin. 
Fuqarolarning umumiy ulushli yoki birgalikda egaligida bo’lgan xususiylashtirilgan turar-
joylarni bo’lish haqidagi masalalar sud amaliyotida turlicha hal etilishi holatlari uchraydi. FKning 223-
moddasiga muvofiq, umumiy ulushli mulk egasining har biri umumiy mulkdan o’z ulushini ajratib 
berishni talab qilishga haqli. 
Agar ulushni ajratish usuli to’g’risida sheriklar o’zaro kelisha olmagan bo’lsalar, mulk har qaysi 
sherikning davosi bo’yicha sud tomonidan taqsimlanadi. Amalda shunday hollar uchraydiki, umumiy 

 
100
mulkdan ulush ajratish haqidagi qonunning qoidalari xususiylashtirilgan turar-joylarga tadbiq qilinishi 
mumkin emas va bunday turar-joylarni taqsimlashda Uy-joy kodeksi normalari tadbiq qilinishi lozim. 
Masalan, Mirobod tumani sudi 1993 yil 1 noyabrda davogar N.I.Lyalinaning A.V.Lyalinga 
nisbatan xususiylashtirilgan turar-joyni bo’lish haqidagi talabini qanoatlantirish haqidagi hal qi-luv 
qarorida O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 99-mod-dasi qo’llangan, bu moddada ijaraga 
oluvchining balog’atga etgan oila azosi ulushiga to’g’ri keladigan uy-joy maydoni ajratib qo’yilgan 
alohida turar joy shaklida berilishi mumkin bo’lsa, o’zi bilan ayrim shartnoma tuzishni talab qilishga 
haqli ekanligi ko’rsatilgan. 
Shu sudning o’zi 1993 yil 1 fevralda N.Kosparskayaning sobiq turmush o’rtog’i 
R.Kasparovskiyga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 99-moddasini qo’llagan 
holda xususiylashtirilgan kvartirani taqsimlash haqidagi davosini qanoatlantirgan. 
Toshkent shahar sudining 1993 yil 9 martdagi ajrimida xusu-siylashtirilgan turar-joyni 
taqsimlash shaxsiy mulk huquqi aso-sida tegishli bo’lgan uy-joylarni taqsimlash haqidagi qonun 
talablariga ko’ra taqsimlash lozim edi, degan asos bilan hal qiluv qarori bekor qilingan. 
FKning 233-moddasining 2-qismiga binoan, turar-joy uning sheriklarini umumiy mulki bo’lgan 
kvartira, uy (uyning bir qis-mi)dagi ulushlariga muvofiq taqsimlanishi lozim. 
Birgalikdagi umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan turar-joylar ham shunday tartibda 
taqsimlanishi kerak
1

Ushbu masala bo’yicha tegishli ko’rsatmalar O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 
1994 yil 9 sentyabrdagi 21-sonli qarorining 19-bandida berilgan
2

Ammo bunday taqsimlash mazkur aholi yashaydigan joyning rejalashtirish loyihasiga zid 
bo’lmasligi kerak. Uy-joyni taqsimlash to’g’risidagi bitim notarial tartibda taqsimlanishi va tuman 
(shahar) hokimligi idoralarida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim. 
Bazi hollarda umumiy mulkdan tegishli ulush mulk egalari-dan birining qarzini qoplash uchun 
uning kreditori talabi bo’yicha ham ajratilishi mumkin. 
 
4. Er-xotinlar o’rtasidagi mulk huquqi 
Oila qonunchiligi er-xotinning nikoh davrida orttirgan mulklari – ularning birgalikdagi umumiy 
mulki bo’lishi ko’rsatilgan
3
. Bunda u yoki bu mulkning kim tomonidan sotib olinganligi, kimning 
nomiga rasmiylashtirilganligi, er yo xotindan birortasi-ning qancha maosh olishi, butunlay 
olmasligining mutlaqo ahamiyati yo’q. Umumiy mulkni orttirish masalasiga kelganda, oila o’z 
yumush-larini qilish, farzandlarni tarbiyalash har qanday maosh to’lanib qilinadigan ijtimoiy ishga 
tenglashtiriladi. Bu esa mamlakati-mizda ayollarning erkaklar bilan to’la tengligini isbotlaydi
ayollarning salomatligi, ularning mehnatlari qadrlanganligini, onalarga cheksiz hurmat bilan 
qaralganligini bildiradi. Mamlakatimizda “Sog’lom avlod uchun” harakati Hukumat darajasida amalga 
oshirilayotganligi bunga yaqqol dalildir. 
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasiga aso-san er va xotinning nikoh 
davomida orttirilgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo’lajak er-xotinning 
umumiy mablag’lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha 
hol ko’rsatilmagan bo’lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. 
Er-xotinning tadbirkorlik faoliyatiga qo’shgan mablag’lar va undan kelgan daromadlar, agar er-
xotin o’rtasidagi shartnoma bilan o’zgacha tartib belgilangan bo’lmasa, ulardan har birining mulki 
bo’ladi. 
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mulklari jumlasiga ularning har birining mehnat 
faoliyatidan, tadbirkorlikdan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirilgan daromadlar, pensiyalar, 
nafaqalar, shuningdek, ularning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko’char va ko’chmas mulklar, 
qimmatli qog’ozlar, paylar, omonatlar er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashti-rilganligidan qati 
nazar er-xotinning umumiy mulkiga kiradi. 
Er va xotin o’rtasidagi umumiy mulk huquqining taqdiri nikohning bekor qilinishi bilan 
o’zgarishi mumkin. Bu holda dastlab er va xotinning nikoh tuzganliklariga qadar o’zlariga tegishli 
                                                           
1
 Қонун номи билан. Ўзбекистон Республикаси Олий Судининг Ахборотномаси. 1995. 3-4-сон. -33-34 б. 
2
 Қонун номи билан. Ўзбекистон Республикаси олий Судининг Ахборотномаси. 1995. 1-2-сон. -28 б. 
3
 Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси. -Т.: Адолат. 1998. 

 
101
bo’lgan mulklari, shuningdek nikoh davomida hadya yoki meros tariqasida olgan mulklari-har birining 
o’z mulki qilib ajratilishi va ular o’rtasidagi umumiy mulkka qo’shilmasligi kerak. 
Er-xotinning majburiyatlari ularning qanday asoslardan kelib chiqqaniga qarab umumiy mulk 
hisobidan bajarilishi mum-kin. Agar majburiyat er va xotinning umumiy xo’jalik yoki oila 
manfaatlarini ko’zlab qilgan harakatlaridan kelib chiqqan bo’lsa, qarz so’zsiz umumiy mulkdan 
undiriladi. 
Majburiyat er yoki xotinning shaxsiy qarzlaridan kelib chiq-qan bo’lsa, majburiyat qarzlari o’z 
shaxsiy mulkidan yoki unga tegishli umumiy mulk ulushidan undiriladi. Agar er-xotinning umumiy 
mulki jinoyat hisobiga jamg’arilgani yoki ko’paytirilganligi sud hukmi bilan isbot qilinsa-jinoyat 
tufayli keltirilgan hamma mulk hisobidan undiriladi. 
Yuqorida bayon qilingan er va xotinning umumiy mulki haqi-dagi qoidalar FHDЁda qayd 
etilgan nikohda turuvchi shaxslarga nisbatan tadbiq qilinadi. FHDЁda ro’yxatdan o’tmay birga turuv-
chilarga Oila kodeksida bayon qilingan yuqoridagi qoidalar tadbiq etilmaydi. Ular o’rtasidagi umumiy 
munosabatga Fuqarolik kodeksining umumiy mulk huquqi to’g’risidagi normalari qo’llaniladi. 
 
5. Dehqon va fermer xo’jaligining mulk huquqi 
Umumiy birgalikdagi mulk ko’rinishlaridan biri dehqon va fermer xo’jaligining mol-mulkidir. 
Qonunga asosan dehqon va fermer xo’jaligining mol-mulki uning azolariga agar ular o’rtasidagi 
shartnoma bilan boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, ulushli yoki birgalikdagi umumiy mulk huquqi 
asosida tegishli bo’ladi
1
. Bu mol-mulk o’z tarkibiga turar-joy, xo’jalik binolari, sug’orish inshootlari, 
ekinlar, chorva mollari, parrandalar, texnika va uskunalar, transport vositalari, qishloq xo’jalik 
ashyolari kabilarni oladi. 
Xo’jalik etishtirgan hosil, mahsulot va boshqa daromadlar xo’jalik azolarining umumiy mol-
mulki hisoblanadi va o’zaro kelishuv asosida foydalaniladi. Bunday mol-mulkni tasarruf etish bo’yicha 
bitimlar xo’jalik raxbari yoxud u vakolat bergan xo’jalik azosi tomonidan tuziladi. 
Dehqon va fermer xo’jaligi haqidagi qonunlar
2
ga asosan dehqon va fermer xo’jaliklari yuridik 
shaxs huquqiga ega. 
Dehqon va fermer xo’jaliklarining bir yoki bir necha azosi uning tarkibidan chiqqan taqdirda, 
birgalikdagi umumiy mulk asl holida taqsimlanmaydi, balki tegishli ulush pul mablag’lari bilan 
to’lanadi. Bundan asosiy maqsad mavjud dehqon va fermer xo’jaliklarining parchalanib yo’q bo’lib 
ketishiga yoxud zaiflashib qolishiga yo’l qo’ymaslikdir. Xuddi shu sababli yangi dehqon va fermer 
xo’jaligi tashkil etish maqsadida ajralib chiqayotgan azolar dehqon xo’jaligining umumiy mulkdagi 
o’z ulushlarini asl holida olishga haqli. Biroq bunda mol-mulkni taqsimlash dehqon va fermer xo’jaligi 
faoliyat yuritish uchun zarur bo’lgan asosiy ishlab chiqarish vositalaridan mahrum qilmaydigan tarzda 
amalga oshirilishi kerak. 
Dehqon va fermer xo’jaligi azolarining birgalikdagi umumiy mol-mulkdagi ulushlari, agar ular 
o’rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, barchasi uchun teng hajmda 
deb hisoblanadi. 
Dehqon (fermer) xo’jaligi tugatilgan taqdirda barcha kreditorlarning talablari qondirilgandan 
keyin qolgan mol-mulk huquqi mulk asosida dehqon va fermer xo’jaligi azolariga tegishli bo’ladi 
hamda qonunda yoki shartnomada belgilangan tartibda taqsimlanadi. 
                                                           
1
  Т.Қаллибеков.  Дийхон  (фермер)  хожалыкларын  раўажландырыўдыңн  хукыкый  кепиллиги.  Каракалпакстан. -
Нокис. 1995. -20-21 б. 
2
  Ўзбекистон  Республикасининг  Фермер  хўжалиги  тўғрисидаги  қонуни.  Ўзбекистон  Республикасининг  Деҳқон 
хўжалиги тўғрисидаги қонуни.  Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 1998.  5-6-сон. 86-
88-моддалар. Ўзбекистон нинг янги қонунлари. 19-тўплам. -Т.:  Адолат. 1998. -98-135 б. 

 
102
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling