Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


-MAVZU: ShARTNOMA TO’G’RISIDA UMUMIY QOIDALAR


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana24.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22986
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

22-MAVZU: ShARTNOMA TO’G’RISIDA UMUMIY QOIDALAR 
 
1. Shartnoma tushunchasi va uning bozor munosabatlari sharoitidagi ahamiyati 
2. Shartnomalarning turlari 
3. Shartnomaning mazmuni 
4. Shartnoma tuzish to’g’risida asosiy qoidalar 
5. Kim oshdi savdolarida shartnomalar tuzish 
6. Shartnomalarni o’zgartirish va bekor qilish 
 
1. Shartnoma tushunchasi va uning bozor munosabatlari sharoitidagi ahamiyati 
FKning 8-moddasi talabiga ko’ra, shartnomalar taraflar o’rtasida fuqarolik huquq va burchlari 
vujudga kelishining asoslaridan biridir. Shubhasiz, bugungi kunda shartnomalarga alohida ahamiyat 
berilmoqda. Chunki shartnomalarda boshqa yuridik faktlarga qaraganda, taraflarning erki-irodasi to’la 
ifodalanadi. Shartnomaga kirishuvchi shaxslar kim bilan, qancha, qachon shartnoma tuzishni u tufayli 
etkazib berilishi lozim bo’lgan pul, tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda, qanday transportlarda 
etkazilishini, to’lov amaldagi qanday shakllarda bo’lishini mutloqo o’zi, mustaqil hal qiladilar. Ular 
shartnomalar tuzishda erkindirlar, shartnoma tuzishga majburlashga yo’l qo’yilmaydi
1
. Amaliyot shuni 
ko’rsatmoqdaki, shartnomalar tuzishning erkinligi, undan taraflarning o’zaro manfaatdorligi, 
shartnomada shartnoma intizomining mustahkamligi (yani, xalq tili bilan aytganda, “shartnomaning 
puldan qimmatligi”), unda mamuriy-buyruqbozlikka asoslangan javobgarlikdan ko’ra, mulkiy 
javobgarlikning keng belgilanishi xo’jalik yurituvchi subektlarni tobora ushbu huquqiy vositadan 
(shartnomadan) to’laroq foydalanishga jalb qilmoqda. Shartnomalarning ahamiyatini keng tushuntirish 
mumkin. Ammo ularning sarasi shartnomalar to’lov intizomini kuchaytiradi, taraflarning faoliyatini 
har tomonlama rag’batlantiradi, o’z navbatida taraflarning masuliyatini oshiradi, xo’jalikning 
debitorlik va kreditorlik holatini yaxshilaydi, pirovardida taraflarning barqarorligini taminlaydi. Bu esa 
o’z navbatida jamiyatda tovarlar, xizmatlar va kapitallarning mo’l-ko’lligiga garovdir. 
Shu manoda sohani tezkor va tasirchan huquqiy mexanizmini yaratish, shartnomalar tuzish va 
bajarishni taminlash maqsadida mamlakatimizda “Xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining 
shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida” qonun
2
 qabul qilindi, shartnomalarni tuzish va bajarish 
monitoringi yuritilmoqda. Bular o’z navbatida tuzilgan shartnomalarni tezroq va realroq ishlashiga 
xizmat qilmoqda. 
Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash, 
o’zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o’zaro kelishuvidir. 
Shartnoma atamasi uch manoda: yuridik fakt; biron-bir yuridik faktga asoslangan, moddiy yoki 
moddiy manfaatlar to’g’risidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va yuridik shaxslar) nima 
to’g’risida o’zaro kelishsalar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat manosida ishlatiladi. Bu erda u 
o’zining birinchi manosi – yuridik fakt sifatida ko’riladi va o’rganiladi. 
Ёdingizda bo’lsa, yuridik fakt tushunchasi “Fuqarolik-huquqiy munosabat” mavzusida batafsil 
berilgan edi. Unda yuridik faktlar mazmuni jihatidan ikki asosiy toifaga: yuridik hodisalar va 
harakatlarga bo’lingan edi. Yuridik harakatlar o’z navbatida huquq yo’l qo’ygan harakatlar sifatida bir 
tomonlama va ikki tomonlama bitimlar (shartnomalar) dan iboratligi ko’rsatilgan edi. Ikki tomonlama 
bitimlarning hammasi (oldi-sotdi, ijara, qarz va boshqalar) shartnoma hisoblanadi. Bir tomonlama 
bitim, masalan, vasiyatnoma shartnoma bo’la olmaydi. Binobarin, har qanday shartnoma bitim deyilsa 
ham, ammo har qanday bitimni shartnoma, deb atab bo’lmaydi. 
Demak, shartnoma bitimning bir ko’rinishi hisoblanar ekan, unga nisbatan bitimga oid qoidalar, 
jumladan, FKning 9-bobidaga qoidalar tadbiq etiladi. Shu bilan birga, shartnoma o’ziga taalluqli 
                                                           
1
Аммо бу ҳолатдан айрим истиснолар бор. Чунончи, Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги “Умумий 
фойдаланишдаги  ҳаво,  темир  йўл,  ички  сув  ва  автомобиль  транспорти  йўловчиларининг  мажбурий  шахсий 
суғуртаси  тўғрисида”ги  қонунига  кўра,  парвоз  вақтида  ёки  аэропорт,  шоҳбекат,  бекат,  бандаргоҳда  рўй  бериши 
мумкин  бўлган  бахтсиз  ҳодисаларда  давлат  мажбурий  суғуртасидан  ўтказилиши  керак  бўлган  ҳаво,  темир  йўл, 
ички  сув  ва  автомобиль  транспорти  йўловчилари  муқаррар  тарзда  суғурталанадилар.  Ўзбекистон  Республикаси 
Олий Кенгашининг Ахборотномаси. 1993. 6-сон. 250-модда. Ўзбекистоннинг янги қонунлари. 8-сон. -Т.: Адолат. 
1994. 
2
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси., 1998 йил. 9-сон. 170-модда. Ўзбекистоннинг янги 
қонунлари. 20-сон. -Т.: Адолат. 1999. 

 
142
bo’lgan boshqa maxsus normalar bilan ham masalan, “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiruvchilari 
bilan tayyorlov xizmat ko’rsatish tashkilotlari o’rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro’yxatdan 
o’tkazish, bajarish, shuningdek ularni bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to’g’risida”gi Nizom
1
 
bilan ham tartibga solinadi. 
Ikkidan ortiq taraflar tuziladigan shartnomalarga ham agar bunday shartnomalar 
shartnomalarning ko’p taraflamalik xususiyatiga zid bo’lmasa, shartnoma to’g’risidagi umumiy 
qoidalar qo’llaniladi. 
Shartnoma huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish uchun asos 
bo’lib xizmat qiladi. Ammo shartnomaning harakati bu bilan cheklanmaydi. Agar boshqa yuridik 
faktlar umumiy qoida bo’yicha huquqiy munosabatni vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish 
bilan tugallansa, shartnoma mazkur yuridik faktlardan farq qilib, huquqiy munosabatni belgilash, 
o’zgartirish yoki bekor qilishdan tashqari yana huquq normalari bilan belgilangan doiralarda huquqiy 
munosabatda qatnashuvchilarning xatti-harakatlarini tartibga soladi, huquqiy munosabat 
ishtirokchilarining huquq va burchlarini belgilaydi. 
Shartnoma tushunchasida asosiy belgi, asosiy shart – taraflarning  muayyan natijaga erishishga 
qaratilgan o’zaro kelishuvlaridir. Taraflarning har qaysisi tomonidan shartnoma bo’yicha olinadigan 
huquq va burchlar har xil bo’lsa ham, ular oqibatida yagona huquqiy natija beradi, masalan, biron-bir 
narsaga nisbatan egalik huquqi o’tkaziladi yoki biron-bir ashyodan foydalanish huquqi olinadi va h.k. 
Taraflarning kelishuvlari natijasida erishiladigan bevosita aniq natijani mazkur shartnoma 
tuzishda taraflarning o’z oldilariga qo’yilgan asosiy maqsaddan ajratish kerak. Masalan, metallurgiya 
zavodi mashinasozlik zavodi bilan muayyan miqdordagi, shart qilingan nav va markali po’latni etkazib 
berish to’g’risida shartnoma tuzadi. Bu erda taraflar o’zaro kelishuvlarining bevosita natijasi 
metallurgiya zavodi tomonidan mashinasozlik zavodiga shartnoma bilan belgilangan muddatlarda va 
muayyan shartlarga binoan malum miqdorda po’lat etkazib berish hisoblanadi. Shartnomaning 
maqsadi esa har ikki taraf uchun umumiy bo’lib, taraflarning har qaysisi shartnomaning barcha 
ko’rsatkichlarini bajarishdan, pirovardida foyda (daromad) olishdan iborat bo’ladi. Binobarin, har ikki 
taraf ham shartnomani lozim darajada bajarishni o’zlarining burchlari deb biladilar. 
Fuqarolik-huquqiy shartnoma, asosan, mulkiy munosabatlarni rasmiylashtirish uchun tuziladi. 
Bazi hollarda shartnoma shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlarni ham rasmiylashtiradi. Bu 
adabiyot, fan va sanat asarlarini yaratish sohasidagi ijodiy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan shartnomalar, 
chunonchi, nashriyot shartnomasi, sahna asari, kinostsenariyalar va boshqa shartnomalar uchun 
xarakterlidir. 
 
2. Shartnomalarning turlari 
Shartnoma unda ishtirok etayotgan taraflar o’rtasida huquq va majburiyatlarning o’zaro 
taqsimlanishiga qarab bir tomonlama, ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalarga bo’linadi. 
Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning birida faqat huquq bo’lib, hech 
qanday majburiyat bo’lmaydi, ikkinchi tarafda esa faqat majburiyat bo’ladi. Masalan, qarz 
shartnomasida qarzdor olgan pul summasini o’z vaqtida qarz beruvchiga qarzga bergan pul summasini 
talab qilish huquqiga ega.  
Ikki tomonlama shartnomada esa har ikki taraf ham mustaqil huquq va majburiyatga ega bo’ladi. 
Bunday shartnomaga oldi-sotdi shartnomasini misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma bo’yicha 
sotuvchi sotilgan ashyoning bahosini talab qilish huquqiga ega bo’lib, sotilgan ashyoni oluvchiga 
topshirishga majbur, oluvchi esa – olayotgan ashyoning bahosini to’lashi zarur bo’lib, sotib olingan 
ashyoni talab qilib olishga haqli. 
Fuqarolik muomalasi tuziladigan shartnomalarning ko’pchili-gi ikki tomonlama bo’lib, yuqorida 
ko’rsatilgan oldi-sotdi shartnomasidan tashqari mahsulot etkazib berish, mulk ijarasi, pudrat va boshqa 
shartnomalardan iborat. 
Ko’p tomonlama shartnomalar ham mavjud bo’lib, unda taraflar uch va undan ortiq bo’ladi. 
Ularda bir paytning o’zida har bir tarafda muayyan huquq va majburiyatlar bo’lishi xarakterlidir. 
Masalan, franshizing, lizing shartnomalari. 
                                                           
1
  Ўзбекистон  Республикаси  Вазирлар  Маҳкамасининг 2003 йил 4 сентябрдаги 383-сонли  қарорига 1-илова. 
//”Норма” Юридик ахборот тизими. 2005 йил 1 апрелгача бўлган версияси. 
 

 
143
Shartnomalar haq baravariga va tekinga tuziladigan shart-nomalarga bo’linadi. Haq baravariga 
tuziladigan shartnomalar bir taraf topshirgan mulki, qilgan xizmati evaziga pul yoki mulk bilan haq 
oladi. Masalan, bir taraf vaqtinchalik foydalanish uchun mulkni ijaraga oluvchi undan foydalangani 
uchun ijara haqi to’-lashga majbur bo’ladi. Bunday haq baravariga tuziladigan shartnomalarga oldi-
sotdi, mahsulot etkazib berish, ayirboshlash, pudrat va boshqa ko’plab shartnomalarni misol qilib 
ko’rsatish mumkin. Agar qonun hujjatlaridan boshqacha qoida kelib chiqmasa, shartnomaning 
mazmuni-mohiyatidan o’zgacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma deb 
hisoblanadi. 
Tekinga tuziladigan shartnomada esa bir taraf boshqa bir taraf foydasiga haq olmay, biron-bir 
mulkni topshirish, biron ishni bajarishi mumkin. Masalan, hadya shartnomasi bo’yicha mulk egasi o’z 
mulkini boshqa bir shaxsga tekinga beradi. Tekin foydalanish, foizsiz qarz shartnomalari ham bepul 
tuziladigan shartnomalarga kiradi.  
Shartnomalar tuzilish paytiga va mazmuniga qarab konsensual va real shartnomalarga bo’linadi. 
Konsensual shartnomalar huquq va majburiyatlar taraflar-ning kelishuvlari asosida qonun talab 
qilgan shaklda rasmiylashtirganlari zahoti tuzilgan hisoblanadi. “Konsensual” so’zi lotincha 
“konsensus” so’zidan olingan bo’lib, “kelishuv” manosini bildi-radi. Konsensual shartnomaga misol 
qilib oldi-sotdi, mahsulot etkazib berish, pudrat, mulkni ijaraga berish kabi shartnomalarni ko’rsatsa 
bo’ladi. Fuqarolik huquqida aksariyat ko’pchilik shartnomalar konsensual shartnomalar guruhiga 
kiradi. 
Real shartnomalar bo’yicha huquq va majburiyatlar taraflar o’zaro kelishgan va shartnoma 
narsasi ashyo yoki pul topshirilgan paytdan vujudga keladi. 
“Real” so’zi latincha “res” so’zidan olingan bo’lib, “ashyo” ma-nosini bildiradi. Real 
shartnomaga misol qilib qarz, omonat, hadya, tekin foydalanish shartnomalarini ko’rsatish mumkin. 
Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida bo’yicha shartnomadan kelib 
chiqadigan huquq va majburiyatlar shartnoma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo bo’ladi. 
Ayrim hollarda shartnoma uchinchi shaxs foydasiga qaratilib ham tuzilishi mumkin. Uchinchi shaxs 
foydasiga tuzilgan shartnomaga misol qilib sug’urta shartnomasini ko’rsatish mumkin. Uchinchi shaxs 
shartnomada alohida taraf bo’lib hisoblanmaydi. Biroq, FKning 362-moddasida ko’rsatilganidek, agar 
qonun hujjatlarida yoki shartnomada o’zgacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, uchinchi shaxs 
shartnoma bo’yicha o’z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar 
o’zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o’zgartirishlari mumkin 
emas. Shartnoma tuzgan shaxs shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning uchinchi shaxsga nisbatan 
bajarilishini shart qilgan bo’lsa, bu haqda shartnomada boshqacha hol ko’rsatilmagan bo’lsa, 
majburiyatning bajarilishini shartnomani tuzgan shaxs ham, foydasiga majburiyatning bajarilishi 
ko’rsatilgan uchinchi shaxs ham talab qilishi mumkin. 
Agar uchinchi shaxs o’ziga shartnoma bo’yicha berilgan huquqdan voz kechsa, shartnoma 
tuzgan shaxs, agar shartnomaning mazmuniga xilof kelmasa, bu huquqdan o’zi foydalanishi mumkin. 
Shartnomalar, shuningdek ommaviy shartnoma, qo’shilish shartnomasi va dastlabki shartnoma 
kabi turlarga ham bo’linadi. 
Tashkilot tarafidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o’z faoliyati xususiyatiga ko’ra o’ziga 
murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirish shart bo’lgan tovarlar sotish, ish-lar 
bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, jamoat transportida 
yo’lovchi tashish, aloqa xizmati, elektr quvvati bilan taminlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati 
va boshqalarni) belgilab qo’yadigan shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal 
ko’rishga haqli emas (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari). 
Tovarlar, ishlar, xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari 
hamma istemolchilar uchun bir xil qilib belgilanadi. Tashkilotning istemolchiga tegishli tovarlarni 
berishi, xizmatlar ko’rsatishi, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo’la turib ommaviy 
shartnoma tuzishdan bosh tortishiga yo’l qo’yilmaydi. Tashkilot ommaviy shartnoma tuzishdan asossiz 
bosh tortganida haridor (mijoz) uni sud orqali shartnoma tuzishga majbur qilish imkoniyatiga (FKning 
358-moddasi) ega. Maishiy pudrat, yo’lovchi tashish, haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalari 
ommaviy shartnomalardir. 
 
3. Shartnomaning mazmuni 

 
144
Shartnomaning mazmunini uning bandlari (shartlari, rekvizitlari) tashkil etadi. Amaldagi 
qonunchilikka ko’ra, agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday 
hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo’lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Shartnoma shartlari (bandlari) muhim, odatdagi va tasodifiy shartlarga bo’linadi. Shartnomaning 
narsasi to’g’risidagi shartlar qonun hujjatlarida bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur 
deb hisoblangan shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga ko’ra kelishib olinishi zarur bo’lgan 
hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi. Bazi shartnomalar uchun xos muhim bandlar qonun bilan 
belgilanadi. Chunonchi, “Xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to’g’risida”gi qonunning 10-moddasida, “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar bilan 
tayyorlov, xizmat ko’rsatish tashkilotlari o’rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro’yxatdan o’tkazish, 
bajarish, shuningdek ularning bajarilishini monitoringini olib borish tartibi to’g’risida”gi Vazirlar 
Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning II bandiga 
muvofiq, shartnomalarda quyidagilar ko’rsatiladi: 
- shartnomaning mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), sifati, narxi (turlari 
bo’yicha); 
- shartnomaning umumiy summasi; 
- tomonlarning huquqlari va o’zaro majburiyatlari; 
- mahsulotlarni etkazib berish tartibi va shartlari, topshirish-qabul qilib olish (ishlarni bajarish, 
xizmatlar ko’rsatish) punktlari va davrlari (muddatlari); 
- idishga, markirovka qilishga, o’rash-joylashga qo’yiladigan talablar; 
- hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning to’lov, pochta va yuklab jo’natish 
rekvizitlari; 
- shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun 
tomonlarning mulkiy javobgarligi; 
- nizolarni, fors-major holatlarni hal etish tartibi, tomonlarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan 
sana va joy. 
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari xarid qilish yuzasidan tuziladigan 
kontraktatsiya shartnomalarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan hamda xo’jaliklar ixtiyorida 
qoladigan mahsulotlarning sorti va miqdori ham ko’rsatiladi. 
Odatdagi shartlar muayyan majburiyatga oid munosabatni tartibga soladigan dispozitiv normalar 
bilan belgilanadigan shartlar hisoblanadi. Bunday shartlar odatdagidek nazarda tutiladi. Masalan, mulk 
ijarasi shartnomasida mulkni mayda (joriy) tamirlash shart qilib ko’rsatilsa ham, ko’rsatilmasa ham 
bo’ladi, chunki bu shart to’g’risida qonunchilikda (dipozitiv xarakterdagi) ko’rsatma berilgan. 
Tasodifiy shartlar umumiy huquq meyorlari bilan tartibga solinmagan masalalar bo’yicha o’zaro 
kelishuv bo’lib ko’riladi. Chunonchi, ijaraga olingan mulkni tamirlash muddati to’g’risidagi masala 
tasodifiy shartlardan biri hisoblanadi. 
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan 
namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda tutilishi mumkin. Shartnomada namunaviy shartlarga 
havola qilinmagan hollarda bunday namunaviy shartlar taraflarning munosabatlariga ish muomalasi 
odatlari sifatida qo’llaniladi. 
 
4. Shartnoma tuzish to’g’risida asosiy qoidalar 
Shartnomaning tuzilishi FKning 354-moddasida ko’rsatilganidek, agar taraflar o’rtasida 
shartnomaning barcha talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo’lsa, shartnoma tuzilgan 
hisoblanadi. 
Shartnomaning umumiy tartibda tuzilishi ikki davr bilan belgilanadi. Birinchi davr – shartnoma 
tuzishga taklif qilish davri, bu oferta, shartnoma tuzishga taklif qiluvchi esa, offerent, deb ataladi. 
Ikkinchi davr – shartnoma tuzish to’g’risidagi taklifni qabul qilish, bu aktsept, taklifni qabul 
qiluvchi aktseptant deb aytiladi. 
Shartnoma tuzishning umumiy tartibiga oid qoidalar FKning 364-381-moddalarida berilgan. Bu 
qoidalarda aytilishicha, agar shartnoma tuzish to’g’risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlab 
qilingan bo’lsa, bu holda shartnoma ikkinchi taraf (aktseptant) tomonidan taklifning qabul qilinganligi 
to’g’risidagi javob shu muddat ichida taklif qiluvchi (offerent) tomonidan olingan holdagina tuzilgan 
hisoblanadi. Oferta yo’llagan shaxs uning aktseptini olgan paytdan shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 

 
145
Shartnoma tuzilishi uchun taraflar o’zaro kelishuvining o’zigina kifoya emas. Bu kelishuv 
tegishli shaklda rasmiylashtirilgan bo’lishi shart. Shartnomalarning shakli FKning 366-moddasida 
belgilangan qoidalarga muvofiq bo’lishi shart. Unga asosan, agar qonunda muayyan turdagi 
shartnomalar uchun malum bir shakl belgilab qo’yilmagan bo’lsa, shartnoma bitimlar tuzish uchun 
nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin. 
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart bo’lgan shartnoma notarial 
tasdiqlangan yoki ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan etiboran, notarial tasdiqlanishi va ro’yxatdan 
o’tkazilishi zarur bo’lganda esa – shartnoma ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan etiboran shartnoma 
tuzilgan hisoblanadi. 
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo’lsalar, garchi qonunda bu 
turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo’lmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga 
keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi. 
Ёzma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo’li bilan, shuningdek pochta, telegraf, 
teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda 
aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo’li bilan tuzilishi mumkin. 
Shartnoma tuzish haqidagi taklif (oferta) aktseptantga bil-dirilgunicha chaqirib olinishi mumkin. 
Biroq, u aktseptant tomonidan qabul qilib olingan bo’lsa, aktseptlash uchun belgilangan muddat 
davomida chaqirib olinishi mumkin emas. 
Oferta muayyan shaxsga ham, nomuayyan shaxslrga ham qaratilgan bo’lishi mumkin. Masalan, 
mahsulotni reklama qilish, o’z xizmatini taklif etib elon berish – nomuayyan shaxslar doirasida 
yo’llangan oferta hisoblanadi. Bunday ofertani odatda, ommaviy oferta deb ham yuritiladi. 
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aktsept hisoblanadi. Aktsept 
to’liq va pisandasiz bo’lmog’i shart. Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish 
bo’yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha mano kelib chiqmasa, sukut saqlash aktsept bo’lmaydi. 
Agar shartnoma tug’risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlanmasdan, og’zaki ravishda 
qilingan bo’lsa, ikkinchi taraf (aktseptant) bu taklifni qabul qilganligini darhol taklif qiluvchiga 
(offerentga) bildirgan holdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Agar bunday taklif yozma ravishda qilingan bo’lsa, taklifni qabul qilganlik (aktsept) to’g’risidagi 
javob uni olish uchun lozim bo’lgan normal vaqt davomida olingan taqdirdagina shartnoma tuzilgan 
hisoblanadi. 
Agar shartnoma tuzishga rozi bo’lganlik to’g’risidagi kechiktirilib olingan javobdan uning o’z 
vaqtida yuborilganligi malum bo’lsa, bu holda taklif qiluvchi shaxs (offerent javobning kechiktirilib 
olinganligi to’g’risida ikkinchi taraf (aktseptant) ni darhol xabardor qilsagina javob kechiktirilgan 
hisoblanadi. Bu holda javob ayni paytda yangi taklif (oferta) hisoblanadi. 
FKning 375-moddasida ko’rsatilganidek, ofertada taklif qilinganidan boshqacha shartlar asosida 
shartnoma tuzishga rozilik bildirish to’g’risidagi javob aktsept hisoblanmaydi. Bunday javob 
aktseptdan bosh tortish va ayni vaqtda yangi oferta hisoblanadi. 
Odatda, shartnomada u tuzilgan joy ko’rsatib o’tilishi kerak. Agar shartnomada uning tuzilgan 
joyi ko’rsatilmagan bo’lsa, shartnoma oferta yo’llagan fuqaroning yashash joyida yoki yuridik 
shaxsning joylashgan erida tuzilgan hisoblanadi. 
Ayni paytda “Xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to’g’risida”gi qonunda belgilanishicha, kontraktatsiya shartnomalari qishloq xo’jaligi mahsulotini 
etishtiruvchi joylashgan erda tuziladi. 
Yuqorida aytganimizdek, shartnomalar tuzishda taraflar erkindirlar. Binobarin, hech qaysi taraf 
shartnoma tuzishga majbur qilinmaydi. Biroq, ayrim hollarda majburiy shartnoma tuzilishi mumkin. 
Bunda shartnoma tuzish o’zi uchun majburiy bo’lgan taraf oferta olgan kundan boshlab o’ttiz kun 
ichida boshqa tarafga aktsept to’g’risida, aktseptdan voz kechish haqida yoki boshqacha shartlar 
asosida aktseptlashi haqida (shartnoma loyihasiga o’zining etirozlari bayonnomasini qo’shgan holda) 
bildirish yo’llashi lozim. 
 
5. Kim oshdi savdolarida shartnomalar tuzish 
Shuningdek, shartnomalar kim oshdi savdosida ham tuzilishi mumkin. Bunday hollarda obektni, 
mulkni, tovarni oldi-sotdi shartnomasi kim oshdi savdosini o’tkazgan tashkilot bilan savdoda g’olib 
chiqqan shaxs (ashyoning mulkdori, mulkiy huquq egasi yoki ixtisoslashgan tashkilot) o’rtasida 

 
146
tuziladi. FKning 374-moddasida belgilanganidek, qonunda ko’rsatilgan hollarda, ashyoni yoki mulkiy 
huquqni sotish to’g’risidagi shartnomalar faqat kim oshdi savdosi o’tkazish yo’li bilan tuzilishi 
mumkin. Shuningdek kim oshdi savdosi sud qarorlari ijrosini taminlash uchun ham o’tkaziladi 
(shartnoma majburiyatlari yuzasidan undiruv majburiy ravishda sud tomonidan qarzdorning mol-
mulklariga qaratilgan hollarda, bunday mol-mulklarning muhofazasi taminlanmaydi ham). 
Kim oshdi savdosi auktsion yoki tanlov shaklida amalga oshiriladi. Odatda, bitta ishtirokchi 
qatnashgan kim oshdi savdosi o’tkazilmagan hisoblanadi. Auktsion va tanlovlar ochiq (bunda 
xohlagan shaxslar qatnashishlari mumkin) va yopiq (maxsus taklif etilgan shaxslar qatnashishlari 
mumkin) shaklida o’tkazilishi mumkin. Kim oshdi savdosini o’tkazish shaklini agar qonunda 
boshqacha hol belgilanmagan bo’lsa, sotiladigan mol-mulkning mulkdori belgilaydi. 
Ochiq turdagi kim oshdi savdosiga qilingan taklif (xabar) ni ommaviy oferta desa ham bo’ladi. 
Unda kim oshdi savdosining vaqti, joyi, shakli, savdoga nima qo’yilayotgani, o’tkazish tartibi, 
qatnashchilarni rasmiylashtirish, savdoga qo’yilayotgan obektning boshlang’ich narxi to’g’risidagi, 
shuningdek savdoga shartnoma tuzish huquqi qo’yilayotgan bo’lsa, bunga beriladigan muddat 
haqidagi malumot bo’lishi mumkin. 
Savdo tashkilotchisi auktsion o’tkazishdan xohlagan vaqtda, lekin u o’tkaziladigan kundan 
kamida uch kun oldin, tanlov o’tkazishdan esa – kamida     o’ttiz kun oldin bosh tortishga haqli. 
Bunday hollarda tashkilotchi ishtirokchilar ko’rgan haqiqiy zararlarni (xarajatlarni), yopiq 
savdolar tashkilotchisi o’zi taklif etgan ishtirokchilarning real zararini to’laydi. Shuningdek 
ishtirokchilarga ular dastlab tashkilotchiga to’lagan zakalat puli ham to’lanadi. Ayni paytda zakalat 
savdoda qatnashgan, ammo g’olib chiqmagan shaxslarga ham qaytariladi. 
G’olib bilan tashkilotchi o’rtasida savdo natijalari to’g’risida bayonnoma tuziladi. Bu 
bayonnoma ashyoni, obektni yoki mulkiy huquqlarni oldi-sotdi shartnomasiga tenglashtiriladi. 
Bayonnoma imzolashdan bosh tortgan g’olib chiqqan shaxs to’lagan zakalatidan mahrum bo’ladi. 
Tashkilotchi imzolashdan bosh tortganida zakalatni ikki hissa qilib, shuningdek g’olibga savdoda 
qatnashishi tufayli etkazilgan zararning zakalatdan ortiq bo’lgan qismini to’laydi. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling