Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


-MAVZU: FUQAROLIK HUQUQI OBEKTLARI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana24.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22986
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23

7-MAVZU: FUQAROLIK HUQUQI OBEKTLARI 
 
1. Fuqarolik huquqi obektlari tushunchasi va turlari 
2. Ashyolar fuqarolik huquqining obekti sifatida 
3.Mol-mulklar fuqarolik huquqining obekti sifatida 
4.Pullar va qimmatli qog’ozlar – fuqarolik huquqining obekti sifatida 
5. Nomoddiy nematlar tushunchasi va tarkibi 
6. Intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri - fuqarolik huquqining obekti 
sifatida 
7. Ishlar va xizmatlar - fuqarolik huquqining obekti sifatida 
8.Shaxsiy nomulkiy huquqlar tushunchasi va turlari 
 
1.Fuqarolik huquqining obektlari tushunchasi va uning turlari. 
Huquqiy munosabatlarning obekti huquq subektlarining ha-rakatlari qaratilgan, huquq va 
majburiyatlar uning ustida belgi-langan narsalardir. 
O’zbekiston Respublikasi FKning 81-moddasiga asosan fuqa-rolik huquqlarining obektlari 
jumlasiga: 
-ashyolar; 
-mol-mulklar; 
-pullar va qimmatli qog’ozlar; 
-ishlar va xizmatlar; 
-intellektual faoliyat natijalari; 
-shaxsiy nomulkiy huquqlar kiradi. 
Umumiy holda, fuqarolik huquqining obektlarini ikki tur-ga, yani moddiy va nomoddiy 
nematlarga bo’lish mumkin. 
Boshqacha aytganda, jismoniy va yuridik shaxslar foydala-nishi va tasarruf etishini amalga 
oshira oladigan, erkin suratda olish, sotish huquqi va odob-ahloq normalari bilan cheklanmagan yoki 
taqiqlanmagan har qanday moddiy narsalar va moddiy qiy-matliklar, qadriyatlar boylik hisoblanib, 
fuqarolik huquqining obekti bo’la oladi. 
 
2. Ashyolar fuqarolik huquqining obekti sifatida 
Fuqarolik huquqlarining obektlaridan biri hisoblangan ashyolar muayyan moddiy qiymatga ega 
bo’lgan hamda iqtisodiy munosabatning predmeti bo’la oladigan narsalargina bo’lishi mumkin. 
Ashyolar xalq farovonligi uchun, respublika fuqarolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini 
qondirish uchun xizmat qiladi. Fuqarolik huquqida ashyolar jonli ashyolar ham, masalan, uy hay-
vonlari, jonsiz ashyolar ham, masalan, uy-joylar, ishlab chiqarish qurollari, asbob-uskunalar, kiyim-
kechaklar va boshqa narsalar insonlarning yashashi uchun muhim ahamiyatga egadir. 
Huquq subektlarining muayyan ashyo to’g’risidagi, jumladan, ashyodan foydalanish tartibi va 
uni tasarruf etish usullari to’g’-risidagi xatti-harakatlarini belgilaydigan huquq normalarining 
yig’indisiga ashyo haqidagi qoida deb aytiladi. Ashyolarning ja-miyatdagi tayinlanishlariga qarab, 
ularning har qaysisi uchun turlicha huquqiy qoida, masalan, erdan foydalanish qoidasi, korxonalardan 
foydalanish, ularni tasarruf etish kabi qoidalar belgilanadi. 
Fuqarolik huquqida ashyolar o’zlarining iqtisodiy tayinla-nishlariga, shuningdek huquq 
normalarda aks ettirilgan jismiy va boshqa xususiyatlarga qarab bir necha turga bo’linadi 
(klassifikatsiya qilinadi). 
Ashyolarning muayyan xususiyatlari yuzasidan ham maxsus qoidalar belgilanishi mumkin. 
Masalan, o’zining xususiyatlari bo’yicha tevarak-atrofdagilar uchun xavf tug’diradigan ashyolar, yani 
xavf-li xossalarga ega ashyolar (portlovchi moddalar, qattiq tasir qiluvchi zahar kabilar) to’g’risida 
alohida qoidalar belgilangan (FKning 883-moddasi). Bunday ashyolarni erkin olish-sotishga yo’l 
qo’yilmaydi. Muomalada bo’lishga yo’l qo’yilmaydigan fuqarolik huquqlari obektlarining turlari 
(muomaladan chiqarilgan obektlar) qonunda to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatilgan bo’lishi kerak (masa-lan, 
O’zbekiston Respublikasi Mulkchilik to’g’risidagi qonunning 19-moddasi 1-bandida ko’rsatilgan va 
O’zbekiston Respublikasining mutlaq mulki hisoblanuvchi obektlar). Shuningdek, bunday turkum-dagi 
ashyolar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi Alohida turdagi 

 
47
korxonalar va mol-mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ayrim masalalari 
to’g’risida
1
gi qarorida ham mustahkamlangan. 
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo’la oladigan yoki muomalada bo’lishga 
maxsus ruxsatnoma bilan yo’l qo’yiladigan (muomalada harakatlanishi cheklangan obektlar) fuqarolik 
huquq-lari obektlari turli qonunlarda ko’rsatilgan tartibda belgila-nadi (masalan, yopiq aktsiyadorlik 
jamiyati aktsiyalari fond birja-sida erkin sotilishi mumkin emas, ov miltig’i faqat ruxsat olish va 
ro’yxatdan o’tish tartibida jismoniy shaxs egaligiga o’tishi mum-kin va h.k.). Binobarin, qonun 
birinchi navbatda ashyolarni muomalada bo’lish xususiyatiga qarab farqlaydi. Fuqarolik muomalasi-
dan chiqarilgan ashyolar fuqarolar va tashkilotlar egaligida bo’li-shi mumkin emas. Yuqorida 
ko’rsatilganidek er, er osti boyliklari, suv va o’rmonlar davlatga xos mulk bo’lganligidan ular faqat 
foy-dalanishgagina berilishi mumkin. Fuqarolik muomalasidan chiqa-rilgan ashyolar fuqarolar va 
boshqa tashkilotlarga sotilishi mumkin emas. Bu ashyolar garovga qo’yilmaydi va kreditorlarning 
talablarini qondirish uchun ular hisobidan haq undirilmaydi. 
Agar fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyo qonuniy asos-larga ko’ra fuqarolarning mulki 
bo’lib qolsa, yani fuqarolarning tasarrufiga o’tsa, u holda fuqaro ushbu fuqarolik muomalasidan 
chiqarilgan ashyoni o’zidan begonalashtirish choralarini ko’rishi lo-zim. Masalan, general vafotidan 
so’ng uning o’g’liga, generalga sov-g’a qilingan pistolet meros bo’lib o’tadi. Bunda o’g’li fuqarolik 
muomalasidan chiqarilgan ashyoni qonuniy asoslarga qo’lga kiritdi. Shundan so’ng u bu ashyo haqda 
tegishli harbiy bo’limga xabar beradi va vakolatli davlat organi pistoletning bahosini to’lab, uni 
merosxo’rdan sotib oladi. 
Fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolarga nisbatan mulk huquqi har doim davlatga tegishli 
bo’ladi.  
Bazi ashyolar xalq xo’jaligi uchun bo’lgan ahamiyati, davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan yoxud 
boshqa asoslar bo’yicha faqat alohida ruxsat bo’yicha olinishi, sotilishi mumkin. Bunday narsa 
(ashyo)larning ro’yxati, shuningdek ularga ruxsat berish tartibi maxsus qonunlar bilan belgilanadi. 
Maxsus ruxsatlar bo’yicha olinishi mumkin bo’lgan narsalar jumlasiga: qurol va o’q-dorilar, portlovchi 
va radioaktiv moddalar, qattiq tasir qiladigan zaharlar, muhr va shtamplar kiradi. 
Valyuta qimmatliklari: chet el valyutasi (banknotlar, qog’oz pullar, tanga-chaqalar); chet el 
valyutasi hisobida yozilgan to’lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); bank-ning 
chet el valyutasiga sotib olinadigan va shunday valyutaga almashtirish huquqiga ega bo’lgan so’m 
hisobidagi to’lov hujjatlari (cheklar va boshqalar); har qanday shakl va holatdagi qimmatbaho 
metallar: oltin, kumush, platina guruhiga kiruvchi metallar (pal-ladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy); 
xom va ishlangan shakl-dagi qimmatbaho tabiiy toshlar (olmos, gavhar, lal, zumrad, sapfir, marvarid 
va boshqalar) O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va doiralardagina oldi-sotdi 
buyumi bo’lishi mumkin. Mazkur qimmatbaho metal va toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa 
maishiy buyumlar ham shunday buyumlarning siniq parchalari bundan mustasnodir. 
Fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar doirasi ni-hoyatda keng bo’lib, bular jumlasiga 
xilma-xil buyumlar kiradi. Ular: 
Istemol qilinadigan va istemol qilinmaydigan ashyolar (FKning 89-moddasi): istemol 
qilinadigan ashyolar bir karra foydalanish natijasida butunlay yo’qqa chiqadigan yoki jiddiy ravishda 
o’zgaradigan narsalar (masalan, oziq-ovqat, xom-ashyo kabilar) dir. Istemol qilinmaydigan ashyolar 
birmuncha uzoq vaqt davomida o’zining sifatini saqlaydigan narsalar (masalan, binolar, uskunalar, 
transport vositalari kabilar) dir. 
Xususiy va turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar: xususiy alomatlari bilan 
belgilanadigan ashyolar alohida faqat o’zlarigagina xos belgilari, noyob, yani o’ziga xos, yolg’iz 
sifatlari bo’lgan ashyolar hisoblanadi. O’zining belgilari bilan boshqa o’xshash ashyolarda ajralib 
turadigan narsalar, masa-lan, malum ko’chadagi, malum sonli uy-joy xususiy alomatlari bilan 
belgilanadigan ashyo bo’la oladi.  
Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar jumlasiga noyob, yani o’zi bir dona bo’lgan 
ashyolar ham kiradi. Masalan, jahon birinchiligida chempion bo’lgan ot, ko’hinur olmosi va shu 
                                                           
1
  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг  Ахборотномаси. 1995. 9-сон. 194-модда.  Ўзбекистоннинг  янги 
қонунлари. 11-сон. -Т.: Адолат. 1996. -161-166 б. 

 
48
kabilar. Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqa ashyolar-dan muayyan usulda belgi 
qo’yish yoki muhr bosish, raqam qo’yish bilan farqlanadi. 
Pulning ashyolarning qaysi turiga (xususiy yoki turga xos alo-matlari bilan belgilanadigan 
ashyolarga) mansubligi masalasiga javob FKning 87-moddasi 2-qismida ifodalangan. Ushbu normaga 
muvofiq, xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo’lmaydigan 
ashyolardir. Pullarni esa boshqasi bilan almashtirish mumkin (masalan, yirik pulni mayda pulga va 
aksincha). 
Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar, son, o’lchov va og’irlik bilan ko’rsatiladigan 
narsalar hisoblanadi. Masalan, 100 dona shifer, 100 metr chit, 100 tonna paxta va hokazo. Turga xos 
alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo’ladigan ashyolardir. Shuning 
uchun ham bunday ashyolarga nisbatan persona non grataning (yani, tur nobud bo’lmaydi) qoidasi 
qo’llaniladi. Fuqarolik huquqida ashyolarning xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan 
ashyolarga bo’linishi katta ahamiyatga ega. Ayniqsa majburiyatlarni ijro etishda, burchni natura holida 
bajarilishida bunday bo’linishning o’rni beqiyos. 
Bo’linadigan va bo’linmaydigan ashyolar. Bo’lish natijasida har qaysi qismi butunning 
xossalarini o’zida saqlab qoladigan va shu bilan birga o’zining xo’jalik (maqsadli) ahamiyatini 
yo’qotmaydigan ashyo bo’linadigan ashyo hisoblanadi. Masalan, bir qop un, bir qop kartoshka, bir 
bidon paxta yog’i kabi.  
Bo’linmaydigan ashyolar bo’lish natijasida qismlari dastlabki ashyo (butun)ning xossalarini 
yo’qotadigan, uning xo’jalik (maqsadli) ahamiyatini o’zgartiradigan ashyo bo’linmaydigan ashyo 
hisoblanadi (FKning 88-moddasi). Bo’linmaydigan ashyolarga shkaf, stol, televizor kabilar kiradi. 
Fuqarolik huquqida ashyolarning asosiy va mansub ashyolarga bo’linishi ham (FKning 90-
moddasi) huquqiy ahamiyatga egadir. Mansub ashyo deb asosiy ashyoga xizmat qilishga tayinlangan 
va umumiy xo’jalik maqsadi jihatidan u bilan bog’liq bo’lgan narsalarga aytiladi. Masalan, asosiy 
ashyo qulf bo’lsa, unga mansub ashyo kalitdir. 
Mansub ashyodan uning tarkibiy qismini ajratish kerak. Ashyo-dan uni zararlantirmay va 
qiymatini jiddiy ravishda tushirmay ajratilishi mumkin bo’lmagan har narsa ashyoning tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Agar, masalan, velosipedning nasosi mansub ashyo bo’l-sa, avtomashinaning radiatori 
ashyoning tarkibiy qismi hisoblana-di. 
Murakkab ashyolar. Agar turli xil ashyolar birikmaning mo-hiyati bilan belgilanadigan vazifasi 
bo’yicha foydalanish imko-nini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab 
ashyo) hisoblanadi. Murakkab ashyo xususida tuzilgan bi-tim, agar shartnomada boshqacha tartib 
belgilab qo’yilgan bo’lmasa, uning tarkibiy qismlariga taalluqli bo’ladi (FKning 91-moddasi). 
Bazi ashyolar hosil va daromad beradigan ashyolar bo’lishi va shu tufayli bu hosil va 
daromadlardan foydalanish, ularni tasarruf etish to’g’risidagi ishni hal etish masalasi qo’yi-lishi 
mumkin. Ashyoning hosil va daromadlari to’g’risida Fuqarolik kodeksining bazi moddalarida 
ko’rsatma beriladi. Jumladan, FKning 230-moddasida mulkni birovlarning qonunsiz egallashidan talab 
qilib olishda daromad va xarajatlarning to’linishi aytila-di. 
Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib 
belgilab qo’yilgan bo’lsa, ashyo egasiga tegishlidir (FKning 92-moddasi). 
 

 
49
3.Mol-mulklar - fuqarolik huquqining obekti sifatida 
Mol-mulk deyilganda, malum shaxsga (fuqaro yoki tashkilotga) egalik huquqi bilan tegishli 
ayrim ashyolar yoki ashyolarning yig’indisi nazarda tutiladi. 
Mol-mulk tarkibiga majburiyat huquqi, mualliflik va ixtirochilikka oid mulkiy huquqlar, oila 
huquqi bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlardan kelib chiqadigan mulkiy talablar, masalalar, qarz 
berilishida olingan tilxatlar ham kiradi. 
Mol-mulk atamasi cheklangan holda, tor manoda sharh qilin-gan taqdirda faqat malum shaxsga 
tegishli mulkiy huquqlarlar-ning aktivinigina (mulkni talab qilish huquqlarinigina) o’z ichiga oladi. 
Agar “mol-mulk” atamasi keng manoda sharhlansa, shaxsning faqat huquqlarigina, yani aktivigina 
nazarda tutilmay, balki uning uchinchi shaxs oldida bo’lgan majburiyatlari, yani passivi ham nazarda 
tutiladi. 
O’zbekiston Respublikasi FKning 83-moddasida mol-mulk turlari ko’rsatilgan. Unga asosan 
mol-mulk ko’chmas va ko’char mulkka bo’linadi. 
Ko’chmas mulk er uchastkalari va er osti boyliklari, ko’p yil-lik dov-daraxtlardan iborat. 
Ko’chmas mol-mulk bilan bog’liq huquqlarni olish yoki begonalashtirish FKning 84-moddasida 
belgilangan davlat ro’yxatidan o’tkazish amalga oshiraladi. FKning 83-moddasi 3-bandida qonunda 
boshqa mol-mulk ham ko’chmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkin deb aytilgan. Shunga binoan 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 dekabrdagi 478-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan “Jismoniy shaxslarning mulki bo’lgan binolar va inshootlarni baholash, qayta baholash 
to’g’risida”gi Nizomda turar joylar, kvartiralar, bog’dorchilik va uzumchilik shirkatlari azolarining 
bog’ uychalari, garajlar va boshqa imoratlar hamda inshootlar ham jismoniy shaxslarning mol-mulki 
deb hisoblanadi
1

Ko’mas mulk bilan bog’liq asosiy xususiyat shundaki, u er bilan bog’liqdir.  
Vazifasiga va tayinlanish maqsadiga zarar etkazmagan holda bir joydan ikkinchi joyga 
ko’chirilishi mumkin bo’lgan mol-mulk ko’char mulk jumlasiga kiradi. Qonunda nazarda tutilgan 
hollardan tashqari ko’char mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tka-zish talab etilmaydi. 
 
4.Pullar va qimmatli qog’ozlar – fuqarolik huquqining obekti sifatida 
Pul ham fuqarolik huquqining obektidir. Pul mamlakatning xo’jalik hayotida, xususan savdoda 
katta ahamiyatga ega. Pul o’zining uzoq davom etgan tadrijiy rivojlanishida, mol-hol, zaytun yog’i, 
oltin va kumush yombisi ko’rinishidagi ayirboshlash vositalaridan hozirgi elektron pullarga, kredit 
kartochkalariga qadar bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Pul bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim 
qurollaridan biri hisoblanadi. 
Mustaqil davlatning asosiy atributlaridan biri - bu uning milliy valyutasidir. Shu borada 
mamlakatimizda amalga oshiri-layotgan islohotlarning gultoji O’zbekiston Respublikasining milliy 
valyutasi - so’mni muomalaga kiritish bo’ldi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyun-dagi “O’zbekiston Respublikasining 
milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida”gi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 122-moddasiga, “O’zbekiston Respublikasi Dav-lat Mustaqilligining Asoslari 
to’g’risida”gi Qonunning 11-modda-siga va O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 
sentyabrdagi 952-XII son qaroriga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston 
Respublikasining hududida 1000 so’m pul kupon-ga bir “So’m” nisbati bilan O’zbekiston 
Respublikasining milliy valyutasi - “So’m” muomalaga kiritildi. 
Qimmatli qog’ozlar jumlasiga FKning 96-moddasi 2-bandida ko’rsatilganidek, obligatsiya, 
veksel
2
, chek, depozit va jamg’arma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan 
jamg’arma daftarchasi, konosament, aktsiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog’ozlar 
jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi. 
Aktsiyalar, obligatsiyalar va xazina majburiyatlarida aks etti-riladigan rekvizitlarni O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazir-ligi, depozit sertifikatlari va veksellarda aks ettiriladigan rekvizitlarni esa 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bel-gilaydi. Qimmatli qog’ozlar egasi nomi yozilgan va 
taqdim etuvchiga tegishli deb ko’rsatilishi mumkin. 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг қарорлари тўплами. 1995. 12-сон. 49-модда. 
2
 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1995 йил 2 июн “Ўзбекистон Республикаси халқ хўжалигида 
векселларни қўллаш тўғрисида”ги қарори. Халқ сўзи, 1995 йил 6 июн.  

 
50
Qimmatli qog’ozlar muomalasi deganda, O’zbekiston Respubli-kasida ularni sotib olish va 
sotish, shuningdek respublika qonun-larida nazarda tutilgan, qimmatli qog’ozlar egasi almashinuviga 
olib keladigan boshqa harakatlar tushuniladi. 
 
5. Nomoddiy nematlar tushunchasi va tarkibi 
FKning 8-bobi nomoddiy nematlarga bag’ishlangan. Nomoddiy nemat fuqarolik huquqi 
obektlarini alohida guruhini tashkil etadi. 
Nomoddiy nematlar deganda qonun tomonidan tan olinadi-gan, muhofaza qilinadigan moddiy 
ko’rinishga ega bo’lmagan hamda egasini (sohibini) shaxsidan ajratish mumkin bo’lmagan nematlar va 
erkinliklar tushuniladi. 
FKda nomoddiy nematlarning quyidagi turlari belgilab qo’yilgan: 
1) intellektual faoliyat natijalari (FKning 97-moddasi); 
2) xizmat va tijorat siri (FKning 98-moddasi); 
3) shaxsiy nomulkiy huquqlar (FKning 99-moddasi); 
Nomoddiy nematlarning bir qismi, yani intellektual faoliyat natijalari, xizmat, tijorat sirlari 
iqtisodiy mazmunga ega bo’lib, tovar shakliga kiradi va mulkiy muomalada mutlaq huquqlar obektlari 
sifatida namoyon bo’ladi. 
Shaxsiy nomulkiy huquqlar esa fuqarolik muomalasida o’ziga xos tarzda, tovar shakliga 
kirmagan va iqtisodiy mazmunga ega bo’l-magan holda namoyon bo’ladi. 
Nomoddiy nematlarning fuqarolik huquqi obekti sifati-dagi xususiyati shundan iboratki, bunda, 
birinchidan, buzilgan nomoddiy huquq mazmunidan, ikkinchidan, bunday buzilish oqibatlari 
xarakteridan kelib chiqqan holda fuqarolik huquqlarining himoya qilish usullaridan foydalanadi. 
Nomoddiy nematlarga nisbatan huquqlar buzilgan taqdirda ko’p hollarda huquq sohibiga moddiy 
emas, balki manaviy zarar etadi. Manaviy zarar huquqi buzilganligi shaxsning jismoniy yoki ruhiy 
iztiroblar, qayg’u-alam, g’am-tashvish singari ko’rinish-larda namoyon bo’ladi. Qonunga asosan, agar 
fuqaroga tegishli boshqa nomoddiy nematlarga tajovuz qiluvchi harakatlar orqali manaviy zarar 
etkazilsa, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, sud huquqbuzar zimmasiga 
ko’rsatilgan zararni pul orqali (moddiy ko’rinishda) tovon to’lash bilan qoplashni yuklashi mumkin. 
Nomoddiy nematga nisbatan huquqlarni himoya qilishda ko’p hollarda sud huquqni qayta tiklash 
yoki huquqbuzarliklarni to’xta-tishni taminlovchi choralar ko’radi. Nomoddiy nematlar ichida 
shaxsning (yuridik shaxsning ham) shani, qadr-qimmati va kasbkor nufuzi alohida o’rinni egallaydi. 
Ayni vaqtda nomoddiy nemat-lar shaxsiy huquqlar nomi bilan yuritiluvchi o’ziga xos huquqlar 
majmuini ham o’z ichiga oladi (masalan, nomga, yashash joyini tan-lashga, yozishmalar daxlsizligi, 
yani sir saqlanishiga bo’lgan hu-quqlar va boshqalar). 
FKning 99-moddasida nomoddiy nematlar huquq sohibiga yo tug’ilgandan boshlab tegishli 
bo’ladi (yashash huquqi, sog’-salomat bo’lishiga bo’lgan huquq, shaxs shani, shaxsiy daxlsizligi, 
shaxsiy hayot daxlsizligi, xususiy va oilaviy sirlarga bo’lgan huquq va h.k.) yoxud qonunga muvofiq 
huquq subektiga tegishli bo’ladi (masalan, nomga bo’lgan huquq, erkin ko’chib yurish huquqi, yashash 
joyini tanlash huquqi va h.k.) deb ko’rsatilgan. 
Nomoddiy nematning noashyoviy ekanligi, uning sohibi bo’lgan subekt shaxsi bilan uzviy 
bog’liq ekanligi zaruriy elementlar hisoblanadi, biroq bazan ularning birortasi bo’lmasligi ham 
mumkin. Ushbu nomoddiy nemat sohibi shaxsidan ajratib bo’lmasligi sababli ushbu nematning 
mavjudligi uning sohibi shaxsini takrorlanmas qiladi, individuallashtiradi. Nomoddiy nemat uning 
sohiblari ijtimoiy mavqeini xarakterlaydi, bu mavqening ajralmas belgisi hisoblanadi, ayni vaqtda 
o’zining butun mavjudligi davomida o’zgarishlarga duchor bo’lishi ham mumkin. Nomoddiy 
nematlarning amal qilish muddati cheklanmagan. 
 
6. Intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri - fuqarolik huquqining obekti 
sifatida 
Fuqarolik huquqlarining obekti sifatida intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri 
nomoddiy nematlar-ning tarkibiy qismi hisoblanadi. Malumki, insonning intellek-tual faoliyati 
mahsullari, ularni yaratish jarayoni va o’z xususiyat-lari bo’yicha odatdagi ashyolardan farq qiladi. 
Shuning uchun ular fuqarolik huquqiy munosabatlarida o’ziga xos obekt sifatida qaraladi. 

 
51
Intellektual faoliyat ijodiy faoliyat hisoblanadi. Bu ko’p hollarda aqliy mehnat kishilari - 
yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar, injener-texnik xodim va boshqalar faoliyatining 
mahsullaridir. Bu mahsullar fuqarolik qonunlari bilan qo’riqlanishi uchun quyidagi shartlarga javob 
berishi kerak: 
-haqiqatda ijod mahsuli bo’lishi, yani original (o’ziga xos) bo’lishi; 
-betakror bo’lishi; 
-biron-bir obektiv shaklda ifoda etilishi.  
Huquq fanida bu mahsullarning ko’pchiligi g’oyaviy-nomoddiy ko’rinishda bo’lishi qayd etiladi. 
Shu sababli ham ularga nisbatan odatdagi ashyolarga, moddiy obektga nisbatan qo’llaniladigan huquq 
meyorlarini qo’llab bo’lmaydi. 
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari intellek-tual faoliyatning quyidagi natijalarini 
farqlaydi: 
- ixtiro, foydali model, sanoat namunalari; 
- selektsiya yutuqlari; 
- mualliflik va turdosh huquqlar obektlari - fan, adabiyot, sanat asarlari, audivizual asarlar, radio 
eshittirishlar va televizion ko’rsatuvlari, asarlar ijrolari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va malumot 
bazalari; 
- integral mikrosxemalar toplogiyalari.  
Insonning ijodiy tafakkuri bu obektlar doirasini tinmay kengaytirib bormoqda. 
Umumiy qoida bo’yicha yuridik shaxsning individuallashtirish vositalari, jismoniy va yuridik 
shaxslarning mahsulot va xizmat-lari ham intellektual faoliyat natijalariga tenglashtiriladi (FKning 97-
moddasi, 1-qismi). Individuallashtirish vositalari (firma nomi, tovar va xizmat belgilari, tovar kelib 
chiqqan joy nomi) turdosh mahsulot va xizmatlarni boshqalaridan farqlash, ularni bir-birlari bilan 
chalkashtirib yubormaslikka xizmat qiladi. 
FKning 97-moddasiga asosan intellektual faoliyat natija-lari va ularga tenglashtirilgan 
individuallashtirish vositalari-ga nisbatan fuqaroning yoki yuridik shaxsning mutlaq huquqi etirof 
etiladi, tan olinadi. Buning manosi shundaki, mutlaq huquq egasi intellektual faoliyat natijalari va 
individuallashtirish vositalaridan foydalanish va tasarruf etishda faqat o’zigagina tegishli bo’lgan 
huquq egasidir. U uchinchi shaxslarga bu obektlar-dan foydalanishga ruxsat berishi va taqiqlab 
qo’yishga o’zigina haqli (yuridik shaxsning firma nomi bundan mustasno bo’lib, uchin-chi shaxslarga 
foydalanish uchun berilishi mumkin emas). 
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish, ulardan foyda-lanish, ularni tasarruf etish va huquqiy 
muhofaza qilishda vujudga keladigan munosabatlar FKning tegishli normalari, shuningdek 
O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalari to’g’risida
1
gi, Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va malumotlar 
bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risidagi qonun, 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan "Mualliflik va 
turdosh huquqlari to’g’risida"gi qonun bilan tartibga solinadi. Subektlarni individuallashtirish 
vositalaridan foydalanish masalalari O’zbekiston Respublikasi-ning 2001 yil 30 avgustda qabul 
qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to’g’risida”gi 
qonunda belgilab qo’yilgan. 
O’zbekiston Respublikasi FKning 98-moddasiga asosan, xizmat va tijorat sirlari ham nomoddiy 
nematlar tarkibiga kiradi. Oshkor etilishi O’zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar etkazishi 
mumkin bo’lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir malumotlar xizmat sirini 
tashkil etadi (1993 yil 7 mayda qabul qilingan “Davlat sirlarini saqlash to’g’risida”
2
 gi qonunining 3-
moddasi). Korxonaning tijorat siri deganda, korxonaning ishlab chiqarish, texnologiya axboroti, 
boshqaruvi, rejalashtirilishi, moliyalashtirilishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan bog’liq bo’lgan 
hamda elon qilish (topshirish, oshkor bo’lib qolishi) uning manfaatlariga zarar etkazishi mumkin 
bo’lgan, davlat siri bo’lmagan malumotlar tushuniladi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling