Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Fuqarolik huquqida qonun analogiyasi va huquq analogiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana24.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

3. Fuqarolik huquqida qonun analogiyasi va huquq analogiyasi 
Fuqarolik qonunlari ijtimoiy hayot munosabatlarida kun sayin vujudga kelayotgan 
munosabatlarni to’la o’z ichiga olgan qoidalarni bera olmaydi. Turmushda fuqarolik huquqi normalari 
bilan nazarda tutilmagan yangi munosabatlar ham paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli fuqarolik 
huquqida analogiyaga (qiyos, o’xshatishga) yo’l qo’yiladi. 
O’zbekiston Respublikasi FKning 5-moddasiga asosan fuqarolik huquqiy munosabatlari qonun 
hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan to’g’ridan-to’g’ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik 
qonun hujjatlarining o’xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qo’llaniladi (qonun 
o’xshashligi). Agar qonun o’xshashligidan foydalanish mumkin bo’lmasa, taraflarning huquq va 
burchlari fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari, oqillik va adolat talablariga amal qilgan 
holda belgilanadi. 

 
14
Yuqorida ko’rsatilgan normaga binoan o’xshatish ikki turga bo’linadi: birinchisi – qonun 
bo’yicha qiyoslash, ikkinchisi – huquq bo’yicha qiyoslash. O’xshash munosabatlarni tartibga soladigan 
qonunni tadbiq etishga qonun analogiyasi deyilsa, nizoli munosabatni qonunlarning umumiy asoslari 
va manosiga tayanib hal qilishga huquq analogiyasi deb ataladi. 
Analogiya to’g’risidagi qonun (qoida) larni tadbiq etishda quyidagilarni nazarda tutish lozim. 
Birinchidan, yuqorida ko’rsatilgan qoidalarga faqat mazkur masala yuzasidan tegishli qonun va 
farmoyishlar bo’lmagan holdagina asoslanib ishni hal qilish mumkinligini, ikkinchidan, bunday 
analogiya tariqasida sud qarori faqat nizo uchun kuchda bo’lishligini va, uchinchidan, sud 
qonunlarining umumiy negizlari va mazmuniga quruqdan-quruq havola qilmay, balki qarorni 
ifodalashda sud qaysi qonunning umumiy asoslariga tayanib, o’z qarorini chiqarganligini ko’rsatish 
lozim. 
Fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan normalarni o’xshashlik 
bo’yicha qo’llanishga yo’l qo’yilmaydi (FKning 5-moddasi, 3-bandi). 
 
4. Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash va ularning turlari 
Fuqarolik-huquqiy normalarni tadbiq etish va sharhlash to’g’risida to’xtalib shuni aytish kerakki, 
huquqiy normalarni tadbiq etish deganda, konkret fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tegishli huquq 
normasiga muvofiq holda qilinishi va bu munosabat yuzasidan majburiy kuchga ega bo’lgan qaror 
qabul qilinishi tushuniladi. Huquq normalari tadbiq etishga vakolatli bo’lgan davlat organlari 
tomonidan, chunonchi, sud, prokuratura, xo’jalik sudi va boshqa organlar, shuningdek bazi hollarda 
jamoat tashkilotlari tomonidan qo’llaniladi. 
Huquq normalarini tadbiq etish tushunchasidan ularga rioya qilish tushunchasi farq qiladi. 
Huquq normasini yuqorida aytilganidek, faqat muayyan vakolatli organlargina tadbiq etishlari mumkin 
bo’lsa, huquqiy normalarga rioya qilishga har bir shaxs (fuqaro va tashkilot) majburdir. 
Huquq normasining to’g’ri qo’llanilishi uning hozirgi vaqtda amalda bo’lish-bo’lmasligini, yani 
uning bekor qilingan-qilinmaganligini yoxud o’zgartirilgan-o’zgartirilmaganligini, uning qanchalik 
majburiy bo’lish-bo’lmasligini va haqiqiy matnini aniqlash imkoniyatini beradi. Huquq normasini 
tegishli fuqarolik huquqiy munosabatga tadbiq etish uchun uning aniq mazmunini, manosini va 
ahamiyatini belgilash zarur. Huquq normasi manosini belgilash va tushuntirishga qonunni sharhlash, 
deyiladi. 
Fuqarolik huquqi normalarini sharhlash: sharhlovchi subektlar, sharhlash usullari, shuningdek, 
hajmiga qarab bo’linadi. 
Normani sharhlovchi subektlar huquq normalariga rasmiy va norasmiy sharh beruvchilarga 
bo’linadi. Rasmiy sharh vakolatli bo’lgan hokimiyat organlari tomonidan berilib, malum darajada 
majburiy kuchga ega bo’ladi. Bunday sharh Oliy Majlis tomonidan beriladi. Ular Respublika doirasida 
barcha fuqarolar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. 
Shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan beriladigan sharhlar ham rasmiy ayni paytda 
majburiy hisoblanadi. 
Rasmiy sharhning turlaridan biri sud sharhlashidir. Malum bir ishni hal qilishda sud tomonidan 
berilgan sharh chiqarilgan qarorning qonuniy kuchga kirganidan so’ng mazkur ish bo’yicha majburiy 
hisoblanadi. Ammo kelajakda shunga o’xshash boshqa ishni hal qilishda, boshqa sudlar, jumladan, shu 
sudning o’zi ham avvalgi ishning hal qilinishiga qarab masalani echa olmaydi. Chunki, umumiy 
xarakterda bo’lgan bazi sharhlar Oliy sud Plenumi tomonidan beriladi. “Sudlar to’g’risida”gi qonunda 
Oliy sud Plenumi rahbariy tushuntirishlar berishligi ko’rsatildi. Shu tartibda qabul qilinadigan qarorlar 
sudlarda ishlarning bir xilda ko’rilishini taminlashga qartilganligi sababli sudlar uchun majburiydir. 
Norasmiy sharh deb, majburiy kuchga ega bo’lmagan sharhga, masalan, ilmiy asarlarda, 
darsliklarda, maruzalarda beriladi-gan sharhlarga aytiladi. Bunday sharhlar yuridik kuchga ega 
bo’lmasa ham qonunning manosini aniqlashga yordam beradi. Ular imloviy, mantiqiy, tizimli va 
tarixiy sharhlashga bo’linadi. 
Imloviy sharhlashda imlo qoidalaridan foydalanib qo-nunda ishlatilgan ayrim so’zlar, jumlalar, 
ifodalarning manosini aniqlash yo’li bilan huquqiy normalarning mazmuni belgilanadi. Masalan, 
FKning 30-moddasida “Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o’z harakatlarining ahamiyatini 
tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqarolarni sud qonun hujjatlarida belgilab 
qo’yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin”, deyiladi. Bu erda qonun chiqaruvchi 

 
15
“yoki” so’zini ishlatishi natijasida fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish uchun ikkita asosdan 
bittasi, yani o’z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaslik yoki ularni boshqara olmaslikning 
mavjud bo’lishi etarli ekanligini ifodalaydi. 
Mantiqiy sharhlashda qonunda ishlatilgan ifodalar, tushunchalar bir-biri bilan ichki, uzviy, 
mantiqiy bog’langanligini aniqlab, huquqiy normaning muzmuni belgilanadi. Masalan, FKning ushbu 
30-moddasida “Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o’z harakatlarining ahamiyatini tushuna 
olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan 
tartibda muomalaga layoqatsiz deb topish mumkin”, deb aytildi. Demak, voyaga etgan fuqaro ruhiy 
kasal bo’lsa ham, to sud tomonidan “muomalaga layoqatsiz” deb tanilguniga qadar muomalaga 
layoqatli deb faraz qilinadi. 
Tizimli sharhlashda huquq normasining mazmuni uning huquq tizimida egallagan o’rnini 
belgilash, uni boshqa huquqiy normalar bilan taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. Masalan, 1963 yilda 
qabul qilingan GKning 321-moddasida mulkning ijaraga oluvchi tomonidan yomonlashtirilgan holda 
etkazilgan zararlarning ijaraga beruvchi tomonidan qoplanishiga aytiladi. Bu erda zarar etkazilishi 
shartnoma bo’yicha olingan majburiyatni buzish bilan bog’liq bo’lgani uchun nizo GKning 479-
moddasi bilan emas, 321-moddasi bilan hal qilinadi. 
Tarixiy sharhlashda huquq normasi qanday tarixiy vaziyatlarda qabul qilinganligini belgilash 
yo’li bilan aniqlanadi. Sharhlash o’zining hajmi bo’yicha tub manodagi sharhda qonunning manosi 
uning ifodalanish yani, yozilish shakliga aynan to’g’ri kelishi kerak. Cheklangan sharhda qonunning 
manosi uning ifodalanishiga qaraganda birmuncha torroq ko’rinadi. Kengaytirilgan sharhda qonunning 
mazmuni uning tub tahririga qaraganda birmuncha kengroq tushuniladi. Masalan, FKning 115-
moddasida: “Bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya qilmaslik qonunda to’g’ridan-to’g’ri 
ko’rsatilgan holdagina uning haqiqiy emasligiga sabab bo’ladi”, deb yozilgan.  
Bunda “qonun” so’zi faqat Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan normativ hujjatnigina 
bildirmay, balki huquqning boshqa normalarini o’zining tasiriy kuchiga qarab imperativ va dispozitiv 
normalarga bo’linadi. Imperativ normalar, deb malum bir huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning 
erklari bilan o’zgartirilishi mumkin bo’lmagan, qatiy xarakterda bo’lgan, qatiy buyruq beradigan 
normalarga aytiladi. Imperativ norma-larga misol qilib “Fuqarolarning huquq layoqatidan yoki 
muomala layoqatidan to’la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini 
cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o’z-o’zidan haqiqiy emasdir” (FKning 23-moddasi, 3-bandi) – 
deb aytilgan normani ko’rsatish mumkin. Dispozitiv normalar, deb taraflarning o’z ixtiyorlari bilan 
to’ldirilishi mumkin bo’lgan va shartnomalarda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining o’zaro 
kelishuvi bo’yicha tartibga solinishi mumkinligini ko’rsatadigan normalarga aytiladi. Masalan, FKning 
223-moddasi 1-bandida ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar o’rtasida ularning kelishuviga 
muvofiq taqsimlanishi mumkin deb yozilgan. Demak, bu huquqiy normaning mazmuniga ko’ra 
umumiy mulk ishtirokchilari o’ziga tegishli bo’lgan ulushini o’zlarining kelishuviga muvofiq 
taqsimlashlari mumkin. 
 

 
16
3-Mavzu:FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABAT 
 
1. Fuqarolik huquqiy munosabat tushunchasi. 
2. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning turlari (tasnifi). 
3. Fuqarolik huquqlari va burchlarining kelib chiqish asoslari. Yuridik faktlar. 
4. Fuqarolik huquqlarining amalga oshirilishi va burchlarining bajarilishi. Fuqarolik 
huquqlarining himoya qilinishi. 
 
1. Fuqarolik huquqiy munosabat tushunchasi 
Fuqarolik-huquqiy munosabat deb, shaxslar o’rtasida bo’ladigan va fuqarolik-huquqiy normalar 
bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatga aytiladi. Shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) o’rtasida 
tuziladigan oldi-sotdi, mahsulot etkazib berish, biron-bir ishni bajarish, ijara, qarz to’g’risidagi 
shartnomalar fuqarolik-huquqiy munosabatlar jumlasiga kiradi. 
Fuqarolik-huquqiy munosabat ijtimoiy munosabat sifatida eng avvalo, shaxslar, kishilar 
o’rtasidagi munosabat bo’lganligi uchun unda qatnashuvchilarning erki-irodasidan vujudga keladi. 
Fuqarolik-huquqiy munosabatda ifodalangan shaxslarning erklari, turli-tuman manfaatlari davlatning 
fuqarolik-huquqiy normalarida (qonunlarda) o’z ifodasini topadi. 
Shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) o’rtasida bo’ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar 
qonun bilan tartibga solinadigan normal munosabatlar bo’lganligi tufayli ular ixtiyoriy ravishda 
amalga oshirilishi lozim. Ammo bazi hollarda huquqiy munosabat yuzasidan olingan majburiyatlar 
ixtiyoriy ravishda amalga oshirilmaganligi tufayli davlat tomonidan belgilangan majuriy ijro choralari 
qo’llaniladi. 
Fuqarolik-huquqiy munosabatga xos bazi xususiyatlar ham  mavjud. Chunonchi, fuqarolik-
huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslar bu munosabatlarda o’zlariga xos mulkka, aniqrog’i, 
muayyan mulkiy mustaqillikka ega holda qatnashadilar. Fuqarolik-huquqiy munosabatda qatnashuvchi 
shaxslar bir-birlariga nisbatan teng huquqli shaxslar hisoblanadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatda 
qatnashuvchi shaxslarning huquqlari buzilgan taqdirda, bu huquqlar, odatda, davo qo’zg’atish yo’li 
bilan sudlar tomonidan qo’riqlanadi. 
Boshqa fuqarolik-huquqiy munosabat ham huquqiy munosabatlar singari to’rtta mustaqil 
elementdan - huquqiy munosabat subektlari, obektlari, mazmuni va shaklidan iboratdir. 
Bunda,  fuqarolik-huquqiy munosabat subektlari bo’lib, ushbu huquqiy munosabatda 
qatnashuvchi shaxslar – fuqarolar va tashkilotlar (yani, yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan 
korxonalar) hisoblanadi. Davlat ham fuqarolik huquqiy munosabat subekti bo’lishi mumkin. 
Fuqarolik-huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslar fuqarolik huquq layoqatiga, yani 
fuqarolik huquqlari va burchlariga ega bo’lish layoqatiga molik bo’lishlari lozim. 
Fuqarolik-huquqiy munosabatning obekti deb, fuqarolik huquqiy munosabatda qatnashuvchi 
shaxslarning subektiv huquqlari va majburiyatlari nimaga qaratilgan bo’lsa, shunga aytiladi. Bular - 
ashyolar, mol-mulklar, pullar va qimmatli qog’ozlar, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, 
shaxsiy nomulkiy huquqlardir. 
Fuqarolik-huquqiy munosabatning mazmunini shu munosabatda qatnashuvchi shaxslarning 
subektiv huquqlari va burchlari tashkil etadi. 
Subektiv huquq deyilganda, muayyan huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxsga tegishli 
huquq tushuniladi. Subektiv huquqlar obektiv huquq normalari, yani davlat tomonidan belgilangan 
umumiy qoidalar asosida vujudga keladi va ularga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Fuqarolik-
huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquqlari odatda obektiv huquq (davlat tomonidan 
o’rnatiladigan va belgilab qo’yiladigan huquqlar) normalaridan kelib chiqadi. Ushbu huquqqa nisbatan 
“subektiv” so’zi qo’llanilishining asosiy sababi, fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchisining ushbu 
huquqning sohibi bo’lish hamda uni amalga oshirishdagi xohish-irodasining birlashishi ahamiyatga 
egaligidir. Chunki subektiv huquq sohibi o’zining bu huquqlarini o’z xohishiga ko’ra amalga oshirishi 
yoki umuman amalga oshirmasligi yoxud ushbu huquqlardan voz kechishi mumkin. 
Huquqiy munosabatlarning mazmunini yuqorida ko’rsatilganidek, huquqlar bilan bir qatorda 
majburiyatlar ham tashkil etadi. Majburiyatning mohiyati shundaki, bunda huquqiy tartibning talabi 
bo’yicha uni o’z zimmasiga olgan shaxs malum harakatlarni qilishga yoki harakatlarni qilishdan 
saqlanishga majbur bo’ladi. 

 
17
Har qanday majburiyat qarzdor shaxsning, yani zimmasida majburiyat bo’lgan shaxsning erkini 
malum darajada cheklaydi, uni huquq egasining manfaatlari bilan bog’laydi. Masalan, sotuvchi 
sotilgan mulkni xaridorga shartnomaga muvofiq ravishda topshirishga majbur. Yani, birovdan ashyo 
sotib olgan shaxs bu ashyoning o’ziga topshirilishi uchun lozim bo’lgan barcha harakatlar qilinishini 
talab etishga haqlidir, sotuvchi esa-ashyoni topshirish bilan bog’liq harakatlarni qilishga majbur 
bo’ladi. 
Subektiv huquqlar va majburiyatlar yagona huquqiy munosabatning elementi bo’lib, o’zaro 
bog’langandir. Birovda subektiv huquqning bo’lishi, boshqa birovda albatta, bu huquqqa yarasha 
majburiyat bo’lishini bildiradi va, aksincha har qanday majburiyat o’z qarshisida uni bajarishni talab 
qilishga haqli shaxsning bo’lishini bildiradi.  
Fuqarolik-huquqiy munosabatning shakli deyilganda ushbu huquqiy munosatning vujudga 
kelishi, uzgarishi yoki bekor bo’lishiga asos bo’ladigan yuridik faktlar nazarda tutiladi. Yuridik faktlar 
haqida tuliqroq ushbu maruzamizning uchinchi qismida tuxtalib o’tamiz. 
   
2. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning turlari (tasnifi) 
Fuqarolik-huquqiy munosabatlar bir necha turga bo’linadi: 
1) Mulkiy xarakterdagi va mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar. 
Mulkiy xarakterdagi munosabatlar deganda, muayyan iqtisodiy mazmunga ega bo’lgan ijtimoiy 
munosabatlar, masalan, mulk yuzasidan belgilanadigan, mulkni sotish, ijaraga qo’yish va boshqacha 
shaklda qo’ldan-qo’lga o’tkazish, umuman mulkiy muomala bilan bog’liq huquqiy munosabatlar 
anglashiladi. 
Mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar shaxs (fuqarolar va yuridik 
shaxslar)ning o’zi bilan bevosita bog’liq bo’lgan, o’z sohibidan begonalashtirilishi va birovga 
o’tkazilishi mumkin bo’lmagan shaxsiy huquqlar, chunonchi, shaxsning mualliflik nomi, qadr-qimmati 
va boshqa shaxsiy manfaatlari bilan bog’liq bo’lgan huquqlardan iborat. 
2) Mutlaq va nisbiy huquqiy munosabatlar. Mutlaq huquqiy munosabatlarda subektiv huquq 
egalari o’z huquqlarining buzilmasligini har kimdan va hammadan talab qila oladilar. Mutlaq huquqlar 
nomalum har bir kimsa tomonidan buzilishi mumkin bo’lgani sababli har kimdan qo’riqlanadi. Ularga 
mulk, mualliflik huquqlari, shaxsiy huquq kabilar kiradi. 
Nisbiy huquqiy munosabatda esa faqat bir shaxs (yoki shaxslar)gina huquq yoki majburiyat 
oladi. Nisbiy huquqlar zimmasida majburiyat olgan malum shaxs (yoki shaxslar)ga nisbatangina 
kuchda bo’ladi. Shartnomaga asoslangan barcha huquqlar nisbiy huquqlar jumlasidandir. Nisbiy 
huquqlarga asoslangan talablarning amalga oshirilishi, majburiyatlarning bajarilishi, qarzga olingan 
pulning to’lanishi bo’yicha o’z zimmasiga shartnoma asosida majburiyat olgan shaxsdangina talab 
qilish mumkin bo’ladi. 
3) Mulkiy huquqiy va majburiyat munosabatlari. Mulkiy huquqiy munosabatlar yuqorida 
qayd etilganidek, mutlaq huquqiy munosabat bo’lib, mulkiy xarakterga ega hamda ashyoni egallash, 
undan foydalanish va uni tasarruf etishga qaratiladi. Mulkiy-huquqiy munosabatlarda huquq egasi 
bo’lgan shaxslar boshqa shaxslarning ijobiy harakatlariga muhtoj bo’lmay, o’z huquqlarini o’zlari 
bevosita amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 
Majburiyat munosabatlari nisbiy munosabatdan iborat bo’lib, mulkiy huquqiy munosabatlar 
bilan bog’liq bo’lsa ham, hamma vaqt moddiy narsa (ashyo) bilan bog’liq bo’lmasligi mumkin. 
Bunday munosabatlar odatda fuqarolik muomalasi natijasida vujudga keladi. Chunonchi, muayyan 
ishlarni bajarish, xizmat ko’rsatilishi yoki etkazilgan zararni to’latilishiga qaratilishi mumkin. Barcha 
shartnomalar, birovga zarar etkazish, mulkni asossiz olish yoki tejash bilan bog’liq munosabatlar 
majburiyat munosabatlari hisoblanadi. 
4) Bozor munosabatlari tizimida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning yangi turi - korporativ 
huquqiy munosabatlar ham vujudga keldi. Unga subektlarni yuridik shaxs belgilariga ega bo’lgan 
tashkiliy-huquqiy tuzilmalar - korporatsiyalarda azoligi (ishtiroki) asosida vujudga keladigan huquqiy 
munosabatlardir. Bunday huquqiy munosabatlar mazmunini korporativ huquq tashkil etadi. Korporativ 
huquqiy munosabatlarni vujudga kelish asoslari turlicha bo’lib, ular jumlasiga: tasis shartnomasida 
qatnashish;  kooperativga azo bo’lib kirish; aktsiyalarni sotib olish va sh.k. kiradi. 
Korporativ huquq tufayli korporatsiya ishtirokchilari (xo’jalik shirkatlari, jamiyatlari, 
kooperativlar va sh.k. azolari) korporatsiyani va uning mol-mulkini turli shakllarda boshqarishda 

 
18
qatnashadilar. Korporativ huquqlarini amalga oshira borib korporatsiya qatnashchilari fuqarolik 
huquqining mustaqil subekti - yuridik shaxs hisoblangan ushbu korporativ tuzilma erki-irodasini 
shakllanishiga tasir etadi. Bunday vaziyat fuqarolik huquqiy tartibga solish uchun tipik xol emas, 
chunki umumiy qoidaga ko’ra fuqarolik muomalasida subektlar mustaqil va bir-biriga bog’liq emas, 
shu sababli kontragentlar erki-irodasini shakllanishida bevosita qatnasha olmaydi. 
Korporativ huquqlarni amalga oshirish bevosita yoxud bavosita bunday huquq sohiblari mulkiy 
manfaatlarini qanoatlantirish maqsadini ko’zda tutadi. Shu sababli ham korporativ huquqlarni mulkiy 
huquqlar jumlasiga mansub deb hisoblash mumkin. 
5)  Imtiyozli (afzallik) huquqlari. Fuqarolik huquqiy munosabatlarida muayyan huquq 
subektiga imtiyoz, afzallik beruvchi huquqlar mazmunini o’z ichiga olgan alohida guruhdagi huquqiy 
munosabatlar mavjud. Masalan, ulushli mulkda umumiy ulushli mulkdagi ulush sotilganda sherik 
mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqiga ega (FKning 224-moddasi). Ёpiq aktsiyadorlik jamiyati 
azosi ham o’z aktsiyalarini sotganda boshqa azolar sotib olishda imtiyozga ega. Garovga oluvchi garov 
predmeti sotilganda uning qiymati hisobidan o’z talablarini qanoatlantirishda boshqa kreditorlarga 
nisbatan imtiyozga ega. Ushbu huquqlar o’ziga xos bo’lib, fuqarolik huquqiy munosabatlari subektlari 
teng huquqligi doirasidan tashqari chiqadi. Shu sababli ham imtiyozli huquqiy munosabat faqat 
qonunda belgilangan asoslar bo’yicha va maxsus doiradagi subektlar uchungina vujudga keladi. 
Imtiyozli huquqlar mustasno xarakteriga ega bo’lib, faqat vakolatli subektgina undan voz kecha oladi. 
Imtiyozli huquqlarni buzuvchi har qanday yuridik harakatlar o’z-o’zidan haqiqiy sanalmaydi. 
 
3. Fuqarolik huquqlari va burchlarining kelib chiqish asoslari. Yuridik faktlar 
Fuqarolik huquqi normalari (qonunlar) o’z-o’zidan fuqarolik huquqiy munosabatlarni vujudga 
keltirmaydi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o’zgarishi yoki bekor bo’lishi 
malum holatlar bilan belgilanadi. Binobarin, huquqiy munosabatlarni belgilash, o’zgartirish va bekor 
qilishga qaratilgan holatlar yuridik fakt deb yuritiladi. 
Fuqarolik huquqiy munosabatlar vujudga kelishi uchun huquqiy normalarda to’g’ridan-to’g’ri 
nazarda tutilgan, shuningdek nazarda tutilmagan bo’lsada, fuqarolik qonunlarining umumiy asoslari va 
mazmuniga muvofiq keladigan muayyan holatlar mavjud bo’lishi kerak. 
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradigan, o’zgartiradigan va bekor qiladigan 
asoslar sifatida ko’rilgan yuridik faktlar turlicha bo’lib, subektlar erki-irodasi mazuniga ko’ra ikki 
guruhga: hodisalar va harakatlarga bo’linishi mumkin. 
FKning 8-moddasi 1-qismida ko’rsatilishicha fuqarolik huquqlari va burchlari qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning garchi qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan bo’lmasada, lekin fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari va 
mazmuniga ko’ra fuqarolik huquq hamda burchlarini keltirib chiqaradigan harakatlardan vujudga 
keladi. 
FKning 8-moddasi 2-qismida fuqarolik huquqlari va burchlari vujudga kelish asoslari sanab 
chiqilgan. Ulardan quyidagilardan iborat: 
1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitim-lardan, shuningdek garchi qonunda 
nazarda tutilmagan bo’lsada, unga zid bo’lmagan shartnoma va boshqa bitimlardan; 
2) davlat organlari hamda fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlarining fuqarolik huquqlari va 
majburiyatlari vujudga kelishining asosi sifatida qonunda nazarda tutilgan hujjatlaridan; 
3) sudning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilagan qarorlaridan
4) qonun yo’l qo’ygan asoslarda mol-mulk olish natijasida; 
5) fan, adabiyot, sanat asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida; 
6) boshqa shaxsga zarar etkazish natijasida; 
7) asossiz boyib ketish natijasida; 
8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida; 
9) qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlar natijasida. 
Davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart bo’lgan mol-mulk bo’lgan huquqlar, agar qonunda 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, unga bo’lgan huquqlar tegishli ro’yxatdan o’tkazilgan 
paytdan boshlab vujudga keladi. 
Hodisalar, voqealar, yani kishilarning erkidan tashqari sodir bo’ladigan faktlar (masalan, o’lim 
va shunga o’xshashlar) faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina fuqarolik huquqi va 

 
19
majburiyatlarini vujudga keltiradi. Masalan, fuqaro vafot etgan taqdirda uning merosxo’rlari vorislik 
huquqi to’g’risidagi normalar asosida meros olish huquqiga, marhumning qarzi bo’lsa, olgan meros 
mulki qiymati hajmidan shu qarzni to’lashga majbur bo’ladilar. Tabiiy ofatlar, yong’in yuz bergan 
taqdirda, sug’urta organlari jabrlangan shaxs zararini sug’urta haqidagi huquqiy normalarga asosan 
to’lashga majbur bo’ladilar (agar avvaldan sug’urta shartnomasi tuzilgan bo’lsa). 
Harakatlar fuqarolik huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxs (yoki shaxslar)ning erki 
bo’yicha qilinadigan yuridik faktlar hisoblanadi. Har qanday harakat ham yuridik fakt hisoblanmaydi, 
faqatgina muayyan huquqiy oqibat tug’diradigan harakatgina yuridik fakt sifatida etirof etiladi. Ular 
o’z navbatida ikki turga: huquq yo’l qo’ygan va huquq yo’l qo’ymagan harakatlarga bo’linadi. 
Huquq yo’l qo’ygan harakatlar qonun bilan man etilmagan harakatlardan iborat. Bunday 
harakatlar fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquqlari yoki burchlarini belgilash, o’zgartirish 
yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlar bo’lib, muayyan huquqiy oqibatni tug’dirishga qaratiladi. 
Huquq yo’l qo’ymagan harakatlarga birovga zarar etkazish va asossiz boyib ketish holatlari tan 
olinadi (FKning 8-moddasi, 2-qismi, 6-7-bandlar). 
Qonun yo’l qo’ygan asoslarda mol-mulk olish natijasida ham fuqarolik huquq va majburiyatlari 
vujudga keladi. Davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim bo’lgan mol-mulkka nisbatan huquqlar, agar 
qonunda boshqacha tartib belgilab qo’yilmagan bo’lsa, tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan 
boshlab vujudga keladi. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling