Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK HUQUQI TUShUNChASI, TAMOYILLARI VA TIZIMI 1. Fuqarolik huquqi tushunchasi.
- , fuqarolik huquqi - yuridik jihatdan teng bo’lgan subektlar o’rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI «Fuqarolik va xo’jalik huquqi» kafedrasi «FUQAROLIK HUQUQI» fani bo’yicha m a r u z a l a r m a t n i (w-êóðñ òàëàáàëàðè ó÷óí ) Tuzgan: Shamshetov Sh.S. Kafedra mudiri: yu.f.d. Umarova Q.U. Nukus - 2008 2 Fuqarolik huquqi fani bo’yicha maruzalar matni Umumiy qism 1 Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari va tizimi 3 2 Fuqarolik huquqi manbalari 10 3 Fuqarolik huquqiy munosabatlar 17 4 Fuqarolar - fuqarolik huquqiy munosabatlar subekti sifatida 23 5 Yuridik shaxslar 33 6 Davlat - fuqarolik huquqiy munosabatlar subekti sifatida 44 7 Fuqarolik huquqi obektlari 50 8 Bitimlar 59 9 Vakillik va ishonchnoma 67 10 Muddatlarni hisoblash. 71 11 Davo muddati 75 12 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar 82 13 Xususiy mulk huquqi 93 14 Ommaviy mulk huquqi 97 15 Umumiy mulk huquqi 104 16 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish 109 17 Majburiyat huquqi tushunchasi va mazmuni 116 18 Majburiyatlarning bajarilishi 127 19 Majburiyatlarning bajarilishini taminlash 133 20 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik 140 21 Majburiyatlarning bekor bo’lishi 145 22 Shartnomalar hakida umumiy qoidalar 151 3 Mavzu 1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK HUQUQI TUShUNChASI, TAMOYILLARI VA TIZIMI 1. Fuqarolik huquqi tushunchasi. 2. Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari. 3. Fuqarolik huquqi tizimi. 1.Fuqarolik huquqi tushunchasi. Fuqarolik huquqi O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo’lib, mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish davrida fuqarolar va boshqa subektlarning moddiy, manaviy ehtiyojlarini tobora to’laroq qondirish maqsadida mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish, mustahkamlashga qaratilgan huquqiy normalar yig’indisidan iboratdir. Sodda qilib aytganda, fuqarolik huquqi - yuridik jihatdan teng bo’lgan subektlar o’rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig’indisidir. Fuqarolik huquq sohasini va uning huquq sohalari tizimida tutgan o’rnini anglash uchun, dastavval ushbu huquq sohasi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarni tahlil etish lozim. Ijtimoiy munosabatlar tizimida fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar keng o’rinni egallaydi. Ayniqsa bu munosabatlar, kishilar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy manodagi muomalada, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan harakatlarda ko’p uchraydi. Fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar doirasi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasida belgilab qo’yilgan. Bunga asosan fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o’zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog’liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Bu munosabatlar doirasida mulkiy munosabatlar etakchi o’rinni egallaydi. Mulkiy munosabatlar deganda, iqtisodiy munosabatlar, yani ishlab chiqarish vositalari, istemol buyumlari, umuman kishi mehnatining har qanday mahsulotlarni yaratish, egallash, foydalanish va tasarruf etish bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Mulkiy munosabatlarning barchasi ham fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinavermaydi. Bazi mulkiy munosabatlar huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Huquqiy munosabatda qatnashuvchi bir tarafning ikkinchi tarafga mamuriy jihatdan bo’ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlar - mamuriy huquq normalari bilan, soliq va byudjet bilan bog’liq munosabatlar-moliya huquqi normalari bilan, shuningdek er bilan bog’liq munosabatlar - er huquqi normalari bilan, mehnat shartnomasi hamda intizomiy bo’ysunuv bilan bog’liq munosabatlar mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Fuqarolik huquqi asosan muayyan ekvivalent (tenglik) barobari belgilanadigan, qiymat, baho bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari teng darajada ko’riladigan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Mulkiy xarakterdagi huquqiy munosabatlar, yani fuqarolar va tashkilotlarning moddiy boyliklarni yaratish, ularni egallash, bu boyliklardan foydalanish, ularni tasarruf etish sohasida bo’lgan o’zaro huquqiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlaridan, yani ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqadi hamda ular bilan chambarchas bog’liq holda ko’riladi. Fuqarolik huquqi iqtisodiy munosabatlarni maxsus yuridik shaklda mulkiy-huquqiy munosabatlar shaklida rasmiylashtiradi va mustahkamlaydi. Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlarining huquqiy shakli sifatida ko’riladi. Shu manoda mulkiy munosabatlar shaxslar o’rtasidagi, ularning erklari bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlarning alohida toifasini - huquqiy munosabatlarni bildiradi. Fuqarolik huquqi mulkning barcha shakllari - xususiy va ommaviy mulkni mustahkamlash, tasarruf qilish huquqlarini belgilaydi, ushbu huquqlarni amalga oshirishni rasmiylash-tiradi, qo’riqlaydi hamda kafolatlaydi. 4 Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar doirasi nihoyatda keng. Bular jumlasiga oldi-sotdi, xilma-xil buyurtmalar qabul qilish (ijro etish), turar-joylarni ijaraga qo’yish va ijaraga olish, korxonalar, tashkilotlarning bir-biriga mahsulotlar etkazib berish, qurilish ishlarini amalga oshirish, transport korxonalari orqali yuk va yo’lovchi tashish, etkazilgan zararni qoplash, qonun va vasiyat bo’yicha meros olish, umuman har qanday shakldagi mulkni egallash, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar kiradi. Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar ikki turga: mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy munosabatlarga va mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlarga (shaxsiy nomulkiy) bo’linadi. Mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy munosabatlarga misol qilib, intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan va mualliflik huquqiga doir munosabatlarni ko’rsatish mumkin. Bu munosabatlarda faqat mulkiy munosabatlarnigina emas, balki ularning shaxsiy huquqlarini ham, chunonchi, asarni o’z nomidan, taxallusi ostida yoki nomini ko’rsatmasdan anonim tarzda nashr etish (FKning 1053-moddasi), asarning daxlsizligi huquqlari, ixtironing muallifi bo’lib tanilish huquqi va boshqa huquqlarni belgilaydi. Mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlarga FKning 100-moddasida ko’rsatilganidek, fuqaro o’zining shani, qadr-qimmati va ishchanlik obro’siga putur etkazuvchi malumotlarni tarqatgan shaxs basharti, ularning haqiqatga to’g’ri kelishini isbotlay olmasa, sud orqali raddiya talab qilish huquqi va shu kabi boshqa huquqlar misol bo’ladi. Mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy munosabatlar shaxsning o’zi bilan bevosita bog’liq bo’lgan va undan begonalashtirilmaydigan huquqlardir. Bunday huquqlar jumlasiga fuqaroning ismiga bo’lgan huquqi (FKning 19-moddasi), o’z tasviri (surati)ning daxlsizligiga bo’lgan huquq, mualliflik huquqi (FKning 1046-moddasi), mualliflik nomiga bo’lgan huquq (FKning 1051-moddasi) va hokazolar kiradi. Garchi fuqarolik huquqi shaxsiy munosabatlarning ko’plab turini tartibga solsada, lekin, har qanday shaxsiy huquqiy munosabatlar ham fuqarolik huquqi bilan tartibga solinavermaydi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasi, 4-bandiga asosan shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o’zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonunlari bilan tartibga solinadi. Ushbu modda qoidasi tegishli yo’sinda yuridik shaxslarga ham tadbiq etiladi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolik huquqining o’ziga xos uslubi va xususiyatlari bor, bu bilan u o’ziga yondosh bo’lgan boshqa huquq sohalaridan ajralib turadi. Chunonchi, fuqarolik huquqi oila huquqi, moliya huquqi, mamuriy huquq, davlat huquqi, mehnat huquqi, er huquqi bilan bevosita bog’liq bo’lsa ham, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solishda bu huquq sohalaridan malum darajada farq qiladi. Dastlab fuqarolik huquqining oila huquqidan farqi to’g’risida to’xtalib shuni aytish kerakki, oila huquqi nikoh hamda oilaga taalluqli bo’lgan munosabatlarni, er - xotin, ota-onalar bilan bolalar o’rtasidagi, oilaning boshqa azolari o’rtasidagi munosabatlarni, farzandlikka olish, shuningdek davlat organlarining oilani mustahkamlash hamda onalar va bolalarga moddiy yordam ko’rsatishga taalluqli munosabatlarni tartibga soladi. Bu huquq fuqarolik huquqining malum bir qismi bo’lib qolmay, huquqning alohida sohasi hisoblanadi. Nikoh va oilaga oid munosabatlar maxsus kodeks O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 1 bilan tartibga solinadi. Oila huquqida mulkiy munosabatlar emas, balki shaxsiy huquqiy munosabatlar ustunlik qiladi. Bu munosabatlar oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlarning xususiyatlarini belgilaydi. Misol qilib aliment majburiyatlarini olsak, bu majburiyatlar mulkiy xarakterda bo’lgan munosabatlardan emas, balki shaxsiy, oilaviy (er va xotinlik, qarindoshlik) munosabatlaridan kelib chiqadi. Oila huquqining fuqarolik huquqidan farq qiluvchi asosiy xususiyati shundaki, oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar va shaxsiy nomulkiy munosabatlar faqatgina bitta oila azosi o’rtasida vujudga keladi hamda bu erda fuqarolik huquqi uchun eng asosiy o’rinni egallaydigan keng manodagi mulkiy muomala (oborot) kuzatilmaydi. Agar oila azolari o’rtasida o’zaro 1 Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси. -Т.: Адолат. 1998. 5 fuqarolik muomalasi (oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash) amalga oshirilsa ham, bu holat oila huquqi meyorlari bilan emas, fuqarolik huquqi meyori bilan tartibga solinadi. Agar mulkiy munosabatlarda davlat hokimiyati organlari sifatida qatnashib, mazkur munosabatlarda ishtirok etuvchilarga o’z erklarini buyursalar, bunday mulkiy munosabatlar fuqarolik huquqiga emas, balki mamuriy huquqqa taalluqli bo’ladi. Chunonchi, yuqori davlat organining o’z vakolati doirasida chiqarilgan buyrug’iga muvofiq muayyan binolar, uskunalarni topshirish - qabul qilish bilan bog’liq munosabat mamuriy-huquqiy munosabatlar bo’lib hisoblanadi. Agar mulkiy munosabatlarda davlat organlari fuqarolik oborotining ishtirokchisi sifatida bir-birlariga nisbatan teng huquqli bo’lib va bir-birlariga o’zlarining erklarini buyruqlar tartibida buyura olmaydigan bo’lib qatnashsalar - bunday munosabatlar fuqarolik huquqiga taalluqli bo’ladi. Soliqlar olish, tashkilotlarni pul mablag’lari bilan taminlash, fuqarolarga pul ssudalari berishga doir va boshqa bir muncha munosabatlar moliya huquqi tomonidan tartibga solinadi. Shaxsiy huquqlar faqat fuqarolik huquqi bilan qo’riqlanmaydi. Fuqarolarning saylov huquqlari va boshqa siyosiy huquqlari, masalan, O’zbekiston Konstitutsiyasida ko’rsatilgan fuqarolarning shaxsiy huquqlari davlat huquqi tomonidan qo’riqlanadi. Mehnat munosabatlari -alohida guruhga kiradigan munosabatlardir. Mehnat muhofazasi, mehnat intizomi, ish haqi, ish vaqti va dam olish vaqti ijtimoiy sug’urta va mehnat bilan bog’liq bo’lgan boshqa xususiy munosabatlar mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Tashkilotlar va fuqarolarning erdan, suvdan foydalanish sohasidagi munosabatlari mamuriy- huquqiy xarakterga ega bo’lib, er va suv qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Xalqaro xususiy huquq fuqarolik huquqidan farq qilib, chet el elementi bilan murakkablashgan mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. O’z-o’zidan ravshanki, agar mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarda chet el elementi ishtirok etsa, bunday munosabat xalqaro xususiy huquq predmeti hisoblanadi 1 . Xo’jalik va tadbirkorlik huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar esa, xo’jalik yurituvchi subektlarning tashkiliy boshqaruv, ularning o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun turli xil fuqarolik-huquqiy shartnomalarga kirishi bilan bog’liq bo’ladi (mutaxassislar hozirgacha bu huquq sohasining predmetini aniq talqin etisha olmaydi). Fuqarolik huquqi huquqning boshqa sohalari kabi o’zi tartibga soladigan huquqiy munosabatlarga, ularning ishtirokchilari xatti-harakatlariga tasir ko’rsatish maxsus vositalar va usullar yig’indisidan, yani o’z uslubidan foydalanadi. Qo’riqlash funktsiyasini bajaruvchi huquq sohalaridan (jinoyat huquqi, mamuriy huquq va sh.k.) farqli ravishda fuqarolik huquqi, eng avvalo, normal huquqiy munosabatlarga tasir ko’rsatadi. Uning tartibga solish uslubidagi o’ziga xos xususiyatlar: - fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilarning teng huquqqa ega bo’lishlari, ularga imkon boricha erkinlik, mustaqillik va tashabbuskorlik berilishida; - fuqarolik huquqida imperativ meyorlardan ko’ra, dispozitiv meyorlarning kengroq qo’llanishida; - fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javob-garlikning mulkiy xarakterda bo’lishida; - buzilgan huquqlarning sud orqali davo bildirish tartibida himoya qilinishida; -buzilgan fuqarolik huquqini himoya qilishda uni tan olish, tiklash, huquqni buzadigan harakatlarga chek qo’yish, etkazilgan zararlarni undirib olish va shu kabi choralar qo’llanishida namoyon bo’ladi. 2. Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari (printsiplari) – bu barcha fuqarolik qonunlari mazmuniga singdirilgan asosiy, boshlang’ich qoidalardir. H.R.Rahmonqulov fuqarolik huquqi tamoyillari haqida o’z fikrini bildirar ekan, huquqning alohida sohasi sifatida xususiy huquq tarkibida bo’lgan fuqarolik huquqi tamoyillari uning predmetini tashkil qiluvchi ko’p qirrali mulkiy, mulk bilan bog’liq va mulk bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy va tashkiliy-huquqiy munosabatlarning xususiyatlari bilan ifodalanishini takidlaydi 2 . 1 Раҳмонқулов Ҳ. ва бошқалар. Халқаро хусусий ҳуқуқ. –Т.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси. 2002. -13 б. 2 Ҳ.Р.Раҳмонқулов. Фуқаролик ҳуқуқининг предмети, методи ва тамойиллари. -Т.: ТДЮИ.2003.-35 б. 6 Bular jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi taraflarning teng huquqliligi. Bu tamoyil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida va FKning 1-moddasida o’z ifodasini topgan. Fuqarolik qonunlarida ushbu konstitutsiyaviy tamoyildan kelib chiqib, barcha fuqarolar uchun teng hajmda huquq layoqati, ularning huquq va muomala layoqatlari cheklanishiga yo’l qo’yilmasligi belgilab qo’yilgan; 2) barcha mulk shakllarining tengligi va huquqiy tomondan bab-baravar muhofaza qilinishi. Mazkur tamoyil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi va O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 116-moddasida bevosita mustahkamlab qo’yilgan; 3) mulkiy munosabatlarning mafkuraviy munosabatlardan ajratilganligi. O’tmishda iqtisodiy, shu jumladan, mulkiy munosabatlarni tartibga solishda har xil mafkuraviy qoliplar va aqidalardan kelib chiqilgan edi. Hozirgi paytda esa, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas, deb ko’rsatildi; 4) qonunda nimaki taqiqlanmagan bo’lsa, ruxsat beriladi. Bu tamoyil fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining erkinligi, tashabbuskorligini kafolatlaydi. Qonunda nimaiki taqiqlanmagan bo’lsa, ruxsat berish tamoyili fuqarolik huquqi subektlarining nafaqat qonunda ko’rsatilgan harakatlarni amalga oshirish balki, qonunda belgilangan bo’lsa ham lekin, qonun bilan taqiqlanmagan har qanday harakatni amalga oshirishlari imkonini beradi. Lekin, shu o’rinda bunday harakatlarning ahloq meyorlariga ham zid kelmasligi lozimligini aytib o’tish joiz. 5) fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarning ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bu holat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida mustahkamlangan; 6) fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari mulkining daxlsizligi. Bu qoida FKning 1- moddasida o’z ifodasini topgan. Shu bilan birga FKning 166-moddasiga muvofiq, mulk daxlsizdir va qonun bilan qo’riqlanadi. Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subektlarning mulk huquqini buzishidan o’zlarini saqlashdan iborat. Fuqarolik huquqining boshqa tamoyillari kabi mulkning daxlsizligi tamoyili ham mutlaqlik xarakteriga ega emasligini nazarda tutib, FKning 166- moddasi 2-qismi, mulkdorning mol-mulkini olib qo’yishga, shuningdek, uning huquqlarini cheklashga faqatgina qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo’l qo’yilishi mumkinligini belgilaydi. 7) Qonuniy asoslarga ega bo’lmasdan turib, hech kim ishtirok-chilarning xususiy ishlariga o’zboshimchalik bilan aralishishga haqli emas. Fuqarolik huquqi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan asosiy tamoyillardan biri hisoblangan xususiy ishlarga o’zboshimchalik bilan aralashishga yo’l qo’yilmasligi tamoyili fuqarolik huquqi subektlari o’z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlaridagi harakatlar bevositaligi va uzluksizligini taminlaydi. Malumki, fuqarolik huquqida fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining xususiy manfaatlari asosiy o’rinni egallaydi. Shuning uchun qonun chiqaruvchi ana shu manfaatlar ustunligini kafolatlash maqsadida FKning 1-moddasidayoq, mazkur tamoyilni mustahkamlaydi. Bundan tashqari ushbu tamoyil boshqa qonun hujjatlarida ham alohida qoida bilan belgilab qo’yilishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi 2000 yil 25 maydagi qonunining 34-moddasiga muvofiq, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. 8) fuqarolik huquqlarining to’sqinliksiz amalga oshirilishi (FKning 1-moddasi). Fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilari o’z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda har qanday to’sqinliklarni bartaraf etilishini talab qilishga haqli. Qonun hujjatlaridagi bazi cheklashlarning mavjud bo’lishi bu tamoyilning ahamiyatiga putur etkazmaydi. Chunki huquq subektiga berilgan, huquq subektlarining o’z huquqini amalga oshira olish imkoniyatiga ega bo’lishlari, bu huquqlar mavjudligining asosiy mezonidir. 9) fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilarining buzilgan huquqlarining tiklanishi (FKning 1- moddasi). Fuqarolik huquqi birinchi navbatda huquqiy munosabat ishtirokchisining buzilgan huquqlarining avvalgi holatiga qaytarilishiga qaratiladi (mulkni natura holida qaytarish, buzilgan shaxsiy huquqni tan olish va h.k.). Buzilgan huquqlarni tiklanishi, amaldagi mumkin bo’lmagan hollardagina, taraflar talabini qanoatlantirishning boshqa usullari qo’llaniladi; 7 10) fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari huquqlarining sud orqali himoya qilinishini taminlash (FKning 1-moddasi). Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari o’z huquqlarini himoya qilish uchun o’z talabini maxsus organ-sud orqali bildirishga haqli va bu huquq qonun bilan kafolatlanadi. 11) shartnoma tuzish erkinligi (FK 1-354-moddalar). Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o’z fuqarolik huquqlari hamda burchlariga o’z erklariga muvofiq ega bo’ladilar, o’z manfaatlarini ko’zlab amalga oshiradilar. FKning 354-moddasida esa, ushbu tamoyilning mazmuni ochib berilgan. Shartnomalar erkinligi tamoyilini quyidagi uchta holatini ajratib ko’rsatish orqali tushunish mumkin: 1) subektning shartnoma bo’yicha o’z kontragenti yani, shart-noma bo’yicha sherigini tanlash erkinligi; 2) shartnoma predmetini yani, aynan qanday holat yuzasidan shartnoma tuzishni tanlash erkinligi; 3) shartnoma shartlarini tanlash erkinligi. 12) bozor munosabatlari sharoitidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan fuqarolik huquqi tamoyillaridan yana biri-O’zbekiston Respublikasining butun hududida tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag’larning erkin harakatda bo’lishidir (FK 1-moddasi). Bu tamoyil bozor iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan moddiy nematlarning erkin harakatlanishi hisobiga tovar-pul munosabatlarini tezlashishini amalga oshirishga xizmat qiladi. Malumki, iqtisodiy rivojlanish va mamuriy-hududiy tuzilmalarning geografik joylashishi, muayyan turdagi tovarlar taqsimotining nomutanosibligiga sabab bo’ladi. Mazkur tamoyil ana shu nomutanosiblikni bartaraf etishda etakchi o’rinni egallaydi. Fuqarolik huquqida xo’jalik hisobi tamoyili fuqarolik-huquqiy munosabatlarida, masalan, etkazilgan mahsulotlar yoki bajarilgan ishlar uchun kelishilgan narxlar bo’yicha haq to’lashda, shartnomalarni bajarmaganlik yoki kechiktirib bajarganlik yoxud sifatsiz bajarganlik uchun sanktsiyalar belgilashda ifodalanadi. Bulardan tashqari ayrim huquqiy institutlar, jumladan, majburiyat huquqi, mulk huquqi, mualliflik huquqi, vorislik huquqi instituti ham o’z tamoyillariga ega. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling