Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Ashyoviy huquq tushunchasi va turlari Ashyoviy huquq tushunchasi.
- Ashyoviy huquq turlari.
- Ommaviy ashyoviy huquq mazmuni.
5. Mulk shakllari Iqtisodiy manodagi mulk shakllari deyilganda moddiy nematlarni o’zlashtirish usullarining yig’indisa tushuniladi. Bunday usullar yakka tartibda yoki jamoat bo’lib yoxud davlat tomonidan amalga oshirilishi mumkin 1 . Yuridik manodagi mulk shakli-moddiy nematlarni muayyan subektlarga tegishli bo’lishini (biriktirib qo’yishlikni) mustahkamlovchi va tegishli mulkning huquqi rejimini belgilovchi huquqiy meyorlar yig’indisidan iborat. O’zbekiston Respublikasi FKning 167-moddasiga asosan O’zbekiston Respublikasida mulkchilikning quyidagi shakllari mavjud: 1. Xususiy mulk; 2. Ommaviy mulk. Davlat mulk shakllarini rivojlantirish uchun zarur huquqlarning tengligini taminlaydi va uning himoya qilinishini kafolatlaydi Mulk shakllarini bunday turkumlashtirish uchun mulk subekti maqomi va mol-mulk rejimining uzviy birligi asosiy mezon hisoblanadi. O’z navbatida xususiy mulk shakli quyidagi ko’rinishlarda (turlarda) namoyon bo’ladi: a) yakka shaxsga (individga) tegishli mulk (fuqarolar mulki); b) nodavlat yuridik shaxslar mulki. Ommaviy mulk tarkibiga quyidagilar kiradi: a) O’zbekiston Respublikasi mulki; b) mamuriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk). 1 Суханов Е.А. Лекции о праве собственности. М. Юр.лит., 1991й, 45-46 бетлар. 82 6. Ashyoviy huquq tushunchasi va turlari Ashyoviy huquq tushunchasi. Fuqarolik-huquqiy normalari – ashyoviy huquqning, xususiy huquq mazmunining tashkiliy tizimli asosi hisoblanadi. Uzoq muddatli tanaffusdan so’ng “ashyoviy huquq” atamasi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida o’z ifodasini topdi. Mulkiy huquqlarni ashyoviy va majburiyat huquqiga bo’linishi roman-german huquq oilasining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Qonunchilikda “ashyoviy huquq” atamasining juda ko’p ishlatilishiga qaramasdan, ushbu atamaning ilmiy tahlili tadqiq etishni talab etadi. Mamlakatimiz tsivilistlari qanday huquqlar ashyoviy huquqlar hisoblanadi va bu holatlar nimalarda ko’riladi degan masalaga etibor qaratadilar. Ularning barchasini ham to’g’ri deb bo’lmaydi. Zero, ushbu atamaning uzoq yillar amaliyotda qo’llanmaganligining yuristlar tomonidan unitilishi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmaydi. Ushbu institutda markaziy o’rinni mulk huquqi egallaydi. Chunki, boshqa ashyoviy huquqlar ushbu “kuchli” huquq (mulk huquqi)dan kelib chiqqan hisoblanadi. Bir qator sabablarga ko’ra, mulk huquqiga tegishli belgilarni boshqa ashyoviy huquqlarga har doim ham qo’llab bo’lmaydi. Shuning uchun ham qonun chiqaruvchi FKning bu bo’limini “ashyoviy huquqlar” deb nomlashdan voz kechadi. Zero, kodeks loyihasini tayyorlovchilar turli yo’nalishli mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning umumiy belgilarini ajratib bera olmadilar. Ushbu bo’limni “mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar” deb nomlanishidan kelib chiqib, “shaxs” ashyoga nisbatan mutloq hukmronlikni rasmiylashtiruvchi mulk huquqining o’zi asosiy va to’liq ashyoviy huquqni tashkil etadi. Shuning uchun ham qonun chiqaruvchi nuqtai nazaridan ashyoviy huquq obektiv manoda fuqarolik huquqining instituti sifatida o’z ifodasini topmagan. Rim huquqi ildizlariga ega kontinental huquq tizimi tamoyillariga muvofiq, ashyoga nisbatan faqatgina bitta huquq “mulk huquqi” mavjud, boshqa huquqlar esa, to’liq huquqlar hisoblanmaydi, bular “boshqa ashyoviy huquqlar”dir. Ashyoviy huquqlarning qonunchilik modeli quyidagi unsurlardan tashkil topadi. Birinchidan, mulk tegishliligining bu shakli (mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar) va ularning tizimi (ashyoviy huquqlar turlari va ashyoviy huquqlar klassifikatsiyasi (turlarga bo’linishi). Ikkinchidan, ashyoviy huquq subektining obektga bevosita tasiri bo’yicha huquqdorligining mazmuni. Uchinchidan, ashyoviy huquq obektlarining huquqiy tartibi. To’rtinchidan, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning vujudga kelish va bekor bo’lish asoslari hamda usullari. Beshinchidan, ashyoviy huquqlarni himoya qilish fuqarolik-huquqiy usullari va ularning kafolatlari. Ushbu unsurlar (komponentlar)ga taalluqli FK normalari boblar bo’yicha quyidagi tuzilishni hosil qiladi: umumiy qoidalar, xo’jalik yuritish va operativ boshqarish huquqi, mulk huquqini vujudga kelish va bekor bo’lishi, xususiy mulk, ommaviy mulk, umumiy mulk, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish. Ushbu meyorlarning katta qismi mulk huquqiga bag’ishlanganligini anglash qiyin emas (ajablanarli jihati shundaki, barcha ashyoviy huquqlarga mo’ljallangan umumiy qoidalarda ham normalarning katta qismi mulk huquqiga tegishlidir). Ashyoviy huquq institutining umumiy qurilishi va ashyoviy huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi normalarning tahlili mamlakatimizda ashyoviy huquqlar to’g’risidagi qonun normalariga nisbatan bir qator salbiy xulosalarni chiqarishga imkon beradi. Birinchidan, FKning 2-bo’limi mamuriy qoidalar tasirini kamaytira olmagan. Buning natijasida ashyoviy huquqlar ommaviy huquq tasirdan etarli darajada himoyalanmagan. Bu holat “xalq xo’jaligini sovet davrida boshqaruvi”dan kelib chiqqan xo’jalik yuritish va operativ boshqaruv huquqida o’z ifodasini topadi. Shuningdek, ommaviy va xususiy mulk bo’yicha subektga nisbatan turli huquqiy tartibda mustahkamlangan normalarda davlatning ommaviy mulk subekti sifatida maxsus imtiyozga ega bo’lishini taminlaydi. Ikkinchidan, mazkur bobning 12 moddasidan faqatgina 1 tasi, 165-modda – haqiqatan ham umumiy meyorlarni ifodalaydi 1 . Bu o’rinda ashyoviy huquqlar to’g’risidagi umumiy qoidalarga yaqqol misol Yaponiya Grajdanlik kodeksi bo’lib, undagi ashyoviy huquqlar haqidagi umumiy qoidalar bobi haqiqatan ham barcha ashyoviy huquqlar uchun xos bo’lgan umumiy qoidalarni mustahkamlaydi 2 . 1 ФКнинг 170 ва 171-моддалари табиий ресурсларга ва уй-жойга бўлган муносабатларнинг хусусиятларига оид ашёвий ҳуқуқларни махсус қонунларга ҳавола қилади. ФКнинг 173-моддаси эса, сервитутларга тааллуқли. Қолган барча моддалар фақатгина мулк ҳуқуқига бағишланган. 2 Қаранг: Сакаэ Вагацума, Тару Ариидзуми. Гражданское право Японии. В двух книгах. Книга первая. /Под ред. Р.О.Халфиной. перевод В.В.Батуренко. –М.: 1983. стр.116-169. 83 Uchinchidan, FKning 165-moddasidagi ashyoviy huquqlar turlari boshqa qonunlarga havola etilgan namunaviy turlardir. Hali ashyoviy huquqlarning qatiy belgilari o’rnatilmagan. Faqatgina qonunda ularning yopiq ro’yxati berilgan ekan balki ularga qandaydir o’zgartirish kiritish kerakdir. To’rtinchidan, ashyoviy huquq normalari juda noqulay joylashgan. Yani, ashyoviy huquqlar tizimida servitutlar umumiy qoidalarda ifodalangan bo’lsa, xo’jalik yuritish va operativ boshqarish huquqi mulk huquqiga bo’lgan bobda, garov majburiyat huquqi bobida uy-joy va tabiiy resurslarga nisbatan ashyoviy huquqlar esa, FKdan tashqarida (o’zga qonunlarga havola qilish orqali) ifodalanganki, bu holat ashyoviy huquqlar qurilishini buzadi. Beshinchidan, FKda ashyoviy huquqlar subekt (fuqarolar, unitar korxonalar)ni yoki obekt (er uchastkasi, uy-joy)ni ko’rsatish orqali ifodalanadiki, bu xalqaro yuridik esperanto (tilshunoslik)ni tashkil etuvchi tsivilistikaning ananaviy atama (uzus, uzufrukt, infitevzis, xabitatsio, superfitsiy)larga xos bo’lmagan jumlalar orqali bayon etilishiga sabab bo’ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ashyoviy huquqlar deganda ashyoviy huquqlar tizimini, ular subektlarining vakolatlari mazmunini va obektlarning huquqiy tartibi (rejimini) ularning vujudga kelish va bekor bo’lish asoslarini, shuningdek ashyoviy huquqlarni himoya qilish usullari va kafolatlarini mustahkamlovchi normalar yig’indisi tushuniladi. Ashyoviy huquq turlari. FK ashyoviy huquq jumlasiga quyidagilarni kiritadi: mulk huquqi, xo’jalik yuritish va operativ boshqarish huquqi, meros qilib qoldirilgan er uchastkasiga egalik qilish, er uchastkasidan umrbod egalik qilish va foydalanish huquqi, servitutlar (FKning 164-165-moddalari). Bu ro’yxat “xususan” atamasiga binoan ifodalangan, hamda FKning 2-bo’limida ifodalanmagan yana qanday huquqlar ashyoviy huquqlar tarkibiga kiradi degan savol tug’iladi. FKning 165-moddasida «qatiy” ifodalangan ashyoviy huquqlarga “taxminiy” quyidagi huquqlarni keltirish mumkin: daromad keltiradigan faoliyatni amalga oshirishdan keladigan foydani mustaqil tasarruf etishni tasis etish huquqi (FKning 180-moddasi 2-qismi), ipoteka va zakalat ko’rinishidagi garov (FKning 265-moddasi), ushlab qolish (290-modda), mulkdor oila azolarining huquqlari, shuningdek uy-joydan foydalanib, mulkdor bilan birga doimiy yashovchi fuqarolarning huquqlari (1998 yil 24 dekabrdagi Uy-joy kodeksining 32-moddasi) va uy-joy kvartirani umrbod taminlash sharti bilan berish shartnomasi bo’yicha (FKning 530-534-moddalari) yoxud merosdan voz kechish asosida (Uy-joy kodeksining 121-123-moddalari), sotib olish sharti bilan ijara huquqi (FKning 556-moddasi, 541-modda va Uy-joy kodeksining 89-moddasi, kooperativ azosining kooperativdagi kvartirani sotib olishgacha bo’lgan huquqi (Uy-joy kodeksining 100-101 moddalari), shuningdek muddatli boshqaruv (FKning 187-moddasi). 7. Xo’jalik yuritish va operativ boshqarish huquqlari Ommaviy ashyoviy huquqlar. Operativ boshqaruv va xo’jalik yuritish huquqlari tengsiz huquqiy konstruktsiyalar hisoblanadi va faqat sobiq sotsiyalistik respublikalar huquqiy tizimlariga xosdir. Kamdan-kam istesnolar bilan bu ashyoviy huquqlar asosan davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlariga hizmat qiladi. Yuqoridagi konstruktsiyalar markazlashtirilgan va mamuriy xo’jalik yuritish atributlari sifatida MDH tsivilistlarining asosli tanqidiga sabab bo’lgan 1 . Bu ashyoviy huquqlarni ommaviy deyish mumkin, chunki ular ko’pincha, ommaviy mulk va notijorat sohasi doirasida amalga oshiriladi. Ommaviy ashyoviy huquq mazmuni. Bu ashyoviy huquqlarning o’ziga xos hususiyati-ularning subektlari mahsus subekt hisoblanadi. Xo’jalik yuritish huquqi subekti bo’lib faqat har qanday mulk egasi tomonidan tashkil etilgan unitar korxona hisoblanadi. Operativ boshqaruv huquqi subekti bo’lib faqat ommaviy mulkdor tomonidan tashkil etilgan korxona yoki har qanday mulkdor tomonidan tuzilgan muassasa bo’lishi mumkin. Ko’rsatib o’tilgan obektlar – bu o’z mulkiga ega bo’lmagan va, shuning uchun, tovar aylanmasida hech narsa yutqazmaydigan yagona va betakror yuridik shaxslar hisoblanadi 2 (FK70-m 1.q,76-m). Ushbu ashyoviy huquq egalari huquq vakolatlari mazmuni nuqtai nazarida qaraganda, ular mulk huquqi singari egalik, foydalanish va tassaruf etish huquqlari orqali 1 Дозорцев В.А. Принципиальные черты права собственности в Гражданском кодексе. – В сб.: Гражданский кодекс России. – М. 1998.С.228-271; Скрябин С.В. Указ. соч. С.16-17. 2 Қаранг: Суханов Е. Право хозяйственного ведения и право оперативного управления Комментарий Гражданского кодекса Российской Федерации // Хозяйство и право. 1995. №7. С.4. 84 belgilanadi. Mulk huquqidan farqli ushbu ashyoviy huquqlarni amalga shirishda namoyon bo’ladi. Agar xo’jalik yuritish huquqi fuqorolik kodeksida belgilangan doirada amalga oshirilsa operativ boshqaruv esa “qonunda belgilab qo’yilgan doirada o’z faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga hamda mulkning vazifasiga muvofiq holda” amalga oshiriladi. Xususan bu mulkdorning qoldiq vakolatlari mavjudligida va ushbu ashyoviy huquqlar asosida berilgan mulkni tassaruf etish tartibida namoyon bo’ladi. Fukarolik Kodeksi, aslida ashyoviy huquqlarning 2 konstruktsiyasi va yuridik shaxslarning 3 hil tashkiliy – huquqiy shakli bilan aralashuvidagi bir necha huquqiy rejimlarni o’rnatadi. Unitar korxona xo’jalik yuritish huquqi asosida o’ziga qarashli ko’chmas mulkni mulkdorning roziligisiz begonalashtirishga yoki boshqacha usulda tassaruf etishga haqli emas. Lekin u ko’chma mulkdan boshqa barcha mulkni mustaqil tassaruf etishga haqli (FK177-m, 4.5q).Bunda xo’jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona va mulkdorning qoldiq huquqlari o’rtasida ko’chmas mulkka nisbatan mulkiy vakolatlar taqsimlanishi etarlicha qatiy o’tkazilgan. Unitar korxona mulkdor roziligi bilan o’ziga tegishli mulkning bir qismini xo’jalik yuritish huquqi asosida ajratib, o’zining sho’ba korxonasini tasis etishi mumkin. Sho’ba korxonasi xo’jalik yuritish huquqiga asoslanadi va yuqorida ko’rsatilgan unitar korxonaga tegishli huquqlarga ega bo’ladi. Lekin, bunda, uning “mulkdori” tasischisi hisoblanadi. U tasis hujjatlari yordamida sho’ba korxonaning xo’jalik yuritish huquqlarini qisqartirishi mumkin (FK 71-m,3.q). Davlat korxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida o’ziga biriktirilgan har qanday mulkni, mulkdorning roziligisiz begonalashtirishi yoki boshqacha usulda tasarruf etishga haqli emas. Lekin u o’zi ishlab chiqargan mahsulotini mustaqil realizatsiya qilishi mumkin (FK 179-m). Bunda davlat korxonasiga biriktirilgan mulk egasi ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki noo’rin foydalanilayotgan mulkni qaytarib olishi va uni o’z xohishi bo’yicha tasarruf etishi mumkin (FK 178-m,2.q). Buerda davlat korxonasining o’zi bilan mulkdorning qoldiq vakolatlari ishlab chiqarilayotgan mahsulotga nisbatan mulkiy huquqlar taqsimoti amalga oshirilgan. Mulkdorning qoldiq vakolatlari faqatgina operativ boshqaruv huquqiga berilgan mulkni tasarruf etishga rozilik berishnt emas; balki ushbu mulkni korxonadan qaytarib olish huquqini ham o’z ichiga oladi. Muassasa o’ziga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan yoki smeta bo’yicha ajratilgan vositalarga sotib olingan mulkni begonalashtirishga yoki boshqacha usulda tasarruf etishga haqli emas (FK 180-m,1.q). Muassasa mulkdorning qoldiq vakolatlari uning davlat korxonasiga nisbatan vakolatlaridan farq qilmaydi (FK 178-m,2.q). Lekin FKning ushbu qoidasi, nodavlvt muassasasining mulki uning tasischilari o’rtasida taqsimlanishi mumkin emas, degan qoidaga ziddir (1999y., 14 aprel №763-I “nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida ”gi qonuni 36-m,5.q). Shu bilan birga, muassasa tasis hujjatlarida ruxsat berilgan foyda keltiruvchi faoliyat bilan shug’ulanishidan olgan foydasi va buning hisobiga olgan mulkini mustaqil tasarruf etin huquqiga ega. Bunday mulk muassasaning alohida balansida hisobga olinadi (FK 180-m,2.q). Tabiiyki, mulkdorda muassasaga topshirilmagan mulkka nisbatan hech qanday qoldiq huquqlari bo’lmaydi. Lekin amaliyotda ushbu mulk muassasaga mulk huquqi asosidami, mustaqil tasarruf etishgami, yoki xo’jalik yuritish huquqi asosida tushadimi, kabi ko’plab savollar tug’uladi. Qonunchilikda ham, amaliyotda ham, yuqorida ko’rsatilgan subektlarga hadya qilingan yoki meros qoldirilgan mulkka nisbatan qanday huquq kelib chiqadi, degan savol haligacha hal etilmagan. Lekin yuridik shaxsning o’zi, xo’jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi asosida o’ziga tegishli mulkdan mulkdorning roziligisiz uni hadya qilish huquqiga ega, basharti bu – uncha katta qiymatga ega bo’lmagan oddiy sovg’a bo’lsa (FK505-m). FK qoidalaridan ko’rinib turibdiki, xo’jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi asosidagi mulkka nisbatan huquqlarning taqsimlanishi mulkdor va u tomonidan tashkil etilgan subekt o’rtasida amalga oshiriladi. Totalitar markazlashish sharoitlarida bunday savol bir tomandan davlat organlarining mulkka nisbatan huquq vakolatlari belgilanishi va, 2-tomondan, yagona mulk fondiga nisbatan davlatning davlat sotsialistik mulkining yagona subekti deb elon qilinishi munosabati bilan paydo bo’ldi.davlat korxonalari o’rtasida bitimlar tuzilganda “mulk huquqning o’tishi” aslida bo’lmagan – ular davlatning mutloq va ommaviy mulkiy huquqida bo’lgan mol-mulkka nisbatan javobgarlik kompitentsiyasini o’tkazishgan. Davlat organlarining bu kompitentsiyasi operativ boshqaruv huquqi deb atalgan. Keyinchalik, davlat muassasalarining huquq subektlari, deb tan olinishi hamda xo’jalik organlarining huquqlarining kengayishi xo’jaligi hisobi sharoitida to’liq xo’jalik 85 yuritish ashyoviy huquqning ajralib chiqishini talab qilgan. Operativ boshqaruv huquqi esa davlat muassasalariga qoldirigan. 8. Servitut va mulkka egalik huquqi. Hammaga malumki, mulkka egalik huquqi mulk egasining mutloq huquqidir. Biroq uning vakolati cheksiz ekanligini bildirmaydi. Uning chegaralari faqat shu huquqdan foydalangandagina o’rnatilishi mumkin. Mulkka egalik qilish huquqining cheklov va chegaralari shu mulkka boshqa shaxslarning huquqlari mavjudligida namoyon bo’ladi. Mulk egasining boshqa shaxslar bilan bo’ladigan munosabatlarda unga tegishli bo’lgan mulkka ularning o’ukmronlik qilishi faqat cheklashga olib kelmaydi. Mluk egasining o’zi hukmronligida ham chegaralari mavjud (FKning 172-moddasi). G’arb yuristlari mulkka mutloq egalik qilish huquqini ommaviy cheklanishini qo’llab-quvvatlash uchun “ijtimoiy vazifa” nazariyasi asoslangan edi. Germaniya qonuni bo’yicha mulkdan foydalanish hokimiyat farovonligiga xizmat qilishi kerak (Qozog’iston FK 6-moddasi 2-qismiga o’xshash). Mulk egasining boshqa mulk egalari bilan bir joyda mavjud bo’lishi ularning o’zaro egalik qilish erkinligiga rioya qilishi va tan olishi, shuningdek jamiyat manfaatlarini etiborga olishi talab etadi. Shuning uchun qonunchilik mulkka egalik qilish erkinligini jamiyat farovon turmushi uchun cheklash mumkin. Bu esa o’z navbatida mulkning dahlsizligini va erkinligini hech qancha inkor etmaydi. Muammo esa undan foydalanishni cheklashda qanday, qachon qay meyorda yo’l qo’yilishidan iboratdir. Bunda faqat mulk egasining o’zi tomonidan boshqa shaxslar tomonidan qo’yilgan cheklovlarni ajratish kerak. FK 172-moddasi 2-qismiga muvofiq, mulkiy huquqni amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri qonunda belgilangan tartibda mulk egasi o’zining mulkida boshqa shaxslar foydalanishiga yo’l qo’yib berishga majbur. Bu boshqa shaxslar uning mulkidan ruxsatsiz foydalanish huquqiga ega bo’ladi. Shu bilan bir qatorda mulk egasidan qandaydir harakatlar qilish talab etilmaydi, u faqat uning faoliyatiga halaqit ham bermasligi kerak. FK 172-moddasi 3-qismiga muvofiq, mulk egasining o’zining yuqori turuvchi holatini suiistemol qilish, boshqa shaxslarning qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini, huquqlarini buzadigan harakatlar sodir qilish huquqiga ega emas. Masalan, qo’shni hovlisiga quyosh nurlari tushmaydigan qilib devor qurish. Shunday qilib servitutlar o’zining tarkibi bo’yicha pozitiv, yani mulk egasi o’zining ko’chmas mulkini boshqa shaxslarga cheklangan tarzda foydalanishga beradi. Negativda esa mulk egasining ko’chmas mulkdan foydalanayotgan shaxslarga zarar etmazmaslik majburiyatidan iboratdir. Ashyoviy huquq va cheklovlar farqi shundan iboratki, mulkka egalik qilish huquqini cheklash uchinchi shaxslarga mulkka egalik qilish huquqini bersa ham, lekin u ularning fuqarolik huquqi ham, mulki ham emas. Ashyoviy huquqlar esa shu fuqarolik huquqlarni beradi. Servitutni uchinchi shaxslarning mulkiy huquqlarida ifodalangan umumiy termin “obremenenie” (cheklovchi, tashvil orttiruvchi)dan farqlash kerak. Birinchidan majburiyat huquqi ham yuklovchi bo’lishi mumkin. ikkinchidan, “ommaviy servitut” kabi yuklovchi ashyoviy huquqlar hisoblanmaydi 1 . Servitut (lot.servitas-buyumlarning xizmati) deganda birovning mulkidan cheklangan tarzda foydalanish huquqini (pozitiv servitut) yoki mulk egasini o’z mulkidan boshqalarga zarar etkazgan holdan foydani oldini olish (negativ servitut) servitut foydalanishdi cheklangan ashyoviy huquq hisoblanadi (FK 165-modda, abzats 5. 1-q.). FK 173-moddasi «Birovning er uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) deb nomlanishidan qatiy nazar aslida servitut ko’chmas mulkka nisbatan va shaxsga nisbatan belgilanadi (173-modda 1-qism). Belgilangan servitutni talab qilish huquqiga ega shaxs ko’chmas mulk egasi bo’lmasligi ham mumkin, balki umrbod meros bo’lib o’tgan egalik huquqi yoki doimiy egalik va foydalanish huquqiga ega shaxs ham bo’lishi mumkin. Servitutni talab qilish nafaqat qo’shni erga balki har qanday er uchastkasiga belgilanishini talab qilish mumkin (FK 173-moddasi 1-qismi). Servitut birovning er uchastkasi orqali o’tish uchun, elektr liniyalarni o’tkazish uchun, suv tarmoqlarini o’rnatish uchun, yani shu ko’chmas mulk egasi o’z ehtiyojlarini servitut o’rnatmasdan 1 Қаранг: Камышанский В.П. Право собственности: пределы и ограничения. – М. 2000. С.25-29. 86 taminlab bo’lmaydigan hollarda qo’llaniladi. Bunda servitut yuklangan mulk xizmat qiluvchi, servitut bilan taminlangan esa hukmron deb nomlanadi. Shaxslar o’rtasidagi servitutni belgilash bo’yicha kelishuv ko’chmas mulkni ro’yxatga olish tartibi ro’yxatga olish kerak. Agar kelishuvga kelinmasa servitut belgilanishini talab qilayotgan shaxs davosi bo’yicha sudda hal qilinadi (FK 173-moddasi 4-qismi). Biroq servitut belgilanganda “xizmat qilish” uchastkasi egasi servitut kimni foydasiga o’rnatilgan bo’lsa, o’sha shaxsdan foydalanganlik uchun haq talab qilish huquqiga ega, agar qonunda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa (FK 173- moddasi 6-qismi). Er uchastkasiga nisbatan servitutning qo’llanishi uchastka egasining unga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqidan mahrum etmaydi (FK 173-moddasi, 3-qismi). Shuni ham etiborga olish kerakki servitut o’tish xususiyatiga ega, yani u egalik qilish huquqi xizmat qiluvchi va hukmronga o’tishda saqlanib qoladi, agar qonunda boshqacha holat ko’rsatilmagan bo’lsa (FK 165- moddasi 2-qismi). Boshqa ashyoviy huquqlardan farqli ravishda, servitut iqtisodiy qiymatga ega emas, chunki u hukmron er uchastkasi bilan begonalashtirmaydi. Bunda esa servitutning aktsessor va ergashuv xarakteri qo’rinadi 1 . Servitut faqat ko’chmas mulkning “ehtiyojini” taminlash uchun xizmat qiladi. Demak, servitut shunday “ehtiyoj” yo’q bo’lganda bekor bo’lishi mumkin ekan. Shunisi qiziqki, O’zbekiston FK misol uchun Rossiya FKdan farqli ravishda servitut bekor bo’lishiga hech qanday asosni ko’zlamagan. Bundan tashqari FK qonun ro’yxatga olingan servitutni yoki sud tomonidan belgilangan majburiy servitutni tan oladi (FK 173-moddasi 4-qismi). Umumiy huquq amalda bo’lgan mamlakatlarda (servitude, easement) servitut avvalgi tajribalarga (easements unplied from prior existing use) muhimoioik (necessity) faktiv yo’l qo’yish (prescriptive easemants) yoki adolatning boshqa tomonlari (esfoppel) tan olinishi mumkin. 1 Гражданское право. //Под ред. А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого. 1997. с.144. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling